Daegu Community 🇺🇿🤝
Open in Telegram
424
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh !
Hurmatli yurtdoshlar!
Bugun osmonda yangi oy ko‘rinib, muborak Ramazon oyi nihoyasiga yetdi. Shu munosabat bilan, 2025-yil 31-mart kuni Janubiy koreyada hayit bayrami nishonlanadi. Daegu Gyeongsan shahrimizda Hayit namozini birgalikda òqiymiz In shaa Alloh .
Ushbu qutlug‘ kunda barchangizni samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, hayotimiz fayzli, dasturxonlarimiz to‘kin bo‘lsin! Yaqinlarimizga mehr-muhabbat va ezgulik ulashib, bayram shukuhi ila o‘tishini tilaymiz.
Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Hayt namozi uchun namozgoxga 6:20 gacha yetib kelinglar iltimos !
Har yili o’qiladigan stadionimizda o’qildi inshaAlloh !
Manzil: 경북 경산시 매봉재길 30
https://t.me/kyongsanmasjid
Repost from WAYU Korea
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdusalomov Alisher Azamjonovich bilan Seul shahridagi O’zbekiston elchixonasida vatandoshlar uchun online va offline uchrashuv tashkil qilgan edi.
Endilikda ushbu uchrashuv ko’pchilikning talabi bilan
19-aprel soat 13:00 da Koreyaning Busan shahrida joylashgan Dong-A universiteti binosida bo’lib o’tadi.
Uchrashuvdan maqsad:
• vatandoshlar bilan suhbatlashish,
• vatandoshlar bilan aloqa o‘rnatish,
• vatandoshlarning taklif va izohlarini eshitishdan iborat.
O'rinlar chegaralangan: 100 nafar
Ro’yxatdan o’tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdA18f2YPKrDtbhXsnavU8jImF1k1-Z34LZqNFOV-OVmj7LoA/viewform?usp=header
Online uchrashuv havolasi keyinchalik e'lon qilinadi!
To'liq manzil:
동아대학교 종합강의동 1층 B04(C)-0102 강의실(경동홀)
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Repost from WAYU Korea
#wayu_news
Gyeongsangbuk-do shimoli-sharqini qamrab olgan o‘rmon yong‘inlari 94 foiz nazoratga olindi.
28-mart tongi holatiga ko‘ra, Gyeongbukdagi 5 ta shahar/okrugda o‘rmon yong‘inlarining o‘rtacha nazorat darajasi 94% ekani ma’lum qilindi.
Umumiy 928 km yong‘in chizig‘idan 871 km qismi to‘liq nazoratga olingan.
O‘rmon yong‘ini ta’sir qilgan hudud maydoni 45,157 gektarni tashkil qilmoqda.
Hududlar bo‘yicha yong‘inni nazorat qilish darajasi:
•Uiseong: 98%
•Andong: 90%
•Cheongsong: 91%
•Yeongyang: 95%
•Yeongdeok: 93%
O‘rmon yong‘ini ta’sir qilgan hududlarning maydoni:
•Uiseong: 12,821 gektar
•Andong: 9,896 gektar
•Cheongsong: 9,320 gektar
•Yeongyang: 5,070 gektar
•Yeongdeok: 8,050 gektar
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Qizg’in davom etmoqda…
Uchinchi o’rin bilan Dostonbek akamiz qaytadigan bòldilar. 🥉👍🏻
+4
Busandagi tennis turnirida Daegu Gyeongsanda yashovchi O’zbek aka ukalarimiz faol ishtirok etishmoqda. Turnir BUSA(Busan Uzbek Students Association) tomonidan tashkil etilgan. Koreyaning turli manzillaridan 45 ga yaqin O’zbeklar yig’ilgan bòlib 32 nafar ishtirokchilar ózlarining kuchlarini sinab kòrishmoqda.
Mahallamiz yigitlariga omad tilaymiz 🤲🏻✊🏻
Repost from BUSA
Kutib oling: Koreyadagi Oʻzbek Diasporasi! 🇺🇿🇰🇷
Koreyada rivojlanish va oʻsish uchun eng kerakli kanallarni bir joyga jamladik! 🔥
📌 Muhim maʼlumotlar
📌 Ish va biznes imkoniyatlar
📌 Hamjamiyatni qoʻllab-quvvatlash
Barchasi bitta linkda! Marhamat, qoʻshiling va oʻsish tezligingizni 2x oshiring! 🚀
👉Qo'shib olish👈
(Albatta, bundan boshqa foydali kanallar ham koʻp. Biz hozircha faqat bizga maʼlum va foydali deb bilganlarimizni saralab oldik.)
BUSA — kuch birlikda!💪
Instagram | Telegram
Repost from BUSA
+1
🏓 BUSA SPORTS da 2-stol tennisi musobaqasi! 🏆
🤩BUSA Sportsni sog'inganlar shu yerdamisiz?
Siz uchun STOL TENNISI MUSOBAQA siga start berdik! O‘zingizni sinab ko‘rish va haqiqiy raqobat muhitidan zavqlanish uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📅 Tadbir tafsilotlari:
🗓 Sana: 16-mart (yakshanba)
⏰ Vaqt: 10:00 - 17:00
📍 Manzil: Havola
👥 Ishtirokchilar soni: 32 ta (joylar cheklangan!)
💰 Qatnashish to‘lovi: 10,000 won
🎁 Sovrin: G‘oliblar uchun Maxsus sovg’alar!
🚀 Maxsus bonus!
Kelgan har bir ishtirokchiga iftor pack taqdim etiladi! 🍱✨
⏰ Tartib va qoida:
- Turnir boshlanish vaqti (10:00) ga kechikmasdan yetib kelish majburiy!
- Qiziqarli va adolatli bahslar kafolatlanadi!
📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Havola
P.S. Yig'ilgan pullar ishtirokchining o'z xarajatlari uchun ishlatiladi.
🏓 Kuchlilar g‘olib bo‘lsin!💪
BUSA — kuch birlikda!💪
Instagram | Telegram
Repost from WAYU Korea
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Abdusalomov Alisher Azamjonovich Seul shahridagi O’zbekiston elchixonasida vatandoshlar bilan online va offline uchrashuv tashkil qilgan edi.
Endilikda ushbu uchrashuv, ko’pchilikning talabi bilan, 7-dekabr kuni soat 13:00 da Koreyaning Busan shahrida joylashgan Dong-A universiteti binosida bo’lib o’tadi.
Uchrashuvdan maqsad:
• vatandoshlar bilan suhbatlashish,
• diplomat o‘zi va missiyasi haqida maʼlumot beradi,
• vatandoshlar bilan aloqa o‘rnatish,
• vatandoshlarning taklif va izohlarini eshitishdan iborat.
Online uchrashuv havolasi keyinchalik e'lon qilinadi!
O'rinlar chegaralangan: 100 nafar
Ro’yxatdan o’tish uchun havola: https://forms.gle/PsZiz8dM4MHWjdCY8
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
Repost from WAYU Korea
+1
WAYU Koreya hamda Bir ilm jamoasi hamkorligida tashkil qilinayotgan "Sof o'zbek tili" nomli maxsus uchrashuvga taklif qilamiz.
Uchrashuv maqsadi: o'zbek tilini rivojlantirishga hissa qo'shish, ishtirokchilarning o'zbek tili borasidagi ilmlarini sinovdan o'tkazish.
Sana: 26-oktyabr, 2024 (Shanba)
Soat: 11:00 ~ 15:00
Jamoalar soni: 6 ta
Bir jamoada: 5 nafardan ishtirokchi (jamoasi yo'qlar yakka tartibda ham ro'yxatdan o'tishlari mumkin).
Ariza yuborish: https://forms.gle/G3CdLYr26Pj46cXP8
Sovrinlar:
1-o'rin 200 000 KRW
2-o'rin 150 000 KRW
3-o'rin 100 000 KRW
Qolaversa, barcha ishtirokchilarga o'zbek tilidagi adabiyotlar sovg'a qilinadi.
Arizalarni qabul qilish muddati: 25-oktyabr, 2024 (23:59) ga qadar
Manzil: O’zbekiston elchixonasi
Hamkorlarimiz:
• "Bir Ilm" - kitobxonlik loyihasi
• Baraka book - online kitob do'koni
• Tekpe book - online kitob do'koni
Qo’shimcha ma’lumotni havola orqali tekshiring!
Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
+3
Assalamu aleykum. Sizlarni “Daegu community” bilan birgalikda 2-noyabr kuni Pusandagi Yaxta Turiga taklif qilamiz. Yaxta turiga joylarni kechgi 6 dan 9 gacha biz orqali buyurtma qilishingiz mumkin. Bir yaxtaga 20 kishiga odam joylashib, bortda ingliz va koreys tillarida gaplasha oladigan bort gidlari sizga hamrohlik qilishadi. Sayohat davomiyligi 1 soat bo’lib snek va ichimliklar bepul. Aytgancha 9-noyabrga qadar Pusan dengiz bo’yida mushakbozlik va dron shou o’tkaziladi va siz bularni Yaxtada ko’rishingiz mumkin!
Joylar soni chegaralangan va har bir qayiqga 20 kishigacha odam olinadi. Bizga qo’shilib dam olish kunini maroqli o’tkazing!
Yaxta Tur narxi: 45.000₩
Joyni band qilish uchun @syrusone ga yozing yoki +821022549699 ga qo’ng’iroq qiling.
Toshkent shahridagi "Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" jome masjidi imom-xatibi Ismoil domla Muhammad Sodiq bilan "Musofirning odoblari" mavzusida to'g'ridan-to'g'ri jonli suhbat o‘tkaziladi.
Muloqotda siz ham o‘z savollaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin!
⏰ Muloqot vaqti: 29 iyun, Toshkent vaqti bilan soat 18:30.
Suhbat “Vatandoshlar” jamoat fondining telegram ijtimoiy tarmogʻida (https://t.me/vatandoshlar_fond)gi sahifasida onlayn amalga oshiriladi.
Assalomu alaykum. Salomatmiszlar?
Qurbon hayiti barchamizga birdek Muborak bõlsin 🤲✊🏻. Daegu community jamoasi hammalaringizni bu gõzal bayram bilan chin didan qutlaymiz🥳.
Bugun Daegu Gyeongsan shahrimizda Hayit namoz katta shukuh,bayramona kayfiyat bilan õqildi. 800 ~ 1000 nafar Vatandoshlar va qõshni davlat Qirg’iziston,Qozog’izton ,Tojikistonlik musulmonlar bir joyda jam bõldilar. Õzbekistondan tashrif buyurgan Imom domlamiz uzundan uzun duo qilib,musofirlikda barchamizga kuch quvvat tiladilar 🤲🇺🇿 Birdamligimiz va birlashuvimizga kõz tegmasin . Jumlamizga foydali ilm bersin 🤲.
Repost from Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Namozni O’zbekistondan tashrif buyuradigan Mehmonimiz Toshkent viloyati Yakkasaroy masjidi imom xatibi
Toshanov Salohiddin domla o’qib beradilar !!
Repost from Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Assalamu alaykum va Rohmatulloh va barakatuh.
Aziz birodarlar kirib kelayotgan Qurbon hayiti barchangizga muborak bo’lsin!
📍Daegu, Gyeongsan jamoati uchun namoz o’qiladigan joy va vaqt rasmda ko'rsatilgan.
📝Eslatmalar ❗️
1.Hayit namoziga g'usl qilish va tishlarni tozalab chiqishlik ! 🧖🏻♂️
2.Namozga eng yaxshi liboslarda, hushbo’ylangan ,poklangan holatda kelish!
3.Namozga ketayotganda taomlanmaganingiz ma'qul va namozdan so’ng ovqatlansangiz sunnatga ergashgan bo’lasiz !🧎🏻♂️
4.Namozga ketayotganda takbir aytib ketishingiz a’lo amallardan bo’ladi !🚶🏻♂️
5.Namozga ketayotganda boshqa yo’ldan qaytayotganda boshqa yo’ldan qaytganingiz yaxshi !🚶🏻♂️
6.Namozga kelganda nafl namozi o’qilmaydi !
7.Namoz o’qilishidan avval ma'viza va xutbani e’tibor bilan shovqinsiz tinglashingiz talab qilinadi !!!📌
Namoz vaqti 6:00 gacha namozgohga kelib o’z joylaringizga kelishingizni so’rab qolamiz
Iltimos kech qolmang ‼️
Bayramni yaxshi kayfiyatda do’stlar davrasida nishonlashingizni tilab qolamiz😊
https://t.me/kyongsanmasjid
Hozirgina yozilgan postdan keyin kelgan xabar. Bunday insonlar juda kõp. Shu hisob raqamini eslab qolinglar .
Iltimos ogoxlantiringlar. Befarq qoldirmanglar. Hammamiz birdek harakat qilmasak kõplab odamlar halol mehnat pullarini osmonga uchurib yuborishdan saqlay olmaymiz. Aksincha bôlsa Xaromxõrlarning kõpayishini oldini olgan bõlamiz.
Assalomu alaykum va rohmatulloh. Salomatmiszlar?
Hozirgi yozmoqchi bôlgan postim butun Koreyadagi Õzbekiston fuqarolari va õzbek zabon barcha insonlar uchun muhumdir. 🚨
Hozirgi kunda Janubiy Koreyada yashab ishchi, student va boshqa bizadagi Õzbeklar uchun katta telegram guruxlariga barchamizning a’zoligimiz yõq emas . Bunday guruxlar Kerakli õrinlarda barchamiz uchun foydali manfaatlidir. Lekin Xaromdan qõrqmaydigan poda ichidagi tirraqilar ham bu guruxlarda yõq emas .
Sizlarga eslatma õrnida shunday katta guruxlarga Õzbekistonga yoki aksincha Õzbekistondan Koreyaga pul õtkazmalarini qilish uchun e’lon yozib odam qidirmang. Naver kursida deb 1 2 sõm arzoniga pulni õtkazma qilaman deb katta miqdorda pulini masheyniklarga ôtkazib telegram akkauntini delete qilgandan keyin boshini qayoqqa urushini bilmay turganlar oramizda köplab topiladi.
Iltimos pul ôtkazma qilishda GmoneyTrans, Hanpass,E9pay,GME,Coinshot va shunga õxshash programmalar orqali ishonchli kompaniyalar bilan ishingizni bitiring. Ana shunda arzimagan pulingiz õrniga butun boshli qiynalib peshona teringiz bilan topgan pullaringizni va qimmatli asab tolalaringizni yõqotmaysiz. ✅
Xaromdan qõrqmaydigan xaromxõrlarga Allohning lanati bõlsin . Alloh õzi kifoya qilsin. Juda kõplari hisob raqami orqali qidiruvga berilgan. Hammasini birma bir tutib xalqqa kõrsatamiz In Shaa Alloh☝️
Ushbu postni iloji boricha Koreya bõylab guruxlarga yuboring va adminlardan pin 📍 qilib qõyishlarini iltimos qiling. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu.
