Faqohat
Open in Telegram
Sababsiz, shartsiz va manfaatsiz doim yonimizda boʻlganlarga salom boʻlsin.. 2: @faqohat_ru Murojaat uchun: @faqohat_bot
Show more192
Subscribers
+124 hours
+57 days
-7530 days
Posts Archive
192
Muhammad ibn Maslama aytadi:
Bir kishi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu bor majlisda rosa gapirdi, gap orasida xatolarga yo‘l qo‘ydi. So‘ng Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu qullariga ishora qildilar. U darrov keldi.
Unga: Sen xozirdan boshlab ozodsan! dedilar.
Xaligi sergap nega birdan bunday qildingiz deb so‘radi. U kishi javob berdilar:
"Meni sen kabi qilmagani uchun Allohga shukrona tariqasida uni ozod qildim"
👍@faqohat
192
Ikki yelkadagi farishtalar haqida;
قال ابن جريج هما ملكان أحدهما عن يمينه والآخر عن يساره والذي عن يمينه يكتب الحسنات بغير شهادة صاحبه والذي عن يساره لا يكتب الا بشهادة صاحبه ان قعد فاحدهما عن يمينه والآخر عن شماله وان مشى فاحدهما امامه والآخر خلفه وان نام فاحدهما عند رأسه والآخر عند رجليه والكفار لهم كتاب وحفضة كما للمؤمنين فان قيل فالذى يكتب عن يمينه إذا اى شىء يكتب ولم يكن لهم حسنة يقال له الذي عن شماله يكتب بإذن صاحبه ويكون شاهدا على ذلك وان لم يكتب قال بعض المحدثين تجتنب الملائكة بنى آدم فى حالين عند الغائط وعند الجماع وفى شرح الطريقة يكره الكلام فى الخلاء وعند قضاء الحاجة أشد كراهة لان الحفظة تتأذى بالحضور فى ذلك الموضع الكريه لاجل كتابة الكلام...تفسير روح البيان.
Ibni Jurayj rohimahulloh yelkadagi ikki farishta haqida aytadi: Ular, biri o‘ng tarafda, yana biri chap tarafda bo‘lgan ikki farishtadir.
O‘ng tarafdagi farishta, sherigini guvohligisiz yaxshi amallarini yozadi. Chap tarafdagi farishta esa, sherigini guvohligisiz gunohlarni yozmaydi.
Qachon inson o‘tirsa, u farishtani bir o‘ng, ikkinchisi chap tarafda turadi. Agar yursa, biri oldida, ikkinchisi orqada yuradi. Agar uxlasa, biri bosh tarafda ikkinchisi oyoq tarafda bo‘ladi. Kofirlarda ham mo‘minlar kabi farishtalari va kitobi bo‘ladi.
O‘ng tarafdagi farishtani yozishi uchun hasanotlari bo‘lmasa nimani yozadi? deyilsa. Aytiladiki, chap tarafdagi farishta, o‘ng tarafdagi farishtani izni bilan yozadi va unga yozmasa ham guvoh bo‘ladi deb aytiladi.
Muhaddislarni ba’zilari: "Farishtalar ikki holda ya'ni hojatxonada va jimo’ holda odamlardan uzoq turadi" dedi.
Sharhul tariqat degan kitobda: "Hojatxonada gapirish makruhdir. Hojat vaqitda esa qattiqroq makruhdir. Chunki farishtalar, gapirgan gapini yozish uchun, iflos bu joyga kirish bilan aziyat chekadilar" deyilgan.
🌟 "Ruhul bayon" tafsiridan
👍@faqohat
192
Imom Abu Hanifa rоhmatullohi alayh deydilar:
"Agar dunyo va oxiratda ulamo va fuqaholar Allohning valiysi (do‘sti) va muqarrab bandasi emas ekan, unda butun koinotda Allohning hech bir avliyo bandasi yo‘qdir.
Alloh ta’olo shunday buyurgan:
"اللَّهُ وَلِيُّ الَّذِينَ آمَنُوا"
"Alloh iymon ahlining do‘stidir".
Ulamolar va fuqaholar Allohga iymon keltirishda va Uning ma’rifatida butun insonlardan yuksakroqdadir. Shu sababli, avliyolikning baland maqomi ham ulargagina berilgay.
( Manoqibi-Muvaffaq, 343-sahifa)
👍@faqohat
192
#hadis #eslatma📌
Imom Buxoriy rohimahulloh o‘z sahihlarida quyidagi hadisni rivoyat qiladilar.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
Sizlar boshliq bo‘lishga qiziqasizlar. (Ammo u) qiyomat kuni nadomat bo‘ladi.
Inson jibillatida qaysidir lavozim egasi bo‘lishga rag‘bat bo‘ladi. Shu rag‘batni havoyi nafsi va shaytonning vasvasasi olovlantiradi. Keyin uni buni ishga solib, ba’zan esa pul berib ko‘zlagan mansabga minadi va albatta bir necha kishiga rais bo‘ladi. Xuddi shu holatni hadisi sharifda tanqid qildilar. Qiyomat kuni mas’uliyati va qo‘l ostidagilarga adolat qila olgan yo olmaganligi to‘g‘risida olamlarning Robbisi tomonidan so‘roqqa tutiladi. Shu payt zarracha foydasi bo‘lmaydigan ulkan nadomat cheka boshlaydi, ammo unda kech bo‘ladi.
👍@faqohat
192
#fiqh #savol_javob
Siz azizlar bilan Ibn Nujaym Misriy Hanafiy rohimahullohning fatvolaridagi "Namoz" kitobini ko'rib tanishib chiqgan edik, Alloh taolodan madad so'ragan holatda endi "Zakot" kitobini boshlaymiz.
ZAKOT KITOBI
53. Sabiy (balog‘at yoshiga to‘lmagan bola) ko‘p molga (pulga) ega bo‘lsa, uning molida zakot vojib bo‘ladimi? Vasiy (bolaning sohibi) bola tarafidan zakot berishga hukm qilinadimi yoki yo‘q?
Javob: Sabiyning molida zakot yo‘q. Sabiyga zakot vojib emas ekan, demak, sabiy tarafidan vasiyga zakot chiqarishi ham buyurilmaydi.
54. Muomalada rivojlangan pullardan pul egasiga zakot vojib bo‘ladimi?
Javob: Ha, agar o‘sha pul tillo va kumush nisobiga teng yoki ko‘proq bo‘lsa zakot vojib bo‘ladi.
55. Zimmiyga zakot sadaqasini berish joizmi? Zakot beruvchi kishi savob oladimi?
Javob: Joiz. Savob oladi.
56. O‘z ayoli tarafidan fitr sadaqasini chiqarish erga vojibmi?
Javob: Erga vojib emas.
57. Agar bir kishi fitr sadaqasini Ramazon oyi kirishidan oldin chiqarmoqchi bo‘lsa, unga bunday qilishi joizmi?
Javob: Ha joiz.
58. Faqir odam Hanafiy hokimning oldida g‘aniy (boy) ga qarshi, molida zakot vojib bo‘lganini da’vo qilsa va undan zakotni talab qilsa, faqirning bu da’vosiga quloq solinadimi? Hokim boyga zakot chiqarishni hukm qiladimi?
Javob: Faqirning bunday da’vosiga quloq solinmaydi. Hokim boyga mazkur da’vo qilingan zakotni chiqarishiga hukm qilmaydi.
59. Haromdan pul-mol to‘plagan odam, bir yil to‘lganida harom moli qo‘lida turgan bo‘lsa, unga zakot vojib bo‘ladimi?
Javob: Harom molidan zakot vojib bo‘lmaydi.
60. Bir kishi (nisobga yetgan) halol molidan (zakot chiqarayotgan paytida) bo‘yniga vojib bo‘lgan zakot miqdoricha pulni harom pullaridan bersa, zakot bergan hisoblanadimi?
Javob: Ha zakotdan hisoblanadi. Chunki u (harom pulni) g‘asb (ya’ni tortib olish, birovning haqqini yeyish) bilan qo‘lga kiritgan va mustahiq (haqdor) uchun uning o‘xshashini to‘lashga zomin bo‘lgan. (Ya’ni haromdan qo‘lga kiritilgan pulni sadaqa qilib yuborish vojibdir.)
61. Zakot vojib bo‘lgan kishi uyida yetim bola boqib olgan bo‘lsa, u yetimni zakot moli hisobidan yegizdirib, kiygizdirsa zakot bergan hisoblanadimi?
Javob: Ha, zakotdan hisoblanadi.
62. Bir kishi boshqalarga ma’lum muhlatga qarz berib qo‘ygan bo‘lsa, o‘zida qarzga bergan pullaridan boshqa puli bo‘lmasa, unga qarz muhlati tugagunga qadar zakot olishi joizmi?
Javob: Zakot olishi joiz.
63. Majnun (jinni) ning moli bor bo‘lsa, shu molidan zakot vojib bo‘ladimi?
Javob: Jinni bo‘lib turgan holida molidan zakot vojib bo‘lmaydi.
Davomi bor...
🌟"Fatavoi ibn Nujaym Misriy" - Zakot kitobi
👍@faqohat
192
Bir kishi Qur’onni yodlay olmasada takror o‘qiyverar ekan. Kunlarni birida kichik o‘g‘li unga:
"Otajon, yodlay olmaganingizdan keyin o‘qiyverganingizdan nima foyda?!.." -deya savolga tutibdi. Otasi:
"O'g'lim, agar mana bu ko‘mir tashish uchun xoslangan bo'sh savatga suv to'ldirib olib kelsang aytib beraman" - debdi.
"To‘ldirish mumkin emas-ku?!.." - debdi.
"Sen harakat qilib ko‘r" -dedi.
O'g'il savatni anhorga botirib suv oldi-da otasini oldiga tez olib borishga harakat qildi. Yetib kelgunicha bo'shab qoldi.
"Foydasi yo'q" - dedi.
"Sen yana harakat qilib ko'rgin" - dedi.
Ikki, uch, to'rt va beshinchi bor harakat qildi. Lekin, suvni yetkazib kela olmasdan horiqib:
"To'ldirib kelishlik umuman mumkin emas" - dedi.
"Savatda biron o'zgarish sezdingmi?" - deb so‘radi otasi.
O‘g‘il shunda payqab:
"Ha, otajon. Savat ko‘mirning ta’siridan qop-qora edi, hozir esa suv sababli top-toza bo‘lib qoldi" - deb javob qildi. Shunda ota:
"Ha, o‘g‘lim. Xuddi shunday. Hayoti-dunyo ishlari ham qalbimizni ko‘mir kabi qoraytirib yuboradi. Qur'on esa anhor suvidek - yodlay olmasangda, o‘qiyverishlik - uni tozalab, yuvib turadi" - dedi.
@faqohat
192
#aqiyda
Biz ko‘rib turgan olam va undagi barcha narsalar mushohada olami bo‘lib shubhasiz uning mavjudligini xech bir oqil inkor etmaydi. Ammo u bilan parallel davom etadigan, ammo ko‘zdan yashirin olam ham borki uni olamul g‘ayb deyiladi. U esa bizdan, bani odamdan yashirilgan. Uning mavjudligini besh hissiy a’zolar (eshitish, ko‘rish, xidlash, ta'm bilish va ushlash, Sha’roviy rohimahulloh bularga oltinchisini ham qo‘shgan) bilan idrok etish ilojsiz. Ammo biz uning mavjudligini oyat va hadislar orqali ongimiz bilan tafakkur qilgan holda ishonamiz.
G‘ayb olamining bizdan yashirilishida Alloh ta’oloning hikmati bor. Ko‘zi ko‘rib turgan narsaning mavjudligiga hamma ham ishonadi, g‘oib narsaga esa ikkilanadi yoki umuman ishonmaydi va kofir bo‘ladi. Yashirin hikmat ham shunda. Yani Allohning so‘ziga ishonishda Alloh ta’olo: "G‘ayb olami bor, seni ko‘zingdan yashirganman xolos, ey bandam menga ishon, meni yolg‘onchiga chiqarma." degan. Mo'min kishi shunga ishonadi, qalbi tasdiq etadi.
Baqara surasining 3-oyatida shunday marhamat qiladi:
"الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ"
"Ular G‘aybga iymon keltirurlar..."
Ulardan murod Allohga ishonganlardir. Ya'ni mo'minlar.
G‘ayb olamiga ishonish iymon shartlaridan.
-Allohning borligi va birligiga
-Farishtalarga ishonish,
-O‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish,
-Qiyomat bo‘lishi u kunda mo'minlar jannatga kirishi, kofirlar do'zaxga tushishlariga va bular unda abadiy qolishiga ishonish lozim.
Xalqimizda bir naql bor, "Gumon bilan iymon ketar." Buning mazmuni,
Yuqoridagi g‘ayb olamiga daxldor bo‘lgan, ishonish lozim bo‘lgan iymon shartlaridan biriga kim zarracha gumon qilsa uning iymoni iymon emas deganidir.
@faqohat
192
Mo‘minlik maqomi
Haqiqiy mo‘min kenglikda ham, tanglikda ham Allohni unutmagan bandadir. Ne’matda ham, kulfatda ham unutmaydi. Chunki bu dunyoda ne’mat ham imtihon uchun beriladi, musibat ham! Haqiqiy banda ikki holatda-da mustahkam turadi. Ana shunday bandaga, bu banda Alloh taolodan rozi ekan!, deymiz. Mo‘min bandaning Allohdan rozi bo‘lishining ma’nosi, Alloh taoloning qazo va qadaridan va bandasiga nimani ravo ko‘rgan bo‘lsa o‘shanga rozi bo‘lmog‘idir!
Mavlono Ashraf Aliy Tahonaviy rohmatullohi alayh.
👍@faqohat
192
Alloh Ta’olo bandasini sinov-imtihonlarga solib qo‘yadi, lekin aslo yolg‘iz tashlab qo‘ymaydi.
192
Qiymatli bir tanlov ustida turibmiz, ko'pchiliknin va g'oibona qilingan duoning ahamiyati katta, haqqimizga duo qolib qo'yishingizni so'rab qolamiz...
192
Hindistonning taniqli olimi Anvarshoh Kashmiriy rohimahulloh o‘zlarining “Sahih al-Buxoriy”ga yozgan sharhi “Fayz al-Boriy”da vahhobiylarga qarshi o‘laroq Payg‘ambarimiz Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning qabrlari ziyoratiga uzoq-uzoqlardan maxsus niyat qilib borishning joizligini aytganlar:
“Hofiz Ibn Taymiya rohimahulloh Shomda ushbu hadis sababli ikki marta fitnaga yo‘liqqan. Hadis mana bu: “Ko‘ch bog‘lab chiqish faqat uchta masjidga joiz bo‘ladi: masjidi harom, masjidi nabiy va masjidi aqso”dir. Bir marta u o‘z shogirdi Ibn al Qayyim rohimahulloh bilan birga hibs qilingan. Keyingi safar bitta o‘zi to vafot qilguncha mahbus bo‘lgan. Uning fikricha, ushbu hadis mazmuniga ko‘ra Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning qabrlari ziyorati niyatida Madinaga safar qilish joiz bo‘lmaydi. To‘g‘ri, uning fikricha ham Masjidi nabaviy ziyoratini niyat qilib yo‘lga chiqish mustahab bo‘ladi. U qurbatlarning eng kattasidir. So‘ng Madinaga yetganidan so‘ng Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning qabrlari ziyorati ham mustahab bo‘ladi. Chunki, bu vaqtda u shahar atrofida bo‘ladi. Bu holatda uning fikriga ko‘ra ham qabrlar ziyorati mustahabdir. Ushbu masala bo‘yicha u bilan Sirojiddin Hindiy Hanafiy rohimahulloh munozara qilgandi. Uning taqrir va hujjat keltirishlari go‘zal bo‘lgan. U zot munozaraga kirishar ekanlar, Ibn Taymiya rohimahulloh uning gapini bo‘lib qo‘ygan. Shunda Sirojiddin Hindiy Hanafiy rahimahulloh unga: “Ey, Ibn Taymiya! Sen chumchuqdan boshqa narsa emas ekansanku?!”, deganlar.
Shayx Kamoliddin ibn al-Humom rohimahulloh: “Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning qabrlarining ziyorati mustahab, balki vojibga yaqindir!”, deganlar. U zot “vojiga yaqin” degan gaplarini ushbu nizoga nazar qilib aytgan bo‘lsalar kerak. Haqiqat ham menimcha shudir! Chunki, o‘tgan ming-ming (millionlab) ulamo va oddiy musulmonlar Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning ziyoratlariga ko‘ch bog‘lab yo‘lga chiqqanlar va uni qurbatlarning eng kattasi deb bilganlar. Ularni ravzai muborakani qo‘yib faqat masjidi nabaviy ziyoratini niyat qilgan, deyish botil (puch) gapdir. Balki ular Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning qabrlari ziyoratini qat’iy niyat qilganlar.
Menimcha javoblarning eng yaxshisi yuqoridagi hadis qabrlar masalasi borasida kelgan emas. Chunki, Imom Ahmad rohimahullohning “Musnad”larida ushbu hadis matni: “Namoz o‘qish uchun faqat uchta masjidga ko‘ch bog‘lab safar uyushtirilmaydi”, deb keltirilgan. Demak, safarga chiqish faqatgina masjidlarga cheklangandir. Uning qabrlar ziyoratiga mutlaqo aloqasi yo‘q. Masjidlar haqidagi hadisni maqbaralar borasiga tortish to‘g‘ri emas, albatta. Shofe’iy mazhabli bir olim Ibn Taymiya rohimahullohni ko‘ch bog‘lab safarga chiqishdan qaytargan, ko‘ch bog‘lamasdan borsa, uni joiz degan, deb aytdi. Aslida, u ko‘ch bog‘lab safarga chiqsa ham, bog‘lamasdan chiqsa ham – mutlaqo safardan qaytargan”. (U qanchalar noto‘g‘ri hukm qilgan!).
(Imom Anvarshoh Kashmiriy. Fayz al-Boriy ’ala Sahih al-Buxoriy. 2-jild)
@faqohat
192
Talabalardan biri Jazoir mustaqilligi uchun kurashgan qahramon mujohid amir Abdulqodir Jazoiriyni xiyonatda aybladi. Buni eshitib turgan shayx Muhammad G‘azzoliy dedi:
"G‘arbda tarix go‘ngxonasidan bir kishini topib ular undan qahramon yasashadi. Siz bo‘lsangiz haqiqiy qahramonlaringizni tarix go‘ngxonasiga uloqtirasiz".
👍@faqohat
192
#siyrat #ibrat
Siyrat kitoblarida "Qayg‘u yili" deb nomlangan fasli bor. Shu nomni olgan yili chindan sarvari koinot uchun qayg‘ular ketma-ketligi kuzatilgan edi. Bir yilning o‘zida avvaliga sevikli yorlari, farzandlarining onasi, moli va jonini Rosululloh sollallohu alayhi vasallam uchun fido qilgan zavjalari Xadija roziyallohu anhu vafot etdilar. Buning ortidan Makka mushriklaridan suyukli jiyanini himoya qiladigan, U Zotga yo‘naltirilgan aziyatlarga ko‘ksilarini qalqon qiladigan amakilari Abu Tolib ham vafot etdi. Ichki va tashqi himoyachilaridan ayrilgan zot juda mahzun bo‘ladilar.
Shu yili Islomga da’vat niyatida Toif shahriga borishlari ham kutilgandek emas, balki azoblanish ila yakunlanadi, ya'ni yerlik aholi hidoyatga bo‘lgan ilohiy chaqiriqni qabul qilish o‘rniga toshbo‘ron ila quvib solishadi . Hatto Robbilariga quvvatlari kamligi va tadbirlarining ozligidan shikoyat qiladilar. Aynan shu yili ulkan sabr-u matonat ko‘rsatishlariga to‘g‘ri keldi. Shuning uchun U Zotga tasalli ma’nosida, qalb jarohatlariga malham o‘laroq Isro va me'roj voqeasi sodir bo‘ldi. Bu bilan Alloh O‘zini Payg‘ambar alayhissalom bilan birgaligini, o‘z habibini yolg‘iz, o‘z holiga tashlab qo‘ymaganini bildirib qo‘ydi.
Hozirgi holimizda biz ham tushunib olishimiz lozim-ki, bandaning boshida albatta imtihon va sinovlar bor va ular behikmat emasdir. Musibatlar o‘z egasini Allohga yuzlantiradi, iltijo qildiradi. Unga qulchilik qilish kerakligini uqtiradi. Allohning O‘zi "Albatta, og‘irlikdan so‘ng yengillik bor, qiyinchilik ila osonlik bor!" deya ta'kidlab qo‘ygan. Bundan tashqari balolarga qilingan sabr evaziga hisobsiz mukofot berilajagini ham unutmasligimiz kerak.
👍@faqohat
192
Sen hayotingda "kech qolgan" emassan. Balki sen o‘zinga munosib o‘rindasan.
Shundaylar bor 22 yoshidayoq qaysidir oliygohni tamomlagan va ish joyi topa olmay yurgan
Va yana shundaylar bor 27-28 yoshida oliygohni tugatishi bilan ishga joylashgan.
Shundaylar bor 20 yoshida uylangan va o‘n yil farzand kutgan. Va yana shundaylar bor 27da uylanib kelasi yil farzand ko‘rgan.
Shunday qizlarni bilaman 19-20 yoshida "baxtim ochildi ura" deb erga tekkan, ammo eri badxulq, hayoti zahar.
Shunday qizlar bor uning hayotini ko‘rib "O‘tirgan qiz o‘rnini topar" degan maqolga iymon keltirasan. Hayoti havas qilguli.
Shundaylar bor 25 yoshidayoq mudir bo‘lgan ammo 45 yoshida vafot etgan. Va shundaylar borki 45 yoshida mudir bo‘lib 90 ni ko‘rib yuribdi. Izzatda, hurmatda.. Atrofi to‘la farzand, nabira-abiralar.
Shunday ekan "O‘z vaqtida" shioriga amal qilib yasha. Ba’zan kallangda ular oldinda va sen ulardan ortda qolgandek tasavvur paydo bo‘ladi. Unday emas! "Sen hech kimdan oldinda emassan va ayni vaqtda hech kimdan ortda qolgan ham emassan"ni unutma. Hamma narsa Alloh xohlagan munosib vaqtda, U xohlagandek bo‘ladi. U Zot har bir narsaga miqdor belgilab qo‘ygan. Ko‘nglingni cho‘ktirma, sakiynatda bo‘l.
@faqohat
