en
Feedback
Temuriylar shajarasi

Temuriylar shajarasi

Open in Telegram

Temuriylar sulolasi a'zolari haqida so'zlaymiz.

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
297
Subscribers
+924 hours
+97 days
+1630 days

Data loading in progress...

Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+13
in 2 channels
August '26
+19
in 3 channels
Get PRO
July '26
+18
in 3 channels
Get PRO
June '26
+27
in 3 channels
Get PRO
May '26
+17
in 4 channels
Get PRO
April '26
+13
in 3 channels
Get PRO
March '26
+29
in 7 channels
Get PRO
February '26
+60
in 7 channels
Get PRO
January '260
in 3 channels
Get PRO
December '25
+40
in 0 channels
Get PRO
November '25
+44
in 4 channels
Get PRO
October '25
+15
in 2 channels
Get PRO
September '250
in 2 channels
Get PRO
August '250
in 0 channels
Get PRO
July '25
+6
in 0 channels
Get PRO
June '250
in 0 channels
Get PRO
May '25
+13
in 1 channels
Get PRO
April '25
+18
in 2 channels
Get PRO
March '250
in 1 channels
Get PRO
February '250
in 1 channels
Get PRO
January '250
in 0 channels
Get PRO
December '240
in 1 channels
Get PRO
November '24
+16
in 0 channels
Get PRO
October '240
in 0 channels
Get PRO
September '240
in 1 channels
Get PRO
August '24
+15
in 4 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
10 September+2
09 September+9
08 September0
07 September0
06 September+1
05 September+1
04 September0
03 September0
02 September0
01 September0
Channel Posts
Temurbek naslidan Mironshoh mirzo oilasi. @temuriylarshajarasi
Temurbek naslidan Mironshoh mirzo oilasi. @temuriylarshajarasi

2
Anqara jangida haqiqatda qancha qo'shin ishtirok etgan?   Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim blogerlar Amir Temurning 1402-yilgi Anqara jangida milliondan ortiq lashkarga ega bo'lganini ta'kidlab kelmoqda. Ushbu da'voni manbashunoslik va harbiy mantiq nuqtai nazaridan tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.   Miqdoriy tahlil   Anqara jangi atigi bir kun davom etgan. Quyidagi videoda instablogerlar Temurbekka asir tushgan nemis ritsari qoldirgan raqamlarni keltiradi va uning yozishicha jangda Temurbek tomonida 1,6 million, Boyazid tomonida esa 1,4 million askar ishtirok etgan. Insoniyat tarixidagi eng katta harbiy to'qnashuv -  Stalingrad janggi (1942-yil 17-iyuldan 1943-yil 2-fevralgacha, ya'ni 6 oy 2 haftadan ortiq davom etgan) da jami 2–2,5 million kishi ishtirok etgan — bu son zamonaviy sanoat davri, temir yo'l tarmoqlari, avtomobil transporti va markazlashgan aloqa vositalari mavjud bo'lgan sharoitda erishilgan ko'rsatkich edi. Anqara jangi esa bir kun ichida  o'tkazilgan. Mantiqan savol tug'iladi: jami 3 million kishi bir kun ichida qanday qilib jang taqdirini hal qila oladi va Ankaradagi Chubuq dashti bunday miqyosdagi armiyani jismonan sig'dira oladimi?   Filmlardagi tarix haqqoniy tarix emas !   Ko'pchilik kinofilmlar ta'sirida shakllangan tasavvurga ko'ra, o'tmishda armiyalar yagona saf tarzida, yelkama-yelka bir maydonda jang qilgan deb o’ylaydi. Aslida esa o'rta asr qo'shinlari bir necha alohida bo'linmaga taqsimlangan bo'lib, bu bo'linmalar orasida ko'p kilometrlik masofa bo'lgan, buyruqlar esa otliq chopar-pochtachilar orqali uzatilgan — bu jarayon sezilarli vaqt talab qilgan. Misol tariqasida 1228-yilgi Isfahon jangini keltirish mumkin: Jaloliddinning 100 minglik qo'shini uch qismga bo'lingan bo'lib, qismlar orasidagi masofa shu qadar katta bo'lganki, o'ng qanot markaz va chap qanotning taqdiri haqida bir necha kun o’tibgina ma’lumot olgan. Shu mantiqqa asoslanib, 1,6 million kishilik armiyaning necha o'nlab kilometrga cho'zilishini va bunday ulkan qo'shinni yagona qo'mondonlik ostida muvofiqlashtirishning amaliy imkonsizligini tasavvur qilish qiyin emas.   Logistik omil   Million kishilik qo'shinni hatto eng boy davlatlarni talon-taroj qilish evaziga ham uzoq muddatli yurish uchun to'liq ta'minlash deyarli imkonsiz vazifadir. Asosan otliq qo'shinga tayangan Amir Temur o'z jangchilarining har birini 2–3 tadan ot va yetarli qurol-yarog' bilan ta'minlanishini nazorat qilgan — bu esa oziq-ovqat, yem-xashak va logistik ta'minot yukini yanada oshiradi. Sohibqiron sifat va professional tayyorgarlikka ega, nisbatan ixcham qo'shinlarni afzal ko'rgan hamda o'z lashkarini yetti qismga bo'lib, yagona harbiy mexanizmga aylantirgan. Qo'shin qanchalik katta bo'lsa, uni boshqarish shunchalik murakkablashadi.   Manbashunoslik: raqamlar tarixi   O'rta asr manbalarida keltirilgan yuqori ko'rsatkichlar (700 mingdan 1,6 milliongacha) quyidagi mualliflarda uchraydi: Shiltberger, Mignanelli, Xoja Sa'diddin, Hayrullo Effendi, Kotib Chelebi va Ibn Arabshoh. O'tmish tarixchilari raqamlarni 10 baravargacha bo'rttirib yozgani manbashunoslikda umumiy qabul qilingan holat. Nisbatan mo''tadil ko'rsatkichlar quyidagicha: Sohibqironning o'zi tomonidan yozdirilgan Fathnomada Boyazidning qo'shini 70 ming kishi deb ko'rsatilgan; turk manbalaridan Shikoriy ham shunga yaqin raqam keltiradi. Solaqzoda Mehmed, Oshiqposhshozoda va Bitlisiy kabi tarixchilar Boyazid qo'shinini 90 mingdan 130–160 minggacha baholaydi. Yevropalik tarixchi Pietro Lungo Temurbek qo'shinini 100 ming, Misrlik tarixchilar esa 140 minggacha deb hisoblaydi. Ba'zi tarixchilar Temurbek qo'shinini 180–200 ming deb ko'rsatadi. Zamonaviy tadqiqotchilar — David Nikol, Ahad Andijon, Spenser Taker, Ismoil Hakki va Edvard Shepard — Boyazid uchun 70 mingdan 120 minggacha, Temur uchun esa 120–140 minggacha oraliqdagi raqamlarni asoslab beradi. Shu bilan bir qatorda, ayrim tadqiqotchilar Usmonli imperiyasi 100 mingdan ortiq lashkar to'plash imkoniyatiga faqat Sulton Mehmed davriga kelibgina ega bo'lganini ta'kidlaydi. Biz ham ana shu raqamlarni ko’proq quvvatlaymiz.   @temuriylarshajarasi
392
3
Amir Temur va gurji tulpori 1401/2-yilning qish faslida Sohibqiron Temurbek Abxaz o’lkasidan Sultoniyaga qaytish chog’i, gurj
Amir Temur va gurji tulpori 1401/2-yilning qish faslida Sohibqiron Temurbek Abxaz o’lkasidan Sultoniyaga qaytish chog’i, gurjilar qo’l ostidagi Oqbug’o degan qal’ada nomi olamga taralgan bir ot haqida eshitib qolib, uni qo’lga kiritishni ahd qiladi. Aytishlaricha, bu ot katta gavdali va chiroyli bo’lib, Sohibqironni nihoyatda qiziqtirib qo’yadi. Qanday bo’lmasin qa’lani zabt etishni niyat qilib, nevarasi Iskandar mirzoni qal’a tomon lashkar bilan yuboradi. Muiniddin Natanziyning yozishicha, bu qal’a baland tog’da joylashgan va atrofida mingdan ortiq askar joylasha olmas edi. Qanchalik mushkul bo’lmasin shahzoda nihoyatda tezlik bilan egallab bo’lmas deb ishonilgan Oqbug’o qal’asini taslim qiladi va gurjilar tor-mor qilinadi. Og’ir ahvolda qolgan qal’adagilar o’sha mashhur otni Temurbekka yuborib shavqat tilashadi. Sohibqiron o’zi istagan narsasiga erishgach, bag’oyat xursandligidan qal’a ahliga ozor yetkazmaydi. @temuriylarshajarasi
401
4
Abulg'oziy Sulton Husayn mirzo (valadi G'iyosiddin Mansur, valadi mirzo Boyqaro, valadi Amironshoh, valadi Sohibqironi Temur
Abulg'oziy Sulton Husayn mirzo (valadi G'iyosiddin Mansur, valadi mirzo Boyqaro, valadi Amironshoh, valadi Sohibqironi Temur Ko'ragon) o'z taxtida. 📜 Rassom Shoh Muzaffar. Taxminan 1486-yili Sadiyning “Guliston” asariga ishlangan miniaturadan parcha. 🎨 @temuriylarshajarasi
353
5
“Sendan nima qo‘rquvim borki, ulardan qo‘rqsam?! 1469-yilgi Qorabog’ halokati temuriylar uchun og’ir zarba bo’ldi. Uzun Hasan
“Sendan nima qo‘rquvim borki, ulardan qo‘rqsam?! 1469-yilgi Qorabog’ halokati temuriylar uchun og’ir zarba bo’ldi. Uzun Hasanga qarshi chiqqan Abu Saidning 100 minglik qo’shini tor-mor bo'ldi. 500 nafar taniqli amirlar qirib tashlanadi va mirzo asir tushadi. Aytishlaricha, uni Uzun Hasanning o’zi kutib oladi, ammo ehtirom ko’rsatmaydi. Qattiq tanbehlar beradi. Otdan tushsa-da egardan tushmagan Abu Said: “mening ko’plab o’g’illarim va son-sanoqsiz lashkarim bor” deya Uzun Hasanni qo’rqitishga urinadi. Hasan podshoh esa: Mening sendan nima qo‘rquvim bor ediki, ulardan qo‘rqsam?! “ uning gapini shartta bo’ladi va huzurida yashayotgan Shohrux mirzoning nevarasi Yodgorga imo qiladi. Yodgor mirzoning navkarlari Abu Saidni Gavharshodbegimning xuni uchun qatl qilishadi. Hasanbek Rumluning yozishicha, Uzun Hasan aslida Abu Saidni o’ldirgisi kelmagan, ammo, mirzoning “Shirvonshoh bizga xiyonat qildi” degan gapini eshitgan Shirvon qozisi Uzun Hasanga ta’sir ko’rsatib, o’ldirishga undagan. @temuriylarshajarasi
572
6
Temuriy mirzolarning tarixiy miniatyuralardagi suratlari Ai orqali generatsiyada qilinganda.. @temuriylarshajarasi
Temuriy mirzolarning tarixiy miniatyuralardagi suratlari Ai orqali generatsiyada qilinganda.. @temuriylarshajarasi
719
7
Amir Temurning o’g’li Muhammad Jahongir shajarasi. 👑📜 Muhammad Jahongir mirzo 1356-1376 yillarda yashagan va Amir Temurning
Amir Temurning o’g’li Muhammad Jahongir shajarasi. 👑📜 Muhammad Jahongir mirzo 1356-1376 yillarda yashagan va Amir Temurning sevimli farzandi hisoblangan. Sohibqiron uni taxt vorisligiga tayyorlagan, ammo, shahzoda 20 yoshida kasallik sabab to’satdan vafot etgan. 😞 Shahzoda 20 yil umr ko’rgan bo’lsa-da haramida 3 xotinidan 6 farzandi bor edi. 👨‍👩‍👧‍👦 Uning 2 o’g’li keyinchalik Amir Temur tomonidan taxt vorisi qilingan, ammo, baxtga qarshi ushbu mirzolardan birortasi oliy hokimiyatga erisha olmagan. 🚫🏛 @temuriylarshajarasi 📲
418
8
Mirzo Ulug'bek oilasi: @temuriylarshajarasi 👑📜
Mirzo Ulug'bek oilasi: @temuriylarshajarasi 👑📜
508
9
Mirzo Ulug'bek oilasi. @temuriylarshajarasi
Mirzo Ulug'bek oilasi. @temuriylarshajarasi
1
10
Sulton Husayn Boyqaro oilasi @temuriylarshajarasi
Sulton Husayn Boyqaro oilasi @temuriylarshajarasi
445
11
Mirzo Ulug’bekning 3-o’g’li haqida Ma’lumki, 1409-1449 yillarda Samarqand hukumatini boshqargan va so’nggida fojeali halokatg
Mirzo Ulug’bekning 3-o’g’li haqida Ma’lumki, 1409-1449 yillarda Samarqand hukumatini boshqargan va so’nggida fojeali halokatga uchragan Mirzo Ulug’bekning bisotida 2 nafar voyaga yetgan o’g’li – shahzoda Abdullatif va Abdulazizlar bo’lgan. To’g’ri, mirzoning balog’at yoshiga yetmay olamdan o’tgan o’g’lonlari ham bor edi. Ammo, Ulug’bekning o’limi paytlari yuqoridagi ikkovlon mirzolargina yetuklik yoshiga kirgan shahzodalar sifatida tilga olingan. Manbaalrni tahlil qilishda esa qo’shimcha ma’lumotlarga duch keldik. Xususan, Hasanbek Rumluning XVI asrda yozgan “Ahsan ut tavorix” asarida eslatilishicha, 1450-yili, Samarqandda Mirzo Abdulla shohligi zamonida bir guruh amirlar fitnasi bilan vazir Amir Ibrohim Idiku qatl qilinadi. Qatlga asos qilib, amirlar Ibrohimni marhum Mirzo Ulug’bekning o’g’li Abdurahmonni qo’llaganini da’vo qilishadi. 40 kunlik hibsdan keyin Ibrohim va mirzo Abdurahmonni u dunyoga ravona qilinadi. Qizig’i, shajaralarda Abdurahmon 1421-1432 yillar yashagani yozilgan. @temuriylarshajarasi
510
12
Husayn Boyqaroning Shoh Ismoilga maktubi safaviyshohni g’azablantirgani haqida yozgan edik. Eng qizig’i bu g’azab 7 000 kishi
Husayn Boyqaroning Shoh Ismoilga maktubi safaviyshohni g’azablantirgani haqida yozgan edik. Eng qizig’i bu g’azab 7 000 kishining o’limiga sabab bo’ladi. “Olam oroyi safaviy” da maktub Navoiy (1501-yili vafot etgan) tomonidan yozilgan deyilsa, Xondamir maktubni 1505-yili Kamoliddin Sadr Yazddagi shoh oldiga olib kelgan deb yozadi. Maktub mazmuni va oddiy sovg’alardan achchiqlangan Shoh 1505-yil martida temuriylarga qarashli Xurosondagi Tabos shahriga qo’shin yuborib, barcha 7000 tinch aholini qilichdan o’tkazdiradi. Eng qizigi, qudratli temuriy hukmdori Sulton Husayn Boyqaro javob yurishi amalga oshirish o’rniga, shohni g’azabidan tushirish uchun kattaroq sovg’alar yuborib, uni Yazd shahriga qaytishga ko’ndirgan ekan. Balki, o’zbeklarning Amudaryo ortida turgani Boyqaroning yana bir raqib bilan urush boshlashiga to’sqinlik qilgandir ?! Keyinchalik, Shoh Ismoil qilgan ishidan pushaymon bo’lgan ekan. @temuriylarshajarasi
289
13
Alisher Navoiy Shoh Ismoilni nega g'azablantirgan edi ? "Olami oroyi Safaviy" asarida yozilishicha, Shoh Ismoil Eronning g’ar
Alisher Navoiy Shoh Ismoilni nega g'azablantirgan edi ? "Olami oroyi Safaviy" asarida yozilishicha, Shoh Ismoil Eronning g’arbiy qismlarida qizilbosh saltanatini qurgach, temuriy Sulton Husayn Boyqaro vaziri Mir Alisher Navoiyga safaviy shohiga maktub yozishni topshirgan. Qizig’i, Alisher Navoiy o'z maktubida Ismoilga "shoh" so'zi o'rniga "mirzo" so'zini ishlatgan va bu bilan Safaviy shohini g'azablantirgan. Elchi qaytib kelgach, bu voqeani Sulton Husaynga ma'lum qilgan, shunda u Navoiyga tanbeh bergan. Bunga javoban esa zukko amir Alisher Navoiy do’sti Boyqaroga shunday degan ekan: "Siz shunday katta va insonparvar hukmdor bo'lsangiz-da, barcha odamlar sizni “mirzo” deb ataydi. Demak, uning martabasi endi siznikidan yuqori bo'ldimi?!". @temuriylarshajarasi
665
14
Husayn Boyqaro nega yig’lagan edi ? Shahzoda Mo’min mirzoning qatl qilinishidan keyin, 1498-yili, Husayn Boyqaroning o’g’illa
Husayn Boyqaro nega yig’lagan edi ? Shahzoda Mo’min mirzoning qatl qilinishidan keyin, 1498-yili, Husayn Boyqaroning o’g’illari otasiga qarshi ochiqcha isyon boshlashadi. Isyonlar boshida o’g’lining o’limidan daxshatga tushgan Badiuzzamon turgan. 40 yoshli Badiuzzamonning tavsiyasi bilan Marv voliysi bo’lgan Abulmuhsin mirzo otasiga bo’ysunmay isyon ko’taradi. U va Kepak mirzo hatto Badiuzzamonning nomini xutbada o’qitib, nomiga tanga zarb qilishadi. Bu bilan otalarini podshoh sifatida tan olmasliklarini bildirishgan. G’azablangan Boyqaro Marvdagi o’g’li Abulmuhsinni 4 oy qamal qiladi. Qamal davom etayotganda Badiuzzamon himoyasiz Hirotga yurish qiladi. Boyqaro buni eshitib ortiga qaytadi. Abulmuhsin esa otasini qo’lga olish uchun ortidan boradi va birodarlari Muzaffar hamda Kepak mirzoni asir oladi. Bir biri bilan olishayotgan mirzolarni ko’rib turgan Husayn Boyqaro “bular tirikligimdayoq shunday noahil chiqishdiki, o’lganimdan keyin ahvollari ne kechar ekan !” deb yig’lagan ekan. @temuriylarshajarasi
302
15
Sohibqiron iqtiboslari. @temuriylarshajarasi
Sohibqiron iqtiboslari. @temuriylarshajarasi
400
16
Amir Temur va O’ljoy Temur Amir Temur Xitoy yurishiga tayyorlanar ekan, uning huzuriga Xubilayxon avlodlaridan biri, O’ljoy T
Amir Temur va O’ljoy Temur Amir Temur Xitoy yurishiga tayyorlanar ekan, uning huzuriga Xubilayxon avlodlaridan biri, O’ljoy Temur qochib keladi va Shimoliy Yuan sulolasi taxtiga chiqishda yordam so’raydi. Temurbek uni islomga o’tkazib, taxtga chiqishida yordam beradi. Bu vaqtda Yuan ham Xitoy va ham oyratlar ta’sirida edi. Yangi xon Xitoy va oyratlar ta’siriga qarshi kurash boshlaydi. O’ljoy Temurning taxtga chiqishi Amir Temurning Xitoy yurishiga qulaylik tug’dirardi. Ehtimol, Xitoy yurishi davomida u Temurbekka yordam berar, Temurbek esa uni o’ziga vassal sifatida Chin taxtiga chiqarishi mumkun edi. Ammo, Sohibqironning vafoti hamma rejani chippakka chiqaradi. O’ljoy Temur 1410-yilgacha taxtni ushlab turadi. U 1409-yili 100 minglik Xitoy armiyasi hujumini qaytaradi, ammo, 1410-yili shaxsan imperator Yunle boshqargan qo’shin bir vaqtlar Chingizxon saltanat qurgan Onon daryosi bo’yida O’ljoy Temurni mag’lub qiladi. Atigi 7 kishi bilan qochgan xonni oyratlar qatl qilishadi. @temuriylarshajarasi
479
17
Shohrux Mirzo oilasi @temuriylarshajarasi
Shohrux Mirzo oilasi @temuriylarshajarasi
602
18
Abulqosim Bobur zaharlangan edimi ? 1451-57 yillarda Hirot taxtini Abulqosim Bobur idora qiladi. Ammo, uning davri uzoqqa cho
Abulqosim Bobur zaharlangan edimi ? 1451-57 yillarda Hirot taxtini Abulqosim Bobur idora qiladi. Ammo, uning davri uzoqqa cho’zilmay, 1457-yili 35 yoshida dunyoni tark etadi. Abdurazzoq Samarqandiy “Matlayi sadayn” asarida mirzoning o’limi haqida taxminlarni ilgari surgan. Xususan, u mirzoning avvallari ko’p sharob ichganini, keyin esa 1 yil davomida ichmasdan tavba qilib yurganini ta’kidlaydi. Ammo, 1457-yil bahorida A.Bobur Mashhad yaqinida bazm uyushtirib, yana sharob ichadi. 21-mart kuni mirzo ovdan qaytib, amirlariga g’azab qiladi va o’z xosxonasiga kirib ketib, birdan ahvoli og’irlashib, dunyodan o’tadi. Xondamir ham “Habib us siyar” asarida ham shu hikoyani keltiradi. Lekin, so’z oxirida ikkala muallif ham tabiblarning mirzo zaharlanishdan vafot etgan bo’lsa kerak degan taxminlarini ilgari surishadi. Ayrimlar “muborak Imom Rizo zaharlanib vafot etgani. Shu oshyonda yashagan mirzo Boburning vafoti ham zaharlanish sabab” deb xulosa qilishgan. Ammo, mirzoni kim zaharlagani noaniq. @temuriylarshajarasi
477
19
@temuriylarshajarasi+2
@temuriylarshajarasi
541
20
Uzun Hasan Abu Saidni qanday qilib jangga chorladi ? 1467-yilda Yaqin Sharqda yangi harbiy to'qnashuvlar boshlanadi. Qoraqo’y
Uzun Hasan Abu Saidni qanday qilib jangga chorladi ? 1467-yilda Yaqin Sharqda yangi harbiy to'qnashuvlar boshlanadi. Qoraqo’yli turkmanlar Uzun Hasan boshliq oqqo’yli turkmanlar tomonidan yakson qilinadi. O’shanda, Uzun Hasan siyosiy-harbiy odatlardan birini qo’llab, maydonga yangi raqiblarni chorlashga urinadi. Xususan, o’ldirilgan Jahonshoh qoraqo’ylining jasadini bo’laklab, temuriy Abu Saidga va boshqa jasadlarni Fotih Mehmedga yuboradi. Jahonshoh bir vaqtlar Shohrux mirzoning vassali edi. Endilikda, Uzun Hasan temuriylarning sobiq vassalini o’ldirib "Temurbekning avlodlari mintaqaga xo’jayin emas" degan da’voni bildiradi. Abu Saidning javob yurishi esa to’la halokat bilan yakunlanadi. Qizig'i, oqqo'ylilar mirzoning jasadini bo'laklab turk hamda mamluk sultonlariga yuborishgan. Uzun Hasan sharqdagi raqibdan ustun kelsa-da, g’arda unga qarshi ancha takomillashgan armiya bilan Fotih Mehmed qarshi chiqadi. Natijada Uzun Hasan 1473-yili yakson qilinadi. Mintaqa usmoniylar qo'liga o'tadi. @temuriylarshajarasi
484