ISMATOV ACADEMY
Open in Telegram
Xalqaro matematika olimpiadalarga tayyorlov kursi. -Kunlik qiziqarli savollar. -Prezident maktabiga kirish testining namunaviy testlari. -Xalqaro matematika olimpiadalari haqida malumotlar. Murojat uchun: +998901251205 @Ismatov1205
Show more1 291
Subscribers
+424 hours
-87 days
-1730 days
Posts Archive
1 291
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
#IMO_2026
TERMA JAMOA A’ZOLARI XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JO‘NAB KETDI
📍Shanxay, Xitoy
✅ Xalqaro Matematika Olimpiadasi (IMO) matematika fanidan dunyodagi eng nufuzli xalqaro musobaqalardan biri bo‘lib, unda 100 dan ortiq mamlakat va hududlarning eng iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etadi.
👥 Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun shakllantirilgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Shanxay shahriga jo‘nab ketdi.
🗓Olimpiada 12–21-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
⚡️ Fan olimpiadalari markazi mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan o‘quvchilarimizga omad, yuksak natijalar va zafarlar tilaydi!
📌Ma’lumot uchun:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, ushbu xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar, ularning ustozlari hamda terma jamoa rahbarlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
1 291
+2
📖Surxondaryolik xalqaro olimpiada sovrindori munosib kutib olindi
⭐️Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Ortiqjon Toxirov bugun tantanali ravishda kutib olindi.💻Eslatib o‘tamiz, Ortiqjon Toxirov Ruminiyada bo‘lib o‘tgan 30-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon Matematika Olimpiadasi (JBMO–2026)da muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medal sohibiga aylangan edi. ✅Ortiqjon Toxirovni yutug‘i bilan yana bir bor muborakbod etamiz hamda kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz! #Surxondaryo #OrtiqjonToxirov #JBMO2026 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺You tube 🕊Twitter 💡Veb-sayt
1 291
📖Surxondaryolik o‘quvchi xalqaro olimpiada sovrindori bo‘ldi
⭐️Ruminiyada bo‘lib o‘tgan 30-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon Matematika Olimpiadasida (JBMO–2026) O‘zbekiston terma jamoasi yuksak natijalarni qayd etdi.✅Quvonarlisi, terma jamoa tarkibidagi Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Ortiqjon Toxirov nufuzli xalqaro olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritdi. ✅Ortiqjon Toxirovni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz! 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram ▶You tube 🌐Twitter 🌐Veb-sayt
1 291
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
#JBMO_2026
#Results
NAVBATDAGI REKORD: Terma jamoamiz a’zolaridan — 6 ta medal!
🌍 Hozirda Ruminiyada 30-Oʻsmirlar oʻrtasidagi Bolqon Matematika Olimpiadasi (JBMO) bo‘lib o‘tmoqda.
⚡️Ayni paytda olimpiada ishtirokchilarining yakuniy natijalari e’lon qilinmoqda.
➡️Natijalarga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar katta muvaffaqiyatga erishdi:
🥇1 ta oltin, 🥈4 ta kumush va 🥉1 ta bronza — jami 6 ta medal!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥇 Umarbek Ubaydullayev - Sergeli tuman IM o‘quvchisi — oltin medal,
🥈Eldorbek Xakimov — Al-Beruniy maktabi oʻquvchisi — kumush medal,
🥈Komronbek Kamolov — Buxoro shahridagi 31-maktab o‘quvchisi - kumush medal,
🥈Ortiqjon Toxirov - Termiz shahar IM o‘quvchisi — kumush medal,
🥈Baxtiyor Ostonov - Qorakoʻl tuman IM o‘quvchisi — kumush medal,
🥉Anvar Abdivaliyev — Qarshi shahridagi 1-IM o‘quvchisi — bronza medal.
✨Ma’lumot uchun:
Terma jamoa a’zosi Umarbek eng yuqori natijani qayd etib, mutlaq gʻolib deb topildi.
Gʻoliblarni tabriklaymiz!
Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
1 291
📖Surxondaryolik o‘quvchilar Al-Xorazmiy xalqaro olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi
Xalqaro matematika va informatika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi nufuzli olimpiadada Surxondaryo viloyati o‘quvchilari munosib ishtirok etib, faxrli natijalarni qayd etdi.
G‘oliblar:
🥉 Shoqulov Qudrat — 8-sinf o‘quvchisi
🥉 Tohirov Ortiqjon — 8-sinf o‘quvchisi
Har ikki o‘quvchi ham Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab vakillari bo‘lib, xalqaro maydonda bronza medalni qo‘lga kiritdi.
15 davlatdan 219 nafar iqtidorli o‘quvchi qatnashgan ushbu nufuzli olimpiadada erishilgan natija Surxondaryo ta’limi uchun yana bir muhim yutuq bo‘ldi.
G‘olib o‘quvchilarimizni, ularning ota-onalari va ustozlarini samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter 💡Veb-sayt
1 291
📖Xalqaro olimpiadadan yana bir oltin medal
Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz hamda dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yoshlar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.Quvonarlisi, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 14-son umumta’lim maktabi o‘quvchisi Elshod O‘ralov olimpiadada yuksak natija ko‘rsatib, oltin medal sohibiga aylandi. Ushbu yutuq nafaqat o‘quvchining, balki uning ustozlari, ota-onasi hamda vohamiz ta’lim tizimining ulkan muvaffaqiyati sifatida e’tirof etilmoqda. Yosh matematikning kelgusidagi ilmiy faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz! 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺You tube 🕊Twitter 💡Veb-sayt
1 291
Repost from Iqtidorlar Ligasi
🏆 IQTIDORLAR LIGASI — Xalqaro matematika olimpiadasi
📢 Iqtidorlar maktabi tomonidan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning matematik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda matematika faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida xalqaro matematika olimpiadasi tashkil etilmoqda.
👥 Kimlar qatnashishi mumkin?
Olimpiada 4–5–6–7–8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.
Shuningdek, Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlanayotgan 4-sinf o‘quvchilari ham o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin. Ular 5-sinf yo‘nalishida qatnashib, tengdoshlari va yuqori sinf o‘quvchilari bilan sog‘lom raqobatda ishtirok etadi.
📌 Olimpiada 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣ 1-bosqich — Masofaviy bosqich
📅 Sana: 31-may
🤖 Platforma: Iqtidorlar Ligasi bot
📝 Format: 20 ta yopiq test
2️⃣ 2-bosqich — Hududiy bosqich
📅 Sana: 14-iyun
📍 Manzil: viloyat markazlari
📝 Format: 15 ta yopiq test
3️⃣ 3-bosqich — Xalqaro bosqich
📅 Sana: 28-iyun
📍 Manzil: Toshkent, Melistone International School
✍️ Format: yozma ish
🏅 Yakuniy bosqich g‘oliblari medal, diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🌐 Olimpiada tillari: o‘zbek va rus tillari
💸 Ishtirok etish narxi: mutlaqo bepul
📝 Ro‘yxatdan o‘tish: @iqtidorlar_ligasi_bot
⏳ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 30-mayga qadar
🔥 Ishtirok etish bepul!
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va bilimingizni sinab ko‘ring!
@iqtidorlarligasi
@iqtidorlarligasi
@iqtidorlarligasi
1 291
+9
📖Xalqaro olimpiada g‘oliblari tantanali kutib olindi
43-Bolqon Matematika Olimpiadasida tarixiy natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan surxondaryolik o‘quvchilar — Javohir Anvarov hamda Elshod O‘ralovlar bugun Termiz temiryo‘l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi.Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov tomonidan bilimdon yoshlar samimiy qarshi olinib, ularning xalqaro maydondagi ulkan yutug‘i alohida e’tirof etildi. Shuningdek, o‘quvchilar tahsil oladigan Termiz shahridagi 14-sonli maktabda ham tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ustozlar, ota-onalar hamda tengdoshlari yosh matematiklarning muvaffaqiyatini katta quvonch bilan qarshi oldilar. Bilimli, izlanuvchan va Vatan sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan yoshlarimiz bilan faxrlanamiz! 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺You tube 🕊Twitter 💡Veb-sayt
1 291
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
#BMO_2026
#Results
BMO 2026 — Tarixiy natija 5 ta OLTIN MEDAL!
🌍 Hozirda Gretsiyada 43-Bolqon Matematika Olimpiadasi (BMO) bo‘lib o‘tmoqda.
⚡️Ayni paytda olimpiada ishtirokchilarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.
➡️Olimpiadaning yakuniy natijalari e’lon qilindi va O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijani qayd etdi:
🥇 5 TA OLTIN MEDAL!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥇Azizbek Mamajonov — Al-Xorazmiy nomidagi IM Guliston filiali — OLTIN MEDAL,
🥇Umarbek Ubaydullayev —Sergeli tumani IM o‘quvchisi — OLTIN MEDAL,
🥇Javohir Anvarov — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi — OLTIN MEDAL,
🥇Elshod Oʻralov — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi — OLTIN MEDAL,
🥇Elbek Zohidjonov — Al-Xorazmiy nomidagi IM o‘quvchisi — OLTIN MEDAL.
📢Ma’lumot uchun:
Xalqaro darajada o‘tkazilayotgan ushbu olimpiadada Terma jamoamiz a’zolarining natijasi Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida munosib sovgʻa boʻldi.
❗️Eslatma:
2025-yili Bosniya va Gersogovinada oʻtkazilgan 42-Bolqon Matematika olimpiadasida Terma jamoa a'zolari 1 ta oltin va 4 ta kumush medallar bilan taqdirlangan edi.
Gʻoliblarni tabriklaymiz!
Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
1 291
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
#BMO_2026
TERMA JAMOA A’ZOLARI BOLQON MATEMATIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JO‘NAB KETDI
📌Saloniki, Gretsiya
➡️Avvalroq, Bolqon Matematika Olimpiadasi (BMO) bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.
📢Xalqaro olimpiada matematika fani bo’yicha tashkil qilinib, unda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.🫂 Bugun mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun shakllantirilgan jami 6 nafardan iborat Terma jamoa Gretsiyaga jo‘nab ketdi. ⚡️ Fan olimpiadalari markazi, mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilaydi! ❗️Ma'lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu xalqaro olimpiadada g’oliblikni qoʻlga kiritgan o’quvchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
1 291
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
#IMO_2026
#Team
IMO 2026: TERMA JAMOA A'ZOLARI ANIQLANDI
⚡️ 67-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da qatnashuvchi O‘zbekiston Terma jamoasi tarkibiga kiritilgan ishtirokchilar aniqlandi.
✅Jarayonda Terma jamoaga 6 nafar ishtirokchi saralab olindi.
❗️Ishtirokchilar 10-21-iyul kunlarida Xitoyda🇨🇳 bo‘lib o‘tadigan 67-Xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Bizni kuzatib boring:
✈️ Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin
1 291
Repost from Ismatov Abdulla
Sizlar bilan yaqinda bo'lib o'tgan TASIMO 2026 olimpiadasini hududiy bosqichida qatnashgan o'quvchilarimni natijalari bolishmoqchiman👇👇👇
1. Omonov Jasurbek (5-sinf)
2. Zokirov Feruzbek (6-sinf)
3. Nuraliyev Begzod (7-sinf)
4. Shoqulov Qudrat (8-sinf)
5. Jumayev Nurislom (9-sinf)
10-sinf o'quvchilarim katta ehtimol bilan to'g'ridan to'g'ri finalda qatnashishadi
Ps: Ko'rib turibsizki Surxondaryodagi barcha (deyarli, balki 3-4 larni o'qitsak ular ham chiqib qolar) finalchilar o'quvchilarim bo'lishdi. Agar siz ham olimpiada g'olibi bo'lishni istasangiz tanlovda adashmang 😉)
1 291
Repost from IQTIDORLAR maktabi
📢 Yozgi ta’tilda super loyiha!
Iqtidorlar maktabi tomonidan Siz uchun
15 kunlik maxsus intellektual yozgi lager tashkil qilinmoqda.
🗓 Lager joriy yil 21-iyun kunidan boshlanadi.
👥 5-sinf va undan yuqori barcha sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Intellektual Lager :
✅ yotoqxona;
✅4 mahal issiq ovqat;
✅ xalqaro olimpiada sovrindorlari va ekspertlar tomonidan mashg’ulotlar;
✅ Dunyoning nufuzli universitetlariga qabul qilingan hamda xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalarga erishgan sobiq olimpiadachilar bilan uchrashuv;
✅ turli qiziqarli, ko‘ngilochar o’yinlar va sport musobaqalari;
✅ yakunda olimpiada va natijalar tahlili.
🔥 Lager ishtirokchilarining barchasiga esdalik sovg‘alari beriladi.
💸To’lovni 1-mayga qadar amalga oshirgan o‘quvchilarga 15% chegirma taqdim qilinadi.
Bu lager — nafaqat bilim olish, balki o‘z ustida ishlash, kuchlilar bilan muloqot qilish va katta maqsadlar sari dadil qadam tashlash imkoniyati.
Yosh iqtidorlarni kutib qolamiz!
📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun va to’lovni amalga oshirish uchun:
@iqtidorlaruz_admin ga telegram orqali murojat qiling.
Shoshiling joylar soni cheklangan.
1 291
Repost from IQTIDORLAR maktabi
📢 Iqtidorlar maktabidan yana bir katta loyiha!
💻 Matematika olimpiadalariga onlayn tayyorgarlik kurslarini e’lon qilamiz.
📚 O‘quvchilar quyidagi nufuzli matematika olimpiadalariga tayyorlanadi:
✅ IZHO (International Zhautikov Olympiad)
✅ CMO (Caucaus Mathematical Olympiad)
✅ IMC (International Mathematics Competition)
✅ AMC (American Mathematics Competitions)
✅ IMAS va Smart Kangaroo
✅ Asosiy olimpiadaning tuman va viloyat bosqichlari va STEAM olimpiadasi
👥 Kurslar ikki kotegoriyada :
5–6-sinf hamda 7–8-sinf o‘quvchilari uchun alohida guruhlarda tashkil etiladi
⬇️ Nima uchun aynan biz?
🎓 Mashg’ulotlar xalqaro olimpiada g‘oliblari va tajribali trenerlar tomonidan olib boriladi.
📊 Real natijaga yo‘naltirilgan tayyorgarlik
👨🏫 Har bir o‘quvchiga mentor biriktiriladi
Nazorat, individual feedback va doimiy qo‘llab-quvvatlash
Darslarimiz joriy yil 15-apreldan boshlanadi
💸 Dastlabki ro‘yxatdan o‘tgan 50 ta ishtirokchiga — 20% chegirma taqdim etiladi.
10-aprelgacha ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga — 10% chegirma taqdim etiladi.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun @iqtidorlaruz_admin ga telegram orqali murojat qiling.
Shoshiling joylar cheklangan
1 291
Repost from IQTIDORLAR maktabi
🔥 Zo‘r yangilik!
Sirius tomonidan 2026-yil noyabr oyidagi matematika dasturiga saralash boshlandi!
📊 Natijalarimiz:
• 2024-yilda — 4 nafar o‘quvchimiz yo‘llanma oldi
• 2025-yilda — 12 nafar o‘quvchimiz yo‘llanma oldi 🚀
💰 Eng muhim jihati:
Barcha xarajatlar to‘liq qoplanadi — ✈️ aviachipta, 🏫 o‘qish, 🍽 oziq-ovqat va yashash xarajatlari hammasi Sirius tomonidan!
🎯 Ayniqsa 5–7-sinf o‘quvchilariga kuchli tavsiya qilamiz — aynan shu yoshda kirish eng to‘g‘ri strategiya!
⏳ Muhim:
Arizalar qabuli 2026-yil 19-aprelgacha ochiq.
Dasturda faqat ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar qatnasha oladi.
⏳ Hozirdan tayyorgarlikni boshlash kerak!
Batafsil:
https://sochisirius.ru/obuchenie/nauka/smena2353/10785
1 291
Repost from Ismatov Abdulla
O'quvchilarim Qudrat va Jaxongir Bugun bo'lib o'tgan IMAS xalqaro olimpiadasida Kumush va Bronza medallarni qo'lga kirtishdi, keyingi olimpiadalarda omad tilaymiz 👏👏👏
Ps: O'zim ularni Toshkentga olib kelganim sababli Kanalga masala tashlay olmadim, ertadan nasib bolsa yana davom ettiramiz)
1 291
Repost from Ismatov Abdulla
👋Assalomu Alaykum Hurmatli Ustozlar va o'quvchilar!
✔️Habaringiz bor Surxondaryo o'quvchilari Matematika fanidan bir qancha Xalqaro Olimpiadalar g'olibi bo'lishmoqda, xususan 2 ta o'quvchim Terma jamoani 6 taligiga kirib turishibdi(hozircha). Bu sonni yanada ko'paytirish maqsadida Surxondaryolik Yoshlar uchun online va ofline darslarni yo'lga qo'ymoqchimiz!
🗓24-mart kuni soat 20:00 da Videochat da bu haqida Batafsil ma'lumot beriladi
1 291
📖SURXONDARYOLIK O‘QUVCHI XALQARO OLIMPIADADA OLTIN MEDALNI QO‘LGA KIRITDI
Adigeya Respublikasining Maykop shahrida 13–18-mart kunlari o‘tkazilayotgan Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli xalqaro bilimlar bellashuvida Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 14-maktab o‘quvchisi O‘ralov Elshod Saidmurod o‘g‘li yuqori natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Ushbu yutuq nafaqat o‘quvchimizning, balki uning ustozlari, ota-onasi va butun viloyatimiz ta’lim tizimining yuksak mehnati samarasi hisoblanadi.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan g‘olib o‘quvchimizni samimiy muborakbod etadi hamda kelgusida bundanda ulkan zafarlar tilaydi!
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter 💡Veb-sayt
1 291
Repost from IQTIDORLAR maktabi
🔥 Yangilikning zo‘ri!
Dunyodagi universitetlar reytingida ko‘pincha 1-o‘rinni egallab kelayotgan eng nufuzli oliygohlardan biri — Massachusetts Institute of Technology (MIT) ga ikki nafar o‘quvchimiz qabul qilindi.
• Elbek Zohidjonov — IMO 2 karra kumush medal; SAT: 1510, IELTS: 7.0
• Asilbek Sunnatov — IOI kumush medal;
SAT: 1540, IELTS: 7.5
Har ikki o‘quvchi ham Al-Xorazmiy maktabi o’quvchilari.
🔥 Bu natija ko‘pchilikning mehnati: ota-onalar, maktabdagi jamoasi, Iqtidorlar maktabi trenerlari, Firdavs Nizomov (SAT #1), Levsha jamoasi va bu yo‘lda yordam bergan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Bu natija Iqtidorlar maktabi uchun ham katta yutuq. Rostini aytsam, o‘zim MIT’ga kirganday xursand bo‘ldim.
🇺🇿 Biz buni uddaladik 🇺🇿
Endi esa yana ko‘plab iqtidorlarni kashf qilib, ularning dunyoning eng kuchli universitetlarini zabt etishiga yordam berishda davom etamiz.
🚀 Mission completed demoqchi edim-u… o‘ylab qarasam, hammasi endi boshlanayotgan ekan 😎
