Bears treding
Open in Telegram
Assalomu alaykum hammaga bu kanalda siz treding sohasini 0 dan bepul o‘rganishingiz mumkin!! Admin : @kamolov03_19
Show more993
Subscribers
No data24 hours
-447 days
-20130 days
Posts Archive
BU KITOBDA SIZ NIMALARNI O'RGANIB OLASIZ UZBEK TILIDA ⬇️
➡️Psixologiya
➡️Sham tayoqchali n/r
➡️Savdo strategiyalari
➡️Grafik figuralar
#3Dars Moliya bozori va uni turlari
Moliya bozori bu - aktivlar sotiladigan yoki sotib olinadigan bozor. Ya' ni moliya bozori sabzavot yoki kiyim-kechak sotiladigan bozor emas. Moliya bozorida aksiyalar, valyutalar, metallar, va xom ashyolar sotib olish yoki sotish mumkin. Bularni barchasi elektron shaklda bo‘ladi. Siz dunyoni istalgan joyidan turib bu bozorda savdo qila olasiz faqat internet va telefon yoki kompyuter sizga yetarli.
Moliya bozorini turlari mavjud o‘zimizni bozordagi kabi Masalan: oziq ovqat bozori, kiyim - kechak bozori mavjud bularni bilasiz Moliya bozorida ham 4 ta katta bozor mavjud bular :
1. Fond bozori
2. Valyuta bozori
3. Kripto valyuta bozori
4. Tovar va xom ashyo bozori
Bu bozorlar haqida to‘liq pdf shaklda tashab qo‘ydim.
Savollar bo‘lsa bemalol: @kamolov03_19
📓 "Do'st orttirish va odamlarga ta'sir o'tkazish"
✍ Deyl Karnegi
Deyl Karnegi jamiyatdagi munosabatlarning nozik jihatlariga alohida eʼtibor qaratadi. Insonlarning o‘zaro muomala madaniyati, o‘zini tutish, mulozamat, boshqalarni hurmat qilish, ishlarini yuqori baholash orqali obro‘-eʼtibor topish mumkinligini taʼkidlaydi. Shuningdek, o‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlashning turli yo‘llarini ochib beradi. Tinglovchini qiziqtirish, yaxshi maʼruza o‘qish, xotirani mustahkamlash va boshqa mavzularda ham qimmatli maslahatlarini tavsiya etadi. Bezovtalikning omillari, yechimi barobarida turfa imsonlar hayotidagi turli holatlar, Karnegi anʼanasiga ko‘ra, misollar tariqasida keltiriladi.
Birinchi bo‘lib hech qanaqa videolarsiz yozma matn orqali boshladik keyinchalik bu kanalda 300 dan ortiq pdf kitoblar va 100 ga yaqin videolar, darsliklar davomida tashlab beriladi iloji bo‘lsa tavsiya qigan bo‘lardim ko‘pro psixologik kitoblarni darsdan keyin o‘qishni qo‘limdan kegancha ularni ham tashab boraman!!!
#2Dars Treder bu kim? Investor bu kim?
Treder bu - daromad olish maqsadida qimmatli qog'ozlar (aksiyalar)yoki boshqa vositalarni sotuvchi va sotib oladigan savdogar. U bozorni tahlil qilish va kelajakdagi narxlarni prognoz qilish asosida yo sotib oladi yoki sotadigan shaxs. Treder asosan kunlik yoki haftalik savdo qiladigan shaxs. treder yuqorida ko‘rsatilgan 4 ta bozorda savdo qiladi fond birjasi, tovar birjasi, valyuta birjasi, va kripto valyuta birjasida savdo qiladi. Dehqoncha aytadigan bo‘sak treder bu sotuvchi ( savdogar) masalan siz pomidor sotmoqchisiz lekin sizda er maydoni yo‘q uni ekishga, siz boshqa shaxardan optom bozordan uni sotib olasiz va o‘zingizni bozoringizni narxini o‘rganib ustiga foydangizni qo‘yib sotasiz, treder ham shunga o‘xshash u bozorni o‘rganadi yani siz biron bir aksiyani sotib olmoqchisiz uni hozirgi narxi 10$ statiskalarga qarasangiz uni o‘tgan yilgi narxi 5$ bo‘lgan va kompaniya yaxshi rivojlangan va narxi 50% ga oshgan va u kompaniya yaxshi rivojlanib borayapti siz hozirgi narxida sotib olsangiz yani 10$ ga olsangiz narx yana oshib borsa uni qimmatroqqa sotasiz, masalan valyuta bozorini olsak dollar narxi oshib boryapti statiska bo‘yicha analiz qilsak va yana ko‘tarilishi mumkin siz bu yerda sotib olib keyinchalik qimmatroqqa sotishingiz mumkin.
Treder o‘rtadagi qolgan foydadan daromad oladi.
Treder kim ekanini menimcha tushunarli bo‘ldi.
Xop unda Investor kim?
Investor bu asosan uzoq muddatli bitimlar bilan savdo qiladigan shaxs
Masalan: Apple aksiyasi bu yilda o‘tgan yilgiga qaraganda 25% oshdi deylik investor uni o‘tgan yili 1ta aksiyani 10$ dan 100 ta aksiya sotib oldi va narxi 25% ga oshdi. Bunda investor 10$ × 100= 1000$ ga aksiya sotib oldi, va narx 25 % ga oshdi uning sof foydasi 250$ Investor deganni qishloqchasi masalan sizda 10000$ pul bor va siz uni keyingi yilga saqlab qolishni va ko‘paytirishni xohlisiz va real hayotga qarasangiz kvartiralar narxlari oshib boryapti siz uni olib keyingi yilga 12000$ sotishingiz mumkin. Investor bu shunaqa shaxs. Menimcha buyam tushunarli bo‘ldi deb o‘yliman
Kimda qanaqa savol bo‘lsa bemalol : @kamolov03_19
