en
Feedback
Minds in Motion

Minds in Motion

Open in Telegram

- International journallar uchun maqola yozish - Ekologiya, Mikrobiologiya - Statistika (R, Excel) - Bioinformatika - Qiime2, pyloseq - Molekular Mikrobiologiya - NGS - Chet elda o'qish, malaka oshirish - Tekin webinarlar! Contact: @yabdullaeva

Show more
545
Subscribers
-124 hours
-57 days
-1430 days
Posts Archive
Salom hammaga, utgan safar ecoqulay bilan bo'ladigan webinarimiz sanasi xato ketibdi, 19 August emas bugun 09 August da bo'lib o'tadi! Bu webinar oddiy tilda, ilm sohasida bulmaganlar uchun ham. Onalar, bolalar salomatlagi uchun, tekin webinar.

Repost from Asra by eco qulay
🌿 Assalomu alaykum, azizlar! Sizni yangi bir suhbatga taklif qilamiz — bu safar mavzu barchamizga juda tanish: antibiotiklar
🌿 Assalomu alaykum, azizlar! Sizni yangi bir suhbatga taklif qilamiz — bu safar mavzu barchamizga juda tanish: antibiotiklar. Bolamiz kasal bo'lganda ko'pchiligimiz dorixonaga borib, o'zimizcha antibiotik olamiz. Lekin bu odat kelajakda katta muammoga olib kelishi mumkinligini bilamizmi? Ya'ni — kerak paytda dori yordam bermay qolishi mumkin. Bu — fantastika emas. Bu — dunyo bo'ylab ortib borayotgan real xavf: ANTIBIOTIKKA CHIDAMLILIK. — 🎙 MEHMON: Dr. Yulduzxon Abdullaeva Tabiiy fanlar doktori (Dr. rer. nat.) Leybnits Instituti (IGB), Berlin — mikrobiologiya bo'yicha tadqiqotchi 📅 QACHON: 9.08.2026, chorshanba 🕐 SOAT: 16:00 (Germaniya) / 19:00 (O'zbekiston) 📍 QAYERDA: ECO_QULAY kanali 🔗 https://t.me/eco_qulay t.me/all_about_sci Bu suhbatda bilib olasiz: → Antibiotiklardan noto'g'ri foydalanish nima uchun xavfli → Farzandingizni qanday himoya qilish mumkin → Har bir onaning kundalik hayotda qila oladigan oddiy choralar Bilim — himoyaning birinchi qadami. O'zingiz o'qib, yaqinlaringizga ham ulashing. 🍀

🌿 Assalomu alaykum, azizlar! Sizni yangi bir suhbatga taklif qilamiz — bu safar mavzu barchamizga juda tanish: antibiotiklar
🌿 Assalomu alaykum, azizlar! Sizni yangi bir suhbatga taklif qilamiz — bu safar mavzu barchamizga juda tanish: antibiotiklar. Bolamiz kasal bo'lganda ko'pchiligimiz dorixonaga borib, o'zimizcha antibiotik olamiz. Lekin bu odat kelajakda katta muammoga olib kelishi mumkinligini bilamizmi? Ya'ni — kerak paytda dori yordam bermay qolishi mumkin. Bu — fantastika emas. Bu — dunyo bo'ylab ortib borayotgan real xavf: ANTIBIOTIKKA CHIDAMLILIK. — 🎙 MEHMON: Dr. Yulduzxon Abdullaeva Tabiiy fanlar doktori (Dr. rer. nat.) Leybnits Instituti (IGB), Berlin — mikrobiologiya bo'yicha tadqiqotchi 📅 QACHON: 19.08.2026, chorshanba 🕐 SOAT: 16:00 (Germaniya) / 19:00 (O'zbekiston) 📍 QAYERDA: ECO_QULAY kanali 🔗 https://t.me/eco_qulay t.me/all_about_sci Bu suhbatda bilib olasiz: → Antibiotiklardan noto'g'ri foydalanish nima uchun xavfli → Farzandingizni qanday himoya qilish mumkin → Har bir onaning kundalik hayotda qila oladigan oddiy choralar Bilim — himoyaning birinchi qadami. O'zingiz o'qib, yaqinlaringizga ham ulashing. 🍀

🔬 Microfluidics nima? Microfluidics — suyuqliklarni juda kichik hajmda (mikrolitrgacha) va inson soch tolasidan ham ingichka kanallar orqali boshqarish texnologiyasi. Bu orqali olimlar hujayralarni yoki molekulalarni juda aniq nazorat qilingan holda harakatlantirishi va real vaqtda mikroskop orqali kuzatishi mumkin. 💡 Amaliy misol: Yaqinda Nature Communications jurnalida chop etilgan tadqiqotda (2026) olimlar aynan shu texnologiyadan foydalanib, o'simlik barglarida yashaydigan ikki xil bakteriya turini kichik chip ichidagi alohida "xonachalarga" joylashtirdilar — ular bir-biridan ajratilgan, ammo nanokanallar orqali oziq moddalarni almashinishi mumkin edi. Natijada olimlar juda qiziq narsani ko'rdilar: bir bakteriya turi (Sphingomonas) o'simlik "qandi" xylanni parchalab, ikkinchi turga (Rhizobium) kerakli vitaminlarni "sovg'a" qilishini aniqlashdi. Bu esa ikki bakteriya populyatsiyasining vaqt o'tishi bilan tebranib turishiga — biri ko'payganda ikkinchisi kamayishiga va aksincha — olib keldi, xuddi tabiatdagi yirtqich-o'lja munosabati kabi, lekin bu safar faqat oziq moddalar almashinuvi orqali! https://doi.org/10.1038/s41467-026-73686-w Uzbekistonda birmi shunday texnologiyalarni qo'llab tajriba o'tkazadigan olimlar?

🌿 Nega olimlar o'zini shunchaki "ekolog" (Ecologist) deb emas, balki Microbial Ecologist, Plant Ecologist yoki Aquatic Ecologist deb tanishtiradi? Ko'plab ekolog olimlar o'zlarini shunchaki Ecologist deb emas, balki o'z tadqiqot yo'nalishini ko'rsatib tanishtiradi: 🦠 Microbial Ecologist — mikroorganizmlar va ularning ekotizimdagi roli 🌱 Plant Ecologist — o'simliklarning muhit va boshqa organizmlar bilan munosabatlari 🌊 Aquatic Ecologist / Water Ecologist — daryo, ko'l, botqoqlik va suv ekotizimlari 🌳 Soil Ecologist — tuproq organizmlari, tuproq jarayonlari va o'simlik-tuproq munosabatlari ♻️ Ecosystem Ecologist — energiya oqimi, moddalar aylanishi va ekotizim jarayonlari 🗺 Landscape Ecologist — katta hududlarda yashash joylari, landshaft va ekologik bog'liqliklar 🌍 Global Ecologist / Earth System Ecologist — iqlim, biosfera va global biogeokimyoviy jarayonlar Buning sababi oddiy: ekologiya juda katta va murakkab fan. Ekologiyaning ilmiy ta'rifi: Ekologiya — tirik organizmlarning bir-biri bilan va ularni o'rab turgan biotik hamda abiotik muhit bilan o'zaro munosabatlarini o'rganuvchi biologiya fanidir. Ammo zamonaviy ekologiyada barcha darajalarni bir vaqtning o'zida mukammal o'rganish deyarli imkonsiz. Shuning uchun olimlar ma'lum bir tizim yoki jarayon bo'yicha chuqur ixtisoslashadi. Masalan, mening PhD tadqiqotim Soil Microbial Ecology yo'nalishida bo'lib, tuproq mikrobiomi, rizosfera mikroorganizmlari va ularning o'simlik hamda atrof-muhit bilan munosabatlarini o'rgandim. Shu bilan birga tuproqning kimyoviy va fizik xususiyatlari ham tahlil qilindi. Postdoktorlik davrida esa Aquatic Microbial Ecology yo'nalishida ko'l mikrobiomlari bilan ishladim. Bu tadqiqotlarda mikroorganizmlar bilan bir qatorda suv kimyosi, ozuqa moddalari va boshqa ekologik parametrlar ham o'rganildi. Boshqa bir olim esa Water Chemistry, Hydrology, GIS, Remote Sensing yoki Ecological Modelling bilan shug'ullanishi mumkin. Bu uning ishi "ko'proq ekologiya", mikrob ekologining ishi esa "kamroq ekologiya" degani emas. Har bir mutaxassis ekotizimning ma'lum bir qismini chuqur o'rganadi. Keyinchalik bu bilimlar birlashtirilib, tabiat tizimlari qanday ishlashi tushuntiriladi. Shuning uchun ilm-fanda "haqiqiy ekologiya" (real ecology) degan rasmiy tushuncha yo'q. Haqiqiy ekologiya — bu faqat bitta yo'nalish emas. Bu mikrobiologiya, biologiya, kimyo, fizika, geologiya, gidrologiya, GIS va matematik modellashtirish kabi ko'plab fanlarning birgalikdagi yondashuvi orqali ekotizimlarni tushunishdir. 🌍 Ecology is not about studying everything. It is about understanding connections between everything.

science.aeb2344.pdf2.02 MB

New Paper on Aral See, Let's discuss!!! https://www.science.org/doi/epdf/10.1126/science.aeb2344

Yana bitta narsa qolib ketibdi, u mendan nima qilsam yaxshi olima bulaman, maslahat bering dedi. Men unga shunday dedim: bir hil mavzuda ishlang dedim. Ozgina o'zgarishi mumkin, lekin asosiy bir jihati doim qolsin, malan, model organism bilan ishlasa doimiy modellar bilan ishlash, kimdir endofitlar bilan ishlasa doim endofitlar bilan, molekular usullar qo'llasa doim usha texnologiya qo'llash, turli mavzu bo'lishi mumkin lekin doim bir hil yo'nalishda ishlash kerak. Shunda siz bir sohada "expert" bo'lasiz. Bugun bakteria, ertaga zamburug' va boshqa kun hayvonlar yoki o'simliklarga o'tib ketsangiz, yoki bugun og'ir metallar bilan ishlab, kiyin GIS bilan shug'ullanib ketsangiz bir sohada expert bulolmaysiz. Maqolalar ham bir hil yoki o'xshash sohada bo'lsa grandlar olish ham oson bo'ladi, chunki grand beruvchilar oldin qilingan ishlarga, qaysi sohada chuqur tajribaga ega ekanligingizga e'tibor qaratadi dedim. U shunday dedi: biz afusus unday emas, hamma umuman boshqa mavzularda ham ishlayveradi dedi. Bu holatni men ham sezganman. Bir muddat ba'zi ilmiy kengashlarda expert bulganman. Xaqiqatdan, ba'zi loyiha ga topshirgan olim oldin umuman boshqa ilmiy ishlar qilgan buladi yoki umuman qilmagan bo'ladi.

Hammaga yaxshi dam olish kunlari tilab, sizlarga bir kuzatishlarim natijasi, hulosam bilan bo'lishmoqchiman. Hullas utgan ikki haftada bizni institutda Qozog'istondan mehmon bor edi. Yoshi 34 da, endi PhD tamomlab, o'zlarini projektini endi boshlagan ekanlar. Sohasi biotexnologiya, mikrobiologiya, bizni institutimizda qilinayotgan ishlarga juda yaqin bulmasa ham biz unga laboratoriyalarni, metodlarni ko'rsatdik deya olaman. Ikki hafta juda oz, endi o'rganib boshlaganda yana ketishiga to'g'ri keldi. Endi sizlarga, Uzbekistondagi olimlarga bog'liq bo'lgan joyini aytib beraman. Ularni projekti 3 yillik ekan, loyiha oxirida natija ta'lab qilinadi, qolaversa ikkita maqola chop etilgan bulishi shart ekan huddi bizni loyihalar kabi. Bu olim uchun katta stres, ish juda ko'p. Xar qanday ilmiy ishda, ayniqsa nulldan boshlansa, natija ikkinchi yil oxirida ko'rina boshlaydi, hop mayli analizlar ham qilindi diylik, maqola to'liq yozilib topshirilgandan kiyin yaxshi journallar 21 kun har bir reviewerga vaqt beradi. Ular ko'rib chiqgandan kiyin editor hulosasi har hil bulishi mumkin, hop qabul qilamiz deyishsa ham, qayta ko'rib chiqish bilan maqola kamchiliksiz bo'lsa, tez chiqsa 3 oy ketadi. Ikkita maqola birinchi avtor sifatida chiqarish juda ko'p vaqt oladi. Mehmonni aytishiga qaraganda maqola tez chiqadi deb ular MDPI da ko'proq chiqarishar ekan. Shuning uchun uni hayoli project oxirida qanday qilib bo'lsa ham, tez maqola chiqarishda edi. Ish sifati, qo'llaniladigan metodlar mosligi, qilayotgan ishni foydaligi va boshqalar kiyingi o'rinda edi. Bu birinchi masla edi. Ikkinchi masla, uni aytishicha va uzim bilishimcha Uzb da ham Qazog'istonda ham ilmiy ishlarga yaxshigina pul beriladi. Uzini institutida bulmasa ham, Xitoyda yoki boshqa laboratoriyada analizlarni qildirishi imkoni bor. Lekin unda g'oya yo'q. Yetarlicha bilim yo'q. Mikrobiolog bo'lishiga qaramay, qanchalik zamonaviy metodlarni tushuntirishimga qaramasdan tushunishga qiynaldi. Maqolalarda bor metodlar deyishimga qaramasdan maqolalardan kerakli joyini ajrata olmadi, unda vaqt yo'q, u tez keywordlarni o'rganib, tez analizlarni qilishni o'ylardi holos. Ma'nosini tushunib o'qishga unda vaqt yo'q. U shu PhD yoki magistratura o'qiyotgan vaqtda o'rganishi kerak edi. PhD tugagandan kiyin o'rganishga vaqt yo'q. Bu muommolarga men ko'rgan yechimlar: 1) projekt beruvchilar sharoitdan kelib chiqib kuproq vaqt berishi kerak olimlarga, olimlar bilan doimiy aloqada bo'lib, agar ish kechikayotgan bulsa qo'shimcha vaqt berishi lozim. Project oxirida chop etilgan maqola emas, kiyinchalik ham topshirsa buladigan qilinishi kerak. Chunki tezlik ko'p hollarda sifatni pasaytiradi. 2) Agar pul beruvchi qattiq turib olgan taqdirda, olimlar ularga tushuntirishi, ilmiy ishda aniq belgilangan muddatda kerakli natija chiqmasligi mumkinligini tushuntirishi, muzokaralar olib borishi shart. Katta olimlar, yosh olimlar faol bo'lishi shart. Pul beruvchilar iqtisodchi bo'lishadi, olim emas, ular tushunishmaydi. Olimlar qo'rqmasdan, student larga qulayliklar yaratishi shart! Tepadan nima deyishsa mulladay qilavermaslik kerak. Bu bizga to'g'ri kelmaydi, bunday qilsak bizga maqul deb o'z pozitsiyalarini bildirishi shart! 3) Magistratura, ayniqsa PhD vaqtida barcha amaliy bilimlarni, statistika, maqola chiqarish (peer reviewed journallarda) mustaqil analizlarni qilish ko'nikmasi bo'lishi shart, 4-7 yilgacha bo'lsa ham, yetarlicha maqolalari bilan zashitaga chiqishi shart. PhD tamomlaguncha o'rgansa o'rgandi, bulmasa chalasavod bo'lib, pul, sharoit bo'lishiga qaramasdan, nima qilayotganini tushunmasdan, pulni sovurib yuradi. 4) PhD olish tartibini qattiq isloh qilmasak bulmaydi. Xozir 100 lab PhD lar 2 yilda tugatib ketishayapdi. Ular aylanib borib, tanish bilishchilik qilib, yaxshigina projektlarni olishayapdi. Natija? Xozirgacha Null ga teng. Siz qanday fikrdasiz? O'zingiz tajribangiz bilan bo'lishing.

🎓 Tabiiy fanlar bo'yicha xalqaro grantlar va stipendiyalar ro'yxati Tabiiy fanlar (biologiya, ekologiya, kimyo, fizika va h.k.) bo'yicha chet elda o'qishni yoki tadqiqot olib borishni xohlagan o'zbekistonlik talabalar uchun eng mashhur davlat va xalqaro stipendiyalar ro'yxati: 🇩🇪 Germaniya - DAAD — https://www.daad.de/en - Humboldt Research Fellowship (faqat PhD tugatgandan keyin) — https://www.humboldt-foundation.de/en/apply/sponsorship-programmes/humboldt-research-fellowship - Max Planck Institute (IMPRS dasturlari) — https://www.mpg.de/en/phd 🇬🇧 Buyuk Britaniya - Chevening — https://www.chevening.org 🇺🇸 AQSH - Fulbright — https://foreign.fulbrightonline.org 🇪🇺 Yevropa Ittifoqi - Erasmus Mundus — https://erasmus-plus.ec.europa.eu 🇯🇵 Yaponiya - MEXT — https://www.studyinjapan.go.jp/en/ - JICA — https://www.jica.go.jp/english/ 🇨🇳 Xitoy - Chinese Government Scholarship (CSC) — https://www.campuschina.org 🇰🇷 Janubiy Koreya - KGSP/GKS — https://www.studyinkorea.go.kr 🇹🇷 Turkiya - Türkiye Bursları — https://www.turkiyeburslari.gov.tr 🇭🇺 Vengriya - Stipendium Hungaricum — https://stipendiumhungaricum.hu 🇨🇭 Shveytsariya - Swiss Government Excellence Scholarships — https://www.sbfi.admin.ch/scholarships_en 🇦🇺 Avstraliya - Australia Awards — https://www.dfat.gov.au/people-to-people/australia-awards 🇸🇪 Shvetsiya - Swedish Institute Scholarships — https://si.se/en/apply/scholarships/ 🌍 Rivojlanish banklari orqali - Asian Development Bank (ADB) Scholarship — https://www.adb.org/work-with-us/careers/adb-japan-scholarship-program - Joint Japan/World Bank Graduate Scholarship — https://www.worldbank.org/en/programs/scholarships 📌 Ko'pchilik dasturlarga hujjat topshirish uchun: CV, motivatsion xat, tavsiyanoma va tilni bilish sertifikati (IELTS/TOEFL yoki tegishli til) kerak bo'ladi. ⚠️ Eslatma: har bir dastur uchun muddatlar va shartlar yiliga o'zgarishi mumkin, shuning uchun ariza topshirishdan oldin rasmiy saytdan tekshirib chiqing.

🇮🇳 Hindistonda talabalar noroziligi Hindistonning turli shaharlarida bir haftadan beri minglab yoshlar ko'chalarga chiqib,
+2
🇮🇳 Hindistonda talabalar noroziligi Hindistonning turli shaharlarida bir haftadan beri minglab yoshlar ko'chalarga chiqib, ta'lim tizimidagi imtihon janjallari, korrupsiya va "kelajaklarini yo'q qilayotgan" buzilgan ta'lim tizimiga qarshi norozilik bildirishdi. Talabalarning aytishicha, ular davlat ishiga yoki tibbiyot institutlariga kirish uchun yillar davomida tayyorlanib, eng qiyin raqobatbardosh imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishgan. Ammo imtihon savollari sizib chiqishi, imtihonlarning bekor qilinishi, adolatsiz natijalar va yomon boshqaruv tufayli ularning mehnati zoye ketmoqda, deb hisoblashadi. Politsiya norozilik bildirayotganlarga qarshi ko'z yoshlantiruvchi gaz, tayoq va to'siqlar bilan javob berdi — natijada taxminan 180 kishi jarohat oldi. 📌 Manba: CNN, Guardian

Salom hammaga! Men hozir ko'l ekologiyasi loyihasi ustida ishlayapman va bu loyihaga qo'shiladigan, PhD qilishni xohlaydigan motivatsiyali odam kerak. Agar suv ekotizimlari, suv sifati yoki atrof-muhit fanlariga qiziqsangiz, bu sizga mos kelishi mumkin. Loyiha mavzusi: Ko'l ekologiyasi (batafsil narsalarni qiziqqan odamlar bilan gaplashib aniqlashtiramiz) Kandidatga talablar: Magistr darajasi (yoki shunga teng) — Biologiya, Ekologiya, Atrof-muhit fanlari, Limnologiya yoki shunga yaqin sohada Yaxshi o'qish natijalari Ingliz tilini yaxshi bilish (gapirish va yozish); nemis tili bilsangiz, bu qo'shimcha plyus Suv ekotizimlari va dala ishlariga haqiqiy qiziqish Statistika/ma'lumotlarni tahlil qilish bo'yicha asosiy bilim (R, Python va h.k.) — qo'shimcha ustunlik Qo'shimcha talablar (DAAD talablariga asoslanib): Universitet diplomi (Bakalavr + Magistr, yoki teng darajada, odatda oxirgi 6 yil ichida tugatilgan bo'lishi kerak) O'rtachadan yuqori baholar Nega bu mavzuga qiziqishingizni tushuntiradigan motivatsion xat CV (imkon bo'lsa, Europass formatida) Ikkita ilmiy tavsiyanoma Til sertifikatlari (Ingliz tili: masalan TOEFL/IELTS Ba'zi DAAD dasturlari tadqiqot taklifnomasini ham talab qilishi mumkin Men nima yordam bera olaman: Ariza jarayonida yordam (motivatsion xat, CV, DAAD formalari) Tadqiqot taklifnomasi bo'yicha maslahat Loyiha va ish sharoitlari haqida ma'lumot 📩 Qiziqsangiz yoki qiziqadigan tanishingiz bo'lsa, batafsil ma'lumot uchun to'g'ridan-to'g'ri menga yozing! @yuabdullaeva

+1
R kurs, TEKIN

Ikkita maqola ni sizlarga g'oyasini tushuntiraman. Maqola qanchalik sifatli ekanligini bilmayman, lekin g'oyasi qiziq. 1) birinchi ishda suvga 0 dan 0,5 mg/L gacha NH4+ -N (ammoniy azoti) Oxacillin antibiotigini parchalanishini tezlashtirar ekan Ishda metagenomika qo'llangan. Huddi shu nazariyani boshqa hujayra faoliyati uchun muhum moddalar bilan almashtirsa buladimi? Maslan Posfor, yoki vitaminlar yoki boshqa tuzlar yoki metallar? 2) ikkinchi ishda Cypermethrin ni tabiyatda parchalanishi xaqida. Qiziq tarafi, ular cypermethrin ni steril va sterillanmagan tuproqda inkubatsiya qilingan. Albatta stirillanmagan tuproqda cypermethrin tez parchalangan, va metabolitri va parchalanishda qatnashadigan mikrobiologik genlar aniqlangan. Ishlatilgan methodlar HPLC va qPCR Qaysi ish qiziqroq?

Bir loyiha yuzasidan Uzbekiston bo'yicha antibiotiga chidamlilik bo'yicha ilmiy ishlarni qidirdim. Afsuski sifatli, yaxshi ishlar hali ham yo'q, nahotki butun dunyo allaqachon bu mavzularda davlatlar bo'yicha yetarli ilmiy ishlar qilib bo'lishgan, bizda haliham xech narsa o'rganilmagan. Nafaqat ARG lar boshqa dolzarb mavzularda maslan, tuproq, o'simliklar, suv, dengizlar mikroorganizmlar olami, bir hujayrai zamburug'lar, viruslar, archaealar va boshqa juda ko'p mikroorganismlar bo'yicha ham "pichoqqa ilinadigan" ishlar topish juda qiyin. Nimaga men bularni yozayapman, hozir dunyoda har 6 ta bakterial infeksiyadan 1 tasi antibiotiklarga chidamli — bu shunchaki statistika emas, bu kelajagimiz uchun xavf. 2019-yilda antibiotikka chidamli infeksiyalardan 1,27 million odam vafot etgan — bu HIV va bezgak birgalikda olib ketgan qurbonlar soniga teng. 2018–2023 yillar oralig'ida antibiotiklarga qarshilik 40% dan ortiq holatlarda kuchaygan. Nega bunday bo'lmoqda? Chunki ko'pchilik shifokorsiz, o'zboshimchalik bilan antibiotik ichadi, davolanishni yarim yo'lda tashlab qo'yadi yoki chorvachilikda ortiqcha ishlatiladi. Bizda yetarlicha ilmiy ish qilinmagan, statistik ma'lumit ham yo'q, va na insonlarda na tashkilotlarda, na student larda oqibatlari xaqida ilmiy dalil yo'q!