Soliefs
Open in Telegram
787
Subscribers
-324 hours
-107 days
-2030 days
Posts Archive
786
Bir necha haftalar ilgari bir voqea bo'ldi.
Katta ustozlarimiz bilan. Men bilmasdan bir qovun tushurganman.
Lekin shuni nafsim tan olishni xohlamayapti.
Qovun tushurganim rost. Lekin bilmay qilganim ham rost.
Nafsim har xil bahonalar bilan burchakdan chiqishga harakat qilyapti.
Aybdorligini tan olsa, nima bo'ladi?
Aziyat chekkan qurbonga nisbatan aybdor ko'proq aziyat chekadi-da.
Shuni biladi bu nafs. O'zini sinishini xohlamaydi.
Haqligini isbotlaydi.
Psixologlar buni hissiy immunitet deb ham atashadi, adashmasam.
Alhamdulillah, oxiri baribir tan oldirdim. Aniqrog'i, tan oldim.
O'zini oqlashdan u yog'iga o'tmaydigan immunitet kerakmas.
Lekin qabul qilish qiyin bo'ldi.
Ayniqsa, qilgan xatoying sen juda hurmat qiladigan odamlar bilan bog'liq bo'lsa, ehh...
@soliefs
786
So'zlar aldamchi.
Jinoyatchiga qandaydir psixologik test berib, normal sharoitda uning jinoyatga moyil-moyilmasligini bilib bo'lmaydi.
Odatiy vaziyatlar, bir necha asrlar avval aytganimdek, o'zida hech qanday qiymat ushlamaydi. Deyarli.
Kimningdir so'zlari qilayotgan amallaridan ustun bo'la olmaydi. Amallar hammasini ko'rsatadi.
Shunday ekan, bu yerdagi so'zlarimga qarab meni aqlli deb sanamang. Oqil deb ham bilmang. Garchi bu yerdagi postlar bunday sifatlarga unchalik ishora qilmasa-da.
Keskin vaziyatlarda hayvoniy sifatlarim namoyon bo'lgan paytlarga qarang. O'sha mening asl yuzim. O'sha hammaning asl yuzi.
Xullas, so'zlarga ishonmang. Menga ham ishonmang. Umuman, odatiylikka ishonmang.
@soliefs
786
Ishdan uyga kelayotgandim.
Bir amaki ota-onam haqida so'radilar. Borlar dedim.
Do'ppi hamda tasbeh bermoqchilar. Menda bor bu buyumlar. Ortiqcha buyum esa kerak emas.
Ehson qilmoqchilar deb o'yladim. Berdilar. Mayli deb oldim.
Keyin sumkalarini ochib evaziga pul ehson qilishimni so'radilar.
Pulim bor edi. Bera olardim ham. Lekin bermadim. Ichimga kirlik o'tirdi. Balki men shunday ichi kir odamdirman ham.
Agar bir kishini qarzdor his qildirib, ehson qildirayotgan bo'lsangiz, uning bergan ehsoni ehson o'rnida o'tarmikan?
Ehson Allohdan hech qanday buyum yoki mol kutmasdan, balki faqat uning roziligi uchun qilinadigan amalmasmi?
Ikkinchidan, agar siz unga bir nima ehson qilib, evaziga biror hadya kutsangiz yoki shu ehsoningizning natijasini qandaydir siz xohlagan yo'lda bo'lishini xohlasangiz, niyatingiz qanchalik pok?
Marketing va sotuv qurollari ehson qildirishga ham kirib kelibdi dedim.
@soliefs
786
Alijonov taqsirimiz Parallel Muhitdan Azizbek aka Rahimovning turmush bo'yicha go'shtli kontentlarini bitta sahifa qilib qo'yibdilar.
Bu yer o'qing https://www.turmusht.uz
P.S. Men esa uylanib bo'ldim. Deyarli ))
@soliefs
786
Azizbek aka Rahimov hamda boshlang'ich ingliz tili ustozimiz Timur Xo'jayevlar bilan ochiq suhbatimiz YouTube'ga yuklanibdi.
https://youtu.be/Nl30JKwhCR0
@soliefs
786
Eski aloqalarni uzmaslik kerak deyishadi ayrimlar.
Mana shu yerda hammadan ham maslahat olmaslik kerakligi yaqqol namoyon bo'ladi.
Taqsirlar, "jigarlardan kechma va soqqani qil" shiori juda yaxshi hayot falsafasi.
Lekin hamma ham jigar emas. Jigarlarni tanib olish kerak.
Rishtalarning yoshi ularning sifatidagi yagona omil emas.
Eski degani qadrdon degani ham emas.
Qisqa qilganda, kladovkani vaqtida tozalab turing. Erinmang.
Tozalik nafaqat tuman boylik. Balki aniqlik ham demakdir.
P.S. Rasm o'quvchilar tomonidan chizilgan. Ikkisi ham o'g'il bola ))
@soliefs
786
Mushohada
Nega ko‘pchilik hayot har qachongidan ham osonroq bo‘lsada charchagan?
30 yil avval… Inson ko‘proq mehnat qilar, og‘irroq sharoitlarga chidar edi. Shunga qaramay, ko‘pchilik bugungidan ko‘ra xotirjam va ruhan barqarorroq edi.
Hozir esa deyarli hamma narsa tez va oson bo‘lib qoldi:
- ovqat birgina tugmani bosish bilan keladi,
- aloqa, muloqot bir zumda amalga oshadi,
- ma'lumot esa bir necha soniyalarda topiladi…
Ammo buning evaziga xavotir, stress va ruhiy charchoq darajasi misli ko‘rilmagan darajada oshdi.
Xo‘sh, nima o‘zgardi?
Muammo shundaki, zamonaviy inson endi faqat hayotdan emas, balki har kuni ongi orqali o‘tadigan ulkan axborot oqimidan charchamoqda.
Bir kun ichida inson:
- urushlar xabarlari,
- muvaffaqiyat videolari,
- boshqalarning muammolari,
- ijtimoiy taqqoslashlar,
- qarama-qarshi fikrlar,
- va “ideal” hayot namunalarini ko‘radi…
va bularning barchasi hali qahvasini ichib tugatmasidan sodir bo‘ladi.
Inson aqli bunday tinimsiz oqim uchun yaratilmagan.
Shuning uchun ham bugun ko‘pchilik hech qanday og‘ir ish qilmasa ham, o‘zini charchagan his qiladi.
Eng xavflisi esa — inson “ichki xotirjamligini" yo‘qota boshladi.
Sukunat zerikarli bo‘lib qoldi,
Telefonsiz o‘tirish bezovta qiladigan holga keldi,
Chuqur fikrlash esa qiyinlashdi.
Hatto munosabatlar ham o‘zgardi.
Ayrimlar yuzlab odamlarning hayoti haqida hamma narsani biladi… Lekin uni chin dildan tushunadigan bitta inson topolmaydi...
Achchiq haqiqat shundaki, odamlarni yaqinlashtirish uchun yaratilgan ijtimoiy tarmoqlar, aslida ko‘pchilikni yanada yolg‘iz his qilishiga sabab bo‘ldi.
Shu bois, haqiqiy rohat "ko‘proq narsaga ega bo‘lish"da emas, balki shovqinni kamaytirishda qoldi.
Solishtirishlarni kamaytirish.
Chalg‘ishlarni kamaytirish.
Kundalik hissiy sarf-xarajatni kamaytirish.
Ba'zan inson bugungi kunda muhtoj bo‘lgan eng katta ne'mat — mukammal hayot emas, balki osoyishta aql va Alloh taoloning muhabbati bilan urib turgan qalbdir.
Doktor Abdulkarim Bakkor. >
P.S. Yuqorida jamoa bilan tog’ bag’riga kichik sayohatdan lavhalar
@soliefs
786
Yaxshi shogird qanday bo'ladi?
Bilmasligini tan oladi; bilaman deb katta ketmaydi; bilmayman deb o'rganib oladi;
Maqsadi haq bo'lishmas, balki Haqqa yetish bo'ladi;
Muhim bir buyumini yo'qotib qo'ygandek izlanuvchan bo'ladi; ustozi o'rgatganiga qo'shimcha izlanadi;
Ilmga och bo'ladi; o'rganganlaridan mast bo'lib qolmaydi;
Erishgan yutuqlarini Allohning in'omi, ustozlarining fazli va ota-onasining tarbiyasidan deb biladi;
Erishmaganlarini avvalo yetarlicha harakat qilmagani va Allohning irodasi deb biladi; aybni o'zidan qidiradi;
Ustozim yetishtirgan eng zo'r shogird bo'laman deb harakat qiladi;
Siz bu ro'yxatga yana sifat qo'shardingiz?
@soliefs
786
Katta-katta yeyavermang.
Qorin barcha xohishlarning ildizi.
Uni to'ldirish odat bo'lib qolgach, nafsul ammora kuchayadi.
Iroda ham muskuldek gap. Ko'p mashq qilinsa, chiniqadi.
Uni oddiy dasturxon oldida ishlatmaslik boshqa joylarda ham pand berishiga sabab bo'ladi.
Ko'p yeyish shunchaki ochlikni bartaraf etib qolmay, ruhni istalgan narsani darhol olishga o'rgatadi.
Chunki iroda sustlashadi. Nafs esa quturishni boshlaydi.
Imom al-G'azzoliy o'zlarining Ihyou Ulumid Din asarlarida ochlik haqida bitta alohida bob yozganlar.
Shaytonning kirishi uchun birinchi eshik sifatida aynan to'yib yeyishni ko'rsatganlar.
Sababi, to'q qorin boshqa istaklarni ham o'zi bilan birga olib keladi.
To'qlikka sho'xlik degan gap ham bekorga kelib qolmagan.
Ko'p yeyish qalbni qotiradi. Ayniqsa u odat tusiga kirsa.
Qon hazm qilishga ketadi. Odamni uyqu bosadi. Tana og'irlashadi.
Miya his qilishdan ham ko'ra mavjud ovqatdan kelgan energiyani qayerlargadir taqsimlash bilan band bo'ladi.
So'fiylar, shuning uchun, "Yurakni yumshatmoqchi bo'lsang, kamroq ye, kamroq gapir, kamroq uxla" deb bekorga aytishmagan.
Xullas, rizo va shukrni his qilish uchun avval "yetarli"ni bilish kerak.
Payg'ambarimiz ﷺ aytgan maslahat - qorinning uchdan biri ovqat, keyingi uchdan biri suv va qolgan uchdan biri havo bilan to'lsin deganlari - dietologik maslahat emas edi, albatta.
Balki "yetarli" ni bilish va qalbni qotishdan asrashga ham tavsiya edi.
Nafs bir joyda qanoat qilishni o'rgansa, boshqa joylarda ham qanoat qila oladi.
Bir joyda haddidan oshsa, hamma joyda shunday qiladi.
@soliefs
