cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Qur'on ahli

🫀Taslim bo'lmaymiz yiqilsakda davom etamiz asosiysi shu yo'lda ekanimiz.

Show more
Advertising posts
311
Subscribers
+124 hours
+117 days
+4430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:31
Video unavailableShow in Telegram
31.25 MB
Repost from Muriح
📚Qur'oni Karimni oson va tez yod olishingiz uchun sizga "Hifz Daftari" kundaligini tafsiya qilaman. ✅Qur'onni to'g'ri, tartibli va davomiy usulda yod olish uchun kerakli barcha ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin
📌"Hifz daftari" siz uchun nimaga kerak?
❗️Qur'onni qanday usulda tez va tartibli yod olishni bilmayotgan bo'lsangiz bu qo'llanma orqali siz Hifz jarayonini davomiyligini va samaradorligini oshirishingiz mumkin. 🔰Narxi: 40 ming so'm
Qur'on yod olib uni qalbingiz bahori qilish yo'lida sizga "Hifz daftari" yordamchi bo'lsin.
✍Murojaat uchun: @maryuma_01 Kanalimiz linki: https://t.me/+0gEIPvlDzn9hZDVi
Show all...
Repost from Muriح
Photo unavailableShow in Telegram
#Yangilik Kanalimiz asosan "Hifz daftari" sotuvi yo'lga qo'yilgani uchun alohida otziv kanal ochdim.
Qo'shilib olib mijozlarimiz fikrlarini o'qishingiz mumkin.
Kanalimiz linki: https://t.me/hifz_daftari_otziv
Show all...
02:33
Video unavailableShow in Telegram
Qurʼon yodlashning eng oson usullaridan biri 〽️Har bir qatorni yoki oyatni mushafga qarab uch marotalab, mushafni yopib 5 marotaba takrorlang. 〽️Birinchi va ikkinchi qatorlarni yodlab jamlab olasiz, mushafga qarab 3 marotab, yoddan 5 marotaba 〽️Uchinchi qatorni alohida yod olasiz huddi birni, ikkini yod olganday. So'ngra 2-3qatorni mushafga qarab 3 marotaba, qaramay 5 marotaba yoddan aytib jamlaysiz. 〽️Shu yo'sinda davom etib bur sahifa yodlab bolganingizdan song uni ham jamlab olasiz ❗️Raqamlar ko'p, usul esa murakkab ko'rinishi mumkun. Ammo ustoz bilan qilsangiz bundan osoni yo'q in shaa Alloh. Ziynatul ma’va | Jannat ziynati
Show all...
78.66 MB
Qurʼon yod oluvchilar uchun tavsiyalar. 🌷 1. Qayerdan boshlaganim ma'qul ? ❤️ Javob: Agar siz 10 marotabadan koʻp xatm qilgan boʻlsangiz Baqara surasidan . Agar kam boʻlsa 30-poradan. 2. Tez yodimdan chiqadi, oldingi yod olgan oyatlarimni eslolmayabman. ❤️ Javob: Qurʼoni Karimni yodlashda eng muhim omil takror qilish. Yod olishdan koʻproq vaqtingizni takrorga ajrating. Koʻp takror qilingan boʻlsa miyya uni muhim xotira deb qabul qilib saqlab qoladi. Misollar: 🟢Yod olib boʻlgandan soʻngra musxafga qaramagan xolda 33 marotaba takror qilish. 🟢Nafl , tahajjud va farz nomozlarida zam qilish. 🟢Kun mobaynida eshtish. 🟢Quroni karim oyatlari va tafsirini oʻqish.Tadabbur. 🟢Qurʼon qissalarini tinglash yoki tomosha qilish. 🟢Qur'oni kariym tafsiriga oid hadislarni oʻqib borish. 🟢Yozib yod olish. 🟢 Istig'for aytishda bardavom bo'lish. İnson ko'z bilan koʻrganda yoki talaffuz qilib, o'zining ovozini eshitganda bazilar tomosha qilganda yokida oʻqiganda yaxshi xotiraga oʻrnashadi. Agar siz yuqoridagi maslahatga amal qilib qulogʻingizni koʻzingizni va xotirangizni  to'ldirsangiz biiznillah qalbingizga oʻrnashadi. Ziynatul ma'va | Jannat ziynati 🌱
Show all...
Qur'onni takrorlash bilan yodlash kerak! Ko'pincha odamlar intensiv yodlashni boshlab, har kuni 3-5 sahifani topshirish bilan xato qilishadi.Lekin ular bu - Qur'on yodlash hisoblanmasligini tushunishmaydi. Bu shunchaki xatm (Qur'on o'qish) Nega? Chunki ular yodlaganlarini eslay olmaydilar. Yodlash bu har bir juzning, har bir suraning bog‘lanishidir. Agar biror kishi Qur'onni to'liq yodlagan bo'lsa-yu, lekin bir juzni ham yoddan bilmasa, uni qanday qilib Hofiz deb ataymiz? Bunday (noto'g'ri) yodlash usuli hozirgi kunda juda keng tarqalgan. Qur'onni shu yo'l bilan yod olganlar esa o'zlarini Hofiz deb biladilar. Qur'onni yodlashda "avval yodla, keyin takrorlashga o'tasan" degan gap yo'q. Qur'onni faqat takrorlash bilan yodlash kerak. Uni takrorlamasdan yodlasangiz - siz Hofiz sanalmaysiz. Siz shunchaki o'qiyapsiz. Shunchaki xatm qilyapsiz. Agar siz Qur'onni takrorsiz yodlasangiz, shunchaki vaqtingizni behuda o'tkazgan bo'lasiz. Siz boylikka erishasiz, keyin esa bu boylikni yo'qotasiz. Chunki siz yodlagan hamma narsa yana unutiladi. Boshingizda qancha juz bo'lsa shuncha Hofizsiz. Agar siz 30 juz yodlagan bo'lsangiz, lekin faqat bittasini eslay olsangiz, unda siz bir juz Hofizisiz. #tarjima
Show all...
⁉️ Men Qur'onni yodlay olamanmi? ✅ Qobiliyatlar zaxirasi. Alloh taolo insonga qobiliyat, quvvat va ulkan imkoniyatlar va turli iste’dodlar bergan. Ko'pgina ta'limotlar va tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, oddiy inson bu qobiliyatlar zaxiralarning kichik bir qismidan tashqari boshqa foydalanmaydi. Ammo, agar inson o'ziga tegishli bo'lgan qobiliyatning qolgan qismini ham ishlata olsa, u ko'plab natijalar va yutuqlarga erishadi. ✅ Aqliy qobiliyatlardan foydalanish qoidalari: ❗Birinchi qoidada aytiladi: Agar inson qo'lidan kelgan hamma narsani qilsa, natijadan o'zi ham hayratda qoladi. Katta natijalarga erishganlar aslida oddiy odamlardir. Lekin ular bor kuchlarini sinab ko'rishdi va shuning uchun shunday natijalar va yutuqlarga erishdilar. ❗Ikkinchi qoida: Boshqalar qilgan narsani siz ham qila olasiz, qachonki ular kabi ayni sabablarni qo'llasangiz.Afsuski, ko'p miqdordagi odamlar yillar davomida ularni o'rab turgan insonlardan eshitganlari ta'siridan,bu ulug‘ maqsadga erisha olmaslik (Qur'onni yod olish) haqida kuchli salbiy e’tiqodni shakllantiradi. Ha, ular o'tmishdagi omadsiz tajribalar tufayli qiynalishgan bo'lishi mumkin. Ehtimol, bu tajribada ularning muvaffaqiyatiga sabablari to'liq bo'lmagan. Ehtimol, ular noto'g'ri yo'lni tanlashgan. Balki ular dangasalik va irodasi zaifligidan mag'lub bo'lgandir va ular ta'limni to'xtatganlar yoki yo'lni davom ettirishdan qaytaradigan boshqa narsalar bilan mashg'ul bo'lgandirlar. ➡️ Bundan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, inson oʻzida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur shart-sharoitlarga ega ekanligiga va Allohning izni bilan oʻz yoʻlida davom etishi mumkinligiga toʻliq va ijobiy ishonch hosil qilmasa, yangi tajribaga qo'l urolmaydi va davom ettirolmaydi.Maqsadiga faqat va faqat ishonch bilan yeta oladi. © Qur'on yod olishga kirish #tarjima #kirish
Show all...
Juma hadyasi 📖 Chiqartirib oling va foydalaning, aytgancha, ushbu jadvalni tayyorlagan qizimiz haqqiga duo qilib qo'ying. Yaqin kunlarda valiymasi, Alloh nikohlarini barakali qilsin, ularning oilasi bilan Islomni quvvatlantirsin 💗 #gayd
Show all...
Xatm jadval (for printing__Tahammus).pdf5.18 MB
Ertaga Jum’a ✨
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.