en
Feedback
ISMATOV ACADEMY

ISMATOV ACADEMY

Open in Telegram

Xalqaro matematika olimpiadalarga tayyorlov kursi. -Kunlik qiziqarli savollar. -Prezident maktabiga kirish testining namunaviy testlari. -Xalqaro matematika olimpiadalari haqida malumotlar. Murojat uchun: +998901251205 @Ismatov1205

Show more
1 290
Subscribers
+424 hours
-87 days
-1730 days
Posts Archive
📊 BIR SAVOL: SIZGA QAYSI TURDAGI MASALALAR QIYINROQ? Olimpiadaga tayyorlanayotgan har bir o‘quvchining kuchli va qiynaladigan mavzusi bo‘ladi. Sizda qaysi biri? 👇 ❤️ — Geometriya 🔥 — Sonlar nazariyasi 👍 — Kombinatorika 🤔 — Algebra Reaksiya orqali ovoz bering. Eng ko‘p reaksiya yig‘gan mavzu bo‘yicha keyingi postlarda maxsus masala + batafsil yechim beraman. 🧠 Shunchaki masala tashlab qo‘ymaymiz — uni qanday fikrlab yechish kerakligini ham birga tahlil qilamiz. Qani, Ismatov Academy’da qaysi mavzu “yutarkin”? 👇 — Abdulla Ismatov | Ismatov Math Academy

🧠 KECHAGI MASALANING YECHIMI Sonlarni 10 ga bo‘lgandagi qoldig‘iga qaraymiz. Qoldiq faqat 10 xil bo‘lishi mumkin: 0 dan 9 gacha. Bizda esa 11 ta son bor. Dirixle prinsipiga ko‘ra, kamida ikkita son bir xil qoldiq beradi. Demak, ularning ayirmasi 10 ga bo‘linadi. ✅ 11 ta son → 10 ta qoldiq → kamida 2 tasi bir xil qoldiqda.Abdulla Ismatov

Video message00:37

🧠 Yechimlarni izohlarda kutaman! Kim birinchi bo‘lib to‘g‘ri isbotlaydi? 🔥 — Abdulla Ismatov
🧠 Yechimlarni izohlarda kutaman! Kim birinchi bo‘lib to‘g‘ri isbotlaydi? 🔥 — Abdulla Ismatov

Olimpiadada iqtidor muhimmi yoki mehnat? 🧠 Ko‘p yillik o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida bir narsani ko‘p kuzatganman: Olimpiadani boshlagan paytda eng kuchli ko‘ringan o‘quvchi har doim ham oxirida eng yaxshi natijani qilmaydi. Ba’zan boshida qiynalgan, lekin muntazam masala ishlagan, xatosini tahlil qilgan va taslim bo‘lmagan o‘quvchi ancha yuqori natijaga chiqadi. Iqtidor — katta ustunlik. Lekin mehnatsiz iqtidorning o‘zi yetmaydi. Men uchun kuchli olimpiadachining eng muhim xususiyatlaridan biri — qiyin masala oldida tez taslim bo‘lmaslik. Siz nima deb o‘ylaysiz? Olimpiadada natijaga ko‘proq nima ta’sir qiladi? 🧠 Iqtidor 🔥 Mehnat 🏆 Ikkalasi ham — Abdulla Ismatov

📚 OLIMPIADAGA 0 DAN | #1 Ko‘p beriladigan savollardan biri: “Olimpiadaga tayyorgarlikni nimadan boshlash kerak?” Men olimpiada matematikasini 5–6-sinfdan boshlashni tavsiya qilaman. Boshlash uchun Iqtidorlar maktabi tomonidan nashr qilingan quyidagi ikki kitob ayni muddao: 📘 “Misol qanday keltiriladi?” 📗 “Juft-Toqlik” Bu kitoblar olimpiada matematikasiga endi kirib kelayotgan o‘quvchi uchun yaxshi boshlang‘ich manba bo‘la oladi. ❗️ 7–8-sinf o‘quvchilari ham, agar olimpiada matematikasi bilan ilgari shug‘ullanmagan bo‘lsa, aynan shu kitoblardan boshlashi mumkin. Muhimi — shoshilmaslik. Kitoblarni shunchaki o‘qib chiqish emas, masalalarini mustaqil ishlab, to‘liq o‘zlashtirib chiqish kerak. Avval shu ikki manbani tugatib oling. 😉 Keyin qaysi kitoblarga o‘tish va tayyorgarlikni qanday davom ettirish kerakligini keyingi postlarda berib boraman.Abdulla Ismatov

Video message00:20

🧠 JUDA YAXSHI SAVOL KELDI Kecha sizlardan matematikada eng ko‘p qiynayotgan muammolaringizni yozishni so‘ragandim. Shunday s
🧠 JUDA YAXSHI SAVOL KELDI Kecha sizlardan matematikada eng ko‘p qiynayotgan muammolaringizni yozishni so‘ragandim. Shunday savollardan biri keldi 👆 Aslida bu faqat bitta o‘quvchining muammosi emas. Olimpiadaga tayyorlanayotgan ko‘pchilikda: 📌 Nimadan boshlayman? 📚 Qaysi adabiyotlardan foydalanaman? 🏆 Olimpiadada qanday turdagi masalalar uchraydi? degan savollar bor. Shuning uchun kanalda yangi rukn boshlaymiz: “OLIMPIADAGA 0 DAN” 🚀 Unda bosqichma-bosqich yo‘l xaritasi, kerakli mavzular, adabiyotlar va masala turlari haqida gaplashamiz. Birinchi postdan boshlaymiz: 👉 Olimpiada matematikasiga tayyorgarlikni nimadan boshlash kerak? 🔥 Shu mavzu sizga ham kerak bo‘lsa, reaksiya qoldiring. — Abdulla Ismatov

🧠 USTOZDAN SAVOL Olimpiada matematikasida bir narsani ko‘p kuzataman: O‘quvchi masalani yecha olmay qolsa, muammo ko‘pincha bilim yetishmasligida emas — qayerdan boshlashni bilmasligida bo‘ladi. Shuning uchun sizlardan savol: 👇 Hozir matematikada sizni eng ko‘p qiynayotgan narsa nima? Masala bo‘ladimi, mavzu bo‘ladimi yoki olimpiadaga tayyorgarlikdagi muammo bo‘ladimi — izohda yozib qoldiring. Eng ko‘p uchragan savollarga shu kanalda o‘zim javob beraman.Abdulla Ismatov

Bugungi post — Matematika Challenge 🧠 🔥 BIRINCHI BO‘LIB KIM TOPADI? Kanalimizni kichik matematik challenge bilan boshlaymiz
Bugungi post — Matematika Challenge 🧠 🔥 BIRINCHI BO‘LIB KIM TOPADI? Kanalimizni kichik matematik challenge bilan boshlaymiz! Quyidagi sonning oxirgi 2 ta raqamini toping: 2026²⁰²⁶ ❗️Kalkulyatorsiz yechishga harakat qiling. Javobingizni kommentariyada yozing 👇 Faqat javob emas — qanday usulda topganingizni ham yozing. Eng chiroyli va qisqa yechimni alohida kanalga chiqaramiz. 🏆 Abdulla Ismatov | Ismatov Academy

Video message00:21

📣 ISMATOV ACADEMY’DA QABUL BOSHLANDI! 🏆 Qabul yo‘nalishi: Matematikadan Xalqaro va mahalliy olimpiadalarga tayyorlov O‘quvc
📣 ISMATOV ACADEMY’DA QABUL BOSHLANDI! 🏆 Qabul yo‘nalishi: Matematikadan Xalqaro va mahalliy olimpiadalarga tayyorlov O‘quvchilarimizning shu kungacha erishgan natijalari: 🌍 XALQARO OLIMPIADALARDA 🥇 6 ta — OLTIN medal 🥈 11 ta — KUMUSH medal 🥉 23 ta — BRONZA medal 🇺🇿 MAHALLIY OLIMPIADALARDA 🥇 27 ta — 1-o‘rin 🥈 11 ta — 2-o‘rin 🥉 10 ta — 3-o‘rin 🎯 Maqsadimiz — navbatdagi kuchli olimpiadachilarni tayyorlash! 📅 Qabul kunlari: 2–5-sentabr 📩 Qabul va batafsil ma’lumot: @Ismatov1205 +998-90-125-12-05 +998-97-226-34-14 ISMATOV ACADEMY Bilim. Mehnat. Natija.

photo content

Video message00:36

🏆 KUN MASALASI #1 — YECHIM Kecha bergan masalamizning siri Dirixle prinsipida edi. 🧠 Har bir sonni a·2ⁿ ko‘rinishida yozamiz, bunda a — toq son. 1 dan 100 gacha atigi 50 ta toq son bor. Biz esa 51 ta son tanladik. Demak, kamida ikkita sonning toq qismi bir xil bo‘ladi: a·2ᵐ va a·2ⁿ Ulardan kichigi kattasini qoldiqsiz bo‘ladi. ✅ 🎯 51 ta son → 50 ta toq qism → kamida 2 tasi bir guruhda. 🔥 Shu usulni topganlar bormi? Keyingi masalani qiyinlashtiramizmi?

🏆 KUN MASALASI #1 | OLIMPIADA So‘rovnomada Olimpiada darajasi eng ko‘p ovoz oldi. Va’da qilganimizdek — boshladik! 🔥 🧠 Mas
🏆 KUN MASALASI #1 | OLIMPIADA So‘rovnomada Olimpiada darajasi eng ko‘p ovoz oldi. Va’da qilganimizdek — boshladik! 🔥 🧠 Masala: 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlardan ixtiyoriy 51 tasi tanlandi. Isbotlang: tanlangan sonlar orasida shunday ikkita son albatta topiladiki, ulardan biri ikkinchisiga qoldiqsiz bo‘linadi. 💡 Faqat javob emas, isbotlash usulingiz ham muhim! Yechimingizni izohlarda qoldiring 👇 ❤️ Oson bo‘ldi 🔥 O‘ylantirdi 🤯 Ancha qiyin bo‘ldi ⏳ To‘liq yechim — ertaga. ISMATOV MATH ACADEMY

Quyidagi Kategoriyani tanlang👇
Anonymous voting

🧠 MATEMATIKANI QANCHALIK YAXSHI BILASIZ? Bugundan kanalimizda matematika bo‘yicha kichik challenge’larni boshlaymiz. Lekin m
🧠 MATEMATIKANI QANCHALIK YAXSHI BILASIZ? Bugundan kanalimizda matematika bo‘yicha kichik challenge’larni boshlaymiz. Lekin masalalarni qaysi darajadan boshlashni siz hal qilasiz 👇 Telegram so‘rovnomasi: 🔹 5–6-sinf 🔹 7–8-sinf 🔹 9–11-sinf 🔹 🏆 Olimpiada darajasi Eng ko‘p ovoz olgan darajadagi birinchi masalani bugun kechqurun tashlaymiz. Qani, kanalimizda kuchlilar qaysi darajada ekan? 🔥

🚨 DIQQAT! REBRENDING! Bizda katta o‘zgarish! 🎓 Avval Uz Math Community nomi ostida faoliyat yuritgan loyihamiz endilikda ya
🚨 DIQQAT! REBRENDING! Bizda katta o‘zgarish! 🎓 Avval Uz Math Community nomi ostida faoliyat yuritgan loyihamiz endilikda yangi bosqichga qadam qo‘yib, ISMATOV ACADEMY nomi bilan faoliyatini davom ettiradi. 🚀 Bu shunchaki nom va logotip o‘zgarishi emas. Bu — katta maqsadlar sari tashlangan muhim qadam. 🎯 Bizning asosiy maqsadimiz — ta’lim tizimimizni kuchli va zamonaviy brend darajasiga olib chiqish. Biz: • iqtidorli yoshlar sonini yanada ko‘paytirish; • o‘quvchilarga sifatli va zamonaviy ta’lim berish; • ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish; • xalqaro olimpiada va musobaqalarda yuqori natijalarga erishish; • xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini yaratish; • kelajakda yurtimizga munosib, bilimli va raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalashni maqsad qilganmiz. 🌍 Uz Math Community → Ismatov Academy Yangi nom. Yangi bosqich. Yanada katta maqsadlar! 🔥 Biz bilan birga bo‘lgan va bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat! ISMATOV ACADEMY Kelajak sari bilim bilan. 🎓

#IMO_2026 IMO 2026: Xalqaro maydonda navbatdagi katta muvaffaqiyat! 🇺🇿Oʻzbekiston terma jamoasi hozirda Xitoyda bo‘lib o‘ta
#IMO_2026 IMO 2026: Xalqaro maydonda navbatdagi katta muvaffaqiyat!
🇺🇿Oʻzbekiston terma jamoasi hozirda Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan 67-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO 2026)da munosib ishtirok etib, xalqaro maydonda yana bir bor yuksak natijalarni qayd etdi.
➡️Olimpiadada 119 ta davlatdan 685 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, 2 ta kumush 3 ta bronza bronza medalini qo‘lga kiritdi! 🥈 Kumush medal sohiblari: 🥈Elshod Oʻralov Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisiKUMUSH MEDAL, 🥈Dostonbek Rahmonqulov Sirdaryo viloyati ITMA IM — o‘quvchisiKUMUSH MEDAL, 🥉 Bronza medal sohiblari: 🥉Azizbek Mamajonov Al-Xorazmiy nomidagi IM Guliston filialiBRONZA MEDAL, 🥉Elbek ZohidjonovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisiBRONZA MEDAL, 🥉 Rasulbek G‘afforovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi BRONZA MEDAL. 📊 Ma’lumot o‘rnida: Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi tegishli qaroriga muvofiq: nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishgan medallar uchun oʻzbekistonlik ishtirokchilar uchun quyidagi pul mukofotlari berilishi koʻzda tutilgan:kumush medal uchun — 618 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 103 mln. soʻm;bronza medal uchun — 412 mln. soʻm, oʻqituvchisiga — 61,8 mln. soʻm. Shuningdek, mazkur olimpiada gʻoliblarini sinovlarga tayyorlagan oʻqituvchilarning malaka toifasi bir pogʻona koʻtarilishi belgilangan. 👏Yoshlarimizni ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! 🇺🇿 Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan barcha oʻquvchilarimiz, ularning ustozlari va ota-onalariga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin