JUST
Closed channel
Temporarily Frozen Scroll through pins [ Me, myself and I ] Any questions, write to this: @JUST_team_contactbot
Show more238
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-3030 days
Posts Archive
238
Bilganimda edi!
Hayotda “Bilganimda edi...” degan afsusli iborani aytmagan insonning o‘zi yo‘q. Bu so‘zlar insonning qilmishlaridan chuqur xulosa chiqarib, kech bo‘lganini his etgan lahzalarida tilga olinadi. Bu afsus nafaqat shaxsiy hayotimizda, balki tarix sahifalarida ham ko‘zga tashlanadi.
Mashhur Napoleon Bonapart Sankt-Yelen orolida surgunda yotganida shunday degan edi: "Agar Moskvaning qahraton qishlarini oldindan bilganimda edi, hech qachon Rossiyaga hujum qilmagan bo‘lardim." Bu gap minglab insonlarning hayotiga sabab bo‘lgan katta xato ortidan aytilgan edi.
Albert Eynshteyn ham o‘z ixtirosining tahlikali natijalarini ko‘rib, bir so‘zida afsuslangan edi: "Agar mening ilmiy kashfiyotim atom bombasini yaratishga olib kelishini bilganimda edi, men hech qachon bu ishga qo‘l urmagan bo‘lardim."
Bularning bari insonlarning o‘tmishdagi xatolari va ularning dahshatli oqibatlari haqida qayg‘urgan holatlari. Lekin insoniyat afsus bilan yashashdan ko‘ra undan saboq olishni tanlashga majbur.
Odam SAV ham shunday degan edi:
"Agar oqibati shunaqa bo‘lishini bilganimda edi, o‘sha olmani yemagan bo‘lardim."
Aslida, biz yashayotgan dunyo ana shunday xatolar va ularning oqibatlari natijasidir. Lekin afsusning o‘zi biror narsani o‘zgartira olmaydi. Agar afsus hammasini tuzata olganida edi, ehtimol, bu dunyo boshqacha bo‘lardi. Ammo shunday bo‘lsa ham, inson o‘z hayotini to‘g‘rilashga harakat qilishi mumkin. Axir xatolarimizdan o‘rganib, yangi kunlarni qadrlash bizning qo‘limizda.
Xulosa shuki, afsus – kechikkan saboqdir. Lekin undan foydalanib, hayotimizni yaxshiroq qilish uchun harakat qilmoq – bu bizning eng katta imkoniyatimizdir.
238
Yangi yilning birinchi yangi tongidan qor, bu yil hisobida birinchi qor. Hozircha oz bo'lsada haliyam yog'yapti.
Noyabr dekabrda yog'gan qorni "Birinchi qor" deb videolar stories lar oladigan tarqatadiganlarga tashlashingiz uchun yozdim bu postni.
238
Yana bir yil umrimiz o'tti.
Vaqt esa o'tyapti, o'tishni davom etyapti, lekin, shunchaki o'tmayapti, u uchyapti. Rejalarimizni maqsadlarimizni orzularimizni amalga oshirishga bo'lgan hoxishimiz so'nmasin, muhimi, Yaxshilik qilishga, ortimizdan yaxshi xotiralar qoldirishga ulguraylik do'stlar, bo'lmasa bu vaqt yoshi qariga rahm qilmaydi.
Biz esa shu o'tgan umrimiz davomida:
Nimagadir erishdik nimanidir yo'qottik, kimlarni yo'qottik kimlarnidir topdik.
Yuttik, yutqazdik, nimalarnidir o'rgandik, tajriba orttirdik.
Xursand paytimiz bo'ldi, qayg'uli damlarimiz bo'ldi
Nimalarnidir reja qildik rejalarimiz o'zgardi, maqsadlarimiz o'zgardi. Ulg'aydik.
Hammasi uchun OLLOHga hamd aytamiz
Boriga Shukur deymiz qolganiga sabr...
Yangi yilingiz omadli, barakali va hayrli bo'lsin !!!!!!!
238
2025 ni biz yaxshi niyat bilan kutyapmiz.
2025 bizni yaxshi kutyaptimikin
Kim biladi u sog'lommi, kasalmi, yoshmi, qarimi, baquvvatmi zaifmi...
Muhimi tinchlik bo'lsin, urush qiladiganlar insonlar azoblanishiga sabab bo'ladiganlar bo'lmasin
238
Would you like some ice-cream???
Instead use this:
Are you in the mood for some ice-cream???
Rate it
❤️ => 5
🔥 => 4
👍 => 3
😁 => 2
👎 => 1
238
FALSAFIY – mulohaza yozish tanlovi
Yozishni yaxshi ko'radiganlar uchun ajoyib imkoniyat!
Bu orqali siz:
- Fikrlashingizni o'stirishingiz
- Fikringizni so'zlarda ifodalash qobiliyatini oshirishingiz mumkin
Tanlov shartlari:
1. "Alkimyogar" kitobidan berilgan parchani o'qing
2. Hayotiy misollar ham bergan holda kamida 100 ta so'z bilan mana bu savolga javob bering:
Maktub so'zi ortida qanday ma'no bor? Siz bu so'zni qanday tushundingiz?
Javobingizni bu yerga Google formga yuklaysiz: Havola
Top 3 mulohaza yozuvchilari munosib tarzda taqdirlanadilar!
Topshirishingiz uchun ohirgi muddat: 15 - yanvar
@falsafiys
238
According to the Statistics Agency, the permanent population of Uzbekistan as of January 1, 2024, was about 36.8 million people. Of the total population, 18,525,011 are men and 18,274,745 are women, the agency said.
238
Ишга кириш мақсадида суҳбатга борган олий маълумотли қизга илмий салоҳиятини синаш учун ходим томонидан қуйидаги саволлар берилди:
- Панама шляпаларини қайси мамлакат тайёрлайди?
Қиз ўйланиб қолди, кейин таваккалига жавоб берди:
- Эквадор.
Энсаси қотган ходим яна савол берди:
- Хитой крижовникларининг ватани қаер?
Қиз шифтга қараб:
- Янги Зеландия.
Ходим кўзи ола-кула бўлиб, кейинги саволни берди:
- Канар ороллари қайси ҳайвон ё қуш шарафига номланган?
Қиз иккиланиб:
- Ит.
Ходим мияси қисиб, саволлар беришда давом этди:
- Самолётлардаги махсус қора қутининг ранги қанақа бўлади?
- Сариқ.
Ходим асабийлашганидан юраги увуша бошлади:
- Жаҳон тарихидаги Юз йиллик уруш неча йил давом этган?
- Менимча 116 йил.
Ходим адойи тамом бўлиб охирги саволни берди:
- Россияда Октябрь инқилоби қачон нишонланади?
- Ноябрда.
Ходим индамай ўрнидан турди-да, қизга бир оз тикилиб қолди. Кейин эса деди:
- Сиз барча саволларга тўғри жавоб бердингиз. Табриклайман! Эртадан ишга чиқишингиз мумкин.
Ҳа қиз чиндан ҳам барча саволларга тўғри жавоб берганди.
Панама шлаяпалари чиндан ҳам Эквадорда ишлаб чиқарилади.
Хитой крижовниклари (реза меванинг бир тури) ватани Хитой эмас, балки Янги Зеландия.
Канар ороллари эса канарейка қуши шарафига эмас ит шарафига "Канар" деб номланган. Лотинчада "канар" сўзи итни билдиради.
Қолган жавоблар ҳам айнан тўғри айтилган. Сиз-чи, сиз? Ўзингизча қизни ўқимаган аҳмоққа чиқараётганмидингиз?
P.S.: Ўзгалар ҳақида хулоса чиқаришга шошилманг!
238
Catch phrase => means something so famous said by someone in the movie
For example "Abdullajon shakarsan shakar" it is a catch phrase from a movie which most people can remember it by.
238
Surround yourself with compounders.
Compounders are people who focus on compounding knowledge,
health, wealth, and deep relationships over decades.
These friends are hard to find, but invaluable when you do.
They will force you to level up your game. Conversations with
these individuals are higher quality. Their success will inspire you
to accomplish more. And you will get the added benefit of learning
from your successful friends' wins and losses along the way.
Unknown author.
