en
Feedback
🇺🇿 TIV matbuot kotibi

🇺🇿 TIV matbuot kotibi

Open in Telegram

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Omonulla Fayziyev kanali orqali sizlarni Vazirligimiz faoliyatiga oid yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz. Murojaat uchun: @mfa_press_bot

Show more
5 261
Subscribers
-224 hours
-307 days
-9730 days
Posts Archive
🇺🇿🏅🇷🇸 O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat mukofoti – Serbiya Respublikasining I darajali Ordeni bilan taqdirlandi. Ushbu oliy mukofot davlatimiz rahbariga ikki davlat o‘rtasidagi tinchlikparvar hamkorlik hamda do‘stona munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun berildi. @TIVmatbuot

Oʻzbekiston tinchliksevarlik darajasi boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb eʼtirof etildi Oʻzbekiston Global Peace Index 2026 xalqaro reytingiga koʻra, 37-oʻrinni egallab, dunyodagi eng tinchliksevar 40 ta davlat qatoridan joy oldi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida bu eng yuqori koʻrsatkich boʻldi. @TIVmatbuot

🇺🇿🇷🇸 Белграддаги «Кула Београд» осмонўпар биноси Ўзбекистон байроғи рангларида ёритилди. @TIVmatbuot

Repost from Komil Allamjonov
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi. Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. — В американском городе Сиэтл официально открылось Генеральное консульство Республики Узбекистан. Это первое консульское учреждение нашей страны на Тихоокеанском Северо-Западе и важный шаг в дальнейшем развитии отношений между Узбекистаном и Соединёнными Штатами Америки. Новое генконсульство будет способствовать укреплению торгово-экономических, инвестиционных, технологических, образовательных и социальных связей между нашими странами.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoi
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомился с созданными здесь условиями. #Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorjа Meloniga maktub yo‘
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Jorjа Meloniga maktub yo‘lladi. Davlatimiz rahbari Jorja Melonini Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimida shu vaqtga qadar eng uzoq muddat faoliyat yuritgan Hukumat rahbari sifatida tarix sahifalaridan munosib joy olgani bilan samimiy muborakbod etdi. Prezidentimiz ushbu natija Jorja Melonining siyosiy irodasi va qat’iyati, davlatchilik mas’uliyatini chuqur his etishiga Italiya xalqi tomonidan bildirilgan yuksak ishonchning yaqqol tasdig‘i ekanini ta’kidladi. Hozirgi o‘ta murakkab va tez o‘zgarayotgan sharoitda Italiyaning milliy manfaatlarini qat’iy himoya qilish, mamlakatning Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori hamda nufuzini yanada mustahkamlash borasida Jorja Meloni olib borayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi. Prezidentimiz Italiya Hukumati rahbarining O‘zbekistonga nisbatan do‘stona munosabati va ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni izchil kengaytirishga qaratayotgan doimiy e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston Italiya bilan o‘rnatilgan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashi ta’kidlandi. Bugungi kunda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalar tobora sermazmun tus olib, ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Maktub yakunida davlatimiz rahbari Jorja Meloniga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Italiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va bardavom ravnaq tiladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил письмо Председателю Совета министров Итальянской Республики Джордже Мелони. Глава нашего государства сердечно поздравил Джорджу Мелони с тем, что она вошла в историю как глава Правительства Италии, дольше всех занимающая этот пост. Президент Узбекистана отметил, что это достижение является ярким свидетельством высокого доверия итальянского народа к ее политической воле, решительности и глубокому чувству государственной ответственности. Особо отмечены усилия Джорджи Мелони по последовательной защите национальных интересов Италии, дальнейшему укреплению авторитета и влияния страны в Европейском союзе и на международной арене в условиях нынешней сложной и стремительно меняющейся обстановки. Президент нашей страны выразил глубокую признательность главе итальянского Правительства за дружественное отношение к Узбекистану и неизменное внимание к последовательному расширению многопланового сотрудничества между двумя странами. Подчеркнуто, что Узбекистан высоко ценит сложившиеся с Италией отношения стратегического партнерства. С удовлетворением отмечено, что политический диалог, торгово-экономическое и инвестиционное взаимодействие, культурно-гуманитарные связи последовательно расширяются, наполняются новым содержанием и выходят на качественно новый уровень. В завершение глава нашего государства пожелал Джордже Мелони крепкого здоровья, семейного счастья и больших успехов в ее ответственной государственной деятельности, а дружественному народу Италии – мира, благополучия и процветания. Facebook|Instagram|X

Yangi O‘zbekistondagi islohotlar xalqaro nashr e’tirofida O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 35 yilligi munosabati
Yangi O‘zbekistondagi islohotlar xalqaro nashr e’tirofida O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan diplomatiya, xalqaro munosabatlar va jahon siyosatiga ixtisoslashgan "Diplomatic Watch" nashri «O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi: tarixga faxr bilan nazar va kelajakka ishonch bilan qadam» nomli tahliliy maqolani e’lon qildi. Unda O‘zbekiston boy tarixiy-madaniy merosini keng ko‘lamli islohotlar va yangi taraqqiyot ufqlari bilan uyg‘unlashtirayotgan mamlakat sifatida taqdim etilgan. Muallif so‘nggi o‘n yillikda yuz bergan sezilarli o‘zgarishlarni, zamonaviy infratuzilma, biznes va madaniy maskanlarning rivojlanishini qayd etadi. Shuningdek, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining real o‘sishi 2025-yilda 7,7 foizni, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 160 milliard dollardan ortiqni tashkil etgani ta’kidlanadi. Maqolada mamlakatning turizm va madaniy salohiyatiga ham alohida e’tibor qaratilib, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlar, shuningdek, 2026-yilda Toshkentda ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyodan Yevropa, Amerika, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Afrika va musulmon dunyosigacha kengayib borayotgan tashqi aloqalari alohida ta’kidlangan. @TIVmatbuot

Tadashi Maeda: O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror va jadal o‘sish trayektoriyasiga chiqdi Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JB
Tadashi Maeda: O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror va jadal o‘sish trayektoriyasiga chiqdi Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan yurtdoshlarimizni qutladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

Repost from Saida Mirziyoyeva
Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikas
+3
Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Hazrati Oliylari bilan uchrashganimdan xursandman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim. ​O‘zbekiston va Qatarni do‘stona hamda yuksak ishonchga asoslangan rishtalar bog‘lab turadi, bu hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Muloqot chog‘ida o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalarini muhokama qildik. Shubhasiz, mamlakatlarimiz o‘rtasida mushtarak manfaatlar hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud. — Была рада встрече с Его Высочеством Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, Эмиром Государства Катар. Передала ему искренние приветствия и самые добрые пожелания Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева. Узбекистан и Катар связывают тёплые и доверительные отношения, которые с каждым годом становятся крепче. Обсудили дальнейшее сотрудничество и новые совместные инициативы. У наших стран много общих интересов и хороших возможностей для новых проектов.

Kubanichbek Omuraliyev: O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir TDT Bosh kotibi O‘
Kubanichbek Omuraliyev: O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir TDT Bosh kotibi O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan yurtdoshlarimizni qutladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

Pan Gi Mun: O‘zbekiston xalqining faxrlanadigan jihatlari juda ko‘p BMTning sobiq bosh kotibi, Global yashil o‘sish instituti
Pan Gi Mun: O‘zbekiston xalqining faxrlanadigan jihatlari juda ko‘p BMTning sobiq bosh kotibi, Global yashil o‘sish instituti (GGGI) prezidenti va Kengashi raisi O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan qutladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

Ostin Skott: AQSh O‘zbekiston bilan tobora rivojlanib borayotgan munosabatlarni yuksak qadrlaydi AQSh Kongressmeni, O‘zbekist
Ostin Skott: AQSh O‘zbekiston bilan tobora rivojlanib borayotgan munosabatlarni yuksak qadrlaydi AQSh Kongressmeni, O‘zbekiston bo‘yicha kokus aʼzosi mustaqillikning 35 yilligi bilan yurtdoshlarimizni qutladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan AQShning yirik shaharlarida Oʻzbekiston davlat bayrogʻiga hurmat ko
+4
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan AQShning yirik shaharlarida Oʻzbekiston davlat bayrogʻiga hurmat koʻrsatilmoqda. Nyu-Yorkda Oʻzbekiston bayrogʻini koʻtarish tantanali marosimi dunyo moliyaviy markazining ramzi boʻlgan “Uoll-strit” koʻchasida oʻtkazildi. Tadbirda diplomatlar, vatandoshlar va oʻzbek diasporasi vakillari ishtirok etib, milliy kuy-qoʻshiq va raqslar ijro etildi. Sietlda esa Oʻzbekiston bayrogʻi “Bell Harbor” xalqaro konferensiyalar markazida AQSh va Kanada bayroqlari qatoridan joy oldi. Shuningdek, shaharning mashhur “Great Wheel” charxpalagi Oʻzbekiston bayrogʻi ranglarida yoritildi. @TIVmatbuot

Diyene Keyta: O‘zbekiston inson kapitaliga sarmoya kiritish orqali kelajak uchun mustahkam poydevor yaratmoqda BMT bosh kotib
Diyene Keyta: O‘zbekiston inson kapitaliga sarmoya kiritish orqali kelajak uchun mustahkam poydevor yaratmoqda BMT bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan yurtdoshlarimizni tabrikladi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

🇺🇿 O‘zbekiston bayrog‘i "Burj Xalifa"ni bezadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan
🇺🇿 O‘zbekiston bayrog‘i "Burj Xalifa"ni bezadi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Dubaydagi dunyodagi eng baland bino — "Burj Xalifa"da O‘zbekiston bayrog‘i jilo sochdi. @TIVmatbuot

+6
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi Haydar Aliyev markazi Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi ranglarida yoritildi. Ushbu ramziy tashabbus Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi koʻp asrlik tarixiy va madaniy yaqinlik, xalqlarimiz oʻrtasidagi qardoshlik munosabatlarining yuksak darajasini yana bir bor namoyon etdi. 🇺🇿🤝🇦🇿 @TIVmatbuot

Ursula fon der Lyayen: Biz O‘zbekistonning Markaziy Osiyo doirasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi rolini yuksak qa
Ursula fon der Lyayen: Biz O‘zbekistonning Markaziy Osiyo doirasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi rolini yuksak qadrlaymiz Yevropa komissiyasi Prezidenti mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Dunyo” AA savollariga javob berdi Batafsil Батафсил Рус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram

Inchxon shahri meri Pak Chon De mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimizga oʻzining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yoʻlladi. @TIVmatbuot

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtdoshlarimizni qutladi. @TIVmatbuot