cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Zakovat harakati

Zakovat — bu nafaqat o'yin

Show more
Uzbekistan39 861Uzbek23 408The category is not specified
Advertising posts
641
Subscribers
+824 hours
+247 days
+9630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:13
Video unavailableShow in Telegram
Tojikiston ham Zakovat uchun quchoq ochmoqda! Bugun Tojikistonda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tadi O‘yin O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasida o‘tkaziladi @zakovatharakati
Show all...
🔥 3🤩 2👍 1 1
00:31
Video unavailableShow in Telegram
Zakovatli yosh ota-onalarga minnatdorchilik bildiramiz! Biz yosh ota-onalarimizning zakovatli bo‘lishga intilayotganini ko‘rishdan juda xursandmiz. Bolalar bilan birga kelish oson emasligini bilamiz, lekin ular hech qanday to‘siqlarga qaramay, ligalarimizda muntazam va faol qatnashib kelishmoqda. Ayniqsa, Ayollar ligasiga bir qancha onalar o‘zlarining kichik yoshdagi farzandlari bilan tashrif buyurishadi. Turnirlarimizda onalar uchun qulayliklar yaratish bizni har doim o‘ylantirib kelgan. Shu maqsadda biz bir qator yangiliklarga qo‘l urdik. Endi zalning burchagida bolalar uchun maxsus joy tashkil etildi. Bu joyda turli xil o‘yinchoqlar, interaktiv kitoblar, rangli qalamlar va boshqa o‘yinchoqlar hozirlandi. Yosh ota-ona o‘yin oldidan bu joydan bolasi uchun mos narsalarni tanlab olishi mumkin. Bundan tashqari, kichkintoylar uchun qulay bolalar stulchalari va kerakli vositalar bilan ta’minlangan taglik almashtirish stoli ham tashkil etilgan. Bu tashabbusimiz bilan biz yosh ota-onalarga yanada yaqinroq bo‘lmoqchimiz va ularga har tomonlama qulay sharoit yaratishga tayyormiz. Zakovatda oila bo‘lib qolayotgan har biringizga minnatdorchilik bildiramiz! Zakovat hamma uchun! @zakovatharakati
Show all...
👍 7 5🔥 4
Zakovat klubi hamda Vatandoshlar jamoat fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Zakovat o‘z chegaralarini kengaytirmoqda! Kecha Zakovat Arenada bo‘lib o‘tgan marosimda tomonlar memorandumga muvofiq quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldi: 1) Intellektual o‘yinlar orqali xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning intellektual salohiyatini va kitobxonlik madaniyatni yuksaltirish; 2) Fond ko‘ngillilari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar hamda ta’lim olayotgan yoshlar orasida Klub tomonidan intellektual musobaqalar tashkil etish; 3) Fond xodimlari va xorijdagi vakillari hamda ko‘ngillilari uchun intellektual o‘yinlarni tashkil etishda metodologik yordam ko‘rsatish. Hamkorlik doirasida xorijda vatandoshlarimiz ishtirokida intellektual o‘yinlardan tashqari konferensiyalar, seminarlar va uchrashuvlar tashkil etish ham rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, bungacha Vatandoshlar jamoat fondi bilan hamkorlikda 13-aprel kuni Germaniyada yashayotgan o‘zbekistonliklar o‘rtasida Zakovat musobaqasi o‘tkazilgandi. Kelgusida ham Tojikiston, Buyuk Britaniya, Turkiya va Koreya Respublikasi kabi bir qator xorijiy davlatlarda o‘zaro hamkorlikda intellektual o‘yinlar o‘tkazish rejalashtirilgan. @zakovatharakati
Show all...
👍 9👏 2 1🔥 1💯 1
00:40
Video unavailableShow in Telegram
“Heytshunoslar”. Internetdagi agressiya. Kiberbulling va klikbeyt “Diqqat, savol!” podkastimizning navbatdagi sonida bloger Azam Qahramoniy, huquqshunos Madina Tursunova va tadbirkor Laziz Hamidov bilan kiberbulling, internetdagi heyt va agressiya haqida so‘z yuritdik. 👉🏻 To‘liq videoni ko‘rish @zakovatharakati
Show all...
👍 9🔥 3👎 2 2
01:03
Video unavailableShow in Telegram
II Osiyo ochiq chempionatidan emotsiyalarni bo‘lishishda davom etamiz! Biz ishtirokchilardan “Zakovat” ular uchun nimani anglatishini so‘radik. Siz uchun “Zakovat” nimani anglatishini Siz ham izohlarda yozib qoldiring. @zakovatharakati
Show all...
5👍 3🔥 3🤩 2
O‘zbekistonlik talabalar Moskvada V Talabalar ligasida ishtirok etdi 11-12-may kunlari Moskva shahrida V Talabalar ligasi bo‘lib o‘tdi. Liga doirasida “Nima? Qayerda? Qachon?”, Breyn-ring va Erudit-kvartet yo‘nalishlari bo‘yicha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Unda turli davlatlardan kelgan 55 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqada aksariyati O‘zbekiston Milliy universiteti talabalaridan tashkil topgan “Milliy” jamoasi O‘zbekiston nomidan qatnashdi. O‘zbek talabalari, ayniqsa, Breyn-ring o‘yinida yorqin ishtirok etib, ko‘plab raqiblarni mag‘lub etdi. 3-o‘rin uchun o‘tgan bellashuvda jamoamizga biroz omad yetishmadi. @zakovatharakati
Show all...
👍 20🔥 7👎 2 2❤‍🔥 1
00:45
Video unavailableShow in Telegram
Chempionatning 2-kuni qanday o‘tdi? Musobaqaning 2-kunida hal qiluvchi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi va barcha yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi! Yakuniy natijalar bilan turnirning rasmiy kanalida - @zakovat_asia tanishishingiz mumkin. @zakovatharakati
Show all...
❤‍🔥 5👍 1🤩 1
00:39
Video unavailableShow in Telegram
Chempionatning 1-kuni qanday o‘tdi? Bugun musobaqaning hal qiluvchi 2-kuni! Muhim yangiliklar bilan turnirning rasmiy kanalida - @zakovat_asia tanishib boring. @zakovatharakati
Show all...
🔥 7 3
Bugun biz uchun muhim kun! Olmaotada “Zakovat” o‘yini bo‘yicha II Osiyo ochiq chempionati boshlanmoqda! Musobaqaning muhim yangiliklari bilan turnirning rasmiy kanalida - @zakovat_asia tanishib boring. @zakovatharakati
Show all...
👍 7🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin! @zakovatharakati
Show all...
14🤣 10👍 8💯 2