cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ISLOH PSIXOLOGIYASI

Maqsadimiz: Psixologiya va hayot qonuniyatlarining asl mohiyatlarini topish va anglash. Nazariy bilimlarni amaliy hayotda qo‘lla Murojaat uchun. +998914183216 Psixolog Nabiyev Muhrodbekning Isloh psixologiyasi - mualliflik kanal. t/meIslohpsixologi

Show more
Advertising posts
421Subscribers
-224 hours
-117 days
-2130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Mubaşşir Ahmad
Агар нотўғри ҳолатни тўғирламоқчи бўлсангиз, бу ҳолатни ўзгартиришга шошмасдан, аввало унинг муқобилини ҳозирлаб қўйинг! Шайх Муҳаммад Ғаззолий ======= Танқидчилик ва маломат кўпайган замонимизда, ҳаммамиз ўйлаб кўришимиз керак бўлган танбеҳ экан. @MubashshirAhmad
Show all...
Show all...
💯 1
💯 4👏 1
Boshqalarni boshqarish - kuch, o‘z - o‘zini boshqarish-qudratdir. Lao Tzi.
Show all...
👏 5
👏 6
🥰 2
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Hurmatli kanal a'zolari. Yangi muvaffaqiyat va motivatsiyaga boy kitobni boshlayapmiz. Umid qilamizki, hammamiz yaxshi ilmlar va xulosalar olamiz
Show all...
👏 1
1000011869 (723×1000)
Show all...
Пайғамбар алайхиссалом суюкли қизлари Фотимаи Захрони турмушга бергач, уни хазрати Али хонадонига кузатаётганларида, бундай насихат қилганлар: “Қизим, ўзингни хамиша озода тут, Роббингни зикр қил ва вужудингни сув билан покла. Эринг сенга боққанда хурсанд бўлсин. Кўзларингга сурма қўй, чунки у аёлларга зийнатдир. Бошингга зайтун мойидан сурт, чунки зайтун мойи суртган аёлга шайтон яқинлашмайди. Эй Фотима, эринг сенга қараганида, кўзларингни юмма, токи мухаббатинг кучайсин. Эринг бошқа тарафга қараган пайтда унинг юзига боқ, бу билан бир ой рўза тутганлик савобини оласан. Эй Фотима, эрингнинг камчиликларини, айбини бировга айтма, бундай қилсанг, Аллохнинг, Пайғамбарнинг, фаришталарнинг ва эрингнинг нафратига учрайсан. Сен уй юмушларини бажар, эринг эса уйдан ташқаридаги ишларни қилсин. Эй Фотима, бу ўгитларни менга Жаброил сўзлади”. Шайх Мухаммад Содиқ Мухаммад Юсуф (Ижтимоий одоблар китобидан)
Show all...
🥰 6
ILM FAZILATI Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Yaqin zamonda mening ummatlarim olim va faqihlardan uzoqlashadilar. So‘ngra Alloh ularni uch baloga giriftor qiladi: 1. Kasblaridan baraka ko‘tariladi. 2. Zolim sulton ularga podshoh bo‘ladi. 3. Ular dunyodan iymonsiz holda ketadilar" ("Mukoshafatul asror"). Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Qiyomat kunida to‘rt nafar kishi hisobkitobni ko‘rmasdan jannat eshigi oldiga keltiriladi. 1. Ilmiga amal qilgan olim. 2. Befasod haj qilgan hoji. 3. Jang maydonida o‘ldirilgan shahid. 4. Halol mol topishni kasb qilib, Alloh yo‘lida riyosiz infoq-ehson qilgan saxiy. Bular jannatga qaysi birlari avval kirishi haqida tortishib qoladi. Shunda Jabroil (a.s.) ularning o‘rtasida hukm chiqarish uchun yetib keladilar. Birinchi bo‘lib shahiddan dunyoda nima amal qilganini va nima uchun birinchi bo‘lib jannatga kirishni xohlayotgani haqida so‘raydilar. Shahid: "Men jang maydonida Alloh roziligi uchun o‘ldirildim", deydi. Jabroil (a.s.): "Shahidning savobini kimdan eshitgansan?" deb so‘raydilar. Shahid: "Ulamolardan", deb javob beradi. Shunda Jabroil (a.s.): "U holda mualliming oldida odob saqla!" deb tanbeh beradilar. So‘ngra hoji bilan ham shunday savol-javob bo‘ladi. Va nihoyat saxiy bilan ham shunday savol-javob qiladilar. Shunda olim: "Ey Rabbim! Men bu ilmimga saxiyning saxovati va ehsoni bilan erishdim-ku?" deydi. Shunda Alloh taolo: "Ey jannat (qo‘riqchisi), eshigingni och! Bu olim to‘g‘ri gapirdi. Shuning uchun avval saxiy, so‘ngra qolgan uchovlon kirsinlar!" deb amr qiladi ("Mukoshatul-anvar"). Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Olimning obiddan ulug‘ligi mening sizlarning eng kichiklaringizdan farqim kabidir". Zero, Alloh taolo Ibrohimga (a.s.) vahiy qilib: "Men olimman, olim bandamni yaxshi ko‘raman", dedi. Hasan (r.a.): "Ulamolarning siyohi bilan shahidlar qoni Qiyomat kunida o‘lchanadi. Shunda ulamolarning siyohi shahidlar qonidan og‘ir keladi", dedilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ham: "Bu dunyoda olim bo‘l yoki mutaalim (ilm o‘rganuvchi) bo‘l yoki ularni tinglovchi bo‘l! To‘rtinchi kishi (ya’ni, ilm olmaydigan, ularni eshitmaydigan) bo‘lma, halok bo‘lasan", deganlar. Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam): "Amalning afzali qaysi?" deb so‘rashdi. Shunda ul zot: "Oxirat ilmi", dedilar. Chunki ozgina amalning, agar u ilm bilan qilinagan bo‘lsa, foydasi bor. Johilning ko‘p amalidan esa foyda yo‘qdir. Ma’lum bo‘lmoqdaki, ilm ibodatdan sharafliroqdir. Lekin ibodat ham banda uchun zarur. Bordi-yu aksincha bo‘lsa, bandaning amalsiz ilmi oddiy sochilgan tuproq kabi bo‘ladi. Yana aytganlarki: "Haqiqatdan ham, Alloh va maloikalari va yeru osmon ahli, hatto inidagi chumolilar, dengizdagi baliqlar ham insonlarning yaxshi muallimiga salovot aytadilar" ("Zubdatul voiziyn"). ➡️ "Durratun nosihiyn" kitobidan. Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing. @Mezanauz
Show all...
👏 6