214
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
214
+6
Ushbu logotipdagi ba'zi kamchiliklarga to'xtalib o‘tamiz.
P.S. Bu kabi namunalar faqatgina dizayn qoidalari bo‘yicha muhokama qilinadi. Mualliflar yoki kompaniyalar egalari bilan tanish emasmiz. Ularning xizmatlarini kamsitish niyatidan yiroqmiz.
214
Google servisida UZS ni USD ga konvert qilganda shunday ko'rinadi.
Muammo: qancha summa ekanini aniq bilish qiyin, bir songa adashsangiz qaytadan tekshirish lozim.
214
"Sun'iy intellekt mening ishimni olib qo'yadi", deb doimo hadikda yuradigan dizaynerlarga maslahat:
Bilimsiz dizaynerlarning ishini sun'iy intellekt tortib olsa, siz bilimingizni kuchaytirib sun'iy intellektning ishini olib qo'ying. )))
214
Ishga taklif e'lonining dizayni.
Qanday kasbga ishchi kerak, kimga murojaat qilish lozim, kompaniyaning nomi nima, kabi savollarga javob yo'q. 🫢
214
+3
Fotomanipulyatsiya janrida obyektlarning texnik tomondan to'g'ri bajarilishidan tashqari shu obyektlarning atmosfera bilan o'zaro uyg'unlashuvi kabi biz bilishimiz kerak bo'lgan nozik tomonlari ham bor.
Astronavt turgan (!) posterda biz 2 ta oyni ko'ramiz. Buni shlemning aksi aytib beradi. Yana bu aksda studiya chiroqlarini ham ko'ramiz.
Masalaning yana bir tomoni bor. Nima uchun ikkinchi oyning aksini ko'rgan shlemning shaffof shishasi uni suratga olgan odamning aksini ko'rsatmagani qiziq. Agar inson suratga olmagan ekan, demak bu shlemning hech qanday aksi yo'q va u teshikdan yagona oyning ko'rinishini ko'ramiz ekanda? :)
214
+2
Nima uchundir bizdagi yetkazib beruvchi transportlar odatda haydovchisiz bo'ladi. Gohida esa shinalar ham aylanmasdan uchib borishadi manzilga.
Ehtimol biz tushunmaydigan bir sir bordir?
