UzCERT Live
Open in Telegram
🧑💻 𝘜𝘻𝘊𝘌𝘙𝘛 - 𝘬𝘪𝘣𝘦𝘳𝘹𝘢𝘷𝘧𝘴𝘪𝘻𝘭𝘪𝘬 𝘩𝘰𝘥𝘪𝘴𝘢𝘭𝘢𝘳𝘪𝘨𝘢 𝘤𝘩𝘰𝘳𝘢 𝘬𝘰'𝘳𝘪𝘴𝘩 𝘹𝘪𝘻𝘮𝘢𝘵𝘪𝘯𝘪𝘯𝘨 𝘳𝘢𝘴𝘮𝘪𝘺 𝘵𝘦𝘭𝘦𝘨𝘳𝘢𝘮 𝘬𝘢𝘯𝘢𝘭𝘪. 🇺🇿 🌐 Veb-sayt: uzcert.uz ☎️ Tel: 712030023 ☎️ Tel: 555021010
Show more3 127
Subscribers
+2324 hours
+787 days
+26230 days
Posts Archive
3 127
⚠️ DIQQAT! OpenSSL kutubxonasida kritik zaiflik aniqlandi: tajovuzkorlar dasturlar xotirasini buzib, serverlar faoliyatini izdan çiqarişlari mumkin!
💻 Kiberxavfsizlik sohasida keng qõllaniladigan OpenSSL kriptografik kutubxonasida dasturlar xotirasining buzilişiga va xizmatlar faoliyatining tõxtab qolişiga olib kelişi mumkin bõlgan kritik zaiflik aniqlandi.
CVE-2026-121481 identifikatori bilan rõyxatga olingan mazkur zaiflik CVSS 3.1 baholaş tizimi bõyiça 9,8 ball bilan baholangan va kritik xavflilik darajasiga ega.⚠️ Zaiflikning yuqori xavflilik darajasi OpenSSL kutubxonasidan foydalanadigan barça serverlar masofadan turib hujumga uçraşi mumkinligini anglatmaydi. Xavf, avvalo, zaif funksiyadan foydalanadigan va katta hajmdagi işonçsiz maʼlumotlarni unga uzatadigan dasturlarga tegişlidir. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
20 Nov, 08:22
3 127
⚠️ DIQQAT! VMware vCenter dasturida kritik zaiflik aniqlandi: tajovuzkorlar autentifikatsiyani çetlab õtib, virtual serverlar ustidan nazoratni qõlga kiritişlari mumkin!
😡 Kiberxavfsizlik sohasida VMware virtualizatsiya infratuzilmasini boşqariş uçun mõljallangan dasturiy mahsulotlarda tajovuzkorlarga autentifikatsiyani çetlab õtiş, masofadan zararli buyruqlarni bajariş va tizimda yuqori huquqlarni qõlga kiritiş imkonini berişi mumkin bõlgan beshta xavfsizlik zaifligi aniqlandi.
⚠️ 2026-yil 19-noyabr kuni Broadcom kompaniyasi VMSA-2026-0009 identifikatorli xavfsizlik ogohlantirişini eʼlon qilib, VMware vCenter Server, VMware Cloud Foundation tarkibidagi SDDC Manager hamda Windows operatsion tizimi uçun mõljallangan VMware Tools dasturlarida aniqlangan zaifliklarni bartaraf etuvçi yangilanişlarni taqdim etdi.
✅ Mazkur zaifliklarning xavflilik darajasi CVSS baholaş tizimi bõyiça 6,7 balldan 9,8 ballgaça bõlib, ulardan eng jiddiysi CVE-2026-123890 identifikatori bilan rõyxatga olingan.📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
20 Nov, 00:16
3 127
🚫 DIQQAT! NGINX veb-server dasturidagi kritik zaifliklar sababli dunyo bõylab 8,8 milliondan ortiq server kiberhujumlar xavfi ostida qolmoqda!
💻 Kiberxavfsizlik boʻyiça tadqiqotçilar keng foydalaniladigan NGINX veb-server dasturida tajovuzkorlarga autentifikatsiyadan õtmasdan masofadan turib zararli kodlarni bajariş imkonini berişi mumkin bõlgan beshta kritik zaiflikni aniqladilar. Mazkur zaifliklar umumiy NGINX2Root nomi bilan yuritilib, ulardan muvaffaqiyatli foydalaniş server ustidan nazoratni qõlga kiriş, maxfiy maʼlumotlarni qõlga kiritiş va ayrim holatlarda operatsion tizimning eng yuqori huquqlariga erişiş imkonini berişi mumkin.
⚠️ Censys kompaniyasining internet tarmoğidagi qurilmalar va xizmatlarni kuzatiş natijalariga kõra, dunyo bõylab 8 823 450 ta NGINX xizmati mazkur zaifliklardan taʼsirlanishi mumkin bõlgan versiyalarda işlamoqda va HTTP/2 protokolini qõllab-quvvatlamoqda.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
20 Nov, 00:11
3 127
⚠️ DIQQAT! PHP dasturlaş tilida kritik zaiflik aniqlandi: tajovuzkorlar xavfsizlik yangilanişlarini çetlab õtib, serverlarda zararli kodlarni işga tuşirişlari mumkin!
💻 Kiberxavfsizlik bõyiça tadqiqotçilar PHP dasturlaş tilida phpAfterShell deb nomlangan yangi hujum usulini aniqladilar. Uşbu hujum usuli tajovuzkorlarga PHP dasturining sessiyalarni boşqariş mexanizmidagi zaiflikdan foydalanib, serverda autentifikatsiyadan õtmasdan masofadan turib zararli kodlarni bajariş imkonini berişi mumkin.
CVE-2026-126714 identifikatori bilan rõyxatga olingan mazkur zaiflik CVSS 4.0 baholaş tizimi bõyiça 9,2 ball bilan baholangan va kritik xavflilik darajasiga ega.⚠️ Bu esa avvalgi xavfsizlik yangilanişlarini õrnatgan, biroq noyabr oyidagi tegişli tuzatişlarni qõllamagan PHP serverlari ham xavf ostida qolişi mumkinligini anglatadi. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
20 Nov, 00:07
3 127
🚨 Splunk SOAR va Splunk Enterprise dasturlarida kritik zaifliklar aniqlandi: tajovuzkorlar zararli kodlarni bajariş va autentifikatsiyani çetlab õtiş imkoniyatiga ega bõlişi mumkin!
⚠️ 2026-yil 18-noyabr kuni Splunk kompaniyasi Splunk SOAR va Splunk Enterprise dasturiy mahsulotlarida masofadan turib zararli kodlarni bajariş (Remote Code Execution — RCE), autentifikatsiya mexanizmlarini çetlab õtiş hamda foydalanuvçilarga berilgan huquqlardan taşqari amallarni bajariş imkonini berişi mumkin bõlgan xavfsizlik zaifliklari aniqlangani haqida ma’lum qildi.
😡 Aniqlangan zaifliklar orasida CVE-2026-131253 identifikatori bilan rõyxatga olingan kritik xavfsizlik kamçiligi alohida e’tiborga loyiq. Uşbu zaiflik CVSS baholaş tizimi bõyiça 9,9 ball bilan baholangan bõlib, muayyan huquqlarga ega foydalanuvçiga Splunk SOAR dasturi işlayotgan serverda xizmat hisob qaydnomasi huquqlari doirasida zararli kodlarni bajariş imkonini berişi mumkin.
🚫 Şuningdek, CVE-2026-131287 zaifligi Splunk SOAR dasturining REST API komponentiga ta’sir qilib, masofadan kod bajariş xavfini yuzaga keltiradi. Uning xavflilik darajasi 9,6 ball bilan baholangan.
⚠️ Splunk Enterprise dasturida aniqlangan CVE-2026-76535 zaifligi esa autentifikatsiyadan õtmagan tajovuzkorga boşqa foydalanuvçi nomidan qidiruv sõrovlarini bajariş imkonini berişi mumkin.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
19 Nov, 04:26
3 127
⚠️ Ruby dasturlaş tilida masofadan turib zararli kodlarni bajariş imkonini berişi mumkin bõlgan 7 ta xavfsizlik zaifligi aniqlandi!
💻 2026-yil 19-noyabr kuni Ruby dasturlaş tilining asosiy dasturiy komponentlarida axborot tizimlari xavfsizligiga jiddiy tahdid solişi mumkin bõlgan 7 ta zaiflik aniqlangani haqida ma’lum qilindi. Mazkur zaifliklar dastur xotirasini boşqariş, matnlarni qayta işlaş va regulyar ifodalar (Regular Expressions — Regexp) bilan işlaş mexanizmlariga ta’sir qiladi.
✅ Aniqlangan xavfsizlik kamçiliklarining ayrimlari tajovuzkorlarga muayyan şaroitlarda masofadan turib zaif Ruby jarayonida zararli dasturiy kodlarni bajariş (Remote Code Execution — RCE), xotiradagi ma’lumotlarni oşkor qiliş yoki dastur faoliyatini izdan chiqariş imkonini berişi mumkin.
⚠️ Ruby dasturini işlab çiquvçilar uşbu zaifliklarni bartaraf etiş maqsadida Ruby 4.0.10, 3.4.13 va 3.3.14 xavfsizlik yangilanişlarini taqdim etdi hamda foydalanuvçilarni dasturiy ta’minotni imkon qadar tezroq yangilaşga çaqirdi.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
19 Nov, 04:25
3 127
🚨 DIQQAT! PHP dasturida masofadan turib serverda zararli kodlarni bajarişga olib kelişi mumkin bölgan kritik zaifliklar aniqlandi!
😡 2026-yil 18-noyabr kuni PHP xavfsizlik jamoasi dasturiy taʼminotning barça qöllab-quvvatlanayotgan tarmoqlariga taʼsir qiluvçi xavfsizlik zaifliklari yuzasidan muhim ogohlantiriş eʼlon qildi. Aniqlangan muammolar orasida xavflilik darajasi kritik deb baholangan zaifliklar ham mavjud bölib, ular muayyan şaroitlarda tajovuzkorlarga masofadan turib serverda zararli dasturiy kodlarni bajariş imkonini berişi mumkin.
⚠️ PHP xavfsizlik jamoasining maʼlum qilişiça, uşbu zaifliklarni bartaraf etişga qaratilgan yangilanişlar 2026-yil 19-noyabr kuni UTC vaqti bilan 14:00–14:30 oraliğida, yaʼni Toşkent vaqti bilan 19:00–19:30 oraliğida eʼlon qilinişi rejalaştirilgan.
⚠️ Mazkur yangilanişlar PHP dasturining muntazam tört haftalik yangilanişlar jadvali doirasida çiqariladi. Biroq aniqlangan xavfsizlik muammolarining jiddiyligi sababli işlab çiquvçilar tizim administratorlari va dasturçilarni yangilanişlarga oldindan tayyorgarlik körişga çaqirmoqda.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
19 Nov, 02:14
3 127
🚨 WordPress dasturida masofadan zararli kodlarni bajariş, SQL-inyeksiya va boşqa kiberhujumlarga sabab bölişi mumkin bölgan 20 ta xavfsizlik muammosi bartaraf etildi!
🧿 2026-yil 18-noyabr kuni WordPress kontentni boşqariş tizimining 7.1.5 versiyasi çiqarilib, dasturiy taʼminotda aniqlangan 20 ta xavfsizlik muammosi bartaraf etildi. Mazkur yangilaniş autentifikatsiyadan ötmasdan masofadan turib zararli kodlarni bajarişga olib kelişi mumkin bölgan zaiflik, ikkita SQL-inyeksiya (SQL Injection), saytlararo skriptlarni bajariş (Cross-Site Scripting — XSS), maxfiy maʼlumotlarning oşkor bölişi hamda foydalanuvçi huquqlarini noqonuniy oşiriş bilan boğliq xavfsizlik kamçiliklarini öz içiga oladi.
⚠️ Ayniqsa, aniqlangan zaifliklardan biri tajovuzkorlarga WordPress tizimida röyxatdan ötmasdan qöşimça huquqlarni qölga kiritiş va muayyan şaroitlarda serverda zararli dasturiy kodlarni bajariş imkonini berişi mumkinligi bilan alohida xavf tuğdiradi.
⚠️ Bundan taşqari, WordPress Multisite muhitida aniqlangan boşqa bir zaiflik alohida sayt administratoriga butun saytlar tarmoğini boşqariş huquqini qölga kiritiş imkonini berişi mumkin.
✅ WordPress xavfsizlik jamoasi mazkur muammolarning jiddiyligini inobatga olib, barça veb-sayt administratorlariga dasturiy taʼminotni imkon qadar tezroq yangilaşni tavsiya etmoqda.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
19 Nov, 01:53
3 127
⚠️ Apache Roller dasturida autentifikatsiyasiz masofadan turib zararli kodlarni bajariş imkonini beruvçi kritik zaiflikdan kiberhujumlarda faol foydalanilmoqda!
💻 2026-yil 17-noyabr kuni Apache Software Foundation taşkiloti Apache Roller blog platformasida aniqlangan kritik zaiflikdan kiberjinoyatçilar tomonidan real kiberhujumlarda faol foydalanilayotgani haqida ogohlantirdi. CVE-2026-129448 identifikatori bilan röyxatga olingan mazkur zaiflik tajovuzkorlarga autentifikatsiyadan ötmasdan, tarmoq orqali masofadan turib zaif serverlarda zararli dasturiy kodlarni bajariş imkonini beradi.
Ushbu zaiflik CVSS 3.1 baholash tizimi böyiça 9,8 ball bilan baholangan bölib, xavflilik darajasi kritik deb belgilangan.🚫 Zaiflik Apache Roller dasturining XML-RPC interfeysida mavjud bölib, taşqi manbalardan kelayotgan maʼlumotlarni xavfsiz qayta işlaş mexanizmidagi kamçilik bilan boğliq. Mazkur xatolikdan foydalaniş uçun tajovuzkorning tizimda röyxatdan ötgan foydalanuvçi hisobiga ega bölişi yoki blog administratorining biror harakatni amalga oşirişi talab etilmaydi. ⚠️ Ayniqsa, zaiflikdan real hujumlarda foydalanilayotgani hamda uning dasturiy taʼminotning bir neçta versiyalariga taʼsir qilişi Apache Roller platformasidan foydalanayotgan taşkilotlar uçun jiddiy xavf tuğdiradi. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
19 Nov, 01:32
3 127
⚠️ NGINX veb-server dasturida masofadan turib zararli kodlarni bajariş imkonini beruvçi ikkita kritik zaiflik aniqlandi!
💻 2026-yil 18-noyabr kuni dunyo böylab keng qöllaniladigan NGINX veb-server dasturida axborot tizimlari xavfsizligiga jiddiy tahdid soluvçi ikkita kritik zaiflik aniqlangani haqida maʼlum qilindi. CVE-2026-123633 va CVE-2026-123007 identifikatorlari bilan röyxatga olingan mazkur zaifliklar tajovuzkorlarga ayrim şaroitlarda autentifikatsiyadan ötmasdan, tarmoq orqali masofadan turib server xotirasiga zarar yetkaziş hamda zararli dasturiy kodlarni bajariş imkonini berişi mumkin.
Har ikkala zaiflik CVSS 4.0 baholaş tizimi böyiça 9,2 ball bilan baholangan bölib, xavflilik darajasi kritik deb belgilangan.⚠️ Mazkur zaifliklar NGINX dasturining HTTP/2 protokoli orqali kelayotgan sörovlarni qayta işlaş mexanizmlarida aniqlangan. Ulardan foydalaniş uçun tajovuzkor serverda avvaldan foydalanuvçi hisobiga ega bölişi yoki tizimga qonuniy kiriş huquqini qölga kiritişi şart emas. Biroq zaifliklardan foydalaniş imkoniyati serverning dasturiy versiyasi, konfiguratsiyasi va muayyan texnik şaroitlarga boğliq. 📱 Batafsil 🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
19 Nov, 00:56
3 127
⚠️ OpenJDK dasturidagi kritik Java4Shell zaifligi serverlarda autentifikatsiyasiz zararli kodlarni bajarish imkonini berishi mumkin!
⚠️ OpenJDK dasturiy platformasida CVE-2026-114938 identifikatori bilan qayd etilgan, “Java4Shell” debnomlangan kritik zaiflik aniqlandi. Mazkur zaiflik tajovuzkorlarga muayyan şaroitlarda autentifikatsiyadan ötmasdan, masofadan turib serverda zararli kodlarni bajariş, maxfiy maʼlumotlarni qölga kiritiş yoki Java Virtual Maçine (JVM) faoliyatini izdan çiqariş imkonini berişi mumkin.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
18 Nov, 01:40
3 127
⚠️ Apache HTTP Server dasturidagi kritik zaiflikdan kiberhujumlarda faol foydalanilmoqda!
💻 Apache HTTP Server veb-server dasturida aniqlangan CVE-2026-119618 identifikatorli kritik zaiflikdan kiberjinoyatçilar faol foydalanayotgani haqida xabar berildi. Mazkur zaiflik tajovuzkorlarga autentifikatsiyadan ötmasdan, masofadan turib serverda zararli kodlarni bajariş imkonini berişi mumkin. Bu esa veb-server faoliyatining izdan çiqişi, maxfiy maʼlumotlarning oşkor bölişi hamda axborot tizimlari xavfsizligiga jiddiy tahdid tuğdiradi.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
18 Nov, 01:33
3 127
🇺🇿 18-NOYABR — ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROĞI QABUL QILINGAN KUN!
🇺🇿 Bugun xalqimizning milliy ğururi, ozodligi va mustaqilligi timsoli bölgan Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganiga 35 yil töldi!
🇺🇿🇺🇿 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan Davlat bayroğimiz yurtimiz suvereniteti, xalqimizning ezgu orzu-intilişlari, tinçlik va farovonlik sari dadil qadamlarining yorqin ramzidir.
🇺🇿 UZCERT xizmati barcha yurtdoşlarimizni uşbu qutluğ sana bilan samimiy muborakbod etadi!
🇺🇿 Yurtimiz tinchligi, taraqqiyoti va xavfsizligi yölida amalga oşirilayotgan ezgu işlar bardavom bölsin. Mustaqilligimiz timsoli bölgan muqaddas bayroğimiz xalqaro maydonlarda hamişa yuksaklarda hilpirayversin!
🇺🇿 Hurmat bilan, UZCERT xizmati jamoasi.
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
18 Nov, 00:41
3 127
⚠️ NoisyTCP: Linux yadrosidagi 11 yillik zaiflik serverlarni masofadan turib işdan çiqarişi mumkin!
😁 Linux operatsion tizimining yadrosida (Linux Kernel) qariyb 11 yil davomida aniqlanmay kelgan NoisyTCP nomli jiddiy zaiflik aniqlandi. Mazkur zaiflikdan foydalaniş orqali tajovuzkorlar heç qanday autentifikatsiyadan ötmasdan, internet orqali serverga maxsus şakllantirilgan tarmoq paketlarini yuboriş orqali uning işdan çiqişiga sabab bölişi mumkin.
💻 CVE-2026-99288 identifikatori bilan röyxatga olingan uşbu zaiflik Linux yadrosining TCP protokolini qayta işlaş mexanizmidagi xatolik bilan boğliq. Uning xavfliligi şundaki, muvaffaqiyatli hujum uçun serverga oldindan kiriş, foydalanuvçi hisobiga ega böliş yoki tizimda zararli dastur işga tuşiriş talab etilmaydi.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
17 Nov, 00:46
3 127
⚠️ MongoDB maʼlumotlar bazasida kritik zaiflik aniqlandi: atigi ikkita Ping sörovi serverni işdan çiqarişi mumkin!
⚠️ Dunyoda keng qöllaniladigan MongoDB maʼlumotlar bazasini boşqariş tizimida autentifikatsiyani talab qilmaydigan kritik zaiflik aniqlandi. CVE-2026-118383 identifikatori bilan röyxatga olingan mazkur zaiflik masofaviy tajovuzkorga tizimga kirmasdan, atigi ikkita maxsus şakllantirilgan Ping sörovi yordamida maʼlumotlar bazasi serverini işdan çiqariş imkonini berişi mumkin.
💻 Zaiflikka CVSS v4.0 baholaş tizimi böyiça 9,5 ball berilgan. Uning muvaffaqiyatli ekspluatatsiyasi serverning kutilmaganda töxtab qolişiga, ayrim şaroitlarda esa server jarayoni doirasida ixtiyoriy kod bajarilişiga olib kelişi mumkin. Bu, ayniqsa, yuqori darajadagi uzluksiz işlaşni talab qiladigan va bir neçta serverdan taşkil topgan maʼlumotlar bazasi infratuzilmalari uçun jiddiy xavf tuğdiradi.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
12 Nov, 09:02
3 127
⚠️ Apache HTTP Server dasturida kritik zaiflik aniqlandi: HTTP/2 orqali serverlarda masofadan kod bajarilişi mumkin!
💻 Apache HTTP Server dasturida tajovuzkorlarga serverda masofadan turib zararli kodlarni bajariş imkonini berişi mumkin bölgan kritik zaiflik aniqlandi. CVE-2026-119618 identifikatori bilan röyxatga olingan uşbu zaiflik HTTP/2 protokoli bilan boğliq bölib, undan muvaffaqiyatli foydalaniş server faoliyatiga jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.
🚫 Mazkur muammo Apaçe HTTP Serverʼning HTTP/2 sörovlarini qayta işlaş uçun möljallangan mod_http2 modulida aniqlangan.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
12 Nov, 09:02
3 127
📱 Google Chrome brauzeridagi 83 ta zaiflik bartaraf etildi: ulardan 5 tasi kritik darajada bölib, masofadan kod bajarilişiga olib kelişi mumkin!
⚠️ Google kompaniyasi Chrome brauzerining Windows, macOS va Linux operatsion tizimlari uçun navbatdagi xavfsizlik yangilanişini taqdim etdi. Mazkur yangilaniş orqali brauzerning turli tarkibiy qismlarida aniqlangan jami 83 ta xavfsizlik zaifligi, jumladan, 5 ta kritik va 78 ta yuqori xavf darajasidagi zaiflik bartaraf etildi.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
12 Nov, 09:02
3 127
⚠️ Windows Active Directory tizimida masofadan kod bajariş imkonini beruvçi yuqori xavfli zaiflik aniqlandi!
🖥 Microsoft kompaniyasi Windows operatsion tizimining Active Directory xizmatida masofadan turib zararli kodlarni bajariş imkonini beruvçi jiddiy xavfsizlik zaifligini aniqladi. CVE-2026-119948 identifikatori bilan röyxatga olingan mazkur zaiflik 2026-yil 10-noyabr kuni eʼlon qilingan xavfsizlik yangilanişlari doirasida bartaraf etildi.
⚠️ CVE-2026-119948 identifikatori bilan röyxatga olingan mazkur zaiflik 2026-yil 10-noyabr kuni eʼlon qilindi. Uning xavflilik darajasi CVSS tizimi böyiça 7.5 ball bilan baholangan.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
11 Nov, 02:47
3 127
⚠️ Barracuda Email Security Gateway tizimida kritik zaifliklar aniqlandi: tajovuzkorlar qurilmani töliq nazoratga olişi mumkin!
💻 Barracuda kompaniyasi özining Email Security Gateway (ESG) mahsulotida ikkita jiddiy xavfsizlik zaifligi aniqlangani va ulardan amaliy hujumlarda foydalanilayotgani haqida maʼlum qildi.
⚠️ 2026-yil 9-noyabr kuni kompaniya xavfsizlik ogohlantirişini yangilab, aniqlangan zaifliklardan foydalaniş holatlari ayrim taşkilotlarda kuzatilganini tasdiqladi. Mazkur zaifliklardan birgalikda foydalaniş orqali tajovuzkorlar tizimga login va parol kiritmasdan kirişi hamda qurilmada eng yuqori — root huquqlari bilan buyruqlarni bajarişi mumkin.
⚠️ Zaifliklar CVE-2026-116606 va CVE-2026-111560 identifikatorlari bilan röyxatga olingan. Ularning xavflilik darajasi CVSS tizimi böyiça mos ravişda 9.3 va 8.6 ball bilan baholangan.
📱 Batafsil
🚀 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati
11 Nov, 02:15
