en
Feedback
Beruniy maktabi | Toshloq

Beruniy maktabi | Toshloq

Open in Telegram

🎓 Beruniy maktabi | 2-filial 📍 Manzil: Farg‘ona, (Toshloq tuman markazida) 📞 Telefon: +998 90 533 57 71

Show more
749
Subscribers
-124 hours
-97 days
-3830 days
Posts Archive

⚠️ ⚠️⚠️⚠️⚠️⚠️⚠️⚠️ BERUNIY MAKTABI OTA-ONALARI VA USTOZLARIGA MUHIM ESLATMA Hurmatli ota-onalar va ustozlar! Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab to‘lovlari masalasiga yanada jiddiy va qat’iy yondashamiz. Maktab faoliyatining barqarorligi, avvalo, o‘z vaqtida amalga oshiriladigan to‘lovlarga bog‘liq. 📌 Iyun, iyul va avgust oylaridan qarzdorligi mavjud bo‘lgan o‘quvchilar dars mashg‘ulotlaridan to‘liq ozod qilinadi. Guruh rahbarlari va fan ustozlari bugalteriyadan qarzdor o‘quvchilar ro‘yxatini olib, ushbu o‘quvchilarni darslarga kiritmaslik choralarini ko‘rishlari so‘raladi. Bu qaror kimnidir ranjitish yoki noqulay vaziyatga solish uchun emas. Maktab va ota-ona o‘rtasidagi moliyaviy majburiyatlarga mas’uliyat bilan yondashish uchun qabul qilinmoqda. Beruniy maktabining moliyaviy barqarorligi — bu faqat maktab rahbariyatining emas, balki maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning o‘z vaqtida amalga oshiriladigan to‘lovlari bilan ta’minlanadigan umumiy mas’uliyatdir. Shu bilan birga, maktab to‘lovlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirishda doimiy qiyinchilikka duch kelayotgan ota-onalar bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilish masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Chunki to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi natijasida ham maktab, ham ota-ona moddiy va ma’naviy jihatdan qiyin vaziyatga tushadi. Bizning maqsadimiz — hech kimni qiynash emas, balki maktabdagi ta’lim sifati, ustozlarning mehnati va butun tizimning barqarorligini ta’minlash. Shuning uchun yangi o‘quv yilidan boshlab to‘lov masalasida aniq tartib, belgilangan muddat va qat’iy nazorat amal qiladi. O‘z vaqtida to‘lov — maktabga emas, avvalo, farzandingizning ta’limiga bo‘lgan mas’uliyatingizdir. Hurmat bilan, Beruniy maktabi ma’muriyati

Erta tongdan Beruniy maktabining barcha o‘quvchilari maktab ostonasidan yaxshi niyatlar, katta orzular va ezgu maqsadlar bilan qadam tashlab kirib kelishmoqda. 🌅📚

🌧️ Yomg‘irli tong… Ko‘chalar nam, osmon bulutli, mayin yomg‘ir tinmay yog‘moqda. Ammo bu yomg‘ir bizning farzandlarimizning ilmga bo‘lgan ishtiyoqini to‘xtata olmaydi. 📚 Yosh bo‘lishlariga qaramay, har bir daqiqadan unumli foydalanib, yo‘lda ham kitob o‘qib, bilim sari intilib kelishmoqda. Mana, bizning farzandlarimiz! Bugun kitob bilan boshlangan yo‘l — ertaga katta marralarga olib boradi. 🎓

Yomg‘irli tong, ajoyib atmosfera! 🌧️✨ Beruniy maktabida ob-havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘quvchilarimiz ilm olish uchun darsga shijoat bilan kelishmoqda. 📚💪 Maqsad sari intilgan inson uchun hech qanday ob-havo to‘siq emas! 🔥

🌅 4-sentyabr | Soat 05:30 📚 Beruniy maktabi 1-filialida yangi kun yana ilm va harakat bilan boshlandi! O‘quvchilarimiz zo‘r kayfiyatda, katta maqsadlar sari bugungi o‘qish kunini boshlashdi. 💪✨ Har tong — kelajak sari tashlangan yana bir qadam! 🚀

🌅 Soat 05:40. Ko‘pchilik uchun kun endigina boshlanayotgan bir paytda, Beruniy maktabida darslar allaqachon 05:00 da boshlangan! 📚🔥 Shirin uyqudan voz kechib, bilim sari qadam tashlayotgan o‘quvchilarimiz — katta maqsadlar yo‘lida katta mehnat qilayotgan avlod! 🎯 Orzular uyquda emas, harakatda amalga oshadi! Mana, bizning kunimiz shunday boshlanadi! 💪

Erta tongdan darsga otlangan har bir o‘quvchi — o‘z orzulariga yana bir qadam yaqinlashmoqda. 💪 Bugungi mehnat — ertangi natija! 🎯 Maqsadli inson vaqtni kutmaydi, vaqtdan foydalanadi! Mana, Beruniy maktabida kun shunday boshlanadi! 🚀📖

Ko‘pchilik hali shirin uyquda… Bizning o‘quvchilarimiz esa kelajagi uchun harakatda! 📚🔥

🌅 3-sentyabr, payshanba | 05:20 Beruniy maktabida kun yana erta tongdan boshlandi! 📚✨ O‘quvchilarimiz shirin uyquni ortda qoldirib, bilim olish uchun darslariga shoshilmoqda. 💪 🎯 Buyuk maqsadlar — erta tongdan boshlanadi! Har bir darsingiz manfaatli, har bir qadamingiz kelajak sari dadil qadam bo‘lsin! 🤲📖

🎉 BERUNIYDA YANGI O‘QUV YILI ANA SHUNDAY BOSHLANDI! 💙🔔 Quvonchli chehralar, sog‘ingan sinfdoshlar, ustozlarning samimiy tilaklari va jajji Beruniychilarimizning hayajoni… ✨ Bugungi bayramning eng chiroyli lahzalarini bir videoga jamladik! 🎥❤️ Bu shunchaki yangi o‘quv yilining boshlanishi emas — yangi maqsadlar, yangi marralar va yangi g‘alabalar sari qo‘yilgan birinchi qadam! 🚀 Aziz o‘quvchilarimiz, yangi o‘quv yilingiz muborak bo‘lsin! 📚 Bu yil ham Beruniyda hali ko‘p tarixlar yoziladi! 🔥 🎬 Bayram qanday o‘tdi? Videoni tomosha qiling va bu atmosferani biz bilan birga his qiling! 💙 Beruniy — katta orzular boshlanadigan maskan!