en
Feedback
CAT Protein Design School

CAT Protein Design School

Open in Telegram
236
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
June '24
June '24
+236
in 0 channels
Channel Posts
Мы участвовали на одной из самых больших конференций в сфере искусственного интеллекта - ICLR, которая в этом году проходила
+2
Мы участвовали на одной из самых больших конференций в сфере искусственного интеллекта - ICLR, которая в этом году проходила в Вене, Австрия. На конференции мы презентовали свою работу по созданию пептидов модуляторов глутаматных рецепторов. --- Biz ICLR - suniy idrok bo'yicha dunyodagi eng katta konferetsiyalardan birida ishtirok etdik. Bu yilgi konferetsiya Venada (Avstriya) bo'lib o'tdi. Biz konferetsiyada glutamat retseptorlarining peptid modulyatorlarini yaratish bo'yicha o'z ishimizni taqdim etdik.

2
No text...
370
3
Старт уже завтра! ------------ Start ertaga!
Старт уже завтра! ------------ Start ertaga!
328
4
В случае, если Вам необходимо подкрепить свои знания о белках, предлагаем Вам ознакомиться с 3 главой книги "Молекулярная биология клетки" ("Molecular biology of the CELL" Alberts) о белках (Chapter 3. Proteins). ————————————— Agarda siz oqsillar to'g'risida bilimlaringizni yangilab olmoqchi bo'lsangiz, sizga "Hujayra molekulyar biologiyasi" ("Molecular biology of the CELL" Alberts) kitobini oqsillarga bag'ishlangan 3 bobini oqishni tavsiya etamiz (Chapter 3. Proteins).
343
5
Наш курс на Stepik! Мы загрузили наш курс на платформу Stepik. На данный момент открыт подготовительный модуль нашего курса, в нем Вы узнаете: - Как установить программу Pymol и как пользоваться ею - Как пользоваться Google Colab. Эти предварительные знания будут необходимы Вам для успешного прохождения курса. Просим Вас пройти подготовительный модуль нашего курса до начала наших занятий! А после прохождения данного модуля поделитесь своими впечатлениями и в случае чего задавайте вопросы! ———————————————— Bizning kursimiz Stepik platformasida! Biz kursimizni Stepik platformasiga yuklab bo'ldik. Xozir kursda tayyorlov darsi ochiq. Ushbu darsda siz: - Pymol dasturini yuklash va ishlatishni o'rganasiz - Google Colabda ishlashni o'rganasiz. Ushbu bilimlar bizning kursimizni muvaffaqiyatli o'tish uchun zarur bo'ladi. Tayyorlov darsni kursimiz boshlanishigacha o'tib qoyishingizni so'raymiz! Darsni o'tgandan keyin o'z fikrlaringizni bildiring va albatta savollar bering! Kurs rus va o'zbek tilida yozilgan. ———————————————————- https://stepik.org/course/200324 @cat_protein_design_school
543
6
UPD: Ответы по заявкам отправлены на email всех участников. Если Вам не пришло письмо: 1) Проверьте папку спам у себя на почте 2) Проверьте папку рассылки у себя на почте. Если Вы не можете найти наше письмо и в этом случае: 3) напишите нам на почту cat_protein_design_school@mail.ru (Напишите свое имя и фамилию, а также место работы/учебы) UPD: Barcha ariza topshirgan qatnashuvchilarning email pochtalariga arizalar bo'yicha javoblar jo'natildi. Agarda sizga bizning xatimiz yetib bormagan bo'lsa: 1) Pochtangizda spam papkasini tekshirib ko'ring 2) Pochtangizda jo'natmalar (рассылка) papkasida tekshirib ko'ring U yerda topilmagan holatda: 3) Bizning elektron pochtamizga yozing cat_protein_design_school@mail.ru (Bunda o'zingizning ism familiyangizni, oqish/ish joyini ham yozib yuboring) @cat_protein_design_school
420
7
UPDATE: Прием заявок на курс завершен. К нам поступило в общем 187 заявок. В связи с большим количеством заявок начало курса
UPDATE: Прием заявок на курс завершен. К нам поступило в общем 187 заявок. В связи с большим количеством заявок начало курса переносится на 27 апреля. Ответ по заявкам будет отправлен на email всех участников до 20 апреля. UPDATE: Kursimizga arizalar qabul qilish tugadi. Umuman 187 ariza qabul qilindi. Arizalar soni ko'pligi bilan kurs boshlanishi 27 aprel kuniga o'tkazildi. Barcha ariza topshirgan qatnashuvchilarga arizalar bo'yicha javoblar 20 aprel kuniga qadar email pochtaga jo'natiladi. ———————————— На рисунке: искусственные белки созданные de novo в форме букв латинского алфавита методами ИИ. Rasmda: SI metodlari yordamida lotin alifbosi xariflari shaklida de novo yaratilgan sun'iy oqsillar
516
8
Программа курса ————————- Kurs dasturi: 1 hafta: AlphaFold va 'Protein Design'ga kirish (Ma'ruza) / Sodda oqsil foldlarini ya
Программа курса ————————- Kurs dasturi: 1 hafta: AlphaFold va 'Protein Design'ga kirish (Ma'ruza) / Sodda oqsil foldlarini yasash (Seminar) 2 hafta: Oqsillarni yaratishda SI (Sun'iy Idrok) / SI yordamida minioqsillar yaratish (Seminar) 3 hafta: Oqsillar ketma-ketligini yasashda ishlatiladigan murakkab algoritmlar (Ma'ruza) / ProteinMPNN algoritmi yordamida oqsil strukturasidan uning ketma-ketligini yaratish(Seminar) 4 hafta: Natijalarni tekshirishda in silico metodlar (Ma'ruza) / Oqsillarning skoring funktsiyalari, MD (molecular dynamics) simulatsiyalar uchun sistema tuzish (Seminar)
1 012
9
Ilg'or Texnologiyalar markazida molekulyar maktab bo'lib o'tadi. Bu yilgi maktab Sun'iy Idrok metodlari yordamida yangi oqsil
Ilg'or Texnologiyalar markazida molekulyar maktab bo'lib o'tadi. Bu yilgi maktab Sun'iy Idrok metodlari yordamida yangi oqsillar yaratishga qaratilgan bo'ladi. CAT Protein Design School 20 apreldan 18 mayga qadar har shanba kuni bo'lib o'tadi. Barcha ma'lumotlarni maktab saytida bilib olishingiz mumkin. Maktabga arizalar 13 aprelga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun shu havola orqali google formani to'ldiring. Barcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun bizning kanalimizga a'zo bo'ling @cat_protein_design_school
6 259
10
В Центре Передовых Технологий будет проводится молекулярная школа. В этом году она будет посвящена созданию новых белков мето
В Центре Передовых Технологий будет проводится молекулярная школа. В этом году она будет посвящена созданию новых белков методами искусственного интеллекта. CAT Protein Design School будет проходить каждую субботу с 20 апреля до 18 мая 2024 года. Более подробную информацию можете узнать на сайте школы. Прием заявок продлится до 13 апреля. Для регистрации заполните форму по ссылке. Подпишитесь на канал школы в телеграме, чтобы узнавать самые последние новости. @cat_protein_design_school
2 730
11
Ikki oy avval 3-kurs talabalari uchun “Bioinformatics in post-AlphaFold era” (AlphaFolddan keyin davrdagi bioinformatika) degan ma’ruza o’qigan edim. AlphaFold to’g’risida barcha biolog eshitganiga amin bo’lib ma’ruzani boshlagan edim, lekin ma’ruza boshida bir necha savolimdan keyin talabalar hali bunday dasturlar to’g’risida ma’lumotga ega emasligiga guvoh bo’ldim. AlphaFoldning 2 versiyasi 2021 yilda chiqqanda u to’g’risida dunyoning biologiyaga umuman yaqin bo’lmagan barcha katta-katta nashrlar (The New York Times, Washington Post kabilar) yozgan. AlphaFoldning paydo bo’lishini biologiya va tibbiyotda hali misli ko’rinmagan revolyutsiya deb atashgan. Hozir esa ikki yildan so’ng biz shuni aytishimiz mumkin-ki, AlphaFold nafaqat biologiya va tibbiyotni o’zgartirgan, balki butun dunyoni o'zgartirgan. AlphaFold o’zi nima? AlphaFold oqsilning aminokislotalar ketma-ketligi bo’yicha uning 3D strukturasini (uchlamchi va to’rtlamchi) bashorat qilib beradi, va uning natijalari juda katta aniqliklarga ega. Agarda siz hozir AlphaFoldning o’zingiz ishlatib ko’rsangiz 300-ta aminokislotaga ega bo’lgan oqsilning 3D strukturasini 15-20 daqiqa ichida aniqlashingiz mumkin, xuddi shu ishni eksperimental metodlar (rentgenostrukturaviy analiz, krio-elektron mikroskopiya) bilan bajarishga yillar talab qilinadi. Lekin albatta AlphaFold algoritmi ushbu metodlarni o’rniga ishlatilmaydi, oqsillarning juda katta aniqlikdagi strukturalari baribir eksperimental ravishda olinadi. Unda AlphaFold nega kerak? Bunga qisqacha javob – AlphaFold (va unga o’xshash dasturlar: RosettaFold va xk) yangi oqsillarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin. Oqsillar esa tirik organizmlardagi barcha eng muhim vazifalarini bajarishadi. Buni eng osoni bir necha misolda ko’rishimiz mumkin: 1. AlphaFold virusli oqsillar bilan bog’lana oladigan mini-oqsillar yaratishda ishlatilishi mumkin. SARS-CoV2 S oqsili bilan bog’lanadigan oqsillar yaratilgan va ular COVIDga qarshi terapevtik dori sifatida ishlatilishi mumkin. Xuddi shu algoritm ishlatilib Shveytsariyalik olimlar tomonidan esa Nafas olish sinsitsial virusiga (RSV) qarshi uchta oqsildan iborat yangi vaksina yaratilgan. 2. Washington Universitetidagi olimlar ushbu algoritmlar yordamida gormonal peptidlarni, amiloid oqsillarni, metalllarni bog’laydigan kichik oqsillar yaratishgan. Ushbu oqsillar kasalliklarni davolashda yoki diagnostikasida ishlatilishi mumkin. 3. AlphaFold yangi fermentlar yaratishda ishlatilishi mumkin. 2023 yilda ushbu dastur yordamida yangi lutsiferaza (biolyuminestsentsiya qiladigan oqsillar turi) yaratilgan. Shunda yangi fermentlar tabiatda mavjud bo’lgan lutsiferazalar luminestsentsiya qilmaydigan nur uzunliklarda ishlatila olinadi. 4. Daniyalik olimlar tomonidan ilon zaharlariga qarchi yangi oqsilli antidotlar yaratilgan. Keyinchalik ushbu olimalar ilon zahariga qarshi vaksina ishlab chiqarish niyatidalar (bunda bolalikda qilingan vaksina natijasida, odamning tanasida butun umr ilon zahariga qarshi antitanachar mavjud bo’ladi – shunda ilon zahari odamning immun tizimi tomonidan to’liq bloklanadi). Shunga o’xshagan ishlar hozirgi biologiyada juda tez rivojlanib ketyapti. AlphaFolddan oldingi davrda yangi terapevtik agentlarni yaratishga 10-20 yil talab etilgan bo’lsa hozirda bunday izlanishlar oylar ichida qilinmoqda. Hozirda O’zbekistonda bunday tadqiqotlar Ilg’or Texnologiyalar Markazining Eksperimental Biofizika laboratoriyasida olib borilmoqda. Xondamir Rustamov @hujayrauz
706