en
Feedback
KHISO maktabi

KHISO maktabi

Open in Telegram

KHISO maktabining rasmiy telegram kanali 🏆Chempionlardan oʻrganing, chempion boʻling! 2026-2027 oʻquv yili uchun 1-9 sinflarga qabul boshlandi ☎️ 55-515-80-88

Show more
2 018
Subscribers
-324 hours
-197 days
-6330 days
Posts Archive
Repost from N/a
📢KHISO теперь на русском языке! Для вашего удобства школа KHISO запускает русскоязычную страницу в Телеграме. Здесь вы сможе
📢KHISO теперь на русском языке! Для вашего удобства школа KHISO запускает русскоязычную страницу в Телеграме. Здесь вы сможете получать: ✅информацию о школе и образовательных программах на русском языке; 💬 обращаться в службу поддержки; ❓ задавать интересующие вас вопросы и получать необходимую информацию. Если вам удобнее получать новости и общаться на русском языке — подписывайтесь на нашу страницу KHISO! Будем рады быть на связи 🤝

Repost from KHISO olimpiada
📺 O‘quvchimiz yutug‘i — O‘zbekiston 24 nigohida! 🇺🇿 🏆 Xorazmlik iqtidorli o‘quvchimiz Rayhona Davlatbayevaning xalqaro maydondagi yutug‘i mamlakatimizning yetakchi rasmiy axborot telekanali — O‘zbekiston 24da namoyish etildi! 🇨🇳 Rayhona avgust oyida Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan G.A.T.E xalqaro olimpiadasida matematika fanidan faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 🎯 Uning oldidagi maqsad esa bundan ham ulkan — ilm cho‘qqilarini zabt etish va kelajakda matematik olima bo‘lish! ⚡️ Bolada ana shunday katta maqsadlarning shakllanishida olimpiadalarning, xususan, KHISO olimpiadalarining o‘rni beqiyos. Har bir olimpiada — yangi tajriba, yangi ishonch va yanada katta marralar sari bir qadam! 💫 Farzandingiz uchun “hali erta” demang! Uni kichik yoshidan bilim bellashuvlariga jalb qiling, har oyda ikki marta o‘tkaziladigan KHISO olimpiadalarida muntazam qatnashishiga imkoniyat yarating. Bugungi kichik qadam — ertangi xalqaro g‘alabaning boshlanishi bo‘lishi mumkin! 🏆🌍 📱 Telegram kanal: @khiso

Repost from KHISO olimpiada
🚨 OFLAYN olimpiadalarga roʻyxatdan oʻtishning BUGUN OXIRGI KUNI! 📢 6-sentyabr (ERTAGA) respublika boʻylab 1-sinfdan 11-sinf
🚨 OFLAYN olimpiadalarga roʻyxatdan oʻtishning BUGUN OXIRGI KUNI! 📢 6-sentyabr (ERTAGA) respublika boʻylab 1-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar uchun OFLAYN oʻtkaziladigan 2 ta olimpiadaga BUGUN oldindan roʻyxatdan oʻting! ⚡️ 1-KHISO olimpiadasi (MATEMATIKA): 09:00 🇦🇺 JSEO (Junior-Senior English Olympiad) saralash bosqichi: 10:30 🇦🇺JSEO xalqaro olimpiadasi FINAL bosqichi 2027-yilning aprel oyida Avstraliyaning Sidney shahrida oʻtkaziladi. Ikkala olimpiada natijalari xalqaro YOZGI MAKTAB uchun reyting ballariga qoʻshiladi. 🥇Har bir oʻquvchi va ustoziga elektron sertifikatlar beriladi, gʻoliblar esa xalqaro darajadagi medal va diplomlar bilan taqdirlanadi! Natijasiga qarab oʻquvchilarga FINAL bosqichi uchun CHEGIRMALAR ham taqdim etiladi. 📍RESPUBLIKA boʻylab olimpiada oʻtkaziladigan manzillar: ➡️ https://t.me/khiso/5630 📩Murojaat uchun admin: ➡️ @khiso_admin

Repost from KHISO olimpiada
Ovozli chat 20:05 da (barcha kirishga ulgurgach) boshlanadi. Savollarni yoʻllashingiz mumkin! https://t.me/khiso?livestream

🌟 KHISO o‘quv markazining 3 nafar oʻquvchisi endi Prezident maktabi oʻquvchisiga aylandi! 📌 2025–2026-yilgi o‘quv yilida KH
+1
🌟 KHISO o‘quv markazining 3 nafar oʻquvchisi endi Prezident maktabi oʻquvchisiga aylandi! 📌 2025–2026-yilgi o‘quv yilida KHISO o‘quv markazida MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan tayyorlanib, Toshkent shahrida joylashgan Prezident maktabi, Al-Xorazmiy IT maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga kirgan qahramonlarimiz bilan tanishing! 👨‍🏫 Kichik tanaffusdan so‘ng, yangi o‘quv yilidan boshlab, bir nechta tajribali va yuqori natijalarni ko‘rsatib kelayotgan ustozlarimiz KHISO o‘quv markazida yana o‘z ish faoliyatlarini davom ettiryaptilar. 🚀 2026–2027-yilgi o‘quv mavsumida oldingi yillarda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni o‘qishga kiritish bo‘yicha o‘rnatgan rekordimizni yangilashni maqsad qilganmiz. 📲 O‘quv kurslariga ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qiling: ➡️ @khiso_lc_admin ⚡️ KHISO o‘quv markazi — sifatli, samarali va natijaga asoslangan ta’lim!

Repost from Sardor Bazarbaev
⚡️ NEGA OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR 😇KHISO🤩 NI TANLAYDI? Bunga eng yaxshi javobni biz emas, farzandlaridagi o‘zgarishni ko‘rayotgan ota-onalarning o‘zlari aytishsin. Kimdir farzandining bilimga qiziqishi oshganini, kimdir natijalari olimpiadadan olimpiadaga yaxshilanayotganini, yana kimdir farzandi o‘z xatolari ustida ishlab, oldiga yangi maqsadlar qo‘ya boshlaganini yozmoqda. Biz uchun KHISO ning eng katta natijasi faqat medal emas. 🥇 O‘quvchining bugun kechagidan kuchliroq bo‘lishi, ilmga qiziqishi ortishi, sog‘lom raqobat muhitida o‘z ustida muntazam ishlashi — mana shu biz uchun haqiqiy g‘alaba! Yillar davomida biz bilan birga bo‘lib kelayotgan hamda endigina KHISO oilasiga qo‘shilayotgan minglab o‘quvchilar va ularning ota-onalariga bildirilgan ishonch uchun tashakkur! Bu e’tiroflar bizni yanada ko‘proq ishlashga va o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratishga undaydi. 🔥 Yangi mavsumni esa 6-SENTABR kuni mavsumdagi ilk KHISO olimpiadasi bilan boshlaymiz. Siz ro‘yxatdan o‘tdingizmi?: ➡️ t.me/khiso/5994
Yangi mavsum. Yangi maqsadlar. Yangi natijalar. Bu safar navbat sizning farzandingizda bo‘lishi mumkin! 🏆

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak boʻlsin! ✨Bugun biz uchun eng ulugʻ va eng qadrli bayram — Oʻzbekiston Respublika
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak boʻlsin! ✨Bugun biz uchun eng ulugʻ va eng qadrli bayram — Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi! 💫 Mustaqillik — bu erkinlik, tinchlik, bunyodkorlik va kelajakka bo‘lgan ishonch demakdir. Shu qutlugʻ kunda har bir yurtdoshimizga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik, baxt va farovonlik tilaymiz. 📚 Yurtimiz kelajagi — bilimli, maʼrifatli va vatanparvar yoshlar qoʻlida. Yosh avlodga sifatli taʼlim va munosib imkoniyatlar yaratish orqali Oʻzbekistonimizning yanada yorqin kelajagini birgalikda bunyod etamiz! 🇺🇿 Yangi marralar, ulkan zafarlar va porloq kelajak sari — birgalikda! 🌟35 yillik mustaqillik muborak boʻlsin, jonajon yurtim!

Repost from Sardor Bazarbaev
Hurmatli ota-onalar! Ko‘p yillik tajribam davomida bir haqiqatga qayta-qayta amin bo‘lganman: yuqori natija tasodifiy ishtirok bilan emas, muntazamlik va uzluksiz mehnat bilan keladi. Olimpiada — bu shunchaki medal yoki diplom uchun o‘tkaziladigan musobaqa emas. Har bir olimpiada o‘quvchiga o‘z bilimini sinash, tengdoshlari bilan raqobatlashish, xatolarini tahlil qilish, yangicha fikrlash va keyingi bosqichga yanada kuchliroq tayyorlanish imkonini beradi. Ayniqsa, matematika olimpiadalari bolaning mantiqiy va analitik fikrlashini, murakkab vaziyatlarda yechim topish qobiliyatini rivojlantiradigan kuchli intellektual maktabdir. Ingliz tili olimpiadalarining esa bugungi globallashuv davridagi ahamiyati beqiyos. Ingliz tilini mukammal egallash o‘quvchi uchun xalqaro ta’lim, dunyo ilm-fani, zamonaviy texnologiyalar va global imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu sababli yangi mavsumda xalqaro ingliz tili olimpiadalari sonini ham ko‘paytirmoqdamiz. Shu nuqtai nazardan, yillik olimpiada paketlari farzandi yil davomida muntazam olimpiadalarda qatnashadigan oilalar uchun eng manfaatli imkoniyatlardan biri, deb hisoblayman. Bugungi kunga kelib ko‘plab ota-onalarimiz ushbu imkoniyatdan foydalanib bo‘lishdi va ularning katta qismi aynan PREMIUM paketini tanladi. Buning sababi oddiy:
Agar farzandingiz baribir yil davomida muntazam olimpiadalarda qatnashadigan bo‘lsa, har safar alohida ro‘yxatdan o‘tish va alohida to‘lov qilish o‘rniga, uning bir yillik ishtirok imkoniyatini oldindan ta’minlab qo‘yish ancha qulay va iqtisodiy jihatdan manfaatli.
So‘nggi kunlarda ayrim ota-onalar bilan suhbatlashib, bu imkoniyat haqida hali ham xabardor bo‘lmaganlar borligini bildim. Shu sababli shaxsan yana bir bor eslatishni lozim topdim. ⏳Bugun — 31-avgust. Yillik paketlarni katta chegirma asosida xarid qilishning SO‘NGGI KUNI. Agar farzandingiz yangi o‘quv yilida ham olimpiadalarda muntazam qatnashib, o‘z ustida ishlashda davom etishini istasangiz, bu imkoniyatdan foydalanib qolishingizni tavsiya qilaman.
Iqtidorni aniqlash muhim. Ammo uni muntazam sinov, sog‘lom raqobat va mehnat orqali rivojlantirish — undan ham muhim.
Sardor Bazarbaev Xalqaro olimpiadalar g‘olibi, ko‘plab xalqaro olimpiada g‘oliblarining ustozi, KHISO loyihalari asoschisi, fizika-matematika fanlari doktori

Repost from KHISO olimpiada
📚 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlov guruhlari ochilmoqda! 📌 KHISO maktabi qoshidagi KHISO o‘quv markazida Prezident maktabi, Al-Xorazmiy maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari uchun maxsus tayyorlov guruhlari ochilmoqda. 🇬🇧 Bundan tashqari, KHISO o‘quv markazida ingliz tilidan IELTS va boshqa sertifikatlar uchun ham puxta tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin. 👨‍🏫 Darslar ko‘p yillik tajribaga ega va shu paytgacha yuqori natijalarni ko‘rsatib kelayotgan ustozlar tomonidan olib boriladi. ⚡️ Tez kunda KHISO maktabi uchun ham qabul ochiladi! 📌 Manzil: Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti binosi hududida. LOKATSIYA  ➡️  Oʻquv markaz joylashuvi ✉️ Murojaat uchun: @khiso_lc_admin

Repost from Sardor Bazarbaev
Katta orzular sari kichik qadamlar! 🌟 Solih — endigina 1-sinfni tamomlagan, ammo xalqaro maydonlarda o‘z bilimini namoyon etishga ulgurgan iqtidorli o‘quvchilarimizdan biri. Solih o‘tgan yil davomida deyarli barcha olimpiadalarimizda muntazam ishtirok etdi. Saralash bosqichlaridagi g‘alabalar esa uni xalqaro finallar sari yetakladi. 🇦🇺 10–16-aprel | Sidney, Avstraliya IMEC xalqaro matematika olimpiadasi — KUMUSH MEDAL 🥈 🇺🇸 26–31-iyul | Nyu-York, AQSh Akademik jarayonlari nufuzli Columbia universitetida tashkil etilgan COPERNICUS xalqaro olimpiadasi — KUMUSH MEDAL 🥈
Solihning iqtidori ancha avval e’tirof etilgan. U atigi 6 yoshida bir nechta tilni bilishi bilan tanilib, Kun.uz va boshqa OAVlarda uning iqtidori haqida intervyular e’lon qilingan edi.
Bugun esa Solih hayotidagi yana bir muhim bosqichni boshlamoqda — u Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilindi. 🎓
Bir yil davomida olimpiadalarda muntazam qatnashish, tajriba to‘plash, g‘alabalar va mag‘lubiyatlardan xulosa chiqarish — bularning barchasi katta natijalarga olib boradigan yo‘lning bir qismi.
Solihning hikoyasi bizga yana bir narsani ko‘rsatadi: natija bir kunda kelmaydi. Muhimi — erta boshlash, muntazam harakat qilish va to‘xtamaslik.

Copernicusdagi yutuqlarimiz MY5 kanali nigohida KHISO - chempionlar asos solgan va chempionlarni kashf etuvchi maktab!

🇺🇿 O‘zbekistonlik o‘quvchilar COPERNICUS International Olympiad’da yuksak natijalarga erishdi! 🌍 AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli COPERNICUS International Olympiad final bosqichida O‘zbekistonlik o‘quvchilarimiz mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, ajoyib natijalarni qayd etishdi. Mazkur olimpiada AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston va boshqa ko‘plab davlatlardan eng iqtidorli yoshlarni birlashtirgan yirik xalqaro ilmiy musobaqadir. ⸻ 🏅 Natijalarimiz: 🥇 2 ta oltin medal 🥈 1 ta kumush medal 🥉 1 ta bronza medal ⸻ 👨‍🎓 G‘oliblar: Olimboev Muhammad Yusufboy o‘g‘li — 🥇 oltin medal (III kategoriya) Kupalov Shohjahon Muzaffarovich — 🥇 oltin medal (IV kategoriya) Kosimov Solih Tulanboevich — 🥈 kumush medal (0 kategoriya) Odilov Sarvarbek Farhod o‘g‘li — 🥉 bronza medal (IV kategoriya) ✨ Shuningdek, Kupalov Shohjahon Muzaffarovich olimpiadaning mutlaq g‘oliblaridan biri sifatida e’tirof etilib, maxsus qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi. ⸻ 🎓 Final bosqich Columbia University (AQSh) kampusida bo‘lib o‘tdi — bu dunyoning TOP-40 oliygohlari qatoriga kiradi. ⸻ 🌆 Ishtirokchilar Nyu-Yorkning mashhur maskanlariga ham tashrif buyurishdi: MoMath muzeyi Central Park Times Square & Fifth Avenue Statue of Liberty SUMMIT One Vanderbilt American Dream Mall ⸻ O‘zbekistonlik yoshlar har yili xalqaro olimpiadalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib kelmoqda!

Repost from Sardor Bazarbaev
2019-yil 27-dekabr. Mashhur Al-Xorazmiy maktabining ochilish marosimi. Bunga qadar Prezidentimiz bilan bir necha bor uchrashi
2019-yil 27-dekabr. Mashhur Al-Xorazmiy maktabining ochilish marosimi. Bunga qadar Prezidentimiz bilan bir necha bor uchrashib, takliflarimni bildirib, qo‘llab-quvvatlashlariga erishgan edik. Bu safar esa, qaysidir ma’noda, amalga oshirgan ishlarimiz yuzasidan hisobot berayotgan edim. O‘sha paytda 5 ta hududda hokimlar bilan hamkorlikda (uni o‘shanda “Qo‘shimcha Respublika olimpiadasi” deb atagan edik) olimpiadalar tashkil qilgan edik. Davlat rahbariga shu haqda ma’lumot berganimda:
“Sardor, menga qolsa, har kuni olimpiada qilgin. Bolalarim ertaga olimpiada bor deb, bugun kitob o‘qiydi. Menga shu kerak.”
— degan edilar. Ana shu so‘zlardan ilhom olib, olimpiadalar sonini yanada ko‘paytirdik. Birgina 2025–2026-o‘quv yilining o‘zida 50 dan ziyod olimpiada tashkil etdik, shundan 30 tasi oflayn formatda bo‘ldi. Ko‘pchilik mendan:
“Shuncha tizimli va tinimsiz olimpiadalarni o‘tkazishga energiyani qayerdan olasiz?”
deb so‘raydi. Bu energiyani men sizdan, hurmatli Prezidentimiz, bundan yetti yil avval olganman. Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!

Repost from KHISO olimpiada
📊 Bir yil. O‘nlab olimpiadalar. Yuzlab yutuqlar, Minglab doimiy ishtirokchilar, O‘n Minglab umumiy ishtirokchilar, Yuz Minglab ishtiroklar, Millionlab reyting ballar ,...
Ortda qolayotgan o‘quv yili biz uchun shunchaki sanalar almashinuvi emas, balki minglab o‘quvchilarning orzulari, mehnati va muvaffaqiyatlari bilan to‘la unutilmas davr bo‘ldi. Qisqacha raqamlarda:
🏆 50 dan ortiq olimpiada tashkil etildi. 📈 Shundan 33 tasi reyting olimpiadalari bo‘ldi. 🌍 17 ta KHISO va 14 ta xalqaro olimpiadalarning saralash bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
👨‍🎓 Olimpiadalarimizda 10 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi va umumiy qatnashuvlar soni 100 ming martadan oshdi. 🏕 Yillik reyting bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilarni bir joyga jamlovchi "Yozgi maktab" loyihasi yangi darajada tashkil etilmoqda (20-26 iyul kunlari)
🛫 O‘quvchilarimiz bilan AQSh, Avstraliya, Indoneziya, Turkiya davlatlaridagi final bosqichlarida yurtimiz sha'rafini munosib himoya qildik. Oldinda AQSh (26-31 iyul Nyu York va 1-6 avgust Boston), Buyuk Britaniya (2-9 avgust) va Xitoy (10-16 avgust) safarlari bizni kutmoqda!
🥇 Birgina joriy o‘quv yilining o‘zida 80 dan ortiq o‘quvchimiz xalqaro olimpiadalarning final bosqichlarida biz bilan muvaffaqiyatga erishdi. 📍 Olimpiadalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarni qamrab olgan holda 31 ta manzilda tashkil etildi. Har bir raqam ortida tinimsiz mehnat qilgan o‘quvchilar, fidoyi ustozlar, ishonch bildirgan ota-onalar va katta jamoamizning sa'y-harakatlari mujassam. Biz uchun eng katta yutuq — bu nafaqat medallar, balki ilmga intilayotgan, o‘ziga ishongan va xalqaro maydonlarda O‘zbekiston nomini munosib himoya qilayotgan yoshlarning safi tobora kengayib borayotganidir. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Oldinda yanada ulkan marralar, yangi loyihalar va bundan-da katta g‘alabalar kutmoqda! Birgalikda yanada yuksak cho‘qqilar sari! 🚀

10-июлдан 14-июл кунига қадар АҚШнинг Техас штати, Ҳюстон шаҳрида "Оlimpiad USA" халқаро олимпиадасининг финал босқичида фаол иштирок этиб энг юқори натижаларни қўлга киритган ёшларимиз Тошкент халқаро аэропортида кутиб олинди. @yangidavr_rasmiy

Repost from KHISO olimpiada
🔥 KHISO START chegirmali sotuvi yana ochildi!
Xabaringiz bor, 11-iyun kuni asoschimiz Sardor Bazarbaev tomonida yillik taqdimot namoyish etildi va yillik obuna ta'riflari haqida ma'lumot berildi. Batafsil: TAQDIMOT VIDEOSI
Aslida KHISO START ta’rifi uchun chegirmali narx muddati tugagan edi. Bu imkoniyatdan allaqachon yuzlab ota-onalar foydalanishdi. Lekin ko‘pchilikning iltimoslariga ko‘ra, chegirmali narxni 5-iyulgacha yana qayta e’lon qildik! 🔥 Chegirmali narx: 2 380 000 so‘m (4 400 000 so‘m) ✅ Bugun atigi 200 000 so‘m to‘lab joyni band qilasiz, qolgan qismini esa 1 hafta ichida to‘lash mumkin. ⚡️KHISO START ta’rifi ichida:
✅ 1 yil davomida 20 ta onlayn olimpiada va 20 ta oflayn KHISO olimpiadalari; 🎁 Istalgan kitobimiz uchun 50% chegirma 📲 KUNTESTI mobil ilovasi uchun 2000 tanga (taxminan 120–150 kun test yechish imkoniyati)
Bu shunchaki obuna emas — bu farzandingiz uchun 1 yillik olimpiada, reyting, kitob va testlar orqali rivojlanish yo‘li! 🌍 Shuningdek, xalqaro olimpiadalar uchun yillik bonus sotib olishni xohlagan ota-onalarga ertaga KHISO premium ta'rifi haqida e’lon qilamiz. ⏳ Chegirmali narx faqat 5-iyulgacha amal qiladi. 📩 Yilik obunani band qilish uchun hoziroq @khiso_admin1 ga murojaat qiling!

Repost from KHISO olimpiada
🔜BUGUN OXIRGI KUN! ⏱Mavsumning ENG SO‘NGGI OFLAYN olimpiadalariga ro‘yxatdan o‘tishga ulgurdingizmi? 🗺14-iyun kuni (ERTAGA)
🔜BUGUN OXIRGI KUN!Mavsumning ENG SO‘NGGI OFLAYN olimpiadalariga ro‘yxatdan o‘tishga ulgurdingizmi? 🗺14-iyun kuni (ERTAGA) RESPUBLIKAMIZ bo‘ylab: ⚡️17-KHISO olimpiadasi — 09:00 🇩🇪EINSTEIN xalqaro olimpiadasi (Germaniya) saralash bosqichi — 10:30 🚀Katta muvaffaqiyatlar kichik qadamlardan boshlanadi. Bugun o‘sha qadamni bosing! 📖Quyidagi havolalar ustiga bossangiz, ikkala olimpiada haqida batafsil maʼlumotlar chiqadi (diqqat bilan o‘qib chiqing): ➡️ t.me/khiso/5855 ➡️ t.me/khiso/5860 ➡️ https://t.me/penwars/205 📱Ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomalari: ➡️ t.me/khiso/5059 ➡️ t.me/khisofaq/55 📍RESPUBLIKA bo‘ylab o‘tkaziladigan barcha manzillar: ➡️ t.me/khiso/5630 ✉️ Murojaat uchun admin: ➡️ @khiso_admin

Repost from KHISO olimpiada
🔝14-iyun (ertaga), EINSTEIN xalqaro olimpiadasi saralash bosqichi! ❓Ertaga saralash bosqichi oʻtkaziladigan EINSTEIN xalqaro olimpiadasining savollari qanaqa boʻladi? 📚Koʻpchilik soʻragan “Eynshteyn olimpiadasining namunaviy savollari”@penwars kanalimizda e’lon qilindi. Quyidagi havola orqali namunaviy savollar (sample questions) bilan tanishishingiz mumkin: ➡️ https://t.me/penwars/205 📱Ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomalari: ➡️ t.me/khiso/5059 ➡️ t.me/khisofaq/55 📍RESPUBLIKA bo‘ylab o‘tkaziladigan barcha manzillar: ➡️ t.me/khiso/5630 ✉️ Murojaat uchun admin: ➡️ @khiso_admin

Repost from KHISO olimpiada
📢BU MAVSUMNING ENG SO‘NGGI OLIMPIADALARI! 🗓14-iyun kuni yurtimiz bo‘ylab EINSTEIN xalqaro olimpiadasi saralash bosqichi va
📢BU MAVSUMNING ENG SO‘NGGI OLIMPIADALARI! 🗓14-iyun kuni yurtimiz bo‘ylab EINSTEIN xalqaro olimpiadasi saralash bosqichi va 17-KHISO olimpiadasi ketma-ket o‘tkaziladi. ⚡️ KHISO olimpiadasi: 09:00 🇩🇪 EINSTEIN olimpiadasi: 10:30Yaqinlashib kelayotgan Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari oldidan haqiqiy imtihon muhiti hamda bilimni sinovdan o‘tkazish imkoniyati. 🏆Har ikkala olimpiada natijalari xalqaro YOZGI MAKTAB yo‘llanmasi uchun reyting ballariga qo‘shiladi. 📩 Har ikkala olimpiadada ham o‘quvchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etiladi. 🥇G‘olib o‘quvchilar medal va diplomlar bilan taqdirlanadi. 📌Einstein xalqaro olimpiadasi haqida: ➡️ https://t.me/khiso/5855 📱Ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomalari: ➡️ t.me/khiso/5059 ➡️ t.me/khisofaq/55 📍RESPUBLIKA bo‘ylab o‘tkaziladigan barcha manzillar: ➡️ t.me/khiso/5630 ✉️ Murojaat uchun admin: ➡️ @khiso_admin