Faqohat
Open in Telegram
Sababsiz, shartsiz va manfaatsiz doim yonimizda boʻlganlarga salom boʻlsin.. 2: @faqohat_ru Murojaat uchun: @faqohat_bot
Show more192
Subscribers
+124 hours
+57 days
-7530 days
Posts Archive
192
Birinchi bo'lib...
- Sahobalardan jannatga birinchi boʻlib Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu kiradilar.
- Jannatga birinchi kiradigan jamoa faqir muhojirlar.
- Boy sahoblardan birinchi boʻlib jannatga Abdurrahmon ibn Avf kiradi.
- Jannat ahli birinchi boʻlib “salsabil” bulogʻidan suv ichadi.
- Qiyomatda birinchi boʻlib insonga ahli va bolalari osiladi. Ular “Ey Robbimiz. Bu bizga bilmaganlarimizni oʻrgatmagan va bizga harom yedirgan. Bundan bizning haqqimizni olib ber” deydilar.
- Doʻzaxda birinchi boʻlib Iblisga oʻtdan kiyim kiydiriladi.
- Yer yuzidan birinchi boʻlib omonat koʻtariladi.
👍@faqohat
192
#ogohlik🚫
Yuqoridagi shaxlar kabi bir necha insonlar ijtimoiy tarmoqlarda o'zbek tilida shialikni targ'ib qilib sodda odamlarning savollariga o'zlarini botil e'tiqodidan kelib chiqib javoblar berib yotishibdi, afsuski bunga ishonib olqishlab yurganlar ham bor. Hadis deb o'zlarini foydasiga gapiradigan, kerak bo'lsa to'qima rivoyat ham yasab qo'yadigan bu kabi o'zini "qo'y" qilib ko'rsatuvchi, sahobalarni va Oisha onamizni so'kib, oyatlar va ittifoq qilingan sahih asarlarni inkor qilivchi toifadan ogohlantiramiz.
Imom Ibn Kasir "Al bidaya va al nihaya" kitobida ahli sunnaning ustuni bo'lmish Imom Boqiloniydan keltirib aytadilar: "Ularning (Shialar) mazhablari kufr yo'lidir, e'tiqodlaridan esa (ahli sunna tomonidan) qaytarilgandir".
Imom Molik va Ahmad rohimahumallohdan shu ma'noda gap naql qilingan: " Ushbu toifaning Islomga aloqasi yo'qdir".
Bular yuqoriga ko'taradigan Aliy va Ja'far Sodiq roziyallohu anhular ham bu toifaning fitnasidan Alloh taolodan panoh so'ragan.
👍@faqohat
192
#fiqh #eslatma
Uzrsiz zakotni kechiktirish
Pul, tillo, kumush va boshqa zakot vojib boʻladigan narsalarda bir yil toʻlsa, zakot beradigan kun kelsa, oʻsha kuni zakotni berish vojib boʻladi. Uzrsiz zakotni kechiktirish baʼzi qavlga koʻra kabira gunohdir. Imom Karxiy rohmatullohi alayh: Zakotni uzrsiz kechiktirgan odamning guvohligi (fosiqligi sababli) qabul qilinmaydi, rad qilinadi, deganlar.
🌘@faqohat
192
Shayh Abdulloh Sirojiddin Husayniy rohmatullohi alayh o'zlarining "As-siyom" nomli kitobida: "Albatta, Alloh taolo farishtalariga ro'zador bandasini maqtaydi", deb turib, odatlariga ko'ra so'zlarini bir nechta hadisi shariflar bilan quvvatlaydilar.
Qanday baxt arafasida turganimizni his qiling, aziz do'stlarim. Agar iymon va ixlos bilan ro'za tutsak Robbimiz biz gunohkor qullarini muqarrab farishtalar oldida maqtaydi. Bir tasavvar qilib ko'ring, biz kimmiz-u, butun olamlarni Yaratuvchisi Kim? Yana biz kimmiz-u, muqarrab farishtalar kim? Kim bizni kimlarga maqtaydi?
🌘@faqohat
192
#tabrik🟡
Dunyo sahrosidagi qum zarralari sonini, dunyo o'rmonidagi daraxtlarning barglari sonini, dunyo yomg'irining tomchilari sonini biladigan farishtalar ham uning ro'zasi savobi qanchaligini bilmaydigan oy kirib kelmoqda. Mo'minlarga buyuk imkoniyat, ulug' marhamat, tengsiz baraka oyi kirib kelmoqda. Tog'dek-tog'dek gunohlar ham pista po'chog'idek uchib ketadigan, ozgina amal uchun olam-olam mukofotlar beriladigan oy kirib kelmoqda. Qoraygan qalblarni yuvgani, qotib qolgan qalblarni yumshatgani, g'amgin qalblarga orom bergani, haddidan oshgan nafslarga tarbiya bergani, og'irlashib ketgan gunohlar daftarini yengillatgani, yengillashib ketgan savoblar daftarini to'ldirgani, oylarning sultoni, muborak Ramazon oyi kirib kelmoqda! Seni bizlarga ne'mat qilib yuborgan Zotga cheksiz hamd-u sanolar bo'lsin! Qibla ahli bo'lmish barcha iymondosh birodarlarimizga ushbu Ramazon oyi muborak bo'lsin! 🌘
✍🏻Sayyid Akbar Mirzo Abdulaziz
🌘@faqohat
192
#fiqh #ròza
Ramazon oyida musofir kishining ro'za tutishi, muqimning ro'zasidan mashaqqatliroq bo'lgani sababli, sunnat bo'lishiga qaramasdan, farzdan afzaldir.
*Xuddi shunday jum'a namoziga azondan oldin borish sunnat va azondan keyin borish esa farz bo'lishiga qaramasdan, azondan oldin borish ( ya'ni sunnat ), azondan keyin borishdan (ya'ni farzdan) afzaldir.
"Roddul muxtor, 1-jild"
@faqohat
192
Surat Uhud togʻining hajmi, markazdagi masjidun nabiyga solishtirish orqali naqadar ulkan ekanini koʻrish va bilish imkonini beradi. Uni bilish nima uchun kerak degan savolizga javobni quyida bilib olasiz.
Hadisda:
"Bir mo'minning janozasi va dafn etilishida ishtirok etgan mo'min uchun ikki qiyrot ajr beriladi. Har bir qiyrot Uhud togʻidek. Agar janoza oʻqish bilan kifoyalansa bir qiyrot ajrga ega boʻladi" deyilgan.
@faqohat
192
#fiqh #savol_javob
Zakot kitobi
64. Harom mol to‘plagan kishining puli nisobga yetsa zakot vojib bo‘ladimi?
Javob: (Harom molda) Zakot vojib bo‘lmaydi.
65. Vojib bo‘lgan fitr sadaqasidan faqirlarga taqsimlash paytida, (bug‘doyni) har biriga bir misriy qadah (idish) miqdorida taqsimlasa joizmi?
Javob: Joiz bo‘lmaydi. Bir faqir uchun bug‘doydan yarim so’ (o‘lchov birligi) yoki qiymatini berish vojib. Bundan kamaytirishi joiz emas.
66. Moli bor bo‘lib turib, qarzdor bo‘lgan kishiga zakot vojib bo‘ladimi?
Javob: Agar qarzi qo‘lidagi molidan ko‘p bo‘lsa, unga zakot vojib emas. Agar kam bo‘lsa, qarzdan ortib qolgan moli zakot nisobiga yetsa zakot beradi.
67. Bir kishi zakot vojib bo‘lib turgan molga ega bo‘lsa va xotinining oldingi eridan bolalari bor bo‘lsa, zakotni shu bolalarga berishi joizmi?
Javob: Ha, ularga zakotni berish joizdir.
68. Faqir (muhtoj) sayyidga zakot berish joiz bo‘ladimi? Zakot ado qiluvchidan farz soqit bo‘ladimi, sayyid uchun zakotni olish halolmi?
Javob: Ha, (muhtoj) sayyidning zakot olishi halol bo‘ladi, unga zakot berish joiz, zakot beruvchining bo‘ynidan zakot soqit bo‘ladi. Vallohu a’lam.
*Ushbu fatvolarni to‘plab, tartibga soluvchi Shayxul-islom alloma Muhammad Shamsuddin ibn Jamoluddin Hanafiy deydi: Ustozimiz Alloma Ibn Nujaym Hanafiy rohimahulloh bu fatvosida Zohirur-Rivoyaga ixtilof qildi. Chunki hanafiy mazhabini rivoyat qilish uchun belgilab qo‘yilgan butun matnlar va sharhlarida keltirilgan fatvolarda Bani Hoshim (sayyidlar) va mavoliylariga zakot moli halol emas.
Faqat Ibnul-Malikning "Al-Majma’" sharhida "Sharhul-Manor" dan naql qilinishicha Imom Abu Hanifadan bir rivoyat mavjud. "Bani Hoshimga (sayyidlarga) sadaqalarning hammasi joizdir. Zakot molining harom ekanligi Nabiy sollallohu alayhi va sallam davrlarida ularga (Bani Hoshimga Baytulmoldan) xums (beshdan biri) berilgani sababidan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan keyin bu soqit bo‘lgach Bani Hoshimga zakot sadaqasi halol bo‘lgan. Imom Tahoviy deydi: Joiz degan fatvoni olamiz. Tugadi.
Ustozimiz (Alloma Ibn Nujaym) rohimahullohning fatvosining sanadi (dalili) mana shudir. Vallohu A’lam.
69. Bir kishi qorong‘uda bir shaxsga uni musulmon deb gumon qilib zakotini bergan bo‘lsa, so‘ngra uning yahudiy zimmiy ekanligi ma’lum bo‘lsa, bergan zakoti joiz bo‘ladimi, qaytarishi vojib emasmi?
Javob: Ha, shu zakoti durust bo‘ladi, qaytadan zakot berishi vojib emas.
70. Bir kishining bo‘ynida ado qilmagan zakoti bor bo‘lsa, vasiy (sohibi) uning molidan zakot chiqarib faqirlarga berishni vasiyat qilgan bo‘lsa, zakot molining uchdan biridan beriladimi yoki butun molidan chiqariladimi?
Javob: Zakotni molning uchdan biridan chiqaradi.
71. (Nisob miqdorida) molga ega bo‘lgan va moli halok bo‘lginuga qadar zakotini bermagan kishining zimmasida zakot qarzga aylanadimi yoki mol halok bo‘lganligi sabab zakot soqit bo‘ladimi?
Javob: Mol halok bo‘lgani sababli zakot soqit bo‘ladi. Vallohu a’lam.
72. Shar’iy dirham necha qiyrotdir? Bir qiyrot necha arpa bo‘ladi? Bir misqolning miqdori necha qiyrotdir?
Javob: Bir dirham o‘n to‘rt qiyrotdir. Bir qiyrot besh dona arpa (og‘irligi), va bir misqol yigirma qiyrotdir.
73. Bir kishida (qiymati) ikki yuz dirhamdan oshadigan kumush idishi bor bo‘lsa, unga zakot vojibmi?
Javob: Ha, o‘z mulkida bir yil turgan bo‘lishi sharti bilan, unga zakot vojibdir. Vallohu A’lam.
Zakot kitobi tugadi.
"Fatavoi ibn Nujaym Misriy"
@faqohat
192
•Ramazonga tayyorgarlik•
#fiqh #ròza
Fiqhiy masala:
لو بالغ في الاستنجاء حتي بلغ موضع الحقنة فسد.
(در المختار جلد 2. ص 397)
Qazoyi hojatdan so‘ng, istinjoda mubolag‘a qilish sababli suv maq’ad ichiga yetsa ro‘za buziladi. Shu sabab, bunday holatda ehtiyot zarur!
"Durrul muxtor, 2 - jild, 397 sahifa"
@faqohat
192
•Ramazonga tayyorgarlik•
#fiqh #ròza
Fiqhiy mas’ala:
الدموع إذا دخلت فم الصائم إن كان قليلاً كلقطرة أو القطرتين أو نحوها لا يفسد صوما و إن كان كثيراً حتي وجد ملوحته في جميع فمه و اجتمع شيء كثير فابتلعه يفسد.
(عالمگيري. ج 1 ص 203).
Ro‘zadorning og‘ziga ko‘z yoshi sizib kirsa, agar oz bo‘lsa, masalan bir-ikki tomchi, ro‘zasi buzilmaydi. Agar bir-ikki tomchidan ko‘proq ko‘z yoshi og‘izda to‘planib, uni yutib yuborsa ro‘zasi buziladi.
"Fatavoi olamgiriyya"
@faqohat
192
Ulug‘likning cho‘qqisi – ko‘zlaring jiqqa yosh bo‘lsada tabassum qilmog‘ing.
Sabrning cho‘qqisi – dilingdagi dardlar dod solsada sukut qilmog‘ing.
Dardu alamning cho‘qqisi – yaxshi ko‘rganingdan ozor topmog‘ing.
Vafoning cho‘qqisi – yaxshi ko‘rganlaring yetkazgan ozorlarni unutmog‘ing.
@faqohat
192
Faqatgina ko‘p gapirib, katta sharh yozishing - sening haqiqiy olim ekanliginga dalolat qilmaydi!
"Kimda-kim bir olimni ikkinchisidan faqat ko‘p gapirgani uchun afzal bilsa, bilinki u, bu ummatning o‘tgan salafu-solihlarini qoralab haqoratlagan bo‘ladi".
✍🏻Ibn Rajab Hanbaliy rohimahulloh
👍@faqohat
192
#hadis #fiqh #eslatma
Oyat va hadislarda namozlarni masjidlarda jamoat bo‘lgan holda o‘qishga ko‘plab amrlar bor.
Hatto bir hadisda:
لا صلوة لجار المسجد إلا في المسجد
"Masjid qo‘shnisi uchun namoz yo‘q magar masjidda bo‘ladi" deyilgan. Shu va shunga o‘xshash hadislardan mujtahid olimlarimiz namozni jamoat bo‘lib ado etish vojib amal deydilar.
Ammo...
Ammo bir hadisda :
"Piyoz yoki sarimsoq yegan kishi namozgohimizga yaqinlashmasin!" deyilgan. Bu bilan uni yegan kishidan keladigan noxush hid ila jamoatdagi boshqa birov ozorlanishining oldi olingan.
👍@faqohat
192
#eslatma
Iymon bo‘laklaridan biri Allohga tavakkul qilishdir.
Allohga tavakkul qalbning amali bo‘lib, banda barcha ishini Allohga topshirishi, qo‘lidan kelmagan joyiga Allohni vakil qilish demakdir.
Mo'min odam turli sabablarini ushlagan holda, extiyotkorlik yuzasidan qo‘lidan kelgan choralarni ko‘rgandan so‘ng uyog‘ini Allohga topshirishi, Uning rahmatiga, madadiga e’timod qilishi, fazlu-karamiga ishonishi lozim. Bu esa iymonimiz taqozosidir.
Imom Jurjoniy o‘zining "Ta’rifot" kitobida tavakkul haqida shunday degan:
"Tavakkul Allohning huzuridagiga ishonish va odamlar qo‘lidagidan noumid bo‘lishdir."
Eng chiroyli va to‘g‘ri tavakkulni dehqonlar qilishadi. Qish oxirlagandan boshlab harakatga tushadi, yer tayyorlab urug‘ sepadi, suv beradi mehnat qiladi va undan keyin barakotli hosil bo‘lishi uchun Allohga yolborib, duo qiladi. Mana shuni haqqiqiy tavakkulchilik deyiladi.
Alloh taologa tavakkal qilish "Alloh mening rizqim va ishimga O‘zi kafildir" deb qattiq ishonishdin iboratdir. Bu ishonchning albatta samara berishini Alloh O‘zi oyati karimasida bayon qilgan:
......... وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُۥٓ إِنَّ ٱللَّهَ بَٰلِغُ أَمْرِهِۦ قَدْ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَىْءٍ قَدْرًا.
"Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U Zotning O‘zi kifoyadir.
Albatta Alloh O‘z ishini (yakuniga) yetkazuvchidir.
Haqiqatda, Alloh har bir narsaga o‘lchov qilib qo‘ygan".
@faqohat
192
#eslatma
Iymon bo‘laklaridan biri Allohga tavakkul qilishdir.
Allohga tavakkul qalbning amali bo‘lib, banda barcha ishini Allohga topshirishi, qo‘lidan kelmagan joyiga Allohni vakil qilish demakdir.
Mo'min odam turli sabablarini ushlagan holda, extiyotkorlik yuzasidan qo‘lidan kelgan choralarni ko‘rgandan so‘ng uyog‘ini Allohga topshirishi, Uning rahmatiga, madadiga e’timod qilishi, fazlu-karamiga ishonishi lozim. Bu esa iymonimiz taqozosidir.
Imom Jurjoniy o‘zining "Ta’rifot" kitobida tavakkul haqida shunday degan:
"Tavakkul Allohning huzuridagiga ishonish va odamlar qo‘lidagidan noumid bo‘lishdir."
Eng chiroyli va to‘g‘ri tavakkulni dehqonlar qilishadi. Qish oxirlagandan boshlab harakatga tushadi, yer tayyorlab urug‘ sepadi, suv beradi mehnat qiladi va undan keyin barakotli hosil bo‘lishi uchun Allohga yolborib, duo qiladi. Mana shuni haqqiqiy tavakkulchilik deyiladi.
Alloh taologa tavakkal qilish "Alloh mening rizqim va ishimga O‘zi kafildir" deb qattiq ishonishdin iboratdir. Bu ishonchning albatta samara berishini Alloh O‘zi oyati karimasida bayon qilgan:
......... وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُۥٓ إِنَّ ٱللَّهَ بَٰلِغُ أَمْرِهِۦ قَدْ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَىْءٍ قَدْرًا.
"Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U Zotning O‘zi kifoyadir.
Albatta Alloh O‘z ishini (yakuniga) yetkazuvchidir.
Haqiqatda, Alloh har bir narsaga o‘lchov qilib qo‘ygan".
@faqohat
Alloh bizlarni haqiqiy tavakkulchi bandalaridan qilsin.
192
Abu Jahl Nabiy sollallohu alayhi vasallamga qarab:
"Dunyoda sendan ko‘ra xunik odam yo‘q!"deganda unga javoban Sayyidimiz:
"To‘g‘ri aytding!" dedilar.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rosulimiz alayhissalomga qarab:
"Ya Rosulalloh, bir oyga qaradim, bir sizga qaradim. Siz oydan ko‘ra chiroyliroq ekansiz" dedilar. Shunda sayyidimiz unga ham:
"To‘g‘ri aytdingiz!" dedilar.
Hukamolar aytishadi: "Ha, Nabiy alayhissalom haqiqiy ko'zgu edilar, har kim u zoti sharifda o'zini ko'rar edi".
@faqohat
