en
Feedback
Soliefs

Soliefs

Open in Telegram

🙋‍♂️Temurbek Solief ✍️ @antimort

Show more
787
Subscribers
-324 hours
-107 days
-2030 days
Posts Archive
Maksimum potensial maksimum reallik yoki g’alabani bildirmaydi. Potensial qat’iyat bilan reallikka olib chiqilmas ekan, tamom, hech qachon foydasi bo’lmaydi. Insonlarga, shuning uchun, faqat hali yuzaga chiqmagan, ammo qarida miltillab turgan muqarrar salohiyati bilan baho bermasdan, qanchalik yuqori agentlikka ega ekanliklari, qanchalik fokus qila olishi hamda qanday qurbonliklarga tayyorligi bilan ham qarash kerak. Yuqori agentlikka ega bo’lmagan odam deyarli hech nimaga erishmaydi. Fokus qila olmasa, ish qila olmaydi. Yoki hamma narsadan bir chimdim bo’lib, hech nimani qoyillatmaydi. Qurbonliklarga tayyor bo’lmasa, kerak paytida bera olmaydi. Bermagan esa olmaydi ham. @soliefs #qoralama

Qiyin ishlar qilish deganda sovuq dush qabul qilish, marafon yugurishni tushunmasdan emotsional qiyin ishlar qilishni odat qilgan yaxshi. Bu qiyin suhbatlar o’tkazish (aybini tan olib kechirim so’rash, masalan), uzoq paytdan beri kechiktirib kelayotgan ishni boshlash, kun davomida chalg’imasdan chuqur ishlash bo’lishi mumkin. Aynan shu ishlar bizga ko’proq dux beradi. Chunki bular emotsional kuch talab qiladi. Jismoniy kuch, garchi o’ziga ishonchda muhim omil bo’lsa-da, emotsional jasoratni ta’minlashi qiyin. #qoralama yozmaganimga ham ancha bo’lgan ekan @soliefs #qoralama

"Endi onaga qöshilib qiz yiğlar, qizga qo'shilib ona yiğlardi. Bularning yiğilari kuchaygani sari tashqari tomondan kelayotga
"Endi onaga qöshilib qiz yiğlar, qizga qo'shilib ona yiğlardi. Bularning yiğilari kuchaygani sari tashqari tomondan kelayotgan xushomadlar ham kuchayar, butun mahalla-köy Razzoq söfining baxtini olqishlab, chapak chalardi!" Bu xushomadlar ortida munofiqlik va o'z manfaatini ko'zlagan xayrixohlik bor. Qizning taqdiri-chi? U bilan hech kimning ishi yo'q. Kimsan mingboshiga quda bo'layotgan so'figa hamma yoqishga harakat qiladi-da! Muallif "Razzoq so'fining baxti" deb bekorga aytmayapti. Baxti ochilgan sho'rlik Zebi emas, balki Razzoq so'fi. Ammo Razzoq so'fining baxti ikki ojizasining yig'isi hisobiga keldi. Bilmadim, buni qanday baxt deb atash mumkin! @soliefs

Repost from N/a
📣 Kelayotgan yozda 2 oylik onlayn IELTS darslar tashkillayapman. 🗓 Haftada 3 kun. 120 minutdan bo'ladi. ⚠️ Kirish uchun Intermediate muvaffaqqiyatli tugagan bo'lishi kerak. 🔴 Guruhda faqat 6 kishi bo'ladi. ✔️ Har hafta speaking mock imtihoni ✔️ Takrorlash oson bo'lishi uchun lug'atlar ankidroid uchun ham, pdf shaklda ham qilib beriladi ✔️ Qat'iy uyga vazifalar nazorati ✔️ Unlimited Essay Checking Service ✔️ More than just regular IELTS classes, but fun and education together! 📊 Shu hafta uchun (12-iyulgacha): 🗣️ Narxi: 900,000 so'm 🗣️ Narxi: 750,000 so'm ⚡️O'quvchilar natijalari: 🥇 https://t.me/notsolief/1815 🥇 https://t.me/notsolief/2179 👑 Shaxsiy natijam: CELTA and Band 8.5 (Writing 8.0, Speaking 8.5) 📌 Darslar Zoom orqali tashkillanadi. ✉️ Ro'yxatdan o'tish uchun @antimort ga yozing. @notsolief

Repost from N/a
📣 Kelayotgan yozda 2 oylik onlayn IELTS darslar tashkillayapman. 🗓 Haftada 3 kun. 120 minutdan bo'ladi. ⚠️ Kirish uchun Intermediate muvaffaqqiyatli tugagan bo'lishi kerak. 🔴 Guruhda faqat 6 kishi bo'ladi. ✔️ Har hafta speaking mock imtihoni ✔️ Takrorlash oson bo'lishi uchun lug'atlar ankidroid uchun ham, pdf shaklda ham qilib beriladi ✔️ Qat'iy uyga vazifalar nazorati ✔️ Unlimited Essay Checking Service ✔️ More than just regular IELTS classes, but fun and education together! 📊 Shu hafta uchun (12-iyulgacha): 🗣️ Narxi: 900,000 so'm 🗣️ Narxi: 750,000 so'm ⚡️O'quvchilar natijalari: 🥇 https://t.me/notsolief/1815 🥇 https://t.me/notsolief/2179 📌 Darslar Zoom orqali tashkillanadi. ✉️ Ro'yxatdan o'tish uchun @antimort ga yozing. @notsolief

Anchadan beri metroga endi tushdim. O'tgan payshanba kechqurun. Soat 23:00 atrofi. O'sha tanish hid. Metroning bu hidi meni 2
Anchadan beri metroga endi tushdim. O'tgan payshanba kechqurun. Soat 23:00 atrofi. O'sha tanish hid. Metroning bu hidi meni 2021-yillarga olib boradi. O'sha yillari kunim metroda o'tardi. U stansiyadan bu stansiyaga. Yana peresatkalar paytidagi tiqilinchliklar. Hayriyatki, bu safar odam unchalik gavjum emasdi. Hamma nimadir bilan band edi. Bir bekatda russiy-zabon oila poyezdga chiqdi. Bo'yi baland, yoshi 40dan o'tgan, otam-tengqur amaki. Va uning ayoli hamda qizi. Amaki yonimga o'tirdi. Jinsi shim kiyib olgan. Xitoycha, lattadan qilingan krossovka-sifat oyoq kiyimlari chang bo'lgan. Demak, yoki ishi ko'p yurish talab qiladi, yoki oilasi bilan kechki payt ko'p piyoda yurgan. Ko'rinishidan jismoniy mehnat emas, balki aqliy mehnat qiladigan kishiga o'xshardi. Bir bekat keldi, va ayoli hamda qizi amaki bilan iliq xayrlashib, tushib ketdi. Ruschada nimalarnidir aytdi. Amaki keyin quloqlariga quloqchinlarini taqib, telefon ichiga sho'ng'idi. Yuzlarida charchoq hissi bor edi. Taxmin qildimki, amaki ishga ketyapti. Amaki tungi navbatchilikda ishlashlari mumkin. Keyin o'ylab qoldim. Insonning boshiga har nima tushishi tabiiy. Hayot bir kun unday, bir kun bunday. Ammo insonning o'zi ham hayotiga mas'uliyatni ololishi kerak. O'z hayotimga qarab qoldim. Menda ham shunday vaziyat bo'lmasmikan? Men ham oilamni tashlab ishlasam-a? Biroz muddat bo'lsa, mayli. Lekin bu yillar davom etsa-chi? Amakiga qoyil. Ular ham qo'llaridan kelganini qilib, oilasini boqishga harakat qilyaptilar. Ishsizlar qancha? Ishlashga imkoni yo'qlar qancha? Ammo bu yillar... Umrni so'rib oladi. Ruhingizdan shavqni. Farzandingiz uyg'oqligida siz uxlaysiz. U uxlaganda siz ishlaysiz. Yoki kelganingizda uyquda bo'ladi. Ketayotganingizda ham. Metro menda hech qachon iliq xotira qoldirmagan. Balki shuning ham ta'siri bordir. Xullas, o'zimga o'zim kichik kuzatuvdan xulosa tayyorlab qo'ydim. O'zgarish kerak. O'zgartirish kerak.... @soliefs

Xato qarorlar qilganimizni vaqt o'tib anglaymiz. Lekin nimaga endi xato? Axir ularni to'g'ri deb bilgandik-ku? Sababi ko'p bo
Xato qarorlar qilganimizni vaqt o'tib anglaymiz. Lekin nimaga endi xato? Axir ularni to'g'ri deb bilgandik-ku? Sababi ko'p bo'lishi tabiiy. Shu omillardan biri qayta obdon o'ylab ko'rmaslik. Aqlni o'zimizga hokim qilib, xayolimizga kelgan fikrni to'g'ri deb olib ketaversak, qilmoqchi bo'lgan ishlarimiz muqaddimasidan to'g'ridek ko'rinaveradi-da. Masalaning yana boshqa tarafi shu yerda yuzaga qalqib chiqadi. Qayta o'ylab ko'rishning o'zi ba'zan kamlik qiladi. Ayniqsa, qarorlarimizga hislarimiz hokim bo'lganida. Unda aql ham ilojsiz qoladi. Balki aql bunday vaziyatlarda doim ilojsizdir? Bunda yana bir mulohaza yuritishdan foyda yo'q. Chunki ong shunga qaror qilib bo'lgan. Aql bilan tasdiqlatib, shu ishni sizga qildirmoqchi xolos endi. Bu kabi qarorlarimizning qanchalik bizga yoqish-yoqmasligini ularni yashab ko'rganimizdagina bilamiz. Hech shunday bo'lganmi, bir vaziyat bo'ladi; afsuslanasiz. Keyin Alloh ichidan bir yaxshilik ko'rsatib qo'yadi. Shu biz uchun xunuk ko'ringan vaziyatdan xoyr berib qo'yadi ba'zan. Biz juda qattiq xohlagan narsalardan esa teskarisini. Chindan ham U bizga nima eng afzal, nima afzalmasligini o'zimizdan-da yaxshiroq biladi. Har bir qarorimiz tavakkal. Noaniqlikka bo'lgan tavakkal. Bu xuddi qorong'uda qadam bosishga o'xshaydi. Yurgan joyimiz yorishaveradi. Yurmasak, zimistonligicha qolaveradi. Tavakkalning ham hisob-kitoblisi va hisob-kitobsizi bor-kuya. Xullas, o'rtoqlar, xato qarorlar qabul qilishimiz hech qachon 0ga teng bo'lmaydi. Har doim nimanidir to'g'ri deb o'ylab, vaqt o'tib, xato deb topamiz. Yechim sifatida hozirgi aqlimga kelayotgan 3tagina narsa bor: Allohdan nimanidir xohlaganimizda bizga eng afzalini berishini so'rash; bo'lmasa, bermasligini. Bu yo'lni bosib o'tgan odamdan yo'l-yo'riq olish. Keyingisi esa avvaldan mavjud signallarga quloq tutish. Shular qilmoqchi bo'lgan qarorlarimizning xatolik darajasini pasaytiradi degan umiddaman. Xato qarorlarga esa achinmaslik kerak. Aksincha, ularni imtihon sifatida ko'rib, ichidan xoyr qidirgan ma'qul. Bundan boshqa yechimlar ko'rmadim. Sizda bo'lsa, ulashishingiz mumkin. @soliefs

Muvaffaqqiyatga erishishni istaysizmi? (3) Yaxshilik qilsangiz, tezda unuting. Yaxshilik ko'rsangiz, bir umr yodingizda tutin
Muvaffaqqiyatga erishishni istaysizmi? (3) Yaxshilik qilsangiz, tezda unuting. Yaxshilik ko'rsangiz, bir umr yodingizda tuting. Qo'lingizdan kelsa, mavjud resurslaringiz orqali ehtiyojmandlarga yordam qiling. Nimadir kutib emas, balki Allohni roziligi uchun. Agar keyinchalik o'sha odamdan yomonlik ko'rsangiz ham, hechqisi yo'q. Shu qilgan yaxshiliklaringiz u uchun emas edi, baribir. Balki Alloh uchun edi. Oldingizga yordam so'rab kelgan odamga qo'lingizdan kelganicha yordam bering. Hech qachon ovrunmang. Chunki u ehtiyojmand paytida Alloh sizning ismingizni uning qalbiga soldi. Buni Alloh rizoligi uchun bir imkoniyat deb biling. Shafqatli bo'ling. Odamlarni hisob-kitob qilmang. Ularning o'rniga o'z oila-a'zolaringizni va o'zingizning o'rningizga boshqa begonalarni qo'yib ko'ring. Qolaversa, kishilarni muhokama qilish vaqtni behuda sarflashdir. Boriga shukur qiling. Hoziringizga qarab, butun umringizga baho bermang. Topganingizga Allohdan baraka so'rang. Rizqingiz haqida o'ylayvermang. Hasad qilmang. Alloh ne'matlarini har bir bandasiga xoslab bergan. Ko'ngilni keng qiling. Siz baraka topishingiz uchun boshqa birov nimasinidir yo'qotishi shart emas. Qiyinchiliklar bo'lishi tabiiy. Muvaffaqqiyat bir narvon; ikki qo'lingiz cho'ntagingizda bo'lib, undan tepaga ko'tarila olmaysiz. Har bir qiyinchilikni kelajakdagi muvaffaqqiyatga tayyorlovchi bir sinov deb biling. Allohdan foydali ilm va keng rizq so'rang. Foydasiz ilmdan panoh so'rang. Axir ilm birov tortib ololmaydigan xazinadir va u berganingiz sari ko'payaveradi. Atrofingizdagilar siz kabi birdek baxtli bo'lishlari uchun ularga yordam qo'lini cho'zing. Davlatingiz bo'lsa, yaxshilik qiling. Kamida hollaridan xabar oling. Axir, atrofingiz zulmat bo'lib turgan bir paytda, qanday qilib siz tong yog'dusidan bahramand bo'la olasiz? Yoki yig'lab turganlar orasida kulish qanchalik durust? Hatto bir og'iz shirin so'z ham ba'zan bera olmagan davlatingizdan afzal bo'lib qoladi. Unutmang. @soliefs

Muvaffaqqiyatga erishishni istaysizmi? (2) Unda atrofingizdagilarning kamchiliklarini kechiring. Hisob-kitoblaringizni ularni
Muvaffaqqiyatga erishishni istaysizmi? (2) Unda atrofingizdagilarning kamchiliklarini kechiring. Hisob-kitoblaringizni ularning kamchiliklari ustiga qurmang. Sizga taaluqli xatolari bo'lsa, "bir uzuri bordir-da" deyishni o'rganing. Hadeb hamma narsaga tortishavermang. Husumatlashish ruhiyatlar orasiga to'siq bo'ladi. "Hech kim kamchilikdan holi emas" degan gapni o'zingizga emas, balki boshqalarning xatosini ko'rganingizda ishlating. Boshqalarning xatolarini unuting. Uning o'rniga, o'z xatolaringiz haqida qayg'uring. Axir, asl saodat inson boshqalarni qo'yib, o'zining kamchiliklari haqida o'ylashi va ularni to'g'rilashga harakat qilishi emasmi? Kechirimli bo'ling. Axir faqat mardlargina o'z g'ururini chetga surib, kechirim so'ray oladilar. Yaqinlaringizni atrofingizda ushlab qolmoqchi bo'lsangiz, mard bo'ling va barcha xatolarini unutib yuboring. Yo'qsa, ichki adovatingiz yana nizolar keltirishi tabiiy. Insonlar agar sizga tosh otsa, o'sha toshlarni qaysidir devorni ta'mirlashga ishlating; gul otsa, bu gullarni sizga ta'lim bergan ustozlaringizga, tarbiya bergan ota-onangizga, va qo'llab-quvvatlagan yor-u birodarlaringizga bering. Bir nimaga erishganingizda kibrlanib ketmang. O'zingizdan faxrlanmang. Yutuqlaringizga hech qachon faxr hissi tuymang. Shunday bo'layotganda kamchiliklaringizga e'tibor bering. Shu yutuqlarga erisha olmagan paytlaringizni eslang. Aslida o'zingiz erishmaganingizni tan oling. Kamtar bo'ling. Faqat el ko'ziga emas, balki o'z vijdoningiz oldida ham. Yiqilganingizda yomon gumonga bormang. Zero, yomon gumon qilish Allohga yomon gumonda bo'lish bilan tengdir deyishadi ulamolarimiz. Uning o'rniga qaddingizni rostlang-da, sizga o'xshab yiqilganlarga yordam qo'lini cho'zing. Dushmaningiz ustidan g'alaba qozonsangiz, sevinmang. Uning boshiga musibat kelganida duo bilan hamdard bo'ling. Odamlarga aslingizdan-da go'zal muomalada bo'ling. Zero, zulm umrni qisqartiradi. Salomat bo'ling. @soliefs

Toshmat xonadagilar e'tiborini tortish ilinjida bor kuchi bilan harakat qilardi. Mikrafonni birovga bermas, nima mavzu bo'lsa
Toshmat xonadagilar e'tiborini tortish ilinjida bor kuchi bilan harakat qilardi. Mikrafonni birovga bermas, nima mavzu bo'lsa, hammasi haqida gapiraverardi. Tez, baland ovozda va ba'zan o'xshovsiz tarzda qah-qah otib. O'ylardiki, qancha ko'p gapirsa, va e'tibor markazida bo'lsa, atrofidagilarga shuncha qiziq ko'rinardi. Afsuski, yarim soat o'tar-o'tmas, xonadagi suhbatdoshlarning (bilmadim, ularni qanchalik suhbatdosh deyish to'g'ri; aytaylik, tinglovchilarning) ko'ngli ozib ketdi. Ayrimlari hatto uyali aloqa vositalarini titishni ham boshladi. Ensasi qotdi. Hamma eshitilishni xohlaydi. Suhbatda faqat bir taraf xuddi eski to'ylarda davraga chiqib olib, to'y buzadigan kolxoz raislariga o'xshab og'ziga kelganini muhim deb javrayversa, suhbat emas, monolog bo'ladi-ku, axir. Qolaversa, ko'p gapiradigan odamning ham pichoqqa ilinadigan materiali tugaydi. Qancha ko'p o'qigan bo'lsa ham. Natijada, yoki gaplari sayozlashadi, yoki buzilib qolgan ovoznigordek bitta fikrni qaytaraveradi. Yoki fikrlari shunchalikka boradiki, u fikrlar hatto o'zinikiligiga shubha qila boshlaydi. Undan ham eng yomoni esa, kishilar mo'l-ko'l narsalarni qadriga yetmay qolishadi. Masalan, havoga qarang. Yashash uchun qanchalar zarur, ammo odamlar pisand qilmaydi. Chunki u mo'l-ko'l va tekin. So'zlar ham shu havo kabi serob bo'lganda, insonlar oldida o'z qadrini yo'qotishni boshlaydi. Shuning uchun, kam gapirgan, undan ham avval esa o'ylab gapirgan ma'qul. Shunda Toshmatning holiga tushmaydi kishi. Toshmatlarga tashlab qo'yamiz )) @soliefs

Uy qurish murakkab ish; uni buzib tashlash esa juda oddiy. Menimcha, hayotning ko‘p jabhalarida ham shunga o‘xshash holatni k
Uy qurish murakkab ish; uni buzib tashlash esa juda oddiy. Menimcha, hayotning ko‘p jabhalarida ham shunga o‘xshash holatni ko‘rish mumkin. Oldinga siljishga harakat qilayotganingizda, ba’zan masalaga teskari tomondan qarash foydali bo‘ladi. Mana sizga bir nechta juda yomon maslahatlar: Daromadingga nisbatan kutilmalaring tezroq ko'tarilsin. Hayotini to'liq kartinada ko'rmay turib, hammaning muvaffaqqiyatiga hasad qil. Mustaqilliknimas, statusni tanla. Bank hisobidagi raqamlarini insonning qadri bilan o'lcha. O'zing uchun ham, boshqalar uchun ham. Mutlaqo xohishlari boshqacha odamlarning strategiyalaridan foydalan. Qancha auditoriyangning hajmi katta bo'lsa, fikring shuncha to'g'ri va sen shuncha ishonarli bo'lib boraverasan. Hasadni Zuhro yulduzingga aylantir. Boylik 100% aqlga bog'liq deb bil. Dofamin beradigan har bir yangi ish uzoq baxtning kaliti deb yasha. Har bir suhbatni yutilishi kerak bo'lgan musobaqa deb ko'r. Hamma muammolaringga yechim pul. Ko'proq pul. Hamma narsani tranzaksiya ustiga qur. Rishtalar ustiga emas. Hayot bu biznes, my friend. Sening hamma bilganing o'zi shundoq ham to'g'ri. Uni tish-tirnog'ing bilan himoya qil. Yangi narsa o'rganma. Uzoq muddatda keladigan reputatsiyadan ko'ra hozir chalinadigan chapaklar muhim. O'tmish zo'r bo'lgan. Hozir devona. Kelajak esa rasvo bo'lishi turgan gap deb bil. Band bo'lishmas, band ko'rinish muhim. Odamlarga sening harakating ko'proq muhim; natijang emas. Nostalgia haq narsa deb yasha. O'zingning parda ortidagi hayotingni birovning ijtimoiy tarmoq uchun maxsus montaj qilingan reels dagi hayoti bilan solishtir. Moslashish haqida unut; muammolar har doim shundayligicha qoladi. Ustunliklar ham. Yangiliklarning hech birini o'tkazib yuborma. Noaniqlikni harakat qilmaslikka bahona sifatida ishlat. O'zingga yaxshi gumonda, o'zgalarga esa yomon gumonda bo'l. O'rganish maktabni bitirgan paytingda tugagan. Sabrni dangasalik sifatida ko'r. Pulga instrument deb emas, balki hayotdagi ochko deb qara. Faqat o'zingning tajribalaringdan o'rgan. Hatto yo'l qoidalarini ham. Faqat sendan xulq va odobi quyi odamlar bilan do'st bo'l. Jun 12, 2025. MH @soliefs

Repost from AkromMalik.Uz
Insonlar bilan munosabatlarni uzmaslik ma’qul. Odamlar bilan uzoq vaqt aloqalarni saqlab qolgan yaxshi yoki uzoq vaqt salom-a
Insonlar bilan munosabatlarni uzmaslik ma’qul. Odamlar bilan uzoq vaqt aloqalarni saqlab qolgan yaxshi yoki uzoq vaqt salom-alik qiladiganingiz kishilar bilan muomala o‘rnatmoq maqsadga mos keladi. Shakllangan inson yangi do‘stlar ortidan yugurmaydi yoki eski tanishlari bilan rishtalarni kesishga ishqiboz bo‘lmaydi. Oqil kishi qadrdonlar qadrini biladi. Hamma gap ana shu eski qadrdonlarga ega bo‘lishdadir. Atrofdagi odamlar bilan iliq va samimiy aloqalarni saqlab qolishning ilmi bor. Chunki hozir aksar yoshlarda, hatto kattalarda ham bir paytlar qalin bo‘lib, keyin sovub ketgan do‘stlar bilan bog‘liq achchiq tarixlar ko‘p uchraydi. Bu tarixlar yurakning yarasidir. Ana shunday yara va jarohatlardan kishi o‘zini salomat saqlashi kerak, aks holda, huzun va g‘am kishi iste’dodini o‘ldiradi, qalbini qoraytiradi, aqlini o‘tmaslashtiradi, ishlarini orqaga ketkazadi. Odam o‘zidagi poklik va safoning qiymatini bilishi lozim. Hamisha ham fikrar quyilib kelavermaydi, hamisha ham atrof do‘stlar bilan gavjum bo‘lavermaydi, hurmat va ehtirom, sevgi va sadoqat doimiy saqlanib turmaydi, bular o‘zgarishlarga yuz tutadi, larzalar ro‘y beradi, yo‘qotishlar sodir bo‘ladi. Lekin bunday ma’naviy zilzilalarning oldini olish imkoni bor. Ana shuning ilmini Xudo qodir qilgancha baholi qudrat bugun o‘rganamiz. Alisher Navoiy hazratlarining “Hayratul abror” dostoni oltinchi maqolati adab haqida. Buyuk bobomizning aytishicha, adabning namoyon bo‘lish o‘rinlari bunday: 1. Oila: xotin, bola va ota-onaga adab. 2. Xizmatkorlarga adab. 3. Kichiklarga adab. 4. Kattalarga adab. 5. Tengdoshlarga adab. 6. Davlat xizmati odobi. Bularning har biri alohida sharh talab qiladi, ushbu o‘rinda ikki nuqtaga e’tibor bermoqchimiz: bolalar uchun hurmat deya o‘rindan turishni ulug‘lar adab deb sanamaydi, chunki buning oqibatida bola takabbur, sen obro‘siz bo‘lasan. Bu hazrat Alisher Navoiyning o‘giti. Biz iqtibos qilishni istagan yana biri bu: kim senga tengdosh bo‘lsa, unga shunga yarasha muomala qil: oshirib ham yuborma, tushirib ham yuborma. Bizningcha, bu hikmatlar oltin o‘rtaliqni saqla degan qoidaga eslatmadir. Ya’ni o‘rtacha bo‘l degani. Mana shu so‘zlar orasida bobomiz ishlarning yaxshisi – o‘rtachasidir degan buyuk so‘zni ham aytib o‘tgan. Insonlar orasidagi munosabatlarning buzilishiga eng katta sabablardan biri oltin o‘rtaliqning boy berilishidir. Haddan tashqari yaqinlashib ketish begonalashmoqqa olib keladi. Uzoqda bo‘lsang, kishnashasan, yaqinda bo‘lsang, tishlashasan. “Nazmul javohir”da hazrat Alisher Navoiy ta’kidlagan yana bir hikmat: “Do‘stlarni oralatib ziyorat qil, muhabbat ziyoda bo‘ladi”. Odam sevganini yo‘qotib qo‘yishni istamasa, vaqti-vaqti bilan o‘zidan sevgilisini xalos qilib turmog‘i kerak. Buyuk haqiqat ila ta’kidlanganidek, “Kimnidir sevsang, haddan oshib sevma, bir kun yomon ko‘rib qolishing mumkin. Kimnidir yomon ko‘rsang, bunda ham haddan oshma, bir kuni yaxshi ko‘rib qolishing mumkin”. O‘ta yaqinlashib ketish aksar odamlarni bezor qiladi. Shuningdek, izhorlarni ham yashirin saqlagan maqbul. Ko‘paysa, qadri ketadi, ta’sir qilmay qo‘yadi. Bu ommatan xos bo‘lgan qoidadir. Hech qachon bir-biridan zerikmaydiganlar Shams va Rumiydirlar. Shams va Rumiy bo‘lishga ko‘zi yetmaganlar orani shamollatib turishlari kerak. Lekin qalbi ishq olovida kuyganlarga  bu nasihat foyda qilmaydi, u baribir sevganiga ergashaveradi, natijada, bir kuni sevgilisini mutlaqo yo‘qotib, keyin ichi muzday bo‘lib, ushbu bitilgan hikmat qarshisiga keladi va bu qoidani mahkam o‘zlashtiradi. Yaxshirog‘i, avvaldan o‘rtacha bo‘lishni tutgan ma’qulki, bu og‘riq va azoblardan, ajralish va zorlanishlardan himoya va zirh bo‘ladi. Umuman, hamma bundan foyda topadi va hammasi ravon kechadi. Halokatlar ehtimoli ham kamayadi.   Akrom MALIK

Bir G’ildirakli Velosipeddagi Begemotmi yoki Yangi Kalamushlar Poygasimi? George Mack: Mening "High Agency" haqidagi esseyim
Bir G’ildirakli Velosipeddagi Begemotmi yoki Yangi Kalamushlar Poygasimi? George Mack: Mening "High Agency" haqidagi esseyim oradan 12 oy o‘tgan bo‘lsa ham, guruhlardagi chatlar orqali oyiga ~200,000 marta o‘qilyapti. U oxirgi 10 yil ichida yozgan barcha narsalarimning jamisidan ham 100 baravar ko‘proq natija berdi. Hozirgi vaqtda kontent yaratishning ikkita yo‘li bor deb o‘ylayman: 1. "Slop zone" (Sifatsiz va sayoz kontent hududi) Bu yerda maqsad — kontent sonini oshirish. Kuniga 10–20 talab post joylash. Tinimsiz qisqa videolar (clip farms) ishlab chiqarish. Algoritmga bor axlatni to‘kib, miqdor hisobiga g‘alaba qozonish. Odamlar nima joylaganingizni eslab qolishmaydi, lekin sizning tinmay nimadir joylab turishingizni eslashadi. 2. "Golden hippos on unicycles zone" (Bir g‘ildirakli velosipeddagi oltin begemotlar hududi) Bu yerda maqsad — sifatni oshirish. Yiliga atigi 1–4 marta haqiqatda ajoyib bo‘lgan narsani e’lon qilish. Hamma tezlashayotgan bir paytda, siz sekinlashing va sifat ustida 100 baravar ko‘proq vaqt sarflang. Odamlar oradan bir yil o‘tsa ham eslaydigan va boshqalar bilan ulashadigan narsa yaratishga e’tibor qarating. Bugungi kunda "Sifatsiz kontent hududi" Alisaning mo‘jizalar mamlakatidagi “Qizil Qirolicha" holatiga kirib boryapti (ya'ni o‘sha joyning o‘zida qolish uchun ham bor kuchingiz bilan yugurishingiz kerak). Avvalgi auditoriyangizga qayta yetib borish uchun yanada ko‘proq post joylashga majbursiz. Tez orada kunlik 10–20 ta post o‘rnini, bir xil ko‘rishlar sonini saqlab qolish uchun kuniga 40–50 ta, so‘ngra 400–500 ta post egallaydi. Bu poygada kimning qo‘lida sun’iy intellekt agentlaridan foydalanib, eng shov-shuvli videolarni qirqib beradigan 15 yoshli o‘smirlardan iborat eng katta "armiya" bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Bu sifatsiz kontentlar poygasi tushunchasi "oltin begemotlar"ga (ya'ni noyob kontent ijodkorlariga) ustunlik beradi. Chunki odamlar har qachongidan ham ko‘ra, bir kunda shoshib-pishib tayyorlanmagan sifatli kontentni qumsamoqdalar. "High Agency" esseyini yozish uchun yetti oy vaqtim ketdi va shu vaqt ichida biror marta ham post joylaganim yo‘q. Internet odamlarni "aqli zaif" qilib qo‘ygan, kecha soatlab ijtimoiy tarmoqni varaqlab, birorta ham postni eslay olmaydigan hozirgi zamonda, o‘zingizga beradigan eng yaxshi savol shu: "Bugun odamlar oradan bir yil o‘tsa ham eslab yuradigan nima yarata olaman?" Original post @notsolief

Gap soch turmakdamas, balki o'ziga bo'lgan ishonchda. Qolgani ikkilamchi. @soliefs #mavzudanTashqari

Ustoz Akrom Malik yigitlar uchun manfaatli bir loyiha boshlabdilar. Agar o'zlarining kanallarida yo'q bo'lsangiz, qo'shilib oling. Manfaatli postlar yuklab boradilar. https://t.me/AkromMalikUz @soliefs

Bu podkastni ko'rishga ulgurdingizmi? Ustozlar yaxshi hayitlik tayyorlashibdilar )) https://youtu.be/AvTSoeuvKV0 @soliefs
Bu podkastni ko'rishga ulgurdingizmi? Ustozlar yaxshi hayitlik tayyorlashibdilar )) https://youtu.be/AvTSoeuvKV0 @soliefs

O‘g‘lim, Kun kelib, otang nega oziq-ovqat huquqidan dars bersa-da, bunchalik ko‘p vaqtini falsafa, tarix, psixologiya, fizika va adabiyot o‘qishga sarflagani haqida o‘ylab qolarsan. Bir odam oziq-ovqat xavfsizligi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, qayta ishlangan mahsulotlar va agrar tizimlar haqida yozadi-yu… ammo tunda Dostoevskiy, Shopenhauer, Kamyu, Yung, Tolstoyni hamda urushlar, sivilizatsiyalar, yulduzlar va inson ongi haqida mutolaa qiladi. Odamlarni tushunish uchun faqat qonunning o‘zi kamlik qiladi. Chunki qonundan qanchalik ko‘p dars bergan bo‘lsam, insoniyatni faqat qonunlar boshqarmasligini shunchalik chuqur anglab yetdim. Odamlarni qo‘rquv, xudbinlik, ochko'zlik, yolg‘izlik, kibr, sevgi, vatan, xotiralar va his-tuyg‘ular boshqaradi. Qonun shafqatsizlikni to‘liq tushuntirib bera olmaydi. Yoki ochko‘zlikning tub mohiyatini. Hech qanday huquqiy nazariya aqlli odamlarning nega hamon hokimiyat, mafkura yoki qarsaklar uchun bir-birlarini qirib tashlayotganini yakka o‘zi izohlab berolmaydi. Shu bois, men haqiqatni boshqa joylardan izlashda davom etdim. Tarix menga sivilizatsiyalar qanchalik mo‘rt ekanini o‘rgatdi. Jamiyatlar xuddi o‘sha xatolarni faqat boshqa kiyimda qayt takrorlashini ko‘rsatdi. Falsafa menga intellekt har doim ham xotirjamlik keltirmasligini o‘rgatdi. Ba’zan u faqat savollarni yanada chuqurlashtiradi, xolos. Ilm-fan menga kamtarlikni o‘rgatdi. Koinot tasavvurga sig‘maydigan darajada ulkan, insonning ishonchi va bilganlari esa ko‘pincha juda kichikdir. Adabiyot esa… adabiyot menga qonun hech qachon o‘rgata olmaydigan narsani o‘rgatdi: inson yuragi qanday qilib jimgina parchalanishini. Ehtimol, shuning uchun ham, men hech qachon tor doiradagi akademik bo‘la olmadim. Hatto oziq-ovqat huquqini tadqiq qilganimda ham, hech qachon faqat yegulikni o‘rganmadim. Men odamlarni o‘rgandim. Nega ba’zi xonadonlarda onalar hammadan keyin ovqatlanishini Nega korporatsiyalar inson xohish-istaklarini o‘z manfaati yo‘lida boshqarishini Nega hukumatlar nochorlarni himoya qila olmayotganini Nega to‘kin-sochinlik yonida ochlik hukm surayotganini o‘rgandim. Har bir huquqiy qoida ortida inson tabiati hikoyasi bor. Va sekin bir achchiq haqiqatni angladim: Aksar odamlar mantiq bilan yashamaydilar. Ular rivoyatlar, his-tuyg‘ular, mansublik, qo‘rquvlar va ko‘rinmas jarohatlar bilan yashaydilar. Bu anglash dunyoga bo‘lgan qarashingni o‘zgartiradi. Hukm chiqarishga shoshmaydigan bo‘lib qolasan. Biror narsaga qat’iy ishonishda ehtiyotkor bo‘lasan. Biroz vazminlashasan. Ba’zida o‘zingni jamiyatdan uzoqlashgandek ham his qilasan — chunki zamonaviy hayotning qanchalik katta qismi shunchaki shou ekanini payqay boshlaysan. Odamlar muvaffaqiyatni namoyish qiladilar. Axloqiylikni sahnalashtiradilar. Vaholanki, bu shovqin-suron ortida aksar odamlar shunchaki arzimas bo‘lib qolishdan, yolg‘izlikdan, unutilishdan qo‘rqadilar. Shu jumladan, otang ham. Hayotimda sayoz g‘oyalarning shunchaki urf bo‘lgani uchun ommalashganini ko‘rdim. Mulohazali odamlar jimgina g‘oyib bo‘layotgan bir paytda, gapi va ovozi balandlarning ta’sir doirasi ortganini ko‘rdim. Murakkab haqiqatlarning oddiy shiorlarga yutqazganini ko‘rdim. Lekin baribir, dars berishda davom etdim. Ehtimol, asl qadr-qimmat (vijdoniylik) mana shundadir: dunyoning kamchiliklarini ko‘rib ham, o‘z ishingni astoydil davom ettirish. Va balki, sening ham keng qamrovli bilim olishingni xohlaganimning sababi shundandir. Faqat bitta soha ichiga bandi bo‘lib qolma. Tarixni o‘rganmagan huquqshunos xavfli bo‘lib qoladi. Falsafani o‘rganmagan olim kibrga beriladi. Oddiy insoniy iztiroblarni tushunmagan faylasuf esa hayotdan uzilib qoladi. Dunyoni ko‘plab derazalardan turib tushunishga harakat qil. Va buni yaxshilab eslab qol: Faqatgina bilim seni qutqara olmaydi. Hatto shon-shuhrat va aql-idrok ham. Ammo izlanuvchanlik qalbingni tirik saqlab qoladi. Va mehribonlik — o‘sha oddiy, jimgina qilinadigan mehribonlik — seni inson bo‘lib qolishingni ta’minlaydi. Insoniylikni yo'qotma, bolam. — Otang @soliefs

Kishi ba'zan o'z kontekstidan chiqib turishi kerak. Shunda o'zi nima xohlashi va qanday o'ylashini yaxshiroq tushuna oladi. C
Kishi ba'zan o'z kontekstidan chiqib turishi kerak. Shunda o'zi nima xohlashi va qanday o'ylashini yaxshiroq tushuna oladi. Chunki uning eski fikrlari va xohishlari muhiti natijasi bo'lishi mumkin. Qanday qilib kontekstdan chiqish mumkin? Odatiy sohangizga tegishli bo'lmagan narsa o'qing. Sizdan mutlaqo boshqacha fikrlaydigan odamlarning suhbatini tinglang. Qo'llaringiz bilan nimadir yasashni o'rganing. (Kalligrafiya, yangi taom pishirish, noldan wifi ruter qurib ko'rish, masalan) Kamdan kam gaplashadigan kishingiz bilan chuqur suhbat qurib ko'ring. Oldin hech ham qo'shilmagan kommuniti yoki klublarga qo'shilib ko'ring. Vaqt bilan munosabatingizni o'zgartiring. Masalan, har kuni turadigan normal vaqtingizdan mutlaqo boshqa paytda 2 hafta davomida turib ko'ring. Intensiv tarzda jurnal yozib ko'ring. O'tmishga tafakkur sifatida emas, balki avval umuman gapirmagan mavzularingizda, xuddi ekskavator yer qazigandek. Kunlik ibodatingizning vaqtlarini uzaytiring. Zikrlar sonini 10 yoki 100 barobar ko'paytirib ko'ring. Hech qanday aniq bir amaliy maqsadsiz biror nima boshlab ko'ring. Masalan, qandaydir ijodiy loyiha. Pulingiz bo'lsa, sayohat qiling. Krizisda avval hech yurmagan ko'chalaringizni ham aylansangiz bo'laveradi )) Siz kontekstdan chiqib turishga boshqa nima maslahatlar berasiz? @soliefs

Imtihon kunigacha nimalar qilish kerak? (Tajribali akangizdan tavsiyalar) 1. Imtihondan bir kun oldin jismoniy mashg'ulot bil
Imtihon kunigacha nimalar qilish kerak? (Tajribali akangizdan tavsiyalar) 1. Imtihondan bir kun oldin jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullaning. Bu sizni kechga borib uxlashingizga hamda yaxshi dam olib, imtihon kuni energiyaga to'la bo'lishingizga yordam beradi. 2. Imtihon kuni hech qanday yangi kiyimlar kiyish, modniy ko'rinishga harakat qilish yoki fasoni zo'r bo'lsa ham, sizni noqulay his qildiradigan kiyimlar kiyish yo'q. Imtihonda o'zingizga juda qulay o'tirishingiz kerak. Casual kiyinavering. Birov sizni urushmaydi. 3. Ertalab nonushtaga uglevodga boy emas, oqsilga boy ovqatlar yegan yaxshiroq. Uglevod hazm bo'layotganda odamni lohas qilishi mumkin. Uyqungiz keladi. Oqsil esa quvvat beradi. Aslida ikkisi ham bir xil miqdorda energiya beradi. 1g 4kkal. Ammo hazm qilinishidagi farq o'zimizni qanday his qilishimizga ta'sir qiladi. Tuxum tez hazm bo'ladigan oqsil. Sekin hazm bo'ladigan oqsil bilan birga iste'mol qilinsa, yaxshi samara beradi. Masalan, tvorog, tovuq, yoki boshqa go'sht mahsulotlari.. 4. Imtihonga 1 soat avval boring. Oy tuynukka kelganda borib, falonim qolibdi, pistonim qolibdi qilmang. Erta borish muhitga moslashishga yordam beradi. Zerikasiz. Miya bir nima qilishni xohlaydi. Telefon o'ynab o'tirmasangiz albatta. Keyin qarabsizki, imtihon ham qiziq bo'lib qoladi =)) 5. Passport yoki boshqa talab qilingan hujjatlaringizni bir kun oldin tekshiring. Uydan chiqishda ham aynan shularni tekshiring. Har nima bo'lsa ham. Yo'qsa, imtihonga kirgazishmaydi. 6. Imtihon lokatsiyasini bir necha kun avval aniq bilib oling. Aynan o'sha kuni Yandex'ga urmasdan. Imtihon kuni qilayotgan qarorlaringiz soni iloji boricha kam bo'lishi kerak. Kamroq qarorlar, kamroq energiya oladi. Yuqori energiya imtihonda yuqori fokusga hissa qo'shadi. Buni optimizatsiya deyishadi, taqsirlar. 7. Hayajon bo'lishi tabiiy. Imtihondan oldin har xil markazlarda mock topshiring. Aynan haqiqiy imtihondagidek kabi qilingan mock'larni topshiring. O'xshashi emas, bir xillarini. Atmosferani his qiling. 8. Hayajondan qo'rqmang. Imtihon boshlanganida 6-7 sekund nafas olib, 6-7 sekunda davomida nafasni chiqaring. Bu sizni tinchlantiradi. Suv beriladi. Bir qultum iching. 9. Va eslang, bu oddiy imtihon. Dunyoning qaysidir qismida siz tengilar qiynalib kun ko'rishyapti. Siz esa imtihon topshirish baxtiga sazovorsiz. Xursand bo'lib, berilgan imkoniyatdan foydalaning. Yodingizda tuting: bunisi bo'lmasa, boshqasi. Cho'chimang, bo'tam. 10. Imtihondan oldin ko'p suv ichmang!!! Iloji bo'lsa, minimal og'izni namlash uchun ichsangiz yetadi. Imtihonda 3 soat atrofida o'tirishingiz esingizdan chiqmasin. Masalan, IELTS'da Listening'da chiqarishmaydi. Reading va Writing'da esa har bir sekund muhim. 11. Taqinchoq taqmang. Birov sizning hashamatingizga qiziqmaydi. Hammaga mo'no' do'm-do'mning ichida nima borligi qiziq. To'yga ketmayapsizlar, taqsirlar. Esda tutamiz. 12. Do'stlaringiz bilan imtihon topshirsangiz, hayajon ancha past bo'ladi. Suhbatlashasiz. Muhit tanish bo'ladi. Yolg'iz bo'lsangiz, borib kimdir bilan tanishing. Oddiy "siz ham IELTS'gami?" savoli yangi bir tanish orttirishingizga yordam berishi mumkin. Kamida muhit begonalik sifatini yo'qotadi. inshaaAllah. Hayajon kamayadi. 13. Bir kun oldin hamma narsani takrorlamang. Har kuni berilgan vazifalaringizni qilib boring. Oy tuynukka kelganda ustozdan "endi nima qilaman 😁?" deb shablon so'ragandan ko'ra. IELTS yoki CEFR imtihon kuni faqat artikl o'qing va podkast eshiting. Model esselar o'qish ham juda yaxshi. Shular yetadi. Hammaga omad. Imtihon topshiruvchilarga yuborib qo'ying. Qolib ketgan deb o'ylagan maslahatlaringizni izohlarda qoldiring. @soliefs

Repost from Parallel muhit data
Til o‘rganayotgan odamga gaplashish uchun sherik yetishmaydi. Sherik topilsa ham, doim ham xatomizni to‘g‘rilay olmaydi. O'qituvchimizga iltimos qilamiz, uning toqati tezda tugab qoladi. Hamma yaxshi gaplashadigan bilan gaplashgisi keladi. Paradoks shundaki, yaxshi gaplashish uchun gaplashish tajribasi bo'lishi kerak. Shuning uchun ham atrofimiz tilni tushunib, gapira olmaydiganlarga to'la. Sun’iy intellekt bilan bu muammo oson hal bo‘ladi. Sabr tushunchasi bo'lmagani sabab, eshitishga doim tayyor va to‘g‘rilab turuvchi suhbatdosh bo'la oladi. Do‘stimiz shunday bot yasabdilar. Ingliz tilimizni eshitib, to'g'rilab beradi. Savollar so'raydi. Ishlatib ko‘rdim. Til o‘rganuvchilarga foydali bo‘ladi. Siz ham ishlatib ko‘ring. @speakingflowbot