“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Open in Telegram
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning rasmiy Telegram kanali. Veb-sayt: www.trk.uz Aloqa markazi: (71) 205-57-57 Murojaatlar va savollar uchun guruh: @trkuz_murojaat
Show more4 465
Subscribers
+324 hours
+147 days
+6330 days
Posts Archive
🔅Moliyaviy intizom — munosib rag‘batlantiriladi
Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining PF–175-son Farmoni bilan tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yangi moliyaviy mexanizmlar belgilandi.
🗣Ulardan biri moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelayotgan tadbirkorlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
Farmonga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan ketma-ket ikki yil davomida soliq va kredit majburiyatlarini o‘z vaqtida bajargan, mavjud ish o‘rinlarini saqlagan hamda faoliyatini sof foyda bilan yakunlagan kichik va o‘rta biznes subyektlari yangi loyihalarini imtiyozli shartlarda moliyalashtirishi mumkin.
Bunda:
⏺ 5 milliard so‘mgacha;
⏺ 120 oygacha muddatga;
⏺ Markaziy bank asosiy stavkasidan 2 foiz band past stavkada kredit ajratilishi belgilangan.
Buning uchun Kompaniya tomonidan tijorat banklari va mikromoliya banklariga 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga kredit resurslari ajratiladi.
💬Rivojlanish yo‘lida birgamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!
🗣 Strategik rivojlantirish va yigʻma tahlil boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2026-yil 11-sentabr 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan lavozimga biriktirilgan havola orqali tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Bahora shu E’zoza bilan reels qivorish kerak.
Huk.
Siz obuna bo’b qo’ying, men sizga shartlarini tushuntirib beraman…..
degandek
🛡 Avval xabar berganimizdek, Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan PF–175-son Farmon qabul qilindi.
✅ Farmon bilan tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishda garov yetishmasligi muammosini kamaytirishga qaratilgan yangi kontr-kafolatlash mexanizmi joriy etiladi.
➡️ Yangi tartib qanday ishlaydi?
Tadbirkor moliyalashtirish summasining 25 foizi miqdorida ta’minotga ega bo‘lsa, qolgan qismning 75 foizigacha kafolat bilan qoplanishi mumkin. Bunda taqdim etiladigan kafolat miqdori 10 milliard so‘mdan oshmaydi.
Muhimi, tavakkalchilik faqat bir tomon zimmasiga yuklanmaydi. Majburiyat bajarilmay qolgan taqdirda risk:
⏺ 30 foiz — Davlat budjeti;
⏺ 30 foiz — “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ;
⏺ 15 foiz — Tijorat banki
o‘rtasida taqsimlanadi.
✅ Shu tariqa, bank ham loyiha bo‘yicha tavakkalchilikning bir qismini o‘zida saqlaydi, tadbirkordan esa moliyalashtirishni to‘liq qoplaydigan garov talab etilmaydi.
✅ Yangi mexanizm kredit va mikrokreditlar, bank kafolatlari, akkreditivlar hamda lizing bo‘yicha qo‘llaniladi.
🇺🇿 Undan O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va Kompaniya tomonidan belgilanadigan aylanma talablariga javob beruvchi tadbirkorlik subyektlari foydalanishi mumkin.
✅ Ya’ni, Farmondagi asosiy o‘zgarish kafolat foizining oshirilishidangina iborat emas. Tadbirkor, bank va davlat o‘rtasida tavakkalchilikni taqsimlash orqali garovi yetarli bo‘lmagan, biroq faoliyati va aylanmasi mavjud bizneslarning moliyalashtirish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Rivojlanish yo‘lida birgamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Repost from N/a
Buxoroda 12 million metr mato ishlab chiqaruvchi zavod! | "Bir Qadam" 4-son 🧵
An'anaviy hunarmandchilikdan tortib, zamonaviy to'qimachilik gigantigacha! "Bir Qadam" loyihasining navbatdagi sonida Buxoro viloyati Kogon tumanida faoliyat yurituvchi "Kogon Nur Textile" fabrikasi va uning rivojlanish yo'li haqida hikoya qilamiz.
Kichik uskunalardan boshlangan ushbu korxonani yirik eksport darajasiga olib chiqishda qahramonimiz, fabrika ijrochi direktori O'ktam Yusupov va jamoaga Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi (TRK) yaqindan ko'mak berdi. Bugungi kunda korxona yiliga 12 million pogonometr mato ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lib, xalqaro bozorlarga faol chiqmoqda.
Har qanday yirik loyiha to'g'ri tashlangan birinchi qadamdan boshlanadi. Ushbu zavodning muvaffaqiyat hikoyasi va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishing!
▶️ To'liq videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling:
https://youtu.be/luivnIewufU?si=cKuXd_0wC-wvACpt
BIR QADAM — muvaffaqiyat sari bir qadam!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Shu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ jamoasi!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Tadbirkorlikni rivojlantirishda yangi bosqich
✅ “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–175-son) qabul qilindi.
Farmon bilan tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari kengaytirilib, biznes uchun yangi moliyaviy mexanizmlar joriy etilmoqda.
🟦 Xususan,"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" orqali:
— kafillik mexanizmi kengaytiriladi;
— davlat xaridlarida tadbirkorlar uchun yangi kafolat imkoniyati yaratiladi;
— intizomli tadbirkorlar uchun imtiyozli kredit olish imkoniyati kengayadi;
— davlat tasarrufidagi foydalanilmayotgan aktivlarni biznes uchun xarid qilishda xizmatlar ipotekasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
— xususiy investitsiyalarni tadbirkorlik loyihalariga jalb qilish kengaytiriladi;
— mikromoliya tashkilotlarini resurs bilan ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
✅ Bu o‘zgarishlar tadbirkor uchun nimani anglatadi? Qaysi imkoniyatdan kim va qanday foydalanishi mumkin?
Keyingi materiallarimizda Farmonda belgilangan yangi moliyaviy mexanizmlarning har birini alohida olib, sodda va tushunarli tilda izohlab boramiz.
Rivojlanish yo‘lida birgamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
🏢 Kompaniya tomonidan jizzaxlik tadbirkorlarning 5 mingdan ortiq loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi.
Bu maqsad uchun jami 1 trln 90 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
🗣Kompaniya xizmatlari eng ko‘p qaysi tuman va soha hamda yo‘nalishlarga taqdim etilgani haqida batafsil videoda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Nodavlat ta’lim muassasalari soni qanday o‘sdi va bu jarayonda tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash qanday natija berdi?
Bog‘cha, maktab va oliy ta’limdagi o‘zgarishlar, moliyaviy ko‘mak ko‘lami va asosiy natijalarni raqamlar asosida tahlil qildik.
👉 Batafsil tanishish uchun
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
Biznesingiz uchun ijara joyi kerakmi?
🟦“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hududlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini boshlash yoki kengaytirish uchun qanday obyektlarga talab borligini o‘rganmoqda.
So‘rovnomada sizga kerakli joyning turi, maydoni va joylashuvini ko‘rsating. Javoblaringiz tadbirkorlarga mos ijara obyektlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
📄 So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
https://forms.gle/rBfW1TfDf92y24q49
Ehtiyojingizni bugun bildiring — kelgusidagi imkoniyatlar real talablar asosida shakllansin!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi!
🗣 Strategik rivojlantirish va yigʻma tahlil boshqarmasi bosh mutaxassisi
Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2026-yil 31-avgust 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan lavozimga biriktirilgan havola orqali tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
🏢 Kompaniya tomonidan samarqandlik tadbirkorlarning 9 mingdan ortiq loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi.
Bu maqsad uchun jami 1 trln 604 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
🗣Kompaniya xizmatlari eng ko‘p qaysi tuman va soha hamda yo‘nalishlarga taqdim etilgani haqida batafsil videoda.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
🟦 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tijorat banklariga resurslar joylashtiriladi va ularning hisobidan tadbirkorlarga kreditlar ajratiladi.
Ushbu infografikada Kompaniya resurslaridan tadbirkorlar eng ko‘p qaysi banklar orqali foydalanayotgani haqida ma’lumot olish mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn
