uftoda
Open in Telegram
Kanalimizdan manfaat topsangiz, Robbimizning marhamatidan, kamchilik va nuqsonlar bo‘lsa, kamina hodimingizdan deb bilgaysiz.
Show more382
Subscribers
-324 hours
-127 days
-2330 days
Posts Archive
382
📨 Sizda yangi anonim xabar bor!
...
базан инсон ёзишдан тӯҳтай олмайди, базан эса ана шу дард туфайли ёзиш учун сӯз топа олмайди.
...
382
📨 Sizda yangi anonim xabar bor!
tirikmiz))
ozizda boronlar bolib tinchiganga oxshaydi...
Shunaqa desa ham boladi
382
Shu edimi sen orzu qilgan hayot?..
Ha, balki sen ular bilan hali ham birga bo‘lganingda, hammasi boshqacha va chiroyliroq bo‘larmidi. Balki bugun ham yoningda ularning kulgisi, suhbatlari va tanish ovozlari bo‘lardi. Lekin bir narsani unutma: ketishni o‘zlari xohlashdi.
Axir qolish uchun sendan ko‘p narsa so‘ralmagandi. Ba’zan birgina samimiy gap, birgina “qol” degan so‘zning o‘zi kifoya edi. Sen esa balki ming marta ichingda qolishni istagan bo‘lsang ham, ularning sukutini javob deb qabul qilding. Eng og‘rig‘i ham shunda — ba’zi insonlarni yo‘qotishimizga sabab ular bizni tashlab ketgani emas, balki qolish uchun yetarlicha harakat qilmaganidir. Endi esa ularni o‘ylab, o‘zingni ich-ichingdan yemirishingning foydasi yo‘q. O‘tgan narsani qayta-qayta xayolda yashash, kelmaydigan insonni kutish — faqat bugungi kuningni olib qo‘yadi. Sen ularni yo‘qotgan bo‘lishing mumkin, lekin o‘zingni ham ular bilan birga yo‘qotib qo‘yma. Chunki chin dildan qolishni istagan inson ketishga bahona izlamaydi. U qolish uchun birgina sabab topadi. Ba’zilar hayotingga qolish uchun emas, ketgandan keyin o‘zingni qanchalik qadrlashingni o‘rgatish uchun kirib keladi.@uftoodaa
382
Shu edimi sen orzu qilgan hayot?..
Ha, balki sen ular bilan hali ham birga bo‘lganingda, hammasi boshqacha va chiroyliroq bo‘larmidi. Balki bugun ham yoningda ularning kulgisi, suhbatlari va tanish ovozlari bo‘lardi. Lekin bir narsani unutma: ketishni o‘zlari xohlashdi.
Axir qolish uchun sendan ko‘p narsa so‘ralmagandi. Ba’zan birgina samimiy gap, birgina “qol” degan so‘zning o‘zi kifoya edi. Sen esa balki ming marta ichingda qolishni istagan bo‘lsang ham, ularning sukutini javob deb qabul qilding.
Eng og‘rig‘i ham shunda — ba’zi insonlarni yo‘qotishimizga sabab ular bizni tashlab ketgani emas, balki qolish uchun yetarlicha harakat qilmaganidir.
Endi esa ularni o‘ylab, o‘zingni ich-ichingdan yemirishingning foydasi yo‘q. O‘tgan narsani qayta-qayta xayolda yashash, kelmaydigan insonni kutish — faqat bugungi kuningni olib qo‘yadi.
Sen ularni yo‘qotgan bo‘lishing mumkin, lekin o‘zingni ham ular bilan birga yo‘qotib qo‘yma.
Chunki chin dildan qolishni istagan inson ketishga bahona izlamaydi. U qolish uchun birgina sabab topadi.
Ba’zilar hayotingga qolish uchun emas, ketgandan keyin o‘zingni qanchalik qadrlashingni o‘rgatish uchun kirib keladi.
@uftoodaa
382
— Demak, qayg‘u — bu bir joymi?
— Ha… Ba’zan shunday joy bo‘ladiki, inson unga o‘zi sezmagan holda kirib qoladi. Avvaliga bir necha kun qolaman, deb o‘ylaydi. Keyin kunlar haftalarga, haftalar oylarga, oylar esa yillarga aylanadi. Eng achinarlisi esa — u yerda qancha vaqt yashaganini o‘zi ham sezmay qoladi.
Qayg‘u oddiy bir his emas. U ba’zan insonning ichida qurilgan, eshiklari ko‘rinmaydigan bir shaharga o‘xshaydi. Tashqaridan qaragan odam seni odatdagidek ko‘radi: kulasan, gaplashasan, ishlaysan, odamlar orasida yuribsan. Ammo qalbingning bir chekkasida sen hech kim bilmaydigan o‘sha joyda yashaysan.
Ba’zi insonlar qayg‘udan bir kun kelib chiqib ketadi. Ba’zilar esa u yerda yillar davomida qoladi. Chunki ayrim yaralar vaqt o‘tishi bilan bitmaydi — inson shunchaki ular bilan yashashni o‘rganadi.
Va balki eng og‘ir tomoni ham shudir: inson ba’zan qayg‘udan chiqishni emas, u bilan qanday yashashni o‘rganib qoladi.
@uftoodaa
382
Qalbdagi narsani amalga oshirish
“Qalbimda bo‘lsa, bo‘ldi”, deydiganlarga:
Agar qalbingizda bo‘lsa, uni amalda ham namoyon qiling. Axir, do‘kondan biror narsa xarid qilib, hisobchi yoniga kelganingizda: “Pulum cho‘ntagimda edi”, deb chiqib keta olmaysiz-ku.
Shunday ekan, hisob-kitob kuni ham: “Yaxshilik qalbimda bor edi”, deb jannatga kirib bo‘lmaydi.
Qalbdagi iymon va ezgulik amalda ham namoyon bo‘lishi kerak.
