BAXMAL TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI
Open in Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kanaliga xush kelibsiz! 📌Ushbu kanalda maktabimizda boʻlayotgan tadbirlar, erishilayotgan yutuqlar, maktabimiz haqida soʻngi xabarlar yoritib boriladi✅
Show more1 218
Subscribers
-124 hours
-97 days
-1430 days
Posts Archive
+7
#Baxmal_IM
#5_tashabbus
Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5 tashabbus doirasida hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish va rivojlantirish to‘g‘risida” 2026-yil 8-iyundagi 96-AF-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 6-7 sinf o`quvchi qizlari va o`smirlari o`rtasida mini futbol musoboqasi tashkil etildi.
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📱Youtube|🌐Instagram|💻web
#Baxmal_tuman_IM
#Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o`quvchisi Soatmurodova Farangiz IELTSdan 7.0 ball (C1 daraja)ga birinchi urinishdayoq yuqori natijaga erishdi!
O`quvchimiz o`qishlariga omad tilaymiz!
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📱Youtube|🌐Instagram|💻web
+5
#Baxmal_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi
✅ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar uchun "Ertalabki saflanish" tadbiri o'tkazildi.
Davlat madhiyasi jonli ijro etildi.
O'quvchilarga Maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalari, mobil telfondan foydalanish, kiyinish madaniyati, yo'l harakat qoidalariga so'zsiz amal qilish inson salomatligi uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shundan so'ng "Kelajak soati" darslari o'tkazildi.
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📱Youtube|🌐Instagram|💻web
+4
#Baxmal_IM
#Sport_kuni
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2026-yil 8-iyundagi 96-AF sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tashkilotlar va ta’lim muassasalari uchun haftaning shanba kuni “Sport kuni” etib belgilandi.
⛹️♂️ Shu munosabat bilan Izboskan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bugun "Sport kuni" doirasida ustozlar o‘rtasidaVoleybol musobaqasi o‘tkazildi.
✅ Qizg‘in kurashlarga boy o‘yinda do‘stlik g‘alaba qozondi.
Bunday sport musobaqalari orqali ustozlarning nafaqat sog‘ligi, balki ruhiy holati ham barqarorlashadi.
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📱Youtube|🌐Instagram|💻web
Repost from BAXMAL TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI
#Tavallud_ayyomingiz_muborak
✅Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktab fizika fani o`qituvchisi Nurbekov Sherzodning tavallud ayyomi.
Hurmatli Sherzod Nurbekov!!!
🎁Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz.
🎉Sizga uzoq-umr, baxt-saodat, oilaviy-xotirjamlik, ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz! Hamisha oilangiz va tashkilotingiz baxtiga sog'-salomat bo'ling, yuzingizdan quvonch hech qachon arimasin!
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram
+5
#Jarayon
#Baxmal_IM
Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi sobiq bititiruvchisi Abddurasulova Fayoza Toshkent Davlat Sharqshunoslik unversitetining 2-bosqichida tahsil olmoqda.Bitiruvchimiz 29-30avgust kunlari Hindiston Respublikasi Bosh vazirini Muxtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev hamda tengdoshlari bilan kutib oldilar va uchrashuvda muxtaram prezidentimiz huzurida nutq soʻzladi.Shogirdimiz Abdurasulova Fayozaning kelgusi o`qish va ishlarida omadlar tilaymiz!
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📱Youtube|🌐Instagram|💻web
#Baxmal_tuman_IM
#Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o`quvchisi Bo'riboyeva Ruxshona IELTSdan 6.0 ball (B2 daraja)ga birinchi urinishdayoq yuqori natijaga erishdi!
O`quvchimiz o`qishlariga omad tilaymiz!
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📱Youtube|🌐Instagram|💻web
#Baxmal_tuman_IM
#Bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor
Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o`quvchisi Sharofiddinova Odina IELTSdan 6.5 ball (B2 daraja)ga birinchi urinishdayoq yuqori natijaga erishdi!
O`quvchimiz o`qishlariga omad tilaymiz!
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📱Youtube|🌐Instagram|💻web
#Baxmal_tuman_IM
#Bilimlar_kuni_video
🎆 BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILI YANGI MAQSADLAR BILAN BOSHLANDI!
🎓 Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yagona Vatan, Yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni yarataylik!" shiori ostida mustaqilligimizning 35 yilligi hamda bilimlar kuni keng nishonlandi. 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbiri yuqori saviyada va tantanali ruhda o‘tkazildi.
🇺🇿 Tadbir davomida yangi o‘quv yilining ustuvor maqsadlari, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda yuqori natijalarga erishish borasidagi vazifalar ta’kidlandi.
🏆 Shuningdek, o‘tgan o‘quv yilida o‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuq va yuqori natijalar munosib e’tirof etildi. Ushbu e’tirof yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
✨ Yangi o‘quv yili — yangi marralar, imkoniyatlar va zafarlar sari dadil qadam!
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram |
Repost from E’zoza Karimova
Qadrli o‘quvchilar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Muhtaram ota-onalar!
Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ayniqsa, bugun “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga to‘lib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman.
Davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini o‘quvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgani barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi.
Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi va o‘quvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
+7
#Baxmal_tuman_IM
"KELAJAK SOATLARI" TASHKIL ETILDI.
Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabda O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" mavzusida "Kelajak soatlari" darsi o'tildi. "Kelajak soatlari" darsining asosiy maqsadlari:
✅o'quvchilarga mustaqillik yillarida erishilgan ulkan yutuqlar va ta'lim sohasidagi islohotlarni tushuntirish;
✅yoshlarda vatanparvarlik, milliy g'urur va birdamlik tuyg'ularini yuksaltirish;
✅kelajak egalarini Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shishga ruhlantirish.
Darslar qizg'in muloqot, savol-javoblar va ko'tarinki ruhda tashkil etilib, o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📱Youtube|🌐Instagram|💻web
+7
#Baxmal_tuman_IM
#Bilimlar_kuni 2
🎆 BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILI YANGI MAQSADLAR BILAN BOSHLANDI!
🎓 Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yagona Vatan, Yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajakni yarataylik!" shiori ostida mustaqilligimizning 35 yilligi hamda bilimlar kuni keng nishonlandi. 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Bilimlar kuni” tadbiri yuqori saviyada va tantanali ruhda o‘tkazildi.
🇺🇿 Tadbir davomida yangi o‘quv yilining ustuvor maqsadlari, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda yuqori natijalarga erishish borasidagi vazifalar ta’kidlandi.
🏆 Shuningdek, o‘tgan o‘quv yilida o‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuq va yuqori natijalar munosib e’tirof etildi. Ushbu e’tirof yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
✨ Yangi o‘quv yili — yangi marralar, imkoniyatlar va zafarlar sari dadil qadam!
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram |
+7
#Baxmal_tuman_IM
#Bilimlar_kuni

📱Telegram | 📱You
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigiAziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin! Hurmatli bayram ishtirokchilari! Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir. Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir. Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz. Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang! Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim! Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz! Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin! Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin! Butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan tabriklayman. Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin! Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti —
Все вместе мы обязательно создадим золотую эпоху, новую великую историю нашей Родины! Мы благодарны Всевышнему за поистине бесценное богатство – нашу независимость! Слава нашему народу – созидателю независимости! С 35-летием государственной независимости Республики Узбекистан. Пусть в нашей стране всегда царит мир, в наших домах будут благополучие и достаток! Да здравствует Республика Узбекистан! Да здравствует народ Узбекистана!Шавкат Мирзиёев, Президент Республики Узбекистан Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
#Jarayon
#Ota_onalar_majlisi
Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2026-2027-o'quv yili uchun qabul qilingan o'quvchilarning ota-onalari uchun yig'ilish o'tkazildi.
Ota-onalarga maktabda ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, maktab hayoti hamda zamonaviy talablar asosida tashkil etilgan sinf xonalari, labaratoriya jihozlari bilan yaqindan tanishdilar .Shu bilan birga umumiy yig`ilishda maktabning ichki tartib qoidalari, o`qish tartibi bo`yicha barcha ma`lumotlar yetkazildi.Bu hamkorlik o`quvchilarning ertangi kundagi muvaffaqiyatlariga asos bo`lishiga ishonamiz.
🌐Maktabning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📱Youtube|🌐Instagram|💻web
Hurmatli ota-onalar, aziz o`quvchilar 29-avgust soat 9-00 da maktabda sizlarga qulaylik yaratish maqsadida maktab yarmarkasi tashkil etilmoqda.Barchangizni taklif qilamiz.
Baxmal_tuman_IM
🇺🇿 “Mustaqillik — bu shunchaki bayram emas. Bu bizning bugunimiz va farzandlarimiz kelajagi!”
“Agar sizdan O‘zbekiston deganda xayolingizga keladigan eng qadrli bir narsani aytish so‘ralsa, nima der edingiz?”
“35 yil avval bir tarix boshlandi. Bugun esa o‘sha tarixning davomchisimiz! ”
🔥 “Ozodlikning qadrini bilasizmi? Unda bir daqiqaga ko‘zingizni yuming va Vataningiz yo‘q deb tasavvur qiling…”
“Biz mustaqillikni meros qilib oldik. Endi uni kelajak avlodga qanday topshiramiz?”
❤️ “Vatan — xaritadagi hudud emas. Vatan — yurakdagi eng katta tuyg‘u.”
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Mening maktabim-O‘zbekiston kelajagi" mavzusidagi 8-sinf o`quvchisi tomonidan tayyorlangan videorolik