cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanal

Soliq_sohasiga_oid_yangiliklar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali. https://www.facebook.com/qashvsb Murojaat uchun @Firdavsiy_soliq_pressa telefonlar: 📞75 225-10-82, 📞 97 382-38-39

Show more
Advertising posts
344
Subscribers
-124 hours
+17 days
+730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:07
Video unavailableShow in Telegram
#e_aktiv
E-aktivdan voz kechiladi...
Zamonaviy soliq instrumentlaridan foydalangan holda hozirda tovar (xizmat)lar kirim va chiqimlari bo‘yicha yetarli maʼlumotlar shakllangani sababli E-aktiv (E-ombor)ga ehtiyoj qolmadi. ______ #e_aktiv
E-aкtiv в настоящий момент не актуален...
В связи с тем, что в настоящее время благодаря применению современных налоговых инструментов сформировано достаточное количество данных по поступлению и выбытию товаров (услуг), в E-aktiv нет надобности. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
11111111.mp41.16 MB
02:43
Video unavailableShow in Telegram
#TTY Biznes uchun jarayonlarni oson va qulay qilamiz
Elektron tovar-transport yuk xatini noto‘g‘ri to‘ldirganlik uchun chora qo‘llamaymiz. Soliq mobil ilovasida "Soliq biznes" xizmati ishga tushiriladi. Bu faceID'dan o‘tgan foydalanuvchilar uchun elektron TTY to‘ldirish jarayonlari keskin soddalashadi.
Sherzod Kudbiyev, Soliq qo‘mitasi Raisi —— #ТТН Бизнес-процессы становятся проще и удобнее
За неправильное заполнение электронных товарно-транспортных накладных меры применяться не будут. В приложении Soliq будет запущена услуга "Soliq biznes". Для прошедших Face ID, заполнение электронных ТТН будет упрощено.
Шерзод Кудбиев, Председатель Налогового комитета Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
new_01.mp421.91 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#barqarorlik_reytingi #mutaxassis_fikri Muyassar NURJAYEVA, “SSMART TEXNO SYSTEM” xususiy korxonasi bosh hisobchisi:
— Ma’lumki, 2024-yildan boshlab Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi. Barqarorlik reyingi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida shaffor va teng raqobat muhitini yaratish maqsadida qabul qilingan. Bunda qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirish nazarda tutilgan.
Masalan, yuqori barqarorlik reytingidagi (“AAA” toifa) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi, shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi. 👉Batafsil Telegram | Facebook
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#TTY Biznes uchun jarayonlarni oson va qulay qilamiz
Elektron tovar-transport yuk xatini noto‘g‘ri to‘ldirganlik uchun chora qo‘llamaymiz. Soliq mobil ilovasida "Soliq biznes" xizmati ishga tushiriladi. Bu faceID'dan o‘tgan foydalanuvchilar uchun elektron TTY to‘ldirish jarayonlari keskin soddalashadi.
Sherzod Kudbiyev, Soliq qo‘mitasi Raisi —— #ТТН Бизнес-процессы становятся проще и удобнее
За неправильное заполнение электронных товарно-транспортных накладных меры применяться не будут. В приложении Soliq будет запущена услуга "Soliq biznes". Для прошедших Face ID, заполнение электронных ТТН будет упрощено.
Шерзод Кудбиев, Председатель Налогового комитета Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
01:57
Video unavailableShow in Telegram
#ijtimoiy_keshbek Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar dori va boshqa ayrim oziq-ovqat mahsulotlari uchun soliqlarini qaytarib oladi
Bugungi kungacha dori vositalarini xarid qilgan 49 455 nafar fuqaroga 7,7 mlrd so‘m ijtimoiy keshbek qaytarildi.
______ #социальный_кешбэк Граждане, нуждающиеся в социальной защите, возвращают денежные средства за лекарственные препараты и некоторые другие продовольственные продукты.
На сегодняшний день 49 455 гражданам возвращено 7,7 млрд сумов социального кешбэка за лекарственные препараты.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Show all...
new_02.mp415.29 MB
#soliq_kodeksini_organamiz — Sayyor soliq tekshiruvining o‘tkazilish tartibi qanday? — Soliq to‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir.
Sayyor soliq tekshiruvi chog‘ida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa axborotning tahlili o‘tkaziladi.
▪️Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish chog‘ida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallari qo‘llanilishini tekshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o‘tkazishga haqli.
Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni o‘tkazish muddatlari va maqsadi ko‘rsatiladi.
▪️Sayyor soliq tekshiruvi o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi. Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan sana ushbu tekshiruvni o‘tkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
Soliq to‘lovchiga sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini topshirilgan kun sayyor soliq tekshiruvi muddatining tugashi deb hisoblanadi.
❗️Sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 📚O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, 139-modda. Telegram | Facebook
Show all...
#deklaratsiya Endilikda fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olmoqda 📝 Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan. 📩 Bugungi kunda soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga deklaratsiya asosida (mol-mulkini ijaraga berishdan, noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) hisoblangan daromad solig‘i to‘g‘risidagi maʼlumotlar SMS ko‘rinishida yuborilmoqda. 🔗 SMS ostida “Batafsil” hamda “To‘lash” yozuvi bor. “Batafsil” yozuvi orqali to‘lov xabarnomasi yuklab olinadi. To‘lov xabarnomasida fuqaroning olgan daromadi, daromad solig‘i qanday hisoblanganligi, soliq stavkasi, hisoblangan soliq summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar o‘rin olgan. 📲 “To‘lash” yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o‘rnatilgan bo‘lsa, ilovaning “Soliqlarni to‘lash” oynasidan to‘lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O‘rnatilmagan bo‘lsa, platforma orqali yuklab olinadi. 📊 Agar soliq to‘lovchining daromad solig‘idan imtiyozi bo‘lsa, “my3.soliq.uz” sayti orqali imtiyozini ko‘rsatgan holda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani qayta hisobot shaklida taqdim etishi mumkin. ❗️Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.