Mayda yurak | حب
Open in Telegram
175
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-1230 days
Posts Archive
Dod degim kelar-u chiqmas ovozim,
Kuy qilib yozsam gar chalinmas sozim.
Ko’nglimni qog’ozga to’kay desam xam,
Dardimdan kul bo’lar yozgan qog’ozim.
Kimgadir aytsammi deyman sirlarim,
Lekin, bir so’z aytmoqqa topolmam iloj.
Quzg’undek tilsa-da g’amlar yurakni,
Ne qilay hech kimga bo’lmasa ishonch....
Sirlarim ko’maman yurak tubiga,
Ko’nglimga xush yoqar xattoki zulmat.
Ko’p gapdan foyda yo’q, haqiqat bitta,
Eng kuchli hayqiriq asli sukunat.
✍🏻Movludabonu Imomnazarova music by - jasur gaybullayevv
Yillar davomida erkak kuchli bo‘lishi kerak, deb yashadim.
Charchasam ham to‘xtamadim.
Og‘risam ham davolanmadim.
Kuchim qolmasa ham, “hali chidashim kerak”, dedim.
Endi tushundim: erkak ham charchaydi. Erkak ham kasal bo‘ladi. Erkak ham to‘xtab, nafas olib, o‘ziga qarashi kerak.
Balki kuchli bo‘lish — hammasiga chidash emasdir.
Ba’zan o‘z vaqtida to‘xtash ham kuchdir.
👋 Futbolni sog'inganlar bugun ekranga yaqinroq keling
🇪🇺UEFA Superkubogi | Final
🇫🇷 PSJ vs "Aston Villa" 🇬🇧
⏰ Bugun | 00:00
🌟 ZOʼR TV FUTBOL - obuna bo'ling
