Elektrotexnika | Rasmiy kanal
Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakultetining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz. Ushbu kanal orqali siz, fakultetda kechayotgan barcha jarayonlar haqida to’liq axborotga ega bo’lasiz.
Show more- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Data loading in progress...
#yoshlarkuni ⚡️30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivaliga start berildi.Festival Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Tadbirda soʻzga chiqqan institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Akmaljon Ermatov hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Suhrobjon Aliyev soʻnggi yillarda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida soʻz yuritishib, barchani bayram bilan samimiy qutladi hamda ularga sogʻlik-salomatlik, oʻqish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan soʻng, barcha ishtirokida aholi oʻrtasida sportning ommaviyligini taʼminlash va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni tashkil etildi. Maʼlumot uchun, festival doirasida bugun soat 7:00dan 21:00ga qadar yoshlar uchun turli koʻngil ochar shoular, sport musobaqalari, intellektual oʻyinlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bayram tadbirlari kun davomida boʻlib oʻtadi. Barcha yoshlarni ushbu koʻtarinki tadbirlarga taklif etamiz. Bayramni aʼlo kayfiyatda, biz bilan birga nishonlang! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✍️
Umid Turdialiyev, Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori.Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Barchangizga Yoshlar kuni muborak boʼlsin!💐 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon mashinasozlik instituti boshlangʻich tashkiloti jamoasi nomidan bugungi sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga mustahkam sog‘lik, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st, tengdoshlaringiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda tilakdoshmiz! 🇺🇿 Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda azmu shijoatli yoshlarimizning o‘rni va taʼsiri tobora ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! ✍️ Ilhomjon Kabulov Turgunboyevich Andijon mashinasozlik instituti yoshlar yetakchisi, rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yoshlarkuni ⚡️30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Andijon mashinasozlik institutida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivaliga start berildi. Festival Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Tadbirda soʻzga chiqqan institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Akmaljon Ermatov hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Suhrobjon Aliyev soʻnggi yillarda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida soʻz yuritishib, barchani bayram bilan samimiy qutladi hamda ularga sogʻlik-salomatlik, oʻqish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan soʻng, barcha ishtirokida aholi oʻrtasida sportning ommaviyligini taʼminlash va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni tashkil etildi. Maʼlumot uchun, festival doirasida bugun soat 7:00dan 21:00ga qadar yoshlar uchun turli koʻngil ochar shoular, sport musobaqalari, intellektual oʻyinlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bayram tadbirlari kun davomida boʻlib oʻtadi. Barcha yoshlarni ushbu koʻtarinki tadbirlarga taklif etamiz. Bayramni aʼlo kayfiyatda, biz bilan birga nishonlang!#tezkor_xabar #янгиликлар #uzbekistan #тезкор #tezkor #расман #new #yangiliklar#uzbek #uzbekistan #andijon #yangiliklar #andijan #dollar #daryo #kunuz #qalampiruz #human #tashkent #tashkentcity #andijonmashinabozori #and #institute #university #talaba #student #mashinasozlik #mashina_narxlari #elektronik #iqtisodiyot #super #tezkor #intervyu #islam #shorts_video #xabarlar #xabarlaruz #namangan #fargona #fergana #vodiyuz #professor
Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal 💰REKLAMA xizmati, taklif va muammolar uchun:👉 @murojaatuztvbot
1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi.
Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik va ezgulik xabarchisi bo‘lib xizmat qilmoqda.Bugun o‘z bayramlarini nishonlayotgan barchani ushbu sana bilan tabriklaymiz va halol mehnati, yuksak kasbiy mahorati hamda tanlagan ishiga fidoyiligi uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz! ⠀ Samarali ijodingizga muvaffaqiyatlar tilaymiz, barcha rejalaringiz va g‘oyalaringiz amalga oshsin. Xurmat bilan Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti dekani D.Alijanov. Kanalni kuzatishda davom eting! https://t.me/elfakultet
26 iyun - Xalqaro giyohvandlik va bangifurushlikka qarshi kurash kuniBMT Bosh Assambleyasining 1987 yil 7 dekabrda qabul qilgan rezolyutsiyasiga (№42/112). binoan har yili 26 iyunda Xalqaro giyohvandlik va bangifurushlikka qarshi kurash kuni (International Day against Drug Abuse and Illicit Trafficking) nishonlanadi. Har yitli oʻtkazilaldigan tadbirlarga aloxida nom beriladi. Bu yitlgi shoior “Avvalambor eshiting” deb nomlangan. Tahlilchilarning fikricha, giyohvand moddalarning keng tarqalishi bir qator ijtimoiy muammolarga sabab boʻladi. Jumladan, demografik fojyealarni keltirib chiqaradi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda jinoyatchilik koʻzga tashlanadi. Jahonda qayd qilinadigan oʻlimlarning 43ta sababidan giyohvandlik oqibatida sodir boʻladigan oʻlim 19 oʻrinda turadi. Giyohvandlikka qarshi kurashda ilk bor bundan yuz yillar muqaddam hamkorlik qilina boshlandi. 1909 yilning fevral oyida 13ta davlat vakillari Osiyoda giyohvand moddalar yetishtirilishiga qarshi kurash maqsadida Shanxayda toʻplanishdi. Oʻshanda Shanxay komissiya tashkil etilgshan edi. BMT Bosh Assambleyasining tan olishicha, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, jahonda giyohvand moddalar noqonuniy savdosi muammoligicha qolmoqda. Bu muammo hamon jiddiy tahdid sifatida koʻriladi. Maʼlumotlarga koʻra, 15 yoshdan 64 yoshgacha boʻlganlar orasida qayd etiladigan oʻlimlarning 1,3 foizi giyohvandlik oqibatida yuz berar ekan. Bir yilda 211 mingta oʻlim aynan giyohvandlik oqibatida kelib chiqadi. Yevropada giyohvandlik oqibatida halok boʻlayotganlarning oʻrtacha yoshi 35 yoshni tashkil qiladi. Mutaxassislarning soʻzlariga qaraganda giyohvandlik oqibatida 1,6 million kishi VIChga mubtalo boʻladi. 7,2 million kishi esa gepatit C virusini yuqtirib oladi. 1,2 million kishi gepatit B virusiga chalinadi. Bugun giyohvandlik girdobiga mubtalo boʻlayotganlarga qarata bir ogʻiz gap aytish kerak. Hayot goʻzal, yashash yaxshi. Har qanday muammoni hal qilish mumkin. Shu sababli oʻzingizni chohga tashlamang. Agar siz oʻlim suyuqligi solingan shpritsni qoʻlingizga olar ekansiz, kelajagingizni umrbod qorongʻulik qaʼriga tashlashingizni unutmang. Unutmang qoʻlingizga giyohvand modda berilar ekan, siz yoʻq degan qatiy soʻzni ayting. Shundagina tirik qolasiz.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.