cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Cinema Paradiso

Shohruh Norqulovning kino va umuman san’at haqidagi shaxsiy fikrlari!

Show more
Advertising posts
342
Subscribers
-224 hours
No data7 days
-330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

01:25
Video unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida “Bahorni quvib” badiiy filmining suratga olish jarayonidan lavhalar. Ssenariy muallifi: Erkin A’zam Postanovkachi rejissyor: Ayub Shahobiddinov
Show all...
IMG_6843.MP416.97 MB
🔥 4 3
#arxiv Yerga qulagan film. Ayni paytda ko’chada istalgan odamni to’xtatib kino haqida so’roq qilsangiz, har ikki kishidan biri Zulfiqor Musoqovni eng yaxshi rejissyor, “Osmondagi bolalar” ni esa eng yaxshi filmlar qatorida sanashi shubhasiz. Men uchun ham bolalikda ushbu film eng sevimlilardan edi, endi soha vakili sifatida bu filmni qancha harakat qilmay tanqid qilolmayman. Barbir eski nostalgiya kayfiyati yo’l qo’ymaydi. Yillar davomida film mavqeyi o’z nomiga monand osmonlarga chiqqan edi. Kecha esa kim uchundir kutilmagan, kimlargadir esa kutilgan holda filmning qulashiga guvoh bo’ldik. Treylerni ilk bor ko’rganimdayoq ichimdan bir nima o’tgandi. Nahotki, yana? Nahot, bu film ham so’nggilari kabi bo’lsa? Ishonch komil qilish uchun kecha premyeraga bordim. Afsuski hammasi kutganimdek. Men yoqtirgan filmlarimdagi eng asosiy unsur bu kompozitsiya. Rejissyor uchun bu eng muhim omillardan biri deb bilaman. Kechagi filmdagi eng katta kamchilik ham shu bo’ldi. Voqealar umuman yopishmagandek, sohta, atay qilingandek tuyulaverdi. Filmga qo’shilgan yangi qahramonlar telbalik borasida eskilarini ham ortda qoldiryabti, hatto chegaradan bir muncha o’tib ham ketyabti. Yumorlarning ayrimlari juda yuzaki va kino tili uchun juda saviyasizdek. Ayrim epizodlar esa bag’oyatda pafos bilan boyitilgan, go’yo qarsak uchun atay qilingandek( olimpiada epizodi). Aktyorlar va noprofessionallar orasida ham uyg’unlik bir buncha yo’qolib qolgan. Asosiy qahramonlar orasida faqatgina Xurshid va Oypopuk liniyasi tugal va tushunarli. Ammo, undagi finalni ham yangilik deb bo’lmaydi. Qolgan liniyalar esa juda achinarli ahvolda. Film davomidagi musiqalar ketma-ketligi ham juda erish tuyuldi. Bir qarasangiz Yevropa klassik kompozitorlari, sal turib esa notanish o’zbek xonandasining oh-vohi qandaydir. Umuman, filmning davomi olinishi noto’g’ri qaror emas, shunchaki tanlangan vaqt noto’g’ri edi. Zulfiqor Musoqovning avvalgi filmlaridagi yutuq bu avvalo ssenariy. Oldingi filmlar ko’plab ijodkorlar bilan hamfikr tarzda yozilgan. Bu boradagi yolg’izlik oxirgi paytlar juda sezilarli darajada ko’zga tashlanib qolmoqda. Men uchun ikkinchi qismdagi final sahnasi ideal edi. Har bir qahramonning kelajak hayoti unda bashorat qilib bo’lingan edi aslida. Tomoshabin o’shandayoq o’z qahramonlari bilan vidolashib bo’lgandi. Filmni bizga qadrli qilib turgan narsa ham asli sog’inch edi. O’sha qahramonlar, zamon va muhitning shirin qorishmasi edi bu film. U biz uchun qo’l yetmas osmonda edi doim. Navbatdagi uchrashuv esa xayoliy orzu va tuyg’ularimizni parchalab yubordi. Film esa osmondan yerga quladi.
Show all...
🤝 1
Ketma-ket ikki marta Kevinlar haqida post ketib qoldi. Tasodif.
Show all...
😁 6
00:58
Video unavailableShow in Telegram
Butun dunyo his qiladigan nostalgiya.
Show all...
IMG_6841.MP411.33 MB
😁 7
Photo unavailableShow in Telegram
Kino ko’rish men uchun ilm o’rnida. Biroq, akani yolg’iz qoldirishga ko’zim qiymaydi.
Show all...
😁 14
Photo unavailableShow in Telegram
Tarjima 99 level. 2004-yilgi qisminiyam qo’yisharmikan? Film boshidayoq Jekining butun jamoasi ko’z oldida o’ldiriladi. Pastda esa shunchaki “Hangoma” deb yozilib tursa. 😅 Ma’lumot uchun filmning asl nomi “Police story”.
Show all...
🥴 13👎 1😁 1
Adiz Rajabov chindan top aktyor. Menga salbiy obrazdagi rollari judayam yoqadi. “Bo’rilar” filmida eng kam vaqt ko’zga ko’rinib, natijada esa eng esda qolarli qahramon bo’lib ajralib qolgan.
Show all...
❤‍🔥 7 2
00:40
Video unavailableShow in Telegram
Yashayversak ko’raverarkanmiz. Aka hech qachon bunaqa loyihalarda qatnashmaydi deb yurardim. Eng muhimi — tanlangan suhbatdoshlar ham qayoqdagi piarchi, yig’i-sig’i va shaxsiy hayotni kovlaydiganlar emas. Qiziq va yaxshi gaplar bo’lishiga umid qilaman!
Show all...
IMG_6810.MP47.09 MB
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
#lirikchekinish Ангела холамлар ичарди пиво, Чўчқанинг гўштини ер эди, ҳатто. Ва лекин ҳеч битта немис ҳаққига, Хиёнат қилмади, емади асло... Бизникилар эса ичишмас ароқ, Ҳаром гўштга, ҳатто, назар солишмас. Қолган барчасини ейишар бироқ, Бировнинг ҳаққидан хазар қилишмас... © Вафо Мўмин
Show all...
🔥 13👏 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Qaytar dunyo” seriali Aleksandr Dyumaning “Graf Monte-Kristo” romani asosida suratga olinganini bilarmidingiz?
Show all...
🐳 5👍 4😁 4🤣 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.