cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Izlanish.uz

Izlanish.uz saytining rasmiy telegram kanali Izlanishdan toʻxtamaydigan talaba va abituriyentlar kanali

Show more
Advertising posts
2 279
Subscribers
-1224 hours
-1007 days
-61630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar #abituriyent ❓Qabul kvotalari tasdiqlandimi? JAVOB: Yo‘q, hozircha qabul kvotalari tasdiqlanmadi. Tuya go‘shtini yegan kvotalar har yili qabul boshlanib ketgach tasdiqlanishi odatiy holga aylangan. Garchi joriy yilda dastlabki bosqichda faqat fanlar majmuasi tanlanayotgan bo‘lsa-da, lekin bu qabul kvotalarini istagancha kech tasdiqlash mumkin degani emas. Abituriyentlar kvotalarga qarab fanlar majmuasini tanlashi ham mumkin edi. Afsuski, haligacha kvotalar ma’lum emas. Qachon tasdiqlanishi haqida ham aniq ma’lumot yo‘q. ❓Joriy yilda ham beshta yo‘nalish tanlasa bo‘ladimi? JAVOB: Ha, bo‘ladi. Hozir abiturentlar faqat fanlar majmuasini tanlayapti. Test sinovlari to‘liq yakunlangach esa, 15 kun ichida beshtagacha yo‘nalish tanlashi mumkin bo‘ladi. ❓Joriy yildan sirtqi ta’lim bo‘lmaydimi?JAVOB: Bo‘ladi, sirtqilar yopilgani yo‘q. Ko‘pchilik pedagogika sohasidagi 14 ta yo‘nalishning sirtqisiga faqat pedagogik staji borlargina topshirishi mumkinli haqidagi xabarlarni o‘qib, barcha sirtqi yo‘nalishlar yopilibdi, deb xato tushunadi. Aslida sirtqilar yopilgani yo‘q. Ta'limdagi so'ngi yangiliklar 👇 ✅@Izlanish_DTM_Abituriyent_mandat
Show all...
👍 2
‼️Bugun qabul boshlanadi #abituriyent Bugun, 5-iyundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Lekin hozircha ro'yxatdan o'tish ochilmadi, ertalab ochilib qolsa kerak. Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. Ta'limdagi so'ngi yangiliklar 👇 ✅@Izlanish_DTM_Abituriyent_mandat
Show all...
👍 4
⚡️ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni yangi tartibda amalga oshiriladi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: — birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; ▫️o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; — ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ta'limdagi so'ngi yangiliklar 👇 ✅@Izlanish_DTM_Abituriyent_mandat
Show all...
👍 4
❗️Bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda: — ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; — ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; — ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; — ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi; — ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Ta'limdagi so'ngi yangiliklar 👇 ✅@Izlanish_DTM_Abituriyent_mandat
Show all...
👍 4
⚡️Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi. Bunda: — abiturientlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; — oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda: 1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash; 2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi. Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Ta'limdagi so'ngi yangiliklar 👇 ✅@Izlanish_DTM_Abituriyent_mandat
Show all...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Minimal kirish ballari oshiriladi. O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanishi kutilmoqda (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball). Bu haqida matbuot anjumanida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri xabar berdi. P/S: Bu degani 75.6 balldan kam ball olgan abituriyent kvota to'lmasa ham o'qishga tavsiya etilmagan hisoblanadi. Ta'limdagi so'ngi yangiliklar 👇 ✅@Izlanish_DTM_Abituriyent_mandat
Show all...
👍 3👎 2
02:23
Video unavailableShow in Telegram
⁉️ Talabalar magistraturaga majburiy qo‘yilgan til sertifikatlarini olib tashlanish tarafdorimi? Xabaringiz bor, magistraturaga kirish uchun til sertifikatlari majburiy etib belgilangan edi. Hozirda magistraturadan til sertifikatlarini olib tashlash to‘g‘risida taklif kiritilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Xo‘sh, aynan mazkur mavzuda talabalar qanday fikrda? Ta'limdagi so'ngi yangiliklar 👇 ✅@Izlanish_DTM_Abituriyent_mandat
Show all...
IMG_6871.MOV27.98 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bu yil ham maksimal ball 189 bo'ladi! 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlangan. ✅ Unga ko‘ra, majburiy fanlarga mos 3 fan: ➖ Ona tili x 10 ta; ➖ Matematika x 10 ta; ➖ O‘zbekiston tarixi x 10 ta; 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball. Bakalavriat yo‘nalishiga mos 2 fan: 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball ➖ 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball 60 ta savoldan jami 156,0 ball. Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi. Ta'limdagi so'ngi yangiliklar 👇 ✅@Izlanish_DTM_Abituriyent_mandat
Show all...
👍 3
⚡️9-may munosabati bilan necha kun dam olinadi? Bu yil Xotira va qadrlash kunida o‘zbekistonliklar faqat bir kun dam oladi. Bayram kuni — 9 may, payshanba. Prezident farmoniga ko‘ra, qo‘shimcha dam olish kuni belgilanmagan. 10 may, juma — barcha xodimlar uchun ish kuni. Ta'limdagi so'ngi yangiliklar 👇 ✅@Izlanish_DTM_Abituriyent_mandat
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ziyrakligingizni ishga solib aytingchi, qotillikni kim sodir etgan? Javobingizni izohda qoldiring. Ta'limdagi so'ngi yangiliklar 👇 ✅@Izlanish_DTM_Abituriyent_mandat
Show all...
👍 3
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.