3 283
Subscribers
+624 hours
+327 days
+12230 days
Posts Archive
3 284
Guruhlar ro'yxatini yuboraman, orasida to'lovlarni amalga oshirmagn talabalar bo'lishi mumkin, ularning ism familiyalari ertaga ochirilishni boshlaydi. To'lovlarni amalga oshirmagan talabalar qayta o'qishga kiritilmaydilar.
3 284
Demak!
Ko'pchilikning talab va istaklariga ko'ra qayta o'qish Seshanbadan boshlanadi.
Qayta o'qish davomiyligi 21.07.2026 dan 17.08.2026 gacha
Imtihonlar 18.07.2026 dan 22.08.2026 gacha bo'lib o'tadi.
3 284
O'qish qo'shimcha grant asosida kirgan talabalar diqqatiga!!!
INSONLAR SIZLAR GRANT TAQSIMOTIDA ISHTIROK ETMAYSIZ! HECH QANAQA ARIZA YUBORMAYSIZ! AGAR YUBORIB QO'YGAN BO'LSANGIZ GRANTIZ KUYADI KEYINGI YIL UCHUN. ODDIT TOIFAGA O'TIB QOLASIZ.
3 284
Grant uchun arizalar bugun 00:00 da tugaydi, undan keyin sizga hech kim grant uchun ariza topshirib berolmaydi. Shu sababli kimning Ijtimoiy faolligi tasdiqlanmagan bo'lsa hoziroq tyutoringiz bilan bog'lanib tasdiqlating va grantga ariza topshiring.
Agar ijtimoiy faollik tasdiqlanib bo'lgan bo'lsa Grant ariza menyusiga kiring va Grant uchun ariza yuboring.
3 284
Ijtimoiy reestrda turuvchi talabalar uchun (ya'ni grant arizada Ijtimoiy himoya reestrida Mavjud bo'lgan talabalar uchun):
Sizlarda 2 toifadagi ariza yuborish chiqadi;
1. OTM granti yoki To'liq va to'liq bo'lmagan grant
2. Qo'shimcha grant yoki To'liq va to'liq bo'lmagan grant
Bunga sabab: Agar GPA qiymatingiz 4 dan past bo'lsa OTM granti chiqadi, 4 dan yuqori bo'lsa Qo'shimicha grant chiqadi.
Sizga qaysi biri ma'qul: Agar GPA qiymatingiz 4 dan baland bo'lsa Qo'shimcha grant turini tanlang, sababi: Ijtimoiy himoya reestrida turuvchi talabalarning GPA qiymati 4 dan baland bo'lsa ushbu talabaga davlat 1 yillik qo'shimcha to'liq bo'lgan grant ajratadi. Bu degani biz e'lon qilgan grantlar sonidan tashqari yana 1 ta qo'shimcha grant degani, sizning grantingiz alohida bo'ladi, kursdoshlaringiz bilan grant uchun bellashmaysiz degani.
Agar GPA qiymatingiz 4 dan past bo'lsa 2 ta turdan xohlaganingizni tanlang OTM granti yoki To'liq va to'liq bo'lmagan grant. OTM granti nima degani: Ijtimoiy himoya reestrida turuvchi talabalarga oliy taʼlim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA koʻrsatkichi:
3,3 — 3,39 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 20 foizi;
3,4 — 3,49 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi;
3,5 — 3,59 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 40 foizi;
3,6 — 3,69 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 50 foizi;
3,7 — 3,79 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 60 foizi;
3,8 — 3,89 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 70 foizi;
3,9 — 3,99 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 80 foizi institut tomonidan to'lab beriladi.
Ya'ni siz OTM grantini tanlasangiz kursdoshlaringiz bilan grant taqsimmotta qatnashmisz shunchaki GPA qiymatingizga qarab institut kontraktingiznin belgilangan qismini to'lab beradi va qolganini o'zingiz to'laysiz. Lekin GPA qiymatingiz va Ijtimoiy faollik balingiz orqali to'liq grant yutish imkoniyatingiz bo'lsa To'liq va to'liq bo'lmagan grant turini ham tanlashingiz mumkin. Bunda tanlov imkoniyati o'zingizga bog'liq bo'ladi.
3 284
E'tiborli bo'ling grant arizangiz shu ko'rinishda bo'lsagina qabul qilinadi. Agar oxirida o'chirish tugmasi bor bo'lsa ariza yuborilmagan hisoblanadi va uni o'chirib qayta yuborishingiz kerak bo'ladi.
3 284
Assalomu alaykum hurmatli talabalar
Grant taqsimoti uchun ariza topshirish bugun yakunlanadi.
Qilishingiz kerak bo'lgan ishlarni yana qayta aytib o'taman:
1. Ijtimoiy faollikni arizasiga ma'lumotlaringizni to'ldirib yuklaysiz.
2. Tyutor tomonidan barcha yo'nalishlar uchun ball qo'yiladi.
3. Tyutor tomonidan ijtimoiy faollik arizangiz "Tasdiqlandi" holatiga o'tkaziladi.
4. Grant arizalari menyusiga kirib grant uchun ariza yuborasiz.
5. Ijtimoiy himoya reestrini yangilashni bosib ko'ring, deyarli hamma talabada Mavjud emas chiqadi, sababi siz ijtimoiy himoya reestriga kiritilmagansiz, sizda hammasi to'g'ri. Agar ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan talabalar bo'lsa Vazirlar mahkamasining 149-sonli qarori bilan qayta tanishib chiqishingizni so'raymiz.
6. To'liq va to'liq bolmagan grant turini tanlab ariza yuborasiz. (Ijtimoiy himoya reestridagi talabalar yoki OTM granti yoki Qo'shimcha grant turini tanlashingiz mumkin bu haqida pastda qo'shimcha ma'lumot beraman).
7. Grant arizangiz "TASDIQLANGAN" holatiga o'tkan bo'lsa demak grant uchun arizani yo'liq yuborib bo'lgan hisoblanasiz.
3 284
Kimda ijtimoyi faollik 0 ball bolib tasdiqlanib qolgan bolsa yoki notogri tekshirilgan bo'lsa tyutoringizga murojaat qiling.
3 284
Qayta o'qishga Hemisdan kecha 19:00 dan keyin kim ariza yuborgan bo'lsa manga yozinglar hoziroq, qayta o'qishdan qolib ketishingiz mumkin, kechagi holat bo'yicha arizalar olingan hemisdan undan keyin yana 2 kishi ariza yuborib qo'yibdi
3 284
Barcha 1 va 2-kurs talabalari diqqatiga!!!!!!!
Muddatlar o'zgardi!
Ijtimoiy faollik uchun arizalarni yaratish va ma'lumotlarni yuklashni bugun kechgacha yakunlashingizni so'raymiz! Agar ulgurmagan bo'lsangiz tyutoringiz bilan gaplashib imkon qadar tezroq yuklashingizni so'raymiz!!
Grant uchun ariza yuborishni oxirgi kunini 19.07 kuni 23:59 gacha etib belgilashdi, bu muddatgacha talabalarning ijtimoiy faollik ballari olingan va ijtimoiy faollik arizalari tasdiqlangan bo'lishi kerak. Undan keyin grant arizalar bo'limiga kirib grant uchun ariza yuborasizlar.
Muddat tugagunga qadar grant uchun ariza yubormagan bo'lsangiz grant taqsimotida qatnasholmay qolasizlar!!!
3 284
Ijtimoiy faollikni baholashda
SF - 106 A guruh Pirmatova Gulrux Normuminovna +998909595688
SF - 106 B guruh Djurayeva Hilola Niyazovna +998909781485
BIO - 101A guruh Kishlokov Dilmurod Toshpolat ogli +998998501156
BIO - 101B guruh Tugalov Ahmad Xatamovich +998935603870
SF - 109 A guruh Allaberganova Dinara Olimboyevna +99877188227
Tulayev Maxmud akani guruhlari yuqoridagi tyutorlarga yuklatildi
3 284
INSONLAR IJTIMOIY FAOLLIK TASDIQLANMASDAN TURIB YOKI BALL QO'YILMASDAN TURIB GRANT UCHUN ARIZA TOPSHIRMANG!!!
IJTIMOIYDAN BALL QO'YILMASDAN AVVAL ARIZA TOPSHIRIB QO'YGAN TALABALARNING IJTIMOIY BALI INOBATGA OLINMAY QOLADI!!!!!!!!!!!!!!!
3 284
🎥 Grant taqsimotiga ariza berish bo‘yicha video qo‘llanma
Hurmatli talabalar!
Grant taqsimotida ishtirok etish uchun ariza yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlandi.
▶️ Videoqo'llanma orqali, arizani yuborishni ko'rib chiqishingiz mumkin.
📌 Eslatma: Ariza yuborishdan oldin barcha ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoni mavjud emas.
#ijtimoiyfaollik
#hemis
#grant
#tyutor
🌐hemis.uz 🌐my.hemis.uz
📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali
💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi
3 284
Assalomu alaykum hurmatli talabalar!
Qayta o’qish uchun ariza topshirish va to’lovlarni amalga oshirish bugun 17:00 da yakunlanadi!
To’lov qilishga ulgurmagan talabalarning shartnomalari bekor qilinadi va qayta o’qishga qo’yilmaydi!
Huddi shu kabi shartnoma pulini 100% to’lmaganlarniki ham bekor qilinadi. Qanchadir qismini amalga oshirgan bo’lsangiz ariza yozib to’lovni qaytarib olishingiz mumkin!
