2 437
Subscribers
-224 hours
+17 days
-3630 days
Posts Archive
2 436
+4
Халқаро майдонда юксак эътироф: Шавкат Мирзиёев етти ойда бешта давлатнинг нуфузли ордени билан тақдирланди
Президент Шавкат Мирзиёевнинг хорижий ташрифларида муҳим бир жиҳат кўзга ташланмоқда: давлат раҳбари қайси мамлакатга бормасин, деярли ҳар сафар ўша давлатнинг олий ёки энг нуфузли орденларидан бири билан тақдирланмоқда.
Масалан, 2026 йил бошидан буён Шавкат Мирзиёев бешта хорижий давлатнинг юксак мукофотига сазовор бўлди. Февралда Покистонда — “Нишони Покистон”, июлда Грузияда — “Олтин мўйна”, Қирғизистонда — I даражали “Манас” ордени топширилди.
Августда Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев Тошкентга ташрифи чоғида Шавкат Мирзиёевга “Ҳайдар Алиев” орденини топширди. Бугун эса давлат раҳбари Катта занжирли Сербия Республикаси ордени билан тақдирланди. Етти ой ичида — бешта давлатнинг юксак олий мукофоти.
2 436
Saida Mirziyoyeva Dohada Qatar amiri bilan uchrashdi va “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etdi
2 436
Repost from Otabek Hasanov
Aziz kanalimiz kuzatuvchilari, barchalaringizga bayram muborak bo‘lsin!
Bizdan bayramga katta tuhfa — “Fonus” loyihasi doirasida tasvirga olingan “Chegara” qisqa metrajli film premyerasini taqdim etamiz.
Biror tarixiy voqelikni fakt bilan tushuntirib berish mumkin, ammo shu jarayon ortida turgan fojealar inson iztiroblari bilan ko‘rsatib berilsa-chi? “Chegara”da ayni shunday qilinadi – taqdir sabab qo‘shni davlatga palaxmon toshidek otilgan ayolning ilojsizligi, ota-onaning siyosiy vaziyat sabab yo‘l qarash bilan o‘tayotgan umri… Dunyodagi eng katta fojia bu – erksizlik, u qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, qanday atalmasin, og‘riq beradi…
Biz chegaralar huddi doim ochiq bo‘lgandek, hayot hozirgi maromida oqgandek anglaymiz. Lekin uzoq bo‘lmagan kunlarga qarasak, bugun inson hayotida o‘zgarishlar katta, qadrlar baland.
Filmni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/266e3iOmfRs
Aytgancha, bayramga yana bir tuhfa loyihaning bosh filmi “Fonus” Iordaniyada o‘tkazilgan xalqaro festival mukofotini qo‘lga kiritdi.
@otabek_khasanov
2 436
Repost from Otabek Hasanov
Aziz yurtdoshlar!
🇺🇿 Eng ulug‘, eng aziz bayram — jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi barchamizga muborak bo'lsin!
Aslida mustaqillik — taqvimdagi bir sana emas.
Mustaqillik — bir kun nishonlanadigan bayram ham emas.
Mustaqillik — har kuni his qilib, har kuni asrab, har kuni yaratib yashaydigan buyuk qadriyat!
Bugun xalqimizning ongi o‘zgarmoqda. Ertangi kunga ishonchi kuchaymoqda. Dunyoqarashi kengaymoqda. Bugungi o‘zbek xalqi — kechagi o‘zbek xalqi emas! Bugun biz o‘z tarixidan faxrlanadigan, bugungi kunini qadrlaydigan, ertangi kuniga ishonch bilan qaraydigan, farzandining ta’limi va kelajagiga sarmoya kiritayotgan xalqmiz!
Bugun har bir oiladagi ezgu niyat, har bir yoshning orzusi, har bir tadbirkorning tashabbusi, har bir mehnatkashning halol mehnati — yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shilayotgan ulkan hissadir.
Islohotlarning eng katta natijasi esa binolar yoki raqamlarda emas. Eng katta natija — insonning o‘z kuchiga ishona boshlaganida!
Azizlar, farzandlarimizga mustaqillikning mazmun-mohiyatini tushuntiraylik. Ularga Vatan ozodligi, yurt tinchligi — tayyor berilgan ne’mat emas, balki ajdodlar orzusi va avlodlar mas’uliyati ekanini anglataylik.
Zero, Mustaqillikka munosib yashash — yurtimiz kelajagini o‘z qo‘limiz bilan qurish demakdir.
Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, farzandlarimiz baxtli va kelajagimiz buyuk bo‘lsin!
2 436
O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Birinchi Prezident Islom Karimov davlat mustaqilligini e’lon qilgan tarixiy kadrlar namoyish etildi.
2 436
🇺🇿 Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonda dunyo sahnasining yana bir afsonaviy ijodkori Sara Braytman!
Britaniyalik soprano, aktrisa va musiqachi klassik va zamonaviy musiqani o‘ziga xos uslubda uyg‘unlashtirgan, dunyoning eng mashhur ovozlaridan biri.
2 436
Repost from Otabek Hasanov
#33_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram
2 436
🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev
✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.
U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi.
“Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev.Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi.
“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u.Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan.
“Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti.Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi.
“Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u.✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi.
2 436
Repost from Otabek Hasanov
#32_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35 #mustaqillik35
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram
2 436
Repost from Otabek Hasanov
#29_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram
2 436
Qisqa suhbat, lekin katta ma’no… bir fikr ortida butun bir millatning dunyoqarashi yashiringan...
2 436
🇫🇷 Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlamoqda
