UWEDFORCE🛡
Open in Telegram
📢 UWED FORCE – Rasmiy kanali ! Murojaatlar uchun hamda huquqbuzarlik holatlari haqida xabar berish uchun: @Zakhroasliddinovna
Show moreUzbekistan54 621The category is not specified
395
Subscribers
-324 hours
-367 days
-14930 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
July '26
July '260
in 0 channels
June '26
+11
in 2 channels
Get PRO
May '26
+329
in 0 channels
Get PRO
April '26
+3
in 0 channels
Get PRO
March '26
+12
in 0 channels
Get PRO
February '26
+3
in 0 channels
Get PRO
January '26
+7
in 0 channels
Get PRO
December '25
+1 027
in 0 channels
Get PRO
November '25
+573
in 0 channels
Get PRO
October '25
+223
in 13 channels
Get PRO
September '250
in 1 channels
Get PRO
August '250
in 0 channels
Get PRO
July '25
+3
in 0 channels
Get PRO
June '250
in 0 channels
Get PRO
May '25
+21
in 1 channels
Get PRO
April '250
in 0 channels
Get PRO
March '25
+33
in 0 channels
Get PRO
February '250
in 2 channels
Get PRO
January '250
in 0 channels
Get PRO
December '24
+13
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 July | 0 | |||
| 07 July | 0 | |||
| 06 July | 0 | |||
| 05 July | 0 | |||
| 04 July | 0 | |||
| 03 July | 0 | |||
| 02 July | 0 | |||
| 01 July | 0 |
Channel Posts
📍Ayni damda JIDU talabalari va Pokiston elchixonasi jamoasi o‘rtasida do‘stona futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda!
💼Ushbu uchrashuvda UWEDFORCE jamoasi ham faol qatnashib tadbir davomida tartib intizomni ta'minladi
🏷Sport orqali do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro hurmat yanada mustahkamlanmoqda. Barcha ishtirokchilarga omad va yorqin o‘yin tilaymiz!
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram
| 2 | “Inson o‘z imkoniyatlarini anglagan sari, kelajakka yanada ishonch bilan qadam tashlaydi.”
📰 Ayni damda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yangi Men sari yo‘l: ta’tilda ichki imkoniyatlarimni kashf etaman” mavzusida ijtimoiy-psixologik interaktiv trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tmoqda.
⏫ Mazkur treningda UWEDFORCE jamoasi a’zolari ham faol ishtirok etib, o‘zlarini anglash, ichki imkoniyatlarini kashf etish, shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash hamda kelajak maqsadlari sari ishonch bilan harakat qilish bo‘yicha foydali bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram | 161 |
| 3 | 📍 Joriy yilning 1-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Jamoada samarali muloqot va ishonchni shakllantirish” mavzusida ijtimoiy-psixologik interaktiv trening tashkil etildi.
🏷 Treningda UWEDFORCE jamoasi a’zolari ham faol ishtirok etib, jamoada samarali muloqot qilish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash hamda hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
✨ Ushbu trening ishtirokchilarning jamoaviy ishlash, bir-birini tinglash va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram | 151 |
| 4 | 🏛Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti B bino kinozalida Oʻzbekiston va Portugaliya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin jonli efirda namoyish etilmoqda.
Mazkur tadbir "UWEDFORCE" jamoasining masʼul nazorati ostida tashkil etilgan boʻlib, uchrashuv yuqori saviyada va shiddatli kurashlar ostida oʻtmoqda⚡️ | 231 |
| 5 | Hayotingizni tanlang, giyohvandlikni emas❕️🛡
🛡Biz, "UWEDFORCE" jamoasi, yoshlar kelajagiga befarq emasmiz. Giyohvandlik — bu shunchaki zararli odat emas, bu insoniyat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid soluvchi og‘ir jinoyatdir.
Videoroligimiz orqali sog‘lom turmush tarzi naqadar muhimligini yana bir bor eslatmoqchimiz. Unutmang, har bir tanlovingiz ertangi kuningizni belgilaydi.
Sog‘lom kelajak uchun birgalikda kurashamiz❕️
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram | 2 933 |
| 6 | 🇺🇿 O‘zbekiston milliy jamoasini birga qo‘llab-quvvatlaymiz!
JIDUda O‘zbekiston – Portugaliya o‘yini jonli efirda namoyish etiladi! Barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarni milliy jamoamizga muxlislik qilishga chorlaymiz.
🏆 Olg‘a, O‘zbekiston!
📆 Sana: 23-iyun
⏰ Vaqt: 22:00
📍 Manzil: JIDU, "B" bino, Kinozal
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram | 211 |
| 7 | Yaxshi chiqibdi 👍👍 | 1 |
| 8 | "Oliy ta'lim muassasalari talabalari orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ta'lim dargohlarida intizomni mustahkamlash maqsadida "Qalqon" va boshqa jamoatchilik guruhlari faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilsin."
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
2023-yil 11-apreldagi videoselektor yig'ilishidan.
Universitetimiz tomonidan "UWEDFORCE" qalqon jamoatchilik guruhi a’zolariga yaratilgan imtiyozlar haqida batafsil videoda! 🛡⚡️
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram | 872 |
| 9 | "Oliy ta'lim muassasalari talabalari orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ta'lim dargohlarida intizomni mustahkamlash maqsadida "Qalqon" va boshqa jamoatchilik guruhlari faoliyati namunali yo‘lga qo‘yilsin."
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
2023-yil 11-apreldagi videoselektor yig'ilishidan
Universitetimiz tomonidan "UWEDFORCE" qalqon jamoatchilik guruhi a’zolariga yaratilgan imtiyozlar haqida batafsil videoda! 🛡⚡️
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram | 1 |
| 10 | Uwedforcening rasmiy anonim murojaatlar boti ishga tushdi!✈️⏫
Universitet hayotini yaxshilash bo‘yicha taklif, g‘oya yoki shikoyatlaringiz bormi? Endi ularni mutlaqo anonim tarzda yo‘llashingiz mumkin. Shaxsingiz sir qolishi 100% kafolatlanadi — biz uchun ismingiz emas, fikringiz muhim!
🏷Muammolarni ochiq ayting
🏷Yangi g‘oyalar bering
🏷O‘zgarishlarga sababchi bo‘ling
😀 Botga o‘tish: @uwedforce_anonim_bot | 305 |
| 11 | JIDU kinozalida haqiqiy bayramona va koʻtarinki muhit!⚡️
🌍Bugun Oʻzbekiston va Kolumbiya oʻrtasidagi FIFA:2026 doirasida shiddatli oʻyin katta ekranda jonli namoyish etilmoqda.
"UWED Force" jamoasi oʻzining cheksiz energiyasi, joʻshqin shiorlari va faolligi bilan zalga chinakam stadion ruhini olib kirdi. Har bir vaziyat hayqiriqlar va cheksiz hayajon bilan kutib olinmoqda!
🇺🇿 Oʻzbekiston oldinga, gʻalaba bizniki! | 353 |
| 12 | #JahonChempionati #BizBirgamiz
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasini birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!
⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o'qituvchilari, talabalari va xodimlari!
18-iyun kuni soat 07:00 da futbol bo‘yicha "JAHON CHEMPIONATI – 2026" doirasida O‘zbekiston — Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning jonli efir namoyishi tashkil etiladi.
⚽️ Barchangizni ushbu muhim o‘yinni birgalikda tomosha qilish va milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
🏆 Oʻzbekiston uchun birlashamiz! Olg'a O'zbekiston!
📆 18-iyun, 2026-yil
⏰ 07:00
📍 JIDU, "B" bino, Kinozal
🌐Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
🕊Telegram | 📱Instagram | 232 |
| 13 | Prezident giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi
Unda giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qilishi, bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba ekani ta’kidlandi.
“Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram | 209 |
| 14 | ⚡️ Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!
Sizlarni o‘z yurtingizning betakror tabiati, tarixiy obidalari, madaniy merosi hamda qishloq va mahallangiz tarixini keng targ‘ib etishga qaratilgan ijodiy tanlovlarda ishtirok etishga chorlaymiz.
✔️ “O‘z yurtimni kashf etaman” tanlovi doirasida ishtirokchilar o‘z hududidagi diqqatga sazovor maskanlar, tarixiy obidalar, tabiiy go‘shalar yoki turistik obyektlarning fotosuratlarini taqdim etadilar.
✔️“Mening qishlog‘im tarixi” tanlovi bo‘yicha esa qishloq, mahalla yoki yashash hududining tarixi, qadriyatlari va an’analari haqida 2 daqiqadan oshmaydigan videolavha tayyorlaydilar.
❗️Tanlovga taqdim etiladigan videolavhalar sifatli va montaj qilingan tayyor holatda bo‘lishi lozim.
Ijodiy ishlaringizni har oyning 25-sanasiga qadar @SaykaSakura manziliga PDF holatida yuborishingiz so‘raladi.
🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube | 171 |
| 15 | ⚡️JIDUda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi❕❕
Joriy yilning 11-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori, yuridik fanlar doktori Akmal Burxonov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🛡Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Xususan, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, talabalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar tashabbuslari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram | 302 |
| 16 | 🆕:UWEDFORCE ANONIM BOTI ISHGA TUSHDI!
Endi siz universitet ichki tartibi, xavfsizlik, huquqbuzarlik holatlari yoki boshqa muhim masalalar yuzasidan anonim tarzda murojaat qilishingiz mumkin.
📌 Bot orqali siz:
🏷Murojaatingizni anonim yuborasiz;
🏷 shaxsingiz sir saqlanadi;
🏷murojaatingiz mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqiladi;
🏷 arizangiz holatini kuzatib borishingiz mumkin;
🏷 sizga javob ham bot orqali anonim tarzda yuboriladi.
😀 Anonimlik to‘liq saqlanadi va sizning murojaatingiz maxfiy tarzda qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi!!
💼 Murojaat uchun bot:
@uwedforce_anonim_bot | 2 075 |
| 17 | 🆕:UWEDFORCE ANONIM BOTI ISHGA TUSHDI!
Endi siz universitet ichki tartibi, xavfsizlik, huquqbuzarlik holatlari yoki boshqa muhim masalalar yuzasidan anonim tarzda murojaat qilishingiz mumkin.
📌 Bot orqali siz:
🏷Murojaatingizni anonim yuborasiz;
🏷 shaxsingiz sir saqlanadi;
🏷murojaatingiz mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqiladi;
🏷 arizangiz holatini kuzatib borishingiz mumkin;
🏷 sizga javob ham bot orqali anonim tarzda yuboriladi.
😀 Anonimlik to‘liq saqlanadi va sizning murojaatingiz maxfiy tarzda qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi!!
💼 Murojaat uchun bot:
@uwedforce_anonim_bot | 1 |
| 18 | 📢 OGOH BO‘LING: Diniy materiallarni qonunga xilof ravishda tarqatish javobgarlikka sabab bo‘ladi!
O‘zbekiston Respublikasi JKning 184²-moddasiga ko‘ra, diniy mazmundagi materiallarni noqonuniy tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish quyidagi miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi:
👤 Fuqarolarga: BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha.
💼 Mansabdor shaxslarga: BHMning 50 baravaridan 150 baravarigacha.
🛡 Qonunni buzish — qat’iy javobgarlikka sabab bo‘ladi! Internetda nimalarni saqlayotganingiz va ulashayotganingizga e’tiborli bo‘ling
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram | 213 |
| 19 | Cyber Shield — Telegramdagi ishonchli kiberhimoyachingiz!
Bugungi raqamli davrda zararli APK fayllar, xavfli havolalar va firibgarlar har qadamda uchrashi mumkin. O‘zingizni, guruhingizni va kanalingizni kiberxavflardan himoya qiling!
⚠️ Cyber Shield quyidagilardan himoya qiladi:
✅ Xavfli havolalarni aniqlaydi
✅ Zararli APK va fayllarni bloklaydi
✅ Firibgarlik kontentlarini ogohlantiradi
✅ Guruh va kanallardagi xavfli xabarlarni o‘chiradi
✅ Telegram muhitini xavfsiz saqlashga yordam beradi
🔒 Kiberxavfsizligingizni bugunoq mustahkamlang!
🤖 Bot: @cybershielduz_bot
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram | 212 |
| 20 | 📢 Xavfsiz Bot – Xavfsiz va ishonchli ta’lim uchun raqamli yordamchingiz
Talabalar, yoshlar, ota-onalar va pedagoglar endi Xavfsiz Bot orqali ishonchli ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin.
🔍 Xavfsiz Bot orqali nimalarni amalga oshirishingiz mumkin?
- Shubhali kanal va profillarni tekshirish;
- Ishonchli manbalardan ta’limiy va diniy ma’lumotlarni olish;
- Taqiqlangan hamda ekstremistik tashkilotlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
- Umra va Haj ziyorati bo‘yicha rasmiy tavsiyalarni olish;
- Ishonchli diniy va huquqiy manbalarni topish;
- Savollar, takliflar va fikr-mulohazalarni yuborish.
⚠️ Muhim: Bot diniy hukm (fatvo) chiqarmaydi. Diniy savollar bo‘yicha vakolatli rasmiy manbalarga murojaat qilishingiz so‘raladi.
📱 QR-kodni skaner qiling va Xavfsiz Botdan foydalanishni bugunoq boshlang!
Birgalikda talabalarimiz va jamiyatimiz uchun yanada xavfsiz hamda bilimli raqamli muhit yaratamiz!
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram | 279 |
