en
Feedback
Minds in Motion

Minds in Motion

Open in Telegram

- International journallar uchun maqola yozish - Ekologiya, Mikrobiologiya - Statistika (R, Excel) - Bioinformatika - Qiime2, pyloseq - Molekular Mikrobiologiya - NGS - Chet elda o'qish, malaka oshirish - Tekin webinarlar! Contact: @yabdullaeva

Show more
545
Subscribers
-124 hours
-57 days
-1430 days
Posts Archive
šŸ’§ "Markaziy Osiyo va Afgā€˜onistonda suv resurslarini boshqarishda ayollar" mintaqaviy tarmogā€˜iga arizalar qabuli boshlandi! ļæ½
šŸ’§ "Markaziy Osiyo va Afgā€˜onistonda suv resurslarini boshqarishda ayollar" mintaqaviy tarmogā€˜iga arizalar qabuli boshlandi! šŸ“ŽMarkaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi suv sohasidagi faol mutaxassis ayollarni Blue Peace Central Asia (2025–2029) tashabbusida ishtirok etishga taklif etadi. šŸŽÆLoyiha mintaqada suv diplomatiyasini rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
šŸ‘„ Kimlar uchun? Oā€˜zbekiston, Qozogā€˜iston, Qirgā€˜iziston, Tojikiston va Turkmanistondan boā€˜lgan, suv xoā€˜jaligi, ekologiya, iqlim oā€˜zgarishi yoki xalqaro hamkorlik sohasida (davlat sektori, NNT, ilm-fan) faoliyat yuritayotgan mutaxassis ayollar.
ā“Ishtirok etish nima beradi? āœ… Xalqaro netvorking: Yetakchi ayollarning global hamjamiyatiga a’zolik. āœ… Treninglar: Suv huquqi, muzokaralar olib borish, mediatsiya va yetakchilik boā€˜yicha oā€˜quv kurslari. āœ… Ta’sir oā€˜tkazish: Hukumatlar va donorlar uchun tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish. āœ… Ekspertlar reyestriga kirish va xalqaro tadbirlarga, jumladan BMTning Suv resurslari boā€˜yicha konferensiyasiga (2026-yil, Abu-Dabi) tavsiya etilish. āš ļø Ishtirokchilardan nima kutiladi? Hamjamiyat hayotida faol qatnashish, tajriba almashish va tarmoq faoliyatiga oyiga kamida 4 soat vaqt ajratish. šŸŒ€Qanday qatnashish mumkin? āœ…Anketani toā€˜ldirish. āœ…Qisqacha CV (rezyume) va motivatsiya xatini ilova qilish. āœ…Saralashdan oā€˜tganlar bilan qisqa onlayn-suhbat oā€˜tkaziladi. šŸ‘‰ Ariza topshirish ā° Аriza topshirish uchun oxirgi muddat: 2026-yil 15-avgust. ā€¼ļø Obuna boŹ»ling: @uz_grants

AgRe_Lab-postdoc-coordinator-position_2026-06-17.pdf https://share.google/P6DsFDE07Sh8jEva3

🧬 CV ni qanday qilib boyitish mumkin — biologiya, mikrobiologiya, ekologiya va bioinformatika sohasida Ish qidirayotgan biologiya/hayot fanlari talabalari uchun eng katta muammo bu CV qisqaligi. Bu sizni ish, tajriba va rivojlanish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin. Quyida sertifikat beradigan va asosan bepul dasturlar ro'yxati: LifeArc | Biologik tadqiqot (Biology Research) — 7–8 soat Forage platformasida joylashgan bu dastur orqali siz tibbiy tadqiqot tashkilotida ishlaydigan olim o'rniga o'tib ko'rasiz: eksperiment dizayni tuzish, tadqiqot protokollarini optimallashtirish, ma'lumotlarni tahlil qilish va laboratoriya natijalarini talqin qilishni amaliyotda o'rganasiz. Bepul. Pfizer UK | Molekuladan bozorga (Molecule to Market) — 4–6 soat Forage orqali taqdim etiladi. Dori vositasi qanday qilib ilmiy kashfiyotdan bozorga chiqarilgan mahsulotga aylanishini, sog'liqni saqlash iqtisodiyoti, marketing strategiyasi va bozorga chiqarish rejasini tuzishni o'rganasiz. Farmatsevtika/biotexnologiya sohasiga qiziqqanlar uchun foydali. Bepul. OmicsLogic | Bioinformatika va Data Science dasturlari Pine Biotech tashkiloti tomonidan yaratilgan, genomika, transkriptomika, metagenomika va epigenomika bo'yicha loyihaga asoslangan kurslar. R/Python dasturlashda amaliy ko'nikma, haqiqiy ma'lumotlar bilan ishlash imkonini beradi. Muhim eslatma: platformaning ba'zi asosiy resurslari bepul, ammo mentor bilan ishlaydigan chuqurroq dasturlar va sertifikatlash uchun kichik ro'yxatdan o'tish to'lovi (taxminan $30–45) talab qilinishi mumkin — ro'yxatdan o'tishdan oldin shartlarni tekshiring. šŸ“Œ Ekologiya, tuproq fanlari va o'simlikshunoslik bo'yicha: Bu sohalar uchun Forage kabi platformalarda alohida sertifikatli virtual simulyatsiyalar hozircha kam. Shu sababli muqobil variantlar ko'proq samarali bo'lishi mumkin: iNaturalist / GBIF kabi citizen science loyihalarida ishtirok etish — amaliy ma'lumot yig'ish tajribasi NCBI, EBI (EMBL) ning bepul onlayn bioinformatika treninglari Universitetingizdagi laboratoriyaga volontyor/tadqiqot yordamchisi sifatida qo'shilish — bu ko'pincha eng qadrli tajriba hisoblanadi Coursera/edX'dagi universitet tomonidan berilgan mikrobiologiya, genomika yoki ekologik ma'lumotlar tahlili kurslari (masalan, Wageningen, Johns Hopkins kurslari) https://www.theforage.com/simulations/life-arc/life-sciences-biology-research-5t8f https://www.pfizer.co.uk/careers/molecule-to-market---virtual-work-experience-programme https://omicslogic.com/ https://www.gbif.org/dataset/50c9509d-22c7-4a22-a47d-8c48425ef4a7

🧬 Tuproq va rizosfera namunalarini qanday to'g'ri olish kerak? Namuna olishdan oldin birinchi savol: qanday analiz qilmoqchisiz? DNA/RNA birgalikda ajratishmi, shotgun sequencing, transkriptomika, metabolomika yoki amplikon sequencing — tanlangan usul namunani saqlash va tashish sharoitini belgilaydi. šŸ“Œ Agar faqat DNK ajratish kerak bo'lsa: šŸ”¹ *Tuproq namunasi:* - 50–100 gr tuproq kichik ziplock paketga olinadi - Imkon qadar tezda muzlatiladi va –20°C / RNA uchun –80°C da saqlanadi - Transport — sovuq holatda, qorong'u sharoitda - Uzoq masofaga (masalan, xitoyga) olib ketilsa, namuna yo'l davomida muzlagan holatda qolishi shart, yetib borgach darhol muzlatgichga joylashtiriladi šŸ”¹ *Rizosfera namunasi (juda nozik, ehtiyotkorlik talab qiladi):* Rizosfera — ildiz atrofidagi juda ingichka (bir necha millimetrlik) qatlam, shu sababli uni yig'ish alohida yondashuv talab qiladi. To'g'ri usul — ildizdan 2 xil namuna olish: 1ļøāƒ£ Bulk soil — ildiz yerdan chiqarilgach, birinchi silkitishda tushadigan, ildizga yengil yopishgan tuproq 2ļøāƒ£ Rizosfera — ildizga qattiq yopishib qolgan qatlam (qumli tuproqda ehtiyotkorlik bilan, zich tuproqda qattiqroq silkitib ajratiladi) Muqobil usul: ildiz silkitilgach, qolgan tuproq deionlangan suvda chayiladi → yuvindi sentrifuga qilinadi → cho'kindi qismi rizosfera namunasi sifatida olinadi. ā„ļø Nega sovuq saqlash shart? Tuproqdagi DNazalar (DNKni parchalovchi fermentlar) haroratga juda sezgir. Namuna isib qolsa, bu fermentlar tezda faollashadi va nuklein kislotalarni parchalay boshlaydi — natijada DNK degradatsiyaga uchraydi va analiz sifati pasayadi. Shu sababli namuna yig'ilgan zahoti tezkor muzlatish va butun yo'l davomida sovuq zanjirni saqlash muhim. Avval maqsadli analiz turini aniqlang, keyin unga mos saqlash/transport sharoitini ta'minlang.

photo content

šŸŒ Yangi tadqiqot (Nature, 2026): Ekotizim faoliyati uchun nafaqat tur xilma-xilligi, balki oziq-ovqat tarmog'ining murakkabligi ham muhim ekan. 20 dan ortiq muassasa olimlari dengiz, ko'l, daryo va tuproq ekotizimlaridan 318 ta murakkab oziq-ovqat tarmog'ini tahlil qilishdi. Natija: tur xilma-xilligi ortishi bilan ekotizim faoliyati (birlamchi iste'mol va yirtqichlik) barcha trofik darajalarda oshadi. Ammo buning sababi shunchaki "ko'proq tur" emas — bu chuqurroq (uzunroq) trofik zanjirlar va yirtqichlar orasidagi resurs taqsimoti (komplementarlik) tufayli yuz beradi. Chuchuk suv ekotizimlarida xilma-xil yirtqichlar bo'lganda yirtqichlik intensivligi hatto 70 martagacha yuqori bo'lgan. šŸ”‘ Yirtqichlar odatda insonning ta'siriga eng zaif turlar hisoblanadi, ular yo'qolsa — nafaqat bitta tur, balki butun tarmoqning funksiyasi izdan chiqadi. Shuning uchun tabiatni muhofaza qilishda faqat turlar sonini emas, balki ular orasidagi ekologik aloqalarni ham saqlash zarur. šŸ“„ Barnes, Brose, Eisenhauer, Gauzens va boshq., Nature (2026) https://attachment.rrz.uni-hamburg.de/ba6fa1ae/Food-web-complexity-underlies-biodiversity-effects-on-ecosystem-functioning-Nature-2026.pdf

photo content

Have many of these do you see?

🚨 XAVFSIZLIK — HAYOT VA O'LIM MASALASI 1997-yilda kimyogar Karen Vetterxannning qo'lqopli qo'liga o'ta zaharli dimetilmerkuriydan bir necha tomchi tushadi. Hech kim xavf deb o'ylamagan — lekin modda qo'lqop orqali singib, asab tizimini buzgan. 10 oydan keyin u vafot etdi. Bu fojia dunyo bo'yicha laboratoriya xavfsizligi standartlarini o'zgartirdi. Bu O'zbekiston uchun ham dolzarb: šŸ­ Konchilik/ishlab chiqarish — himoyasiz ishlash zaharlanish, portlashga olib keladi šŸ—ļø Qurilish — kaskasiz balandlikda ishlash har yili hayot oladi ⛽ Yoqilg'i/gaz inshootlari — sizib chiqish va nazoratsizlik portlashga sabab bo'ladi 🧪 Laboratoriyalar — noto'g'ri himoya zaharlanishga olib keladi šŸ‘¶ Bog'chalar — nazoratsiz elektr/kimyo vositalari bolalarga xavfli āœ… To'g'ri himoya vositasidan foydalaning āœ… Texnik tekshiruvni e'tiborsiz qoldirmang āœ… "Hech narsa bo'lmaydi" demang āœ… Qoida buzilsa, xabar bering Bir lahza — butun umrlik fojia. O'zingizni va yaqinlaringizni asrang. āš ļø #Xavfsizlik #Ogohlik

2014 yil UN-LRT (United nations Land Restoration Program) qatnashganimda yerni qayta tiklash, cho'llarni ko'kalamzorlashtirish uchun qo'llaniladigan metod xaqida o'rgangan edik. Shunga o'xshash juda ko'p, oddiy usullar mavjud. "Land restoration" nomli kitoblarda berilgan. Orolni tiklashda ham qo'llasa bo'ladi menimcha, faqat iqlim sharoitiga moslash kerak.

Assalomu alaykum. Ushbu yili xalqaro IChO olimpiadasi yurtimizda o'tkazilishi munosabati bilan, ko'ngillilar qidirilmoqda. @b
Assalomu alaykum. Ushbu yili xalqaro IChO olimpiadasi yurtimizda o'tkazilishi munosabati bilan, ko'ngillilar qidirilmoqda. @biology_uz

Nima uchun yaxshi PhD nomzodlari ham rad etiladi (ayniqsa Germaniyada šŸ‡©šŸ‡Ŗ) ​Men PhD oā€˜rinlariga hujjat topshirayotganimda, tizim aslida qanday ishlashini tushunib yetgunimcha juda koā€˜p rad javoblarini olganman. Yaqinda men xuddi shu holatni boshidan kechirayotgan bir Magistr bitiruvchisi bilan gaplashdim: oā€˜nlab arizalar, professorlarga yozilgan son-sanoqsiz elektron xatlar va juda kam sonli suhbatga taklifnomalar. ​Koā€˜pgina topshiruvchilar anglab yetmaydigan narsalar quyidagilardan iborat: ​PhD qabuli koā€˜pincha faqat malakaga emas, balki e'lon qilingan ilmiy mavzuga mos kelishga bogā€˜liq. ​Tadqiqot tajribasi, texnik koā€˜nikmalar va mustaqil fikrlash qobiliyati sezilarli farq qilishi mumkin. ​Germaniyada koā€˜plab PhD oā€˜rinlari aniq loyihalar, moliyalashtirish manbalari va ilmiy rahbarning ehtiyojlariga bogā€˜langan boā€˜ladi. Bu jarayon faqatgina akademik yutuqlardan koā€˜ra koā€˜proq oā€˜zaro moslikka tayanadi. ​Koā€˜plab oā€˜rinlar keng e’lon qilinishidan oldin, toā€˜gā€˜ridan-toā€˜gā€˜ri aloqalar va networking (tanish-bilishlar tarmogā€˜i) orqali toā€˜ldiriladi. ​Oā€˜z tajribamdan oā€˜rgangan eng katta saboqlarimdan biri shuki, rad javobi har doim ham sizni noloyiq ekanligingizni anglatmaydi. Ba’zida bu shunchaki siz ayni shu vaqtda, aynan shu loyihaga mos kelmaganingizni bildiradi. Oā€˜sishda davom eting, strategiyangizni mukammallashtiring va hujjat topshirishdan toā€˜xtamang.

Ko'proq ma'lumot uchun QR code ni skanlang! Omad
Ko'proq ma'lumot uchun QR code ni skanlang! Omad

Sizlarga 100 dan ortiq PhD chiqargan ustozim fikri bilan bo'lishmoqchiman. Uning aytishicha uni shogirtlari orasida muvofaqqiyatlilari muommalani yaxshi bilganlaridir (yoki kirishimnli, insonlar bilan muloqat qila oladigan). Uning aytishicha kommunikatsiya qilish qobiliyatiga ega bo'lish eng muhum fazilat ekan 😊 Menimcha ham hamkasblar bilan fikr almashsangiz, ko'proq tadbirlarga qatnashosh, ilmiy yig'ilish, konferensiyalarda ilmiy hamkorlar topsangiz, suhbatlashsangiz ko'plab imkoniyatlar ochiladi. Siz nima deb o'ylaysiz? Talabalarda qaysi fazilar bo'lishi kerak kelajakda katta muvofaqiyatli olim bo'lishlari uchun?

Issiq ko'ldan alangalik salom hammaga!
+2
Issiq ko'ldan alangalik salom hammaga!