RXMV.UZ
Open in Telegram
Mening kanalimga xush kelibsiz 🤗 Kun davomida bo’layotgan voqea va hodisalarni yetkazib beramiz ⚡️ — Kanal bo’yicha qandaydir savol yoki takliflaringiz bo’lsa @rxmvuzbot ga yuboring — Hamkorlik uchun @rxmvrv
Show more407
Subscribers
No data24 hours
-2 4477 days
-2 95530 days
Posts Archive
407
Toshkentda o‘zganing plastik kartasidan 110 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
U jabrlanuvchining qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini to‘lov xizmatlaridan birining xodimi sifatida tanishtirib, plastik kartaga kiberhujum bo‘layotganini aytgan. Ushbu shaxs SMS xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritib, 110 mln so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazib olgan.
💠 @rxmvuz
407
Yevroda ilk sensatsiya va mushtlashuvlar. Uchinchi kun o‘yinlari
Uch yil oldingi chempionatda yuragi to‘xtab qolgan Eriksen gol urdi. Turnirda ilk durang qayd etildi.
16 iyun kuni S guruhidagi ikki uchrashuv hamda D guruhida bir o‘yin bo‘lib o‘tdi. Turnirning uchinchi kunida maydon tashqarisida ham voqealar ko‘p bo‘ldi. Kimlar pley-offga yaqinlashdi, kimlarda muammolar yuzaga keldi? Quyida shu haqda.
D guruhi
Cho‘kich + Molotov kokteyli = otishma va shifoxona
💠 @rxmvuz
407
O‘zbekistonga o‘qish maqsadida asosan qaysi davlat fuqarolari kelayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonga 6,4 ming nafar xorijliklar o‘qish maqsadida kelgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida 6,4 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni bo‘yicha Hindiston yetakchilik qilmoqda — 2090 nafar kishi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega:
• Turkmaniston — 1627 nafar;
• Tojikiston — 758 nafar;
• Qirg‘iziston — 317 nafar;
• Janubiy Koreya — 249 nafar;
• Xitoy — 242 nafar;
• Pokiston — 237 nafar;
• Afg‘oniston — 132 nafar;
• AQSh — 118 nafar;
• Qozog‘iston — 102 nafar;
• boshqa davlatlar — 535 nafar.
💠 @rxmvuz
407
“Inson uchun” xayriya platformasi yordamida 50 nafar bolaga yordam koʻrsatildi
Joriy yilning aprel oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Mehrli qoʻllar” fondi hamda Click kompaniyasi bemorlarga xayr-ehson qilish imkonini beruvchi “Inson uchun” xayriya platformasini ishga tushirgan edi.
Oʻtgan ikki oy davomida ushbu platforma yordamida 1 milliard 312 million soʻmdan ortiq xayriya mablagʻlari yigʻilib, tugʻma patologik muammosi boʻlgan 50 nafar bolaga yordam koʻrsatildi.
Maʼlumot uchun, mazkur platforma orqali xayriya qilgan yurtdoshlarimiz oʻz mablagʻlari maqsadli sarflanayotganini kuzatib borishlari mumkin. Shuningdek, bemor bolalarning taqdiri, ularning keyingi hayoti haqida ham muntazam ravishda maʼlumot berib boriladi.
💠 @rxmvuz
407
🎓Тошкент Давлат Аграр Университети ҳузуридаги Тошкент вилояти Зангиота агротехнологиялар техникумига
ЎҚИШГА МАРҲАМАТ!!!
2024 йил 5 июнь кунидан бошлаб my.uzbmb.uz сайтида “Professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘limi” портали орқали ўз хужжатларингизни топширишингиз мумкин.
Қуйидаги йўналишлар бўйича кундузги шаклда:
Ўқиш муддати 2⃣ йил.
✅5-даражали таълим йўналишлари
♦️Ўсимликлар ҳимояси ва карантини.
♦️Ветеринария медицинаси.
♦️Автотранспорт логистикаси
♦️Бухгалтерия ҳисоби ва аудит.
♦️Электрон тижорат.
♦️Қишлоқ хўжалигини механизациялаш ва сервиси техник-технологи.
♦️Қишлоқ хўжалигини электрлаштириш ва автоматлаштириш.
♦️Автомобил транспортига техник хизмат кўрсатиш ва таъмирлаш.
♦️ Енгил саноат буюмларининг конструкцияси ва технологияси (ишлаб чиқариш турлари бўйича)
✅4-даражали таълим йўналишлари:
🔷 Кинолог
🔷 Алоқа тармоқлари ва коммутация тизимлари.
✅Қуйидаги йўналишлар бўйича сиртқи шаклда:
Ўқиш муддати 3⃣ йил.
🔶Ветеринария медицинаси.
🔶Бухгалтерия ҳисоби ва аудит.
🔶Қишлоқ хўжалигини механизациялаш ва сервиси техник-технологи.
✅Қуйидаги йўналишлар бўйича DUAL TA'LIM шаклида.
Ўқиш муддати 2⃣ йил. Битирувчиларига 5 даражали диплом тақдимэтилади.
🔳 Енгил саноат буюмларининг консрукцияси ва технологияси (ишлаб чиқариш турлари бўйича).
🔳Ветеринария медитцинаси.
🔳Қишлоқхўжалигини механизатциялаш ва сервиси техник-технологи.
🔳 Қишлоқ хўжалигини электрлаштириш ва автоматлаштириш.
🗺Манзил:Тошкент вилояти, Зангиота тумани, Назарбек худуди, Харакат МФЙ Юқори олмазор 1-тор кўчаси 2-уй.
☎️Мурожаат учун телефонлар:
90-944-02-22, 99-824-15-57
99-791-56-12, 93-930-07-30, 70-974-63-18 91-014-07-33
Сайт: www.Tdauzat.uz
https://t.me/zangiotaQXK
Реклама
407
Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari
Yurtimizdagi jome masjidlarda 16-iyun, yakshanba kuni Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.
Boshqa hududlarda esa Qurbon hayiti namozi quyidagi vaqtlarda ado etiladi:
➖ Andijon, Namangan, Farg‘ona — soat 05:00;
➖ Toshkent shahri — soat 05:10;
➖ Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari — soat 05:15;
➖ Samarqand va Surxondaryo — soat 05:20;
➖ Qashqadaryo va Navoiy — soat 05:25;
➖ Buxoro — soat 05:30;
➖ Xorazm — soat 05:45;
➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — soat 05:50.
Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.
💠 @rxmvuz
407
🛫 Qurbon hayiti munosabati bilan 15-iyundan 18-iyungacha quyidagi mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda:
🔹 Toshkent – Namangan – Toshkent – 15-iyun;
🔹 Toshkent – Buxoro – Toshkent – 15, 17, 18-iyun;
🔹 Toshkent – Termiz – Toshkent – 15, 16, 17, 18-iyun;
🔹 Toshkent – Samarqand – Toshkent – 16-iyun;
🔹 Toshkent – Urganch – Toshkent – 16 va 18-iyun;
🔹 Toshkent – Farg‘ona – Toshkent – 17-iyun.
💠 @rxmvuz
407
❗️ Qurbon Hayiti munosabati bilan 16-iyun, yakshanba kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni, tongi soat 03:00 dan ish boshlaydi.
Shuningdek, bu kunda metropoliten soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.
💠 @rxmvuz
407
❓Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?
✅ JAVOB: Prezident qaroriga ko’ra, olti kunliklar ketma-ket 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi.
✅❌15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI;
❌16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;
❌17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
❌18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).
💠 @rxmvuz
407
❓Nega ayrim abituriyentlarda “joriy yilda bitirgan” degan ma'lumot chiqyapti?
#abituriyent
✅ JAVOB: Ijtimoiy tarmoqlarda roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar joriy yil bitiruvchisi sifatida qayd etilayotgani toʻgʻrisida maʼlumotlar eʼlon qilinmoqda.
UzBMBning ma'lum qilishicha, haqiqatan ham oliy va professional taʼlim muassasalariga abituriyentlarni roʻyxatga olish ochilgandan soʻng dastlab roʻyxatdan oʻtgan 623 nafar abituriyentda shunday holat kuzatilgan.
📱 Ushbu holat joriy yil bitiruvchilarining maʼlumotlari taʼlim vazirliklaridan real vaqt rejimida olinishi bilan bogʻliq boʻlib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimiga soʻrov yuborilganda, barchaga bir xil tarzda 2024-yilda Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyini tamomlagani toʻgʻrisida maʼlumot qaytarilgan.
✅ Mazkur texnik xatolik hozirda bartaraf etildi.
💠 @rxmvuz
407
Hududlarda joylashgan yirik bozorlar temir panjaralar bilan o‘rab olinadi
2024 yil 1 oktyabrga qadar hududlarda joylashgan yirik bozorlar, ularning kadastr hujjatlariga asosan, shaharsozlik me’yorlaridan kelib chiqqan holda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar mablag‘lari hisobidan temir panjaralar bilan o‘rab olinishi rejalashtirilmoqda.
💠 @rxmvuz
407
6 iyun kuni harorat 39 darajagacha ko‘tariladi
«O‘zgidromet» 6 iyun, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +32...+34 daraja bo‘ladi.
💠 @rxmvuz
407
Vinisius – YeChLda mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi, Bellinghem eng yaxshi yosh o‘yinchi deb topildi
Vinisius Junior Chempionlar ligasi-2023/24 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
UYeFA texnik kuzatuvchilari talqiniga ko‘ra, «Real» vingeri YeChLning joriy mavsumdagi tengsiz o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi. U joriy mavsum turnirdagi 10 o‘yinda 6ta gol va 5ta assistga mualliflik qildi.
Madridliklarning yana bir a’zosi Jud Bellinghem esa turnirda mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi. Angliyalik yarimhimoyachi musobaqada 11 o‘yinda 4ta gol va 5ta assistga erishdi.
Ma’lumot uchun, «Real» shanba oqshomidagi finalda «Borussiya»ni mag‘lub (2:0) etib, turnir tarixida 15 karra chempionga aylandi.
💠 @rxmvuz
