cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ZARAFSHON YOG‘DUSI

Advertising posts
5 266
Subscribers
-7524 hours
-6507 days
+2 50330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from N/a
🖋️ОИЛА ТАБИАТНИНГ ШОҲ АСАРЛАРИДАН БИРИДИР Оила - маъноси улкан бўлган кичик бир сўз. Турли "мен"лардан ташкил топган яхлит бир "биз". Оиланинг муддао ва мақсади болалар тарбиясидир. Тарбиянинг бош мактаби эса эру хотин, ота-онанинг ўзаро муносабати ҳисобланади. Минг тиришмайлик, минг марталаб уқтирмайлик, фарзандлар сўзимизга қарабмас, ўзимизга қараб вояга етишаркан. Болаларнинг бизни такрорлашга кўпрок мойиллиги бўларкан. Шу сабаб буюклар айтганидек, яхши инсонлар тарбиясини аввало ўзимиздан бошлашимиз керак. Биласизми, бугунги кунда мени нима хавотирга солади? Жамиятда кўпчилик лоқайдлик билан қараётган ажралишлар сони. Нега бунчалик кўп улар? Балки жамиятда кўп жабҳаларда баланс бузилиши ҳолати кузатилаётганидандир... Эр эрлигини, хотин аёллигини унутиб қўяётганидандир. Барака топгурлар, ҳаммамиз ўз позициямизни тўлақонли адо этсак, бу каби муаммоларга дуч келмаймизку... Эркак киши оилани иқтисодий жиҳатдан таъминласа, аёл хонадондаги саришталикни, болалар тарбиясини аълога эпласа олам гулистонку. Бироқ бугун оиланинг бу икки устуни бироз ўрин алмашволганлиги учун панд еяпмиз. Ажралишларга сабаб биргина бу эмас. Икки киши ўртасидаги "келишув"га учинчи шахсларнинг аралашуви ҳисобига ҳам минглаб гўдаклар чирқираяпти. Фарзанди бахтини уларни ҳимоя қилишда деб билиб оилага аралашаётган айрим ота-оналар, аслида уларни оилага ўзини ўзи ҳимоя қила оладиган қилиб тарбиялаб, кейин топшириши кераклиги ҳақида унутиб қўйишяпти. Болаларни вояга етганча тарбиялаш лозим, кейин ўша тарбиянинг мевасини кутиш керак холос. Тарбияни она қорнидан бошлаган жамият асло кечикмайди. Тартиб-интизомнинг энг зўр мактаби оиладир. "Ниҳолни тўғри экиш", "боғимизни тўғри яратиш"ни одат қилайлик, ўшандагина серҳосиллик кўзимизни ҳам кўнглимизни ҳам қувонтиради. Бугун оила даврасида чинакам байрам қилинадиган кун экан, уни чиройли ўтказиш ҳаракатида бўлинг. Ҳар бир оилага тушуниш, муроса қилиш, ўзаро меҳр-муҳаббат туйғуларини тилаб қоламан. Мустаҳкам ва ибратли оилалар жамиятимизда тобора кўпаяверсин. Ҳурмат билан Нормат Турсунов🖋️
Show all...
👏 1
#BU_MUHIM_ #BUGUN_ 15-MAY – XALQARO OILA KUNI Ushbu kun BMT Bosh Assanbleyasining 1993-yil 20-sentabridagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga muvofiq 1994-yilning 15-mayidan buyon butunjahon oila kuni (International Day of Families) sifatida muntazam jahon miqyosida keng nishonlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyun kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 15-may Xalqaro oila kuni sifatida yurtimizda ham keng nishonlanib kelinmoqda. "ZARAFSHON YOG‘DUSI” telegram kanal manzili👇👇👇 https://t.me/zarafshon_yogdusi
Show all...
👍 1🔥 1🥰 1
Joriy yil 14-may kuni “Yulduz” MFYda "Ogohlik, hushyorlik davr talabi", "Ekstremizm, terrorizm va missionerlik –dahshatli ofat" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari L.Tursunova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Zarafshon shahar bosh mutaxassis A.Xamdamov, shahar IIB xoitn-qizlar bo‘yicha mas'ul xodimi O.Asadova mahalla aholisi hamda faollar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va yosh avlodni turli yot oqimlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish, ekstremizm, terrorizm va missionerlikning asl ko‘rinishlari, Missionerlikning oldini olishda mahallaning o‘rni, Yoshlar orasida missionerlik targ‘ibotining oldini olishga qaratilgan ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini, Xotin-qizlarni missionerlik ta'siridan himoya qilishda nimalarga e'tibor berish kerakligi hamda Vatanga muhabbat, tinchlikni qadriga yetish va shukronalik hissini uyg‘otish kabi mavzularda ma'ruza qilindi. Kanalimizni kuzatib boring
Show all...

#asardan_parcha_ To‘satdan tushkunlikka tushib qolasan va ichingdan nimadir uzulgandek bo‘ladi va bu hech narsa avvalgidek bo‘lmasligining azobidir... Berkutay Soysal "Kelmasang ham kutaman" asaridan ZARAFSHON YOG‘DUSI” telegram kanal manzili👇👇👇 https://t.me/zarafshon_yogdusi
Show all...
👍 1🔥 1🥰 1
#tongi_tarona Ilhom Farmonov jrosida tarona - Oila muqaddas ZARAFSHON YOG‘DUSI” telegram kanal manzili👇👇👇 https://t.me/zarafshon_yogdusi
Show all...
👍 1🔥 1🥰 1
#xayrli _tong_ Abadiy narsalar hech qachon yo‘q bo‘lmaydigan narsalar emas, balki hech qachon unutilmaydigan narsalardir. Assalomu alaykum yaxshilar. Kuningiz xayrli bo‘lsin! "ZARAFSHON YOG‘DUSI” telegram kanal manzili👇👇👇 https://t.me/zarafshon_yogdusi
Show all...
🔥 2🥰 1
#Albatta_o‘qing_ #Daftar_hoshiyasidagi_bitiklar Dunyo qiziq ekan. Qachon qarasangiz, yetdim deganda qoqilasiz. Yo qismat hammaga baxt ulashayotganida unga yetmay qolganmi? Esini tanibdiki, odam bo'lsam, nimadir yaxshi ish qilsam, deydi. Uzoqda nurli bir nuqtaday porlab turgan tolega intiladi. Amallab yaqin borganida baxt degan o'sha nur yana bir olam nariga ketib qoladi. U yuguraveradi, tole undan qochaveradi. O‘tkir Hoshimov ZARAFSHON YOG‘DUSI” telegram kanal manzili👇👇👇 https://t.me/zarafshon_yogdusi
Show all...
2🔥 1🥰 1
#A'lo_kayfiyat_uchun 🎼Daydi yorim.. Yuragim pora pora qilib yana, Kelmaysan jonginam aytgin nega. Kutaman seni tinmay yo‘l qarab, Uydagi suratingni erkalab. Iforing qidiraman har tarafdan, O‘tsang bo‘lmaydimi uy tarafdan. Sog‘inib, sog‘inib kutaman, kutaveraman... 🎤Dilnoz Xayrli tun yaxshilar. Tunungiz osuda o‘tsin. "ZARAFSHON YOG‘DUSI” telegram kanal manzili👇👇👇 https://t.me/zarafshon_yogdusi
Show all...
1🔥 1🥰 1
#nazm Ayolga baxt bering, saodat bering! Ayolga baxt bering, saodat bering, Demang, yuribdi-ku kulib jilmayib. Ayol kulib turib o‘lishi mumkin, Dunyoni olishi mumkin jilmayib.   Ayolga baxt bering, saodat bering! "ZARAFSHON YOG‘DUSI” telegram kanal manzili👇👇👇 https://t.me/zarafshon_yogdusi
Show all...
1🔥 1🥰 1
#asosiy_tushunchalar_lug‘ati_ MILLIY O‘ZLIK – shaxs faoliyatida muhim o‘rin tutib, shaxs va jamiyatning ma'naviy kamolotida, fuqarolik jamiyatining moddiy-ma'naviy asoslarini mustahkamlashda ulkan ahamiyatga ega. 🔸Jamiyatdagi ma'naviy tiklanish milliy o‘zlikning sifatiy jihatlari bilan chambarchas bog‘liq. Zero, o‘zlikni anglash tufayli inson o‘tmishini xotirlaydi, buguni bilan taqqoslaydi, xulosa chiqaradi va shu asosda kelajakka nigoh tashlaydi. Ya'ni o‘zlikni anglash insonni shaxs darajasiga ko‘tarib, ma'naviy kamolot sari yetaklaydigan ruhiy kuchdir. "ZARAFSHON YOG‘DUSI” telegram kanal manzili👇👇👇 https://t.me/zarafshon_yogdusi
Show all...
👍 1🔥 1🥰 1