MediaBlog
Open in Telegram
Mediablog – Texnologiya, gadjetlar va IT haqidagi ishonchli yangiliklar va tahlillar. Texnologiya olamidagi eng so'nggi ma’lumotlarni biz bilan kuzatib boring!
Show more278
Subscribers
+224 hours
+47 days
+930 days
Posts Archive
278
✈️ Face ID orqali bortga chiqish uchun yangi tizim yo‘lga qo‘yildi
Qatar Airways yo‘lovchilar uchun Face ID orqali samolyotga chiqish imkonini beruvchi Fast Pass tizimini ishga tushirdi.
Yangi texnologiya aeroportlardagi navbatlarni qisqartirish va parvoz oldidan bajariladigan jarayonlarni tezlashtirishga qaratilgan.Bu tizim qanday ishlaydi va yo‘lovchilarning biometrik ma’lumotlari nima bo‘ladi? 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
+2
📱 iPhone Air 2 haqida yangi ma’lumotlar chiqdi: Apple bu safar xatolarni tuzatmoqchi
Apple’ning eng yupqa iPhone modeli ikkinchi avlodda ancha jiddiy yangilanish olishi mumkin. Insayderlar iPhone Air 2 dizayni saqlanib qolishi, ammo birinchi modeldagi eng ko‘p tanqid qilingan jihatlar qayta ko‘rib chiqilishini aytmoqda.
Eng qiziq tomoni — smartfon endi faqat chiroyli va yupqa korpus bilan cheklanib qolmasligi mumkin. Kamera, batareya va unumdorlik bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar kutilmoqda. Hatto yangi lavanda rangi ham muhokama qilinmoqda.Apple bu model orqali oddiy iPhone’ga muqobil bo‘ladigan yupqa, lekin amaliy smartfon yaratmoqchimi? Hozircha bular rasmiy ma’lumotlar emas, ammo yangi tafsilotlar juda qiziq. 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
🎧 Telefonni chiqarmasdan suhbatni yozib oladigan quloqchin?
Nothing yangi Ear (3a) TWS quloqchinlarini taqdim etdi. Modelning eng qiziq jihati — ichki diktofon funksiyasi: u ovozli qaydlar va hatto telefon suhbatlarini smartfondagi diktofonsiz yozib olishi mumkin.
Quloqchin 32 MB ichki xotira, Audio Snapshot funksiyasi, kuchli ANC shovqin bostirish tizimi va 42 soatgacha avtonom ishlash imkoniyatiga ega.Bu funksiya kundalik foydalanishda qanchalik qulay bo‘ladi va quloqchin yana nimalarni taklif qiladi? 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
+1
📱Nothing’dan yangi “hamyonbop” smartfon: Phone (4b) nimasi bilan qiziq?
Nothing global bozor uchun yangi Phone (4b) modelini taqdim qildi. Smartfon 120 Hz AMOLED ekran, Snapdragon 6 Gen 4 protsessori va brendga xos yangilangan Glyph yoritgichiga ega.
Eng qiziq jihati — qurilma 6 yilgacha xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Bu esa o‘rta segmentdagi smartfonlar orasida kam uchraydigan ustunlik. Nothing ushbu modelda dizayn, narx va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashni birlashtirishga urinmoqda.Phone (4b) haqiqatan ham o‘z segmentida kuchli raqib bo‘la oladimi? Barcha tafsilotlar va smartfonning asosiy imkoniyatlari bilan tanishing. 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
🎉 MEDIAPARK 11 yoshda: 11 kunlik aksiya va -60% gacha chegirmalar boshlandi
Bayram munosabati bilan maishiy texnika va elektronika mahsulotlarini chegirmali narxlarda xarid qilish imkoniyatini o‘tkazib yubormang 🛒.
MEDIAPARK siz bilan 11 yillik ishonch va sifat! ✨Ko’proq o’qish ➡️ ➖➖➖ 🎉 MEDIAPARK 11 лет: стартовала 11-дневная акция со скидками до 60% В честь праздника не упустите возможность приобрести бытовую технику и электронику по выгодным ценам 🛒.
MEDIAPARK — 11 лет доверия и качества вместе с вами! ✨Читать далее ➡️
278
📱 Davridan ilgarilab ketgan eng g‘alati Android-smartfonlar
Bugungi smartfonlar bir-biriga tobora o‘xshab bormoqda. Ammo Android’ning ilk yillarida ishlab chiqaruvchilar juda dadil tajribalar qilgan: aylanuvchi ekran, ichki proyektor, 3D-interfeys, noodatiy klaviatura va hatto kvadrat displeyli smartfonlar…
Ba’zilari kulgili tuyuladi, ba’zilari esa hozirgi buklanadigan qurilmalar va multitasking g‘oyalarining boshlanishi bo‘lgan. Eng qizig‘i — bu modellarning ko‘pi o‘z vaqtida muvaffaqiyatsizlikka uchragan, ammo bugungi texnologiyalar uchun yo‘l ochib bergan.LG Wing, Amazon Fire Phone va yana boshqa g‘alati Android-smartfonlar nega ommalashmagan? Ularning qaysi g‘oyasi bugungi flagmanlarda yashab qolgan? 5 ta eng omadsiz smartfon bilan tanishamiz. 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
📱2026-yilning eng ko‘p muhokama qilinayotgan ikki buklamafoni: qaysi biri kuchliroq?
Smartfon bozorida yangi bahs boshlandi: Vivo X Fold6 yoki Samsung Galaxy Z Fold 7?
Bir tomonda — kattaroq batareya, tezroq quvvatlanish, yorqin ekran va kuchli kameralarga ega Vivo. Ikkinchi tomonda esa — One UI, DeX, uzoq muddatli yangilanishlar va Galaxy ekotizimi bilan ishonchli tanlov bo‘lib qolayotgan Samsung.
Texnik xususiyatlar Vivo foydasiga ishlaydimi? Yoki Samsung baribir buklanadigan smartfonlar “qiroli” bo‘lib qoladimi?2026-yilning eng qizg‘in texnobahslaridan birini batafsil ko‘rib chiqamiz. 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
🎮 Steam’da geymerlar tanlovi o‘zgardi: RTX 3060 endi yetakchi emas
Steam’ning 2026-yil iyun oyidagi Hardware & Software Survey statistikasi o‘yin kompyuterlari bozoridagi muhim trendni ko‘rsatdi: geymerlar orasida eng ommabop videokarta o‘zgardi.
Uzoq vaqt davomida yetakchi bo‘lgan RTX 3060 o‘rnini endi boshqa model egalladi. Eng qizig‘i, bu safar birinchi o‘ringa desktop videokarta emas, balki o‘yin noutbuklarida ishlatiladigan mobil GPU chiqdi. Bu nimani anglatadi? Geymerlar asta-sekin katta o‘yin kompyuterlaridan ko‘ra tayyor, qulay va Full HD o‘yinlar uchun yetarli kuchga ega noutbuklarga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.Steam statistikasi asosida 2026-yildagi “tipik” o‘yin kompyuteri qanday ko‘rinishga kelgani, qaysi videokartalar ommabopligi oshayotgani va operativ xotira bo‘yicha yangi trendlar bilan tanishing. 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
Safar va sayohatlar uchun avtomobil sovitkichini qanday tanlash kerak? ❄️🚗
Yo‘lda muhim bo‘lgan avtosovitkich turlari, hajmi, quvvat manbai, energiya sarfi va foydali funksiyalarni ko‘rib chiqamiz.
💡Kompressorli, termoelektrik va absorbsion modellar va ulardan qaysi birini tanlash bo‘yicha maslahatlar beramiz.Ko’proq o’qish ➡️ ➖➖➖ Как выбрать автомобильный холодильник для поездок и путешествий? ❄️🚗 Разбираем типы автохолодильников, объём, питание, энергопотребление и функции, которые действительно важны в дороге.
💡Расскажем о компрессорных, термоэлектрических и абсорбционных моделях, а также дадим советы, какую из них лучше выбрать.Читать далее ➡️
278
💍 Apple’dan kutilmagan gadjet: iRing haqiqatan ham chiqadimi?
Apple o‘zining ilk aqlli uzugi ustida ishlayotgani haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, qurilma Oura Ring va Samsung Galaxy Ring’ga raqobatchi bo‘lishi mumkin.
iRing sog‘liq ko‘rsatkichlarini kuzatish bilan cheklanib qolmasligi, balki Apple ekotizimidagi qurilmalarni boshqarish uchun ham ishlatilishi ehtimoli bor.Apple’ning avvalgi patentlari va Health yo‘nalishidagi so‘nggi o‘zgarishlar ushbu mavzuni yanada qiziqarli qilmoqda. 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
📱 Iyun oyining eng qiziqarli 5 ta smartfoni: batareya, dizayn va noodatiy funksiyalar poygasi
Iyun oyida smartfon ishlab chiqaruvchilari kameradan ko‘ra amaliyroq jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratdi: ulkan batareya, yupqa korpus, yorqin AMOLED ekran, tezkor quvvatlash va hatto orqa paneldagi LED displeylar.
Bu safargi tanlovda Honor’ning 10 000 va 11 000 mA·soatli “uzoq yashovchi” modellari, noodatiy LED panelga ega va kiberpank uslubidagi Tecno hamda yangilangan Galaxy A modeli bor.Agar siz smartfon tanlashda avtonomlik, dizayn, ekran sifati va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratsangiz, bu ro‘yxat aynan siz uchun. Iyun oyining TOP-5 eng asosiy smartfonlari bilan tanishing. 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
+2
🎧 Redmi endi katta o‘yinda: ilk to‘liq o‘lchamli quloqchinlar taqdim etildi
Xiaomi Redmi brendi ostida o‘zining birinchi to‘liq o‘lchamli simsiz quloqchinlari — Redmi Headphones Neo modelini namoyish qildi.
Yangi model uzoq avtonom ishlash va faol shovqinni kamaytirish (ANC) funksiyasi bilan e’tibor tortmoqda. Eng qizig‘i, u qimmat flagman quloqchinlarga muqobil bo‘lishi mumkin — narxi esa ancha hamyonbop.
Redmi Headphones Neo buklanadigan dizayn, qulay ambushyuralar, Hi-Res Audio qo‘llab-quvvatlashi va bir zaryadda 72 soatgacha ishlash imkoniyatiga ega.Model kimlar uchun mos, uning asosiy afzalliklari nimada va narxi qancha? 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
📱 Iyul oyida smartfon bozorini qizitadigan 5 ta katta yangilik
2026-yil iyul oyi smartfon ixlosmandlari uchun juda qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Bozorga hamyonbop, noodatiy dizaynga ega qurilmalar, kamerasi kuchli o‘rta segment modellari hamda yangi avlod premium buklanadigan flagmanlari chiqishi mumkin.
Ayniqsa Galaxy Z va Motorola Razr seriyasidagi buklamafonlar bozordagi raqobatni yanada kuchaytirishi kutilmoqda. Oppo esa kuchli kamera va katta akkumulyator bilan o‘rta segmentda yangilik qilmoqchi.Iyul oyida qaysi smartfonlar taqdim etilishi kutilmoqda? Qaysi model kimlar uchun qiziqarli bo‘ladi? 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
+2
📱 Smartfonni ikkiga ajratib, chalg‘ituvchi ilovalardan qutulish mumkinmi?
Belgiyalik dizayner Fadi Alagi noodatiy Twin Phone konseptini namoyish qildi. Qurilma oddiy smartfon kabi ishlaydi, ammo kerak bo‘lganda undan faqat qo‘ng‘iroq va xabarlar uchun mo‘ljallangan ixcham qurilmani ajratib olish mumkin.
G‘oya oddiy: ijtimoiy tarmoqlar, doimiy bildirishnomalar va ortiqcha ilovalarsiz faqat zarur aloqa qoladi. Eng qizig‘i, buning uchun alohida telefon ko‘tarib yurish yoki SIM-kartani almashtirish shart emas.Bu smartfonlarga qaramlikka qarshi eng noodatiy yechimlardan biri bo‘lishi mumkin. 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
+3
🎮📱Redmi K90 Ultra taqdim etildi: geymerlar uchun kuchli subflagman
Xiaomi yangi Redmi K90 Ultra smartfonini namoyish qildi. Model 165 Hz AMOLED ekran, Snapdragon 8 Elite protsessori va 8550 mA/soat sig‘imli katta akkumulyatorga ega.
Eng qizig‘i, smartfon o‘yinlar uchun faol sovitish tizimi, yuqori sensor javobi va tezkor quvvatlash imkoniyatiga ega. Ya’ni Redmi bu safar faqat “kuchli telefon” emas, balki haqiqiy geymerlar uchun mos qurilma tayyorlaganga o‘xshaydi.Narxi ham kutilganidan qiziqroq — Xitoyda model ancha raqobatbardosh qiymatda sotuvga chiqdi. Redmi K90 Ultra nimasi bilan K90 Max’dan farq qiladi, uning asosiy ustunliklari qanday va global bozorga chiqishi qachon kutilmoqda? 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
🔥 Xiaomi’dan “aqlli” choynak: ichimlikka qarab haroratni o‘zi tanlaydi
Xiaomi Mijia Health Pot 2 nomli yangi elektr choynagini taqdim etdi. U oddiy suv qaynatish bilan cheklanmaydi — choy, o‘simlik damlamalari va mevali ichimliklar uchun mos rejimni avtomatik tanlaydi.
Qurilma haroratni uzoq vaqt saqlab turishi, kechiktirilgan start funksiyasi va xavfsizlik himoyalari bilan e’tibor tortmoqda.Bu model oddiy choynaklardan nimasi bilan farq qiladi va u kimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin? 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
⚡️Konditsioner 1 oyda qancha elektr sarflaydi?
Yangi elektr tariflari bo‘yicha 9 talikdan 24 talikkacha bo‘lgan konditsionerlarning elektr energiya iste’molini hisoblab ko‘ramiz.
Shuningdek, yoz oyida konditsionerni samarali va tejamkor ishlatish bo‘yicha tavsiyalar ham beramiz 🌞❄️.Ko’proq o’qish ➡️ ➖➖➖ ⚡️Сколько электроэнергии потребляет кондиционер за 1 месяц? Рассчитаем потребление электроэнергии кондиционеров мощностью от 9000 до 24000 BTU по новым тарифам на электроэнергию.
Также дадим рекомендации о том, как эффективно и экономно использовать кондиционер в летний период 🌞❄️.Читать далее ➡️
278
🚫 Apple Intel Mac’lar davriga nuqta qo‘ydi
macOS 27 bilan Apple eski MacBook va Mac kompyuterlarining bir qismini yangilanishsiz qoldirmoqda. Bu faqat yangi funksiyalar yo‘qolishi degani emas — vaqt o‘tishi bilan ayrim ilovalar va xavfsizlik yangilanishlari ham muammoga aylanishi mumkin.
Ayniqsa Intel protsessorli Mac egalari uchun Rosetta 2 bo‘yicha yangiliklar ham muhim. Keyingi macOS versiyalarida eski dasturlar ishlashi cheklanishi kutilmoqda.Qaysi MacBook va Mac modellari ro‘yxatdan chiqarildi? Qurilmani yangisiga hoziroq almashtirish kerakmi? 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
🤖 LG robot-changyutgichni oshxona mebeliga yashirdi
LG yangi RONi robot-changyutgichini taqdim etdi. Uning eng qiziq jihati — qurilma polni oddiy suv bilan emas, 100 °C bug‘ yordamida tozalaydi.
Yana bir noodatiy yechim: robotning bir versiyasi oshxona garnituri ostiga yashirin o‘rnatiladi. Tozalash tugagach, RONi stansiya ichiga kiradi, eshikcha yopiladi va qurilma ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
LG’ning aytishicha, robot shvabralarni o‘zi yuvadi, bug‘ bilan dezinfeksiya qiladi va quritadi.Bu oddiy robot-changyutgichmi yoki aqlli uy uchun yangi formatdagi gadjetmi? 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
278
📱 Samsung egalari uchun muhim xabar: bu modellar One UI 9’ni olmasligi mumkin
Android 17 chiqishi bilan Samsung foydalanuvchilari endi One UI 9 yangilanishini kutmoqda. Ammo yangi versiya barcha Galaxy smartfonlariga ham yetib bormaydi.
Galaxy S seriyasi, Galaxy Z, Z Flip va bir qator Galaxy A hamda M seriyasidagi qurilmalar yirik yangilanishlar siklini One UI 8 bilan yakunlashi mumkin.
Bu smartfonlar butunlay “eskirib qoladi” degani emas — ular yana ma’lum vaqt xavfsizlik yangilanishlarini olishi ehtimol. Biroq Android 17 va One UI 9’dagi yangi imkoniyatlar ularga kelmasligi mumkin.📌 Qaysi Samsung modellari ro‘yxatga kiritilgan? 👉 Batafsil o‘qish. Telegram | Instagram
