cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking Β«Accept allΒ», you agree to the use of cookies.

avatar

Shaxsiy o'yinπŸ“

Mualliflik va tarjima shaxsiy o'yin savollari Qiziqarli turnirlar Kanal o'z faoliyatini boshladi: 10.01.2024 Ega: @mr_fayozbek

Show more
Advertising posts
245
Subscribers
No data24 hours
+27 days
+1130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#new Mavzu: Matritsada notalar ketma-ketlikda 10. Fransuz shoiri va esseisti, "Parnas maktabi" namoyondasi, 1901-yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofotining birinchi laureati. Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: Syulli-Pryudom
20. Bu neologizm 2013-yil feministlar tomonidan, erkaklarning jamoat transportida o'zlarini tartibsiz tutishlariga qarshi qaratilgan aksiya natijasida paydo bo'lgan. Neologizmni ayting.
Javob: Manspreading
Izoh: Manspreading - erkaklarning jamoat transportida oyoqlarini yoyib, bir kishiga mumkin bo'lgandan ko'ra, ko'proq joyni egallab o'tirishiga nisbatan qo'llaniladigan termin. 30. Bu bastakor shu paytgacha 20 dan ortiq filmlarga musiqa bastalagan. Filmlar orasida mashurlaridan, "Chol va Nabira",  "Ko'zlarim yo'lingda", "Abdullajon", "Tangalik bolalar", "Kelinlar qo'zg'oloni" va "Suyunchi" kabi filmlarni misol qilishimiz mumkin. Bu bastakor ism-familyasini ayting.
Javob: Mirhalil Mahmudov
40. 2011-yilda SAFA Bu nomdan foydalanish uchun "Standton Woodrush Ltd"ga 5 million rend to'laydi. Bu nom mavzuga 2 karra mosdir. Bu nomni ayting?
Javob: Bafana-bafana
Izoh: Bu nom JAR futbol terma jamoasi laqabi hisoblanadi. Bu nom uchun JAR hatto sudgacha borgan. Savoldagi SAFA esa JAR futbol federatsiyaning qisqartmasi. 50. 2008-yili may oyida olib borilgan rebrendingdan so'ng bir BU NOM paydo bo'ldi. BU NOM lotin tilidan tarjima qilganda " Mohir, ixtirochi" degan ma'noni beradi. BU NOMni ayting.
Javob: Sollers
Izoh: Severstal-Avto 2008-yildan boshlab Sollers brendi ostida ish boshlagan. Shaxsiy o'yinπŸ“| Бвоя ΠΈΠ³Ρ€Π°
Show all...
πŸ‘ 2
#new Mavzu: Alifbo tartibida shaharlar 10. 1890-yilda Fransuzlar tomonidan asos solingan bu shahar, Kot-d'Ivuarda joylashgan. Bir shoirimizga aloqasi yo'q. Qaysi shahar?
Javob: Abidjan
Izoh: Shoir deganda Anvar Obidjon nazarda tutildi. 20. Bu poytaxt shahar Arab-Isroil urushi davomida 1970-yilda sharqiy xristian sektori va g'arbiy musulmon sektoriga ajralgan. Rimliklar bu shaharni, Beritus deb lotinchalashtirganlar. Qaysi shahar?
Javob: Bayrut
30. Bu shahar 1216-yildan buyon ma'lum bo'lib, Slavyanlar yashagan qishloqda vujudga kelgan va 1485-yilda Vettinberg gersoglarining qarorgohiga aylangan.  1806-1918-yillarda Saksoniya qirolligining poytaxtiga aylangan. Qaysi shahar?
Javob: Drezden
40. Germaniyaning shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeridagi shahar bo'lib, 2010-yilda Yevropa madaniyat poytaxti deya topilgan. Shahar nomini qo'sh undosh qatnashtirib ayting.
Javob: Essen
50. Kunchiqar mamlakatdagi bu shahar Xakata qo'ltig'idagi port shahar hamdir. Shu nomdagi prefekturaning ma'muriy markazidir. Kyusyu orolining shimoliy g'arbida joylashgan. Shaharni ayting?
Javob: Fukuoka
Shaxsiy o'yinπŸ“| Бвоя ΠΈΠ³Ρ€Π°
Show all...
πŸ‘ 2
#new Mavzu: Ikkilik zanjir 10. Bu davlat bayrog'i qizil, yashil va sariq rangdan iborat. Markazdagi sariq yulduzning tagida oy bo'lib, u xuddi kulib turgan og'izga o'xshaydi. Gap qaysi davlat haqida?
Javob: MavritaniyaπŸ‡²πŸ‡·
20. U o'zining nomidan tashqari "Shimoliy yoki Gollandiya Monalizasi" deb ham ataladi. U ni emas, uning muallifini ayting.
Javob: Yan Vermer
Izoh: U deganda "Marvarid sirg'ali qiz" kartinasi nazarda tutildi. 30. Wikipediaga ko'ra, U meditatsiyani yoqtirgan va Uning mashhur harakatlari shu sabab kelib chiqqan. Uning faqat ismini ayting?
Javob: Erling
Izoh: Erling Haalandning gol nishonlashi, meditatsiyani yoqtirganidan kelib chiqqan deyiladi wikipediada. 40. U Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika bo'lib, poytaxti- Magas shahri. Uni ayting?
Javob: Ingushiya
50. Bu kanadalikni mashhur qilgan ijod mahsuli 3,14 soniga aloqadormi yo'qmi bilmaymiz. Bu kanadalik kim?
Javob: Yan Martel
Izoh: Y.Martel "Pi hayoti" asari muallifidir. Pi esa matematikada 3.14 ga teng. Shaxsiy o'yinπŸ“ | Бвоя ΠΈΠ³Ρ€Π°
Show all...
πŸ‘ 2
#new Mavzu: Jadidchilik 10.  "Uning she'riyati butun XX asr qadriyatlarini o'zida mujassam qildi. Uni olamshumul maqomga olib chiqqan omil- shoirning cheksiz ehtirosli gumanizmidir." Rauf Parfi U deganda kimni nazarda tutgan?
Javob: Abdulhamid Cho'lpon
20. 18 yoshiga yetganida bu inson madrasa ta'limini tugatib, Chashmaob volostida qozilik qilgan tog'asi Muhammad Siddiq qo'l ostida mirzalik lavozimida ishlay boshlaydi. Bu inson kim?
Javob: Mahmudxo'ja Behbudiy
30. U- xazinayi adab-u ilm-u izzating, U- bog'i jannati firdavs, ne'mating. U kishini jahl-u daniydin qilur xalos, U- kalidi Ka'bayi qalb-u zakovating. Abdulla Avloniyga tegishli satrlardagi U so'zi bilan almashgan so'zni ayting.
Javob: Maktab
Izoh: Bu satrlar Avloniyning "Maktab gulistoni" kitobini ochib beradi. 40. "Sharqda shaxmat" asari va "Begijon" dramasi muallifi bo'lgan insonni ayting.
Javob: Fitrat
50. G'ulom Zafariyning "Halima" nomli dramasi 1920-yilda yozilgan bo'lib, o'sha yilning 14-sentyabrida BU INSON tomonidan "Turon" teatr truppasida sahnalashtirilgan. Bu inson kim?
Javob: Mannon Uyg'ur
Shaxsiy o'yinπŸ“| Бвоя ΠΈΠ³Ρ€Π°
Show all...
πŸ‘ 1
#new Mavzu: Asarlardan parchalar. Bunda siz berilgan parchalar qaysi asardan olinganini topishingiz kerak. 10. "Otasi kirib kelgandan keyin Zebining ko'nglida o'ynagan iztirob va hayajonlar Razzoq so'fining "Nima bu qiyomat",- degan qiyomatidan ham qo'rqinchliroq edi." Parcha qaysi asardan olingan?
Javob: Kecha va kunduz
20. "Imperatritsa va imperatorning chiqishini kutar ekanlar, Prussiya elchisi bilan baron Liven o'rtasida , Polshadan olingan so'ngi vahimali xabar munosabati bilan qiziq suhbat boshlanib ketdi". Parcha qaysi asardan?
Javob: Hojimurod
30. "Bu qo'shiqning musiqasini ikkala oyog'i ham falaj bo'lib qolgan Ahmad Tsurmilov yozgan. Men bir vaqt unga bag'ishlab shunday she'r bitgandim: " Sozimning bor sakkizta tori, Bordir sakkiz mingta izhori"". Parcha qaysi kitobdan olingan?
Javob: Mening dog'istonim
40. "Xasan bilan bolalikdan do'st edik. U bilan ko'pincha uyimiz oldida o'sgan teraklar shoxiga mingashib olib, cho'ntagimizdagi yong'oq va tutmayizlarni yeb o'tirardik,  qo'limizdagi oyna parchasi bilan devorlarga quyosh nurini yo'naltirardik". Parcha qaysi asardan olingan?
Javob: Shamol ortidan yugurib
50. Davom etamiz "Mening xonamdagi muqaddas kitoblarning eng muqaddasi- telefon ma'lumotnomasiga qo'limni qo'yib, faqat haqiqatni gapirishga qasam ichaman. Hayot- bo'm-bo'sh. Lekin ma'lum bir najot, albatta, bor". Qaysi asardan parchani tingladingiz?
Javob: Shamol qo'shig'ini tingla
Muallif: Xaruki Murakami. 40 ballik savol javobi Shamol bilan boshlangan edi, shuni davom ettirib 50 ni ham shamol bilan davom ettirdik Shaxsiy o'yinπŸ“| Бвоя ΠΈΠ³Ρ€Π°
Show all...
πŸ‘ 1
#new Mavzu: Futbol klubi logotiplari 10. Bu klubning 1-emblemasida ko'kraklarida medallar bor Britaniya armiyasi faxriylarining jamoaviy surati bor edi. Shundan keyin klub "Pensionerlar" laqabini oldi. Gap qaysi klub haqida ketmoqda?
Javob: Chelsea
20. Bu klub emblemasi Shvetsariya qalqoni shaklida bo'lib, klub va shahar ranglarini aks ettiradi. Emblemadagi qora harflar klub ramziga aylangan. Ushbu klub nomini ayting.
Javob: Sevilla
30. Bu klub logosi sariq va yashil rangdan iborat bo'lib, markazida kanareykani ko'rishimiz mumkin. Qaysi klub?
Javob: Norwich City
40. Klub logotipidagi g'ildirak shaharning konchilik an'analariga ko'rsatilgan hurmatdir. Markazda 4 qismga bo'lingan qalqon mavjud. Pastki o'ng burchakda shaharning janubiy va shimoliy qismlarini bog'laydigan Wearmouth ko'prigi joylashgan. Qaysi klub logosi haqida gap ketmoqda?
Javob: Sunderland
50. Markazida do'lana novdasi ustida o'tirgan qush tasvirlangan klub nomini 3 so'zda ayting.
Javob: West Bromwich Albion
Shaxsiy o'yinπŸ“| Бвоя ΠΈΠ³Ρ€Π°
Show all...
#new Mavzu: Yetti 10. Bir manbada U Nabi ismli kulolga xonni aldab, kambag'allarning yerlarini sug'orish uchun suv berishga yordam beradi. Xohlang manba nomini, xohlang U ni ayting
Javob: Yettinchi jin
Izoh: Gap "Yettinchi jin" filmi haqida edi. Filmda 7-jin obrazini Baxtiyor Ixtiyirov yaratgan. 20. Edvard malakali shifokor bo'lib, bir keksa ayolni operatsiya qilish vaqtida mast bo'lgani uchun ayolning o'limiga sabab bo'lgan. Orolga esa katta pul evaziga ishlashga kelgan edi. Edvardni mavzuga moslab ayting?
Javob: Yettinchi negr bolasi
30. Uning nomi qadimgi grek tilidan "jonsiz" deb tarjima qilinadi. Nemislar esa uni atashda "bo'g'uvchi" so'zini ham ishlatishadi. Uni ayting?
Javob: Azot
Izoh: Azot davriy jadvaldagi 7-element bo'lib, qadimgi grek tilidagi "azotos"-"jonsiz" so'zidan kelib chiqqan. Nemislar esa uni "stickstoff" ya'ni "bo'g'uvchi gaz" deya atashgan. 40. U ning nomi sheriklarinikidan kechroq paydo bo'lgan. Chunki Gvido Aretinskiy dastlab 6 bosqichli shkaladan foydalangan.  U ni ayting?
Javob: Si
Qabul: Si notasi Izoh: Gvido Aretinskiy nota nomlari ixtirochisi hisoblanadi. 50. 2017-yilgi qaysi film slogani "Dushanbaga nima bo'ldi?" deya nomlanadi?
Javob: 7 opa-singil siri
Izoh: Filmda 7 opa-singil bo'lib, ularning ismlari hafta kunlari bilan bir xil. Shaxsiy o'yinπŸ“| Бвоя ΠΈΠ³Ρ€Π°
Show all...
Shaxsiy o'yinπŸ“

Mualliflik va tarjima shaxsiy o'yin savollari Qiziqarli turnirlar Kanal o'z faoliyatini boshladi: 10.01.2024 Ega: @mr_fayozbek

#new Mavzu: Initsial B.. Q... 10. Andijondagi Oxunboboyev teatrida aktrisa bo'lib ishlagan Tojixon Axmedjonova Uning san'atdagi ilk ustozi ekan. Kimning?
Javob: Botir Qodirov
20. Bu usuldan barchamizga tanish manbada bosh qahramon o'zini boshqa dunyoga ravona qilishda foydalangan. Usul nomini ayting?
Javob: Barmoq qaychi
Izoh: Bizga tanish Kung Fu Panda multfilmi qismlaridan birida Po o'zini shu usul orqali ruhlar dunyosiga jo'natadi. 30. Eskimoslar uchun Yangi Yil 31-dekabr emas, U hisoblanadi. Uni ayting?
Javob: Birinchi qor
40. Alimardon, Anvar, Muqaddam, Lobar. Bu nomlarni birlashtiruvchi manbani ayting.
Javob: Bahor qaytmaydi
Izoh: Bular O'tkir Hoshimov qalami mansub "Bahor qaytmaydi" asari personajlari edi. 50. 2004-yilgi film bo'lib, film slogani "Yangi sarguzashtlarga tayyorlaning". Film davomida astronavt Jeff Treysi tomonidan to'plangan sayyoralararo qutqaruv otryadida to'plangan kuchli va jasur odamlarga ko'zimiz tushadi. Film nomi?
Javob: Bo'ron qushlari
Shaxsiy o'yinπŸ“| Бвоя ΠΈΠ³Ρ€Π°
Show all...
Shaxsiy o'yinπŸ“

Mualliflik va tarjima shaxsiy o'yin savollari Qiziqarli turnirlar Kanal o'z faoliyatini boshladi: 10.01.2024 Ega: @mr_fayozbek

πŸ‘ 5πŸ‘ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Uzbek power⚑️⚽️
Show all...
⚑ 6
Mavzu: Barcha unlilari bir xil 10. U sigirlar tomonidan ko'p istemol qilinganda ularni jinniga aylantiradi va og'ir xolatlarda  hatto ko'r qilib qo'yadi. U o'rnidagi kimyoviy elementni ayting?
Javob: Selen
20. U o'zining zamonaviy qiyofasini uni takomillashtirgan musiqachi-pedagog Vasiliy Andreyev va bir necha ustalar tufayli oldi. Uni ayting.
Javob: Balalayka
30. Qushlarni cho'chitib haydashda ishlatiladigan asbob bo'lib, yog'och va uning go'lasi yasash jarayonida kerak bo'ladi. Asbob nomini ayting?
Javob: Tartarak
40. "X sini bolta kesmaydi" iborasi- hech kimning qurbi yetmaydi ma'nosida qo'llaniladi. Shuningdek X so'zi mo'ylov bilan sinonimdir. X ni ayting?
Javob: Murut
50. U rassom, musiqachi hamda mashxur huquq himoyachisi hisoblanib, Jon Lennonning rafiqasi hamdir. U eri bilan o'zlarining guruhiga ham asos solishgan. U kim?
Javob: Yoko Ono
Izoh: Ular "Plastic Ono Band" guruhiga asos solishgan. Shaxsiy o'yinπŸ“| Бвоя ΠΈΠ³Ρ€Π°
Show all...
πŸ‘ 2