Mustaqrib
Open in Telegram
383
Subscribers
+424 hours
+117 days
+4330 days
Posts Archive
383
Har bir narsaning jilosi bor. Qalbning jilosi Allohni zikr qilishdadir.
Shayh Gʻossan Horun
383
Bilingki, Allohga ibodat qilishni yaxshi koʻrmaguningizcha, Allohni yaxshi koʻra olmaysiz.
Hasan Basriy rohimahulloh
383
Ba’zilar kechirimli boʻlishni sinish, sukut qilishni esa yengilish deb hisoblashadi. Aslida qasos olishdan koʻra kechirimli boʻlish uchun koʻproq quvvat kerakligini, sukut esa har qanday soʻzdan kuchli ekanini bilishmaydi.
Ahmad Shuqayriy
383
Agar insondagi vijdon oʻlsa va haqni inkor qilsa, bunaqa kimsaga Qur’onni yodlash ham, sunnatni oʻrganish ham foyda bermaydi.
Muhammad Gazzoliy rohimahulloh
383
Ahmad ibn Hanbaldan, nega oramizda eng faxrli nasabdan boʻla turib, bu bilan faxrlanmaysiz? deyishdi.
U kishi, biz bechora bir qavmmiz. Agar Allohning “Sattor” ayblarni yashiruvchi degan sifati boʻlmaganida, sharmandamiz chiqar edi dedilar.
383
Tun uzundir. Siz uni uyqingiz bilan qisqartirib qo'ymang.
Kunduz musaffo, siz esa uni gunohlar bilan iflos qilib yubormang.
Yahyo ibn Muoz rohimahulloh
383
Hasan Basriy rohimahullohga:
Ey Abu Said, bir odam xato qilsa-yu keyin tavba qilsa. Keyin yana xato qilib, yana tavba qilsa. Keyin yana xato qilib, yana tavba qilsa. Bu yana qachongacha davom etadi? Deyishdi.
U kishi: Toki shayton u kishidan noumid boʻlgunicha, dedilar.
383
Biz nuqul baxt-saodat izlaymiz. Aslida esa u tokchamizda bee'tibor tashlab qo'yilgan kitobning ichida boʻladi. Yettinchi osmondan nozil qilingan bu kitobda shifo va rahmat bor. Axir shuni bir o'ylab ko'rmaymizmi?!
Dr. Ahmad Alma’saroviy
383
Koʻngling taskin topmagan narsaga ishonma.
Chunki qalb, koʻzdan koʻra sezgirroq boʻladi.
Doktor Rajab Diyab Naqshbandiy
383
Repost from Faani | فان
Hammaning yonida shaytonni yomonlab, yolg'iz qolganingizda unga itoat qiluvchilardan bo'lmang.
Umar ibn Abdulaziz
383
Abu Bashirga, bizdan avvalgilarning amallari haqida aytib bering! dedim. U kishi: Avvalgilar oz amal qilishsa-da, koʻp savobni qoʻlga kiritishar edi dedilar.
Nima uchun shunday boʻlgan? Desam:
Sogʻlom qalb egasi boʻlishgani uchun dedilar.
Sufyon ibn Dinor rohimahulloh
383
Bolalikda- tezroq ulgʻayib, bu hayotni kashf qilishni orzu qilamiz. Ulgʻayganimizda esa kashf qilgan narsamizdan qochib, bolalikka qaytishni orzu qilamiz.
383
Bir badaviyning kechasi uxlamaydigan bir xizmatkori bor edi. Bir kuni badaviy “Hoy bola, sen nega uxlamaysan?” degan edi, bola: «Jannatni o'ylasam, zavq shavqim kelyapti. Do'zaxni o'ylasam, qalbimni qo'rqinch bosyapti. O'limni eslasam, uyqum o'chib ketyapti. Ey xojam! Bu ahvolda qanday qilib bemalol uxlayman?» dedi. Badaviy bu gaplarni eshitib, yig'lab yubordi. So'ng “Bolam, bunday maqomdagi odam qul bo'lib yashashi durust emas. Ketaver, Alloh roziligi uchun seni ozod qildim” dedi. Buni eshitgan bola yig'lab yubordi. Badaviy “Ozod bo'lsang ham yig'laysanmi?” degan edi bola: “Ey xojam! Bu kichik ozod bo'lish. Lekin kim meni katta ozodlikka - Qiyomat kuni do'zax azobidan ozodlikka olib chiqadi?” dedi.
383
Dunyo sizga torlik qildi.
Siz bu asr odamlari orzu qilgan maqomda edingiz va undan oliy maqomga koʻchdingiz. Rosulullohga salomlarimizni yetkazing.
Birodarlar tayyor boʻling. Diydor yaqinga oʻxshaydi.
383
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!
Joyingiz jannatdan boʻlsin buyuk odam!
مِنَ ٱلۡمُؤۡمِنِینَ رِجَالࣱ صَدَقُوا۟ مَا عَـٰهَدُوا۟ ٱللَّهَ عَلَیۡهِۖ فَمِنۡهُم مَّن قَضَىٰ نَحۡبَهُۥ وَمِنۡهُم مَّن یَنتَظِرُۖ وَمَا بَدَّلُوا۟ تَبۡدِیلࣰا
