en
Feedback
OHANGARON XABARI

OHANGARON XABARI

Open in Telegram

OHONGARON24 - Hududdagi eng tezkor yangiliklar va videolar yetkazib beruvchi birinchi raqamli kanalga xush kelibsiz! ⚡Reklama xizmat: @toshkentreklama_admin 📩 Xabar yuborish: @xabaryuborish_bot

Show more
731
Subscribers
-524 hours
-117 days
-5030 days
Posts Archive
💬 Aloqaga qiynalayapsizmi? @AloqachiBot orqali o‘zingizning aloqa botingizni bir necha daqiqada yaratishingiz mumkin. Bot or
💬 Aloqaga qiynalayapsizmi? @AloqachiBot orqali o‘zingizning aloqa botingizni bir necha daqiqada yaratishingiz mumkin. Bot orqali foydalanuvchilar sizga yozadi, siz esa shaxsingizni oshkor qilmasdan bot orqali ularga javob berasiz. ⚙️ Qulay sozlamalar 👥 Qo‘shimcha administratorlar 📱 Telefon raqamini majburiy yuborish imkoniyati* 💬 Xabarlarni qulay boshqarish Aloqachi Bot — siz va auditoriyangiz o‘rtasidagi qulay aloqa. 👉 @AloqachiBot

OPENBUDGET GA OVOZ YIG’IB BERAMIZ. Tezkor ovoz* yig’ishga yordam beramiz. Kimga ovoz kerak bo’lsa👉 @milliyteam_support

📥 Видео юклаш учун энди каналларга мажбуран обуна бўлиш шарт эмас! @CHOPQIR_BOT — Instagram, TikTok, Yotube ва бошқа платфор
📥 Видео юклаш учун энди каналларга мажбуран обуна бўлиш шарт эмас! @CHOPQIR_BOTInstagram, TikTok, Yotube ва бошқа платформалардан видеоларни тез ва осон юклаб олиш имконини беради. 🚫 Реклама йўқ 🚫 Мажбурий каналларга обуна йўқ 🤖 Энг қизиқ имконият — ўз ботингизни яратинг!
@CHOPQIR_BOT орқали ўзингиз учун алоҳида видео юкловчи Телеграм бот яратиб, ундан фойдаланишингиз мумкин.*
👉 @CHOPQIR_BOT | VIDEO YUKLASH

🤖 OpenBudget uchun avto ovoz berish botini tayyorlab beramiz! Namuna bot: @OpenBudgetOvozBerishBot 💰 Har bir muvaffaqiyatli
🤖 OpenBudget uchun avto ovoz berish botini tayyorlab beramiz! Namuna bot: @OpenBudgetOvozBerishBot 💰 Har bir muvaffaqiyatli o‘tkazilgan ovoz uchun xizmat haqqi — 2 000 so‘m.* 🤝 Ko‘proq miqdorda foydalanadiganlar uchun alohida chegirmalar mavjud. 📩 Buyurtma va murojaat uchun: @zoirovs_admin

Ўзбекистонда банк карталари сони 75 миллиондан ошди Жорий йилнинг 1-август ҳолатига кўра, муомаладаги банк карталари сони 75,
Ўзбекистонда банк карталари сони 75 миллиондан ошди Жорий йилнинг 1-август ҳолатига кўра, муомаладаги банк карталари сони 75,7 миллион донага етган. Йил бошида 430,8 мингта бўлган терминаллар сони 1-августга келиб 453,5 мингтага етган. Шу билан бирга, банкомат ва инфокиосклар сони 40,1 мингтадан 47 мингтага етган. Бу кўрсаткич 17,3 фоизга ўсган.

Ayni damda Ohangaron shahar Markaziy o‘yingohida 9-avgust — Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo
+5
Ayni damda Ohangaron shahar Markaziy o‘yingohida 9-avgust — Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Ohangaron shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov soha vakillarini qutlug‘ kasb bayrami bilan muborakbod etib, quruvchi, me’mor, muhandis, loyihachi, ustalar hamda soha faxriylariga samimiy tilaklarini bildirmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

"Ayol qadri ulug'langan yurt" Ohangaron shahar "Shodlik" MFY xotin-qizlar faoli M.Ergashova tomonidan Mustaqilligimizning 35
+6
"Ayol qadri ulug'langan yurt" Ohangaron shahar "Shodlik" MFY xotin-qizlar faoli M.Ergashova tomonidan  Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" bosh g'oyasi asosida "Ayol qadri ulug'langan yurt" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning jamiyatdagi roli, yurtboshimizning xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlari va ulardan oqilona foydalanish kerakligi yana bir bor e'tirof etildi. Tadbir so'ngida ishtirokchilar va mahallaga yaqindan ko'makchi bo'lgan xotin-qizlar taqdirlandi.

⚡️ Ohangaron shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan Xonobod mfy hududida joylashgan 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilo
+2
⚡️ Ohangaron shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan Xonobod mfy hududida joylashgan 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tasarrufidagi 420-sonli quvvati 63 kVA bo‘lgan transformator punktini xavfsizligini ta’minlash maqsadida atrofini panjara to‘siq bilan o‘rash ishlari amalga oshirilmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

#Yangiobod_MFY "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Ohangaron shahrining "Yangiobod" mahallasida shahar hokimi tomonidan berilgan to
+5
#Yangiobod_MFY "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Ohangaron shahrining "Yangiobod" mahallasida shahar hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, shahar Dehqon bozori ma'muriyati, mahalla xodimlari hamda faol aholi hamkorligida xonadonlarning tashqi fasad qismlarini bo‘yash, ko‘chalar va hududlarni tartibga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

🇺🇿 Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov 3-sonli umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari joyiga chi
+4
🇺🇿 Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov 3-sonli umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rgandi. Mazkur obyekt O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida 2026-yilgi qurilish va rekonstruksiya dasturi doirasida 480 o‘rinli yangi o‘quv binosini qurish hamda mavjud binoni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Obyektni joriy yilning 15-avgustiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. O‘rganish davomida qurilish-ta'mirlash ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi alohida muhokama qilindi. Shahar hokimi tomonidan obyektni belgilangan muddatda to‘liq foydalanishga topshirish yuzasidan quruvchi tashkilot va mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

#Dolzarb_40_kun "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasida "Obod mahalla — obod xonadon" tamoyili asosida Ohangaron shahrining "Bi
+8
#Dolzarb_40_kun "Dolzarb 40 kunlik" dasturi doirasida "Obod mahalla — obod xonadon" tamoyili asosida Ohangaron shahrining "Birlik" mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va sanitariya ishlari olib borilmoqda. Hashar davomida mahalla hududlarini tartibga keltirish, ko‘chalar va yo‘l yoqalarini tozalash, sanitariya holatini yaxshilash hamda atrof-muhitni yanada obod va ozoda saqlashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

3-sonli umumta'lim maktabidagi qurilish-ta'mirlash ishlari o‘rganildi 🇺🇿 Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan "Do‘s
+6
3-sonli umumta'lim maktabidagi qurilish-ta'mirlash ishlari o‘rganildi 🇺🇿 Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan "Do‘stlik" mahallasida joylashgan, quvvati 860 o‘rinli 3-sonli umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur obyektda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida 2026-yilgi qurilish va rekonstruksiya dasturi doirasida 480 o‘rinli yangi o‘quv binosini qurish hamda mavjud binoni rekonstruksiya qilish ishlari "ALMAS TOWERS" MCHJ tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, obyektni joriy yilning 15-avgustiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda mavjud 860 o‘rinli binoda elektr jihozlarini, pol qoplamalari va eshiklarni o‘rnatish ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, yangi 480 o‘rinli binoda fasadni bazalt qoplamasi bilan bezash hamda sanitariya-texnik jihozlarini montaj qilish ishlari davom etmoqda. O‘rganish davomida qurilish-ta'mirlash ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi alohida muhokama qilindi. Toshkent viloyati hokimi raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash, aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda obyektni belgilangan muddatda to‘liq foydalanishga topshirish yuzasidan quruvchi tashkilot va mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

♻️ Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan hududlarni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib bori
+7
♻️ Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan hududlarni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, mavjud chiqindilarni tozalash va ularni belgilangan joylarga olib chiqib ketish ishlari ham muntazam amalga oshirilmoqda. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

#Mustaqillik_toyi_festivali 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ohangaron shahar 4-sonl
+8
#Mustaqillik_toyi_festivali 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ohangaron shahar 4-sonli umumta’lim maktabida Shodlik mahallasi fuqarolari uchun “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan  “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida tadbir tashkil etildi. Shuningdek, shahrimizning iste’dodli yoshlari tomonidan Vatanga muhabbatni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlandi. Mahalladagi faol ko'cha boshlari taqdirlandi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

#Mustaqillik_35 #mustaqillik_toʻyi #yangi_ruhiyat #birdamlik Aql va tafakkur bellashuvi! Xonobod mahallasida Yoshlar ishlari
+6
#Mustaqillik_35 #mustaqillik_toʻyi #yangi_ruhiyat #birdamlik Aql va tafakkur bellashuvi! Xonobod mahallasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Mustaqillik toʻyi" festivali doirasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada yoshlar faol ishtirok etib, oʻzlarining bilim va mantiqiy fikrlash salohiyatini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizgʻin va murosasiz bahslarga boy oʻtib, yakunda ishtirokchilar oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhiti yanada mustahkamlandi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

🛡 ZIRH BOT’da yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi! So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklam
🛡 ZIRH BOT’da yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi! So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda. Shu sababli ZIRH BOT uchun yangi Anti-Spam himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi. ⚙️ Yoqish: /antispam ⚠️ Eslatma: Funksiya hozircha BETA bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa, @zirh_support ga yozing. ➕ Botni guruhga qo‘shish: https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true 🌐 WEBSAYT | 🌐 TELEGRAM | 🛡ZIRH BOT

🔴 LIVE 🟢 JARAYON Zamonaviy Nog‘oyqo‘rg‘on mahallasi qurilishi ko‘zdan kechirildi Respublika ishchi guruhi vakillari B.Musur
+7
🔴 LIVE 🟢 JARAYON Zamonaviy Nog‘oyqo‘rg‘on mahallasi qurilishi ko‘zdan kechirildi Respublika ishchi guruhi vakillari B.Musurmanov va U.Bo‘riyev, Ohangaron shahar hokimining qurilish, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Ne'matxonov bilan birgalikda Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan zamonaviy Nog‘oyqo‘rg‘on mahallasi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi baholanib, bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, obyektlarni belgilangan muddatlarda yuqori sifat va zamonaviy talablar asosida foydalanishga topshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib bunyod etilayotgan zamonaviy Nog‘oyqo‘rg‘on mahallasi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yana bir yorqin namunasi! 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

+9
Joriy yilning 25-iyul kuni 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Ohangaron shahrining "Birlik" mahallasidagi sanoat hududida joylashgan "TIANRUN" MCHJ XKda "Do‘stlik" festivali bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida Ohangaron shahar hokimining o‘rinbosari Mirolim Mirkamolov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni asrab-avaylash barchamizning eng muhim vazifamiz ekanini alohida ta'kidladi. Tadbirda Madaniyat bo‘limi san'atkorlari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar, jozibador raqslar hamda badiiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Shuningdek, "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida tayyorlangan "Do‘stlik ohanglari" konsert dasturi namoyish etilib, bayram tadbiriga yanada fayz va shukuh bag‘ishladi. Mazkur festival yurtimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, turli millat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

🔴 LIVE 🟢 JARAYON #hashar #temir_yo'l 🚧 Temir yo‘l bo‘ylab obodlik ishlari jadallik bilan davom etmoqda Ohangaron shahridan o‘tuvchi temir yo‘l bo‘ylab hududlarni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va atrof-muhitni ozoda saqlash maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Navbatdagi hashar tadbirida mahalla "to'rtligi", hamkor tashkilotlar hamda faol fuqarolar ishtirok etib, "Yoshlik", "Namuna" va "Yangilik" mahallalari hududidan o‘tuvchi temir yo‘l atrofini tartibga keltirish ishlarini amalga oshirdilar. Hashar davomida hududlar maishiy chiqindilardan tozalanib, begona o‘t-o‘lanlar bartaraf etildi, temir yo‘l yoqalarining sanitariya holati yaxshilandi hamda obod qiyofani ta'minlashga qaratilgan ishlar bajarildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook

#tayanch_mahalla #obod_mahalla #bunyodkorlik "Namuna" mahallasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilan
+9
#tayanch_mahalla #obod_mahalla #bunyodkorlik "Namuna" mahallasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi 🇺🇿 Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov tomonidan tayanch mahalla sifatida belgilangan "Namuna" mahallasida mahalla faollari, nuroniylar va aholi vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahallani kompleks rivojlantirish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda istiqbolda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ichki yo‘llarni ta'mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mahallada amalga oshiriladigan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan mas'ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijro intizomini ta'minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Ochiq muloqotdan so‘ng shahar hokimi boshchiligida mas'ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Namuna" mahallasining ko‘chalari va hududlari atroflicha o‘rganildi. Hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha mahalla "yettiligi" hamda mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib, tegishli topshiriqlar berildi. 🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati Telegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook