UMFT Amaliyot
Open in Telegram
UMFT xususiy universitet Raqamli texnologiya bo'limida amaliyot xabarlari admin: @elshod
Show more317
Subscribers
No data24 hours
-57 days
+1630 days
Posts Archive
Hayrli kun, hamkasb.
Frontend Practicum 4.0 2-bosqich bo'yicha statistika:
🗂 Jami: 7 ta
✅ O'tganlar: 3 ta
❌ O'tolmaganlar: 4 ta
Bu safar loyiha to'liq bo'lmasa ham harakatlari sabab ham 2-bosqichdan o'tishdi. O'tolmaganlar shunchaki jo'natmaganlar :)
Keyingi 3-bosqich suhbat asosida bo'ladi. Har bir nomzodni vaqtiga qarab onlaynda suhbat bo'lib o'tadi.
p.s. yaqin kunlarda amaliyot qoidalarimizni yanada soddaroq holatda e'lon qilamiz. Offline amaliyot o'tmoqchi uchun alohida shart, online uchun alohida shartlar bo'ladi. Shu bilan birga takliflardan kelib chiqib "pullik" amaliyotni ham taklif qilamiz.
O'z takliflaringizni yozib qoldiring. Bu muhim. Amaliyotlarimiz orqali dasturchilik faoliyatingiz uchun kichik turtki bo'lishi eng katta maqsad. rahmat
Hayrli kun, hamkasb.
Frontend Practicum 4.0 2-bosqich 24-avgust soat 10:00 dan 25-avgust 23:00 gacha biz tomondan tayyorlangan API bo'yicha interfeys dasturlashlari lozim bo'ladi.
Savollar bo'lsa @elshod ga yozinglar. Kimga api documentation bermagan bo'lsam ham.
Hayrli kech.
Frontend Practicum 4.0 1-bosqich bo'lsa hisobot
🗂 Jami: 8 ta
✅ O'tganlar: 7 ta
❌ O'tolmaganlar: 1 ta
O'tganlar orasida ko'pchiligida ohirigacha yetkazilmagan bo'lsa ham harakati va yozilgan kodlari sabab qabul qilingan.
O'tolmagan loyihada eng minimum kutilayotgan darajada ham emasdi. Sababini tushuntirdilar bor ulgurmagan ekanlar shugullanishga.
Keyingi 2-bosqich 24-avgust soat 10:00 dan 25-avgust 23:00 gacha biz tomondan tayyorlangan API bo'yicha interfeys dasturlashlari lozim bo'ladi.
Hayrli kech, hamkasb.
Frontend Practicum 4.0 1-bosqichga 8 ta ish jo’natildi. Yaqin kunlarda ishlarga reviewlar yozib berilib, keyingi bosqichga o’tganlar bo’yicha e’lon beramiz. Rahmat
Hayrli kun.
Bugun Frontend Practicum 4.0 ni 1-bosqichga ishlarni qabul qilish soat 20:20 da tugashini eslatib o’tsam. Rahmat.
Hayrli kun, hamkasb.
Yaqin kunlarda Nodejs amaliyotni boshlash rejasida lekin bizga ko'proq offline holatda amaliyotdan o'ta oladigan nomzodlar zarur.
Online yaxshi faqat samarasi kam bo'lyapdi, yonimizda bo'lmasa qiynalgan joylarini tushuntirishga vaqt ketyapdi.
O'z takliflaringizni yozsangiz. Qanchalik aktual offline amaliyot ?
🤝 Hayrli kun, hamkasb.
Frontend Practicum 4.0 1-bosqichga 👉START👉 beramiz
1-bosqichda figma faylni verstka qilishingiz kerak bo'ladi.
⚔️DEADLINE: 20-avgust soat 20:20
🔥 FAQ (ko'p beriladigan savollarga javob) commentda topasiz.
Savollar bo’lsa commentga yozing 👍
Hayrli kun, hamkasb.
Frontend Practicum 4.0 ga qabul boshlaymizmi?
Amaliyotga qabul uchun 3 ta bosqichdan o'tishingiz lozim bo'ladi:
1-bosqich. Figma fayl dizaynni verstka qilish
2-bosqich. Hackaton
3-bosqich. Suhbat
Amaliyot:
⭐️ 12-avgust 11:00 da 1-bosqichga start beriladi
⭐️ Formati gibrid (online/offline)
⭐️ Bepul
⭐️ Davomiyligi 2 oy
Batafsil ma'lumotni @umft_practice kanalda kuzatib boring. 👍
Frontend 3.0 (shunda qulayroq bo'ladi tushunish digan umiddaman) bo'yicha afsus ijobiy natija bo'lmadi. 3-bosqichga o'tgan 1 ta nomzodimiz amaliyotda ishlash bo'yicha bilim-ko'nikmasi yetarlicha bo'lmagani uchun bosqichdan o'ta olmadilar.
Bu yomonmi? Aslo yo'q, shunchaki amaliyot vaqtida loyiha ustida ishlashda qiyinchiliklarga duch kelishi suhbatda bilindi. Lekin umid qilamanki yanada ustida ishlab keyingi mavsumlarda o'zini yanada kuchli tomonlarini ko'rsata oladi.
Keyingi Frontend 4.0 mavsumni keyingi haftalarda e'lon qilish reja qildik. Vaqt topib tayoorgarlik ko'rishingizni so'rab qolamiz. Rahmat.
Frontend Amaliyot 4.0 avgust 12-avgustdan 25-avgust orasida start berishni o'ylayapmiz. Imkon bo'lsa o'z variantlaringizni yozinglar qaysi vaqtda start berganimiz ma'qul.
Tahminiy bosqichlarga ketadigan kunlarni ham hisobga olish kerak.
Misol:
1-bosqichga 10-14 kun ketadi
2-bosqichga: 2-4 kun
3-bosqichga: 2-3 kun.
Kommentda start kunini taklif qilib yozsangizlar. Eng ko'p like yigilgan sanalar orasida ovozga qo'yamiz keyin. Rahmat
❗️Frontend amaliyot 3-mavsumni 2-bosqichida API bo'yicha frontend loyiha qilish bo'yicha statistika:
🗂 Jami: 6 ta
💻 Loyiha jo'natildi: 5 ta
✅ O'tganlar: 1 ta
❌ O'tolmaganlar: 5 ta
Keyingi bosqich endi suhbat bo'ladi.
Natijalardan ko'rishingiz mumkinki Frontend bo'yicha keyingi mavsumni keyingi haftalarda qayta e'lon qilish kerak bo'lyapdi.
Repost from Elshod Adamov
Na gaaap hamkasb ?
Frontend dasturlash kursning 2-bo'limi "Javascript dasturlash" bo'limiga qabul boshlandi. 😑
Darslar 0 dan boshlab 25 ta dars ichida javascript dasturlash tilida har hil murakkabga ega ilovalarni dasturlay oladigan darajaga olib chiqiladi.
🤔 Bo'lim mavzulari
🤫 Bo'lim loyihalari
Bo’lim:
- Darslar soni 25 ta.
- Haftada 5 kun 2 soatdan 16:00 - 18:00 gacha
- O’qish formati gibrid (online/offline)
- Har bir dars topshiriq va testlardan iborat bo'ladi
- Portfolio uchun qiziqarli loyihalarni dasturlaysiz
- Har bir dars yozilib boriladi
- Darsdan tashqari coworking imkoniyati.
Kurs bo’limi narxi: 1.5 mln so’m
Darslar boshlanish sanasi: 12-avgust
Darslarga yozilish uchun @elshod 🥸
Deadline oz vaqt qoldi. Ulgurganingizcha @elshod ga jo’natinglar 23:59 dan keyin qabul qilinmaydi.
Rahmat.
Hayrli kun hamkasb. Frontend amaliyot 3-mavsumni 2-bosqichi bugun soat 18:00 da boshlanib deadline ertaga 28-iyul 23:59 gacha bo'ladi.
Nima qilish lozim ?
Backend API ga frontend qismini yozish kerak bo'ladi.
Nimalar mumkin ? HAMMA narsa.
Bugun 18:00 ga yaqin ishtirokchilarga texnik topshiriqlar beriladi.
❗️Frontend amaliyot 3-mavsumni 1-bosqichi verstka qilish bo'yicha statistika:
🗂 Jami: 9 ta
✅ O'tganlar: 6 ta
❌ O'tolmaganlar: 3 ta
Keyingi bosqich bo'yicha yaqin kunlarda e'lon qilamiz. Rahmat.
Hammaga rahmat. Deadline tugadi.
Frontend bo’yicha 3-mavsumni 1-bosqichida 9 da ish jo’natildi. rahmat hammaga.
Ko’rib chiqib har bir nomzodga javobi va feedback jo’natamiz.
🤝Na gaaap hamkasb ?
Frontend amaliyotni 1-bosqichga 👉START👉 beramiz.
1-bosqichda figma faylni verstka qilishingiz kerak bo'ladi.
⚔️DEADLINE: 20-iyul soat 20:20
🔥 FAQ:
❓ nimada qilish kerak?.
⭐️ HTML, CSS, JS(optional), kutubxonalar(ko'p emas), Gulp/webpack, pug/hbs. sass/less, tailwind css
❓ React/Vue/Angular/Svelte kabi kutubxona/frameworkda mumkinmi?
⭐️Yo'q
❓ Hamma sahifa qilish kerakmi ?
⭐️ Ha. boshqa nomzodlardan qolishmay disangiz.
❓ Adaptiv design qani?
⭐️ Fantaziyani ENABLE qiling
❓ Tekshirish uchun qayerda jo'natish kerak?
⭐️ @elshod 😈
❓ Feedback beriladimi ?
⭐️ Ha
❓ Amaliyot pullikmi?
⭐️ Yo'q
❓ Amaliyotdan keyin ishga olib qolasizlarmi?
⭐️ Yo'q
❓ Figmani linkini bera olasizmi? Faylinimas
⭐️ Yo'q. Figma -> Import
savollar bo’lsa commentga yozing 👍
🤝 Na gaaap hamkasb ?
Frontend dasturchi amaliyotni 3-mavsumini boshlaymizmi ?
Amaliyotga qabul uchun 3 ta bosqichdan o'tishingiz lozim bo'ladi:
1-bosqich. Figma fayl dizaynni verstka qilish
2-bosqich. Hackaton
3-bosqich. Suhbat
Amaliyot:
⭐️ 9-iyul 10:00 da 1-bosqichga start beriladi
⭐️ Formati gibrid (online/offline)
⭐️ Bepul
⭐️ Davomiyligi 2 oy
Batafsil ma'lumotni @umft_practice kanalda kuzatib boring. 👍
Hayrli kun, hamkasb.
Frontend bo'yicha 3-mavsum 8-iyulda boshlanishini reja qilyapmiz.
Bosqichalar o'sha 3 ta. 1-bosqich verstka shakllantirish bo'ladi. Tayyorgarlik ko'rish esdan chiqmasin. ⬆️
Yanada batafsil keyingi hafta e'lon qilinadi. rahmat.
Bugun Frontend amaliyot 3-bosqich ya'ni suhbat qismi bo'lib o'tdi.
Ikkala nomzod ham to'liq amaliyotga qabul qilingani bilan tabriklayman.
Ajoyib tomoni Ural Mametov nomzodimiz ilk Frontend amaliyot qabulida ham ishtirok etib 2-bosqichda qoniqarli natijaga erisha olmagani uchun o'ta olmagan edi.
Agarda oldida aniq reja va shijoat bo'lsa natijasi bo'lishini isbotlagani bilan tabriklayman.
