cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Rasmiy xabarlar🇺🇿

Advertising posts
175
Subscribers
No data24 hours
-3147 days
-31430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Show all...
Oʼzbekistonning Moskvadagi elchixonasiga “Krokus Siti xoll”dagi terakt natijasida hozircha jabrlangan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari haqida maʼlumot kelib tushmagan. Elchixona huquq-tartibot idoralari bilan yaqin aloqada boʼlib turibdi. Oʼzbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik boʼlimining koll-markazi: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76. Elektron pochta manzillari: [email protected] Kanalga ulanish: Rasmiy kanal
Show all...
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir bo‘lgan fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga taʼziya yo‘lladi. Maktubda O‘zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qatʼiy qoralashi bildirilgan. Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. Rasmiy kanal
Show all...
❗️Moskvada terakt sodir etilmoqda! Moskvadagi “Krokus Siti xoll”da terakt sodir etilmoqda. Hozirgacha kamida 40 kishi halok bo‘lgani va yana 100 kishi yarador bo‘lgani aytilmoqda. Mart oyi boshida Rossiyadagi AQSH elchixonasi Moskvada sodir etilishi mumkin bo‘lgan teraktlar haqida ogohlantirish eʼlon qilgandi. Keyinroq, Buyuk Britaniya, Latviya va Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ham xuddi shunday xavf haqida o‘z fuqarolarini ogohlantirdi. Shu bilan birga, AQSH Davlat departamenti Rossiyaga sayohat qilish xavfini eng yuqori darajaga ko‘targan edi. Rasmiy kanal
Show all...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni Rasmiy kanal
Show all...
👍 1
📆22 mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni! Ushbu sana munosabati bilan kanal jamoasi nomidan mahalla tizimi xodimlari va faollarini samimiy muborakbod etamiz!  Barchangizga  mustahkam sog‘lik, serqirra va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga xotirjamlik hamda fayzu baraka tilaymiz. Rasmiy kanal
Show all...
👍 1
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorovning yutuqlarini eʼtirof etib, Vatanimizga jahon shaxmat tojini olib kelishiga umid bildirdi. Rasmiy kanal
Show all...
👍 1
💐 Navro‘z - bahor kelishi, go‘zallik, tinchlik va ezgulik baxsh etuvchi bayram! Bizning jamoa tomonidan tayyorlangan kreativ rolik Rasmiy kanal
Show all...
2👍 1
Aziz yurtdoshlar va qadrli hamkasblar! Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu kunda Sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin! Oilangizga baxtu saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka arimasin! Rasmiy kanal
Show all...
2
🟡Mahalladagi yoshlar yetakchilariga yangi vazifalar yuklatiladi. “Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-136-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi: 🔹 mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish; 🔹 mahallalarda mavjud bo‘lgan futbol bo‘yicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish; 🔹 mahallada futbol bo‘yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish; 🔹 mahalla yoshlarining futbol bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish bo‘yicha sport-taʼlim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish; 🔹mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol taʼlim muassasalariga yo‘naltirib borish; 🔹mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan taʼminlash va mahalla terma jamoalariga qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish. Rasmiy kanal
Show all...
👍 1