cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Techtonic (by PDP)

Show more
Advertising posts
307
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-2130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

00:11
Video unavailableShow in Telegram
OpenAI (ChatGPT) jamoasi tomonidan yaratilgan Sora nomli yangi text2video model istalgan mattni videoga oʻtkazib bera oladi. Sem Altman kecha o’z “X” sahifasida “Sora” deb ataladigan yangi ishlanmasini taqdim etdi. Ushbu sun’iy intellekt foydalanuvchi tomonidan kiritigan matnni bir daqiqali videoga aylantirib beradi. Hozircha unga kirish ommaviy ochiqlanmagan, faqatgina test qiluvchilar, dizayner, kinematografistlar, vizualistlar kabilar uchun kirishga ruhsat berilgan. “Sora” nima qila oladi: • Bir necha personajlar ishtirokida muayyan harakatlar, detallar va fonlar bilan video generatsiya qilib beradi. • Foydalanuvchi kiritgan matnni fizik dunyoda qanday shaklda mavzudligini aniq ifodalay oladi. • Matnlardagi personajlarni emotsiyalari va o’ziga xos jihatlarini to’g’ri ifodalab beradi. • Bir generatsiya qilingan video doirasida bir necha kadrlarda personajlar va vizual stilni ko’rsatib bera oladi. ➡️ PdpTechTonic - The latest technology news
Show all...
Grafik dizaynerlik sohasiga qiziqadigan, va o’qish niyatida bo’lganlar uchun 90% lik grant e’lon qilingan! Agar sizga qiziq bo’lsa quyidagi linkga murojaat qiling. @copywriteer
Show all...
🔥 2
00:37
Video unavailableShow in Telegram
Sun'iy intellekt yordamida prezentatsiyalar yoki slaydlar tayyorlaydigan dasturlar ro'yxatini keltiraman. Ulardan ba'zilarini o'zim ishlataman: - Pitch — so'rov bo'yicha to'liq taqdimot yaratadi, shriftlardan tortib animatsiyalargacha ko'plab sozlamalar mavjud. - Slidesgpt — matn uchun ChatGPT'dan foydalanib slaydlarni generatsiya qiladi. - Magic Slides — YouTube'dagi har qanday videolardan taqdimotlar yaratadi. - Decktopus — rasm, ma'lumotlarni topadi va hamma narsani slaydlar shaklida to'playdi, sizdan faqat mavzuni belgilash talab etiladi. - Wepik — Bir necha klik yordamida slaydlar tayyorlash mumkin va PDF'ga eksport qilish imkoniyati mavjud. ➡️ PdpTechTonic - The latest technology news
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Adobe After Effects dasturiga oid 40 dan ziyod bepul video darsliklar to‘plami 👉 Youtube.com/DavidTomparkers/videos P.s: After Effects dasturidan kino va kliplar effektlari uchun keng foydalanishadi. ➡️ PdpTechTonic - The latest technology news
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🖥 Dasturlashning turli yo'nalishlari uchun "very" foydali top saytlar 🖥 PYTHONPython.org 🖥 JAVAEducative.io 🖥 C++LearnCpp.com 🖥 JAVASCRIPTCodementor.io 🖥 C#Tutorialspoint.com 🖥 SWIFTSwift.org 👣KOTLINkotlinlang.org 🖥 RUBYRubyMonk.com 🖥SCALAUdemy.com 🖥 PHPCodeCourse.com P/s: Ro'yxatni izohlarda davom ettirishingiz mumkin)) ➡️ PdpTechTonic - The latest technology news
Show all...
👍 4🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Coursera.org – eng yaxshi kurslarni tekinga oʻrganing Coursera'dagi har bir kurs jahon miqyosidagi universitetlar va kompaniyalarning yuqori darajali o'qituvchilari tomonidan o'qitiladi, shuning uchun siz istalgan vaqtda va istalgan joyda yangi narsalarni o'rganishingiz mumkin. ➡️ PdpTechTonic - The latest technology news
Show all...
👍 2🤔 1
🌐 Sun'iy intellektni o'rganish uchun eng zo'r YouTube kanallar ro‘yxati Hozir biror sohani o'rganish uchun internet bo'lishining o'zi yetarli bo'lib qoldi. Quyida sun'iy intellektni o'rganish uchun foydali bo'lgan YouTube kanallar ro'yxati keltirilgan: Two Minute Papers - Muallif texnologiya risolalarini, asosan sun'iy intellekt haqida, tushunarli qilib tayyorlaydi. Videolarda animatsiyalar va vizual ko'rinishlar jarayonni tushunishimizga yordam beradi. Matt Wolfe - Matt Wolfe AI, no-code va kelajak qanday bo'lishi mumkinligi kabi qiziqarli mavzularda gapiradi. Muallif yangiliklarni ulashadi, AI vositalarini ko'rib chiqadi. Matt AI dunyoni yaxshiroq qilishiga ishonadi. All About AI - Bu kanalda sun'iy intellekt, mashinasozlik o'rganish va boshqalar kabi eng so'nggi texnologiyalar haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. Murtaza's Workshop - Robotics and AI - Bu kanal o'z-o'zidan harakatlanadigan mashinalar, dronlar va boshqa qiziqarli loyihalar haqida. Muallif, robototexnika hobbist va dasturiy injiner va u qiziqarli texnologiyalar uchun manbalar va darslar bilan bo'lishadi. PromptJungle - Bu kanalda siz sun'iy intellektning so'nggi modellari, mashinasozlikni o'rganish va eng yangi va eng qiziqarli AI vositalari haqida ma'lumotlarni olasiz. AssemblyAI - Bu kanalda siz sun'iy intellektning so'nggi rivojlanishlarini, darsliklar va mashinasozlikni o'rganish bo'yicha ta'limiy videolarni topasiz. ➡️ PdpTechTonic - The latest technology news
Show all...
🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Foydali linklar ro'yxati Remove.bg - rasmdagi orqa fonni olib tashlash uchun ajoyib sayt. Yuklagan rasmingizni bir necha soniya ichida, orqa foni shaffof bo'lgan holda qo'lga kiritasiz. Kiril-lotin.uz - Kirill yoki lotin alifbosidagi matnlarni kirilldan-lotinga, lotindan-kirillga o'giradigan sayt. Lingvist.io - 200 soatda xorijiy tillarni mukammal o’rganish uchun interaktiv bepul sayt. ➡️ PdpTechTonic - The latest technology news
Show all...
🫡 2
🤖 BMW AQSh'dagi zavodiga odamsimon robotlarni «ishga yolladi». Robot 20 kg gacha yukni ko’tara oladi va bir marta quvvatlanganda taxminan besh soat xizmat qiladi, ular Figure startapi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu robotlar aynan qanday vazifani bajarishlarini hali aytishmadi. Videoga qaraganda minimum, ishchilar uchun qahva tayyorlay olishadi :) ➡️ PdpTechTonic - The latest technology news
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Dasturchi bo'lib, qaysi sohalarda ko'proq buyurtmalar olish mumkin? Telegram-botlar Ushbu soha bo'yicha buyurtmalar doimiy ravishda bo'ladi. Chunki botlar o'ta qulay va ular orqali ko'p narsalarni avtomatlashtirish mumkin. Odatda restoranlar uchun botlar talabgir va qimmat turadi. Ularning narxi 200$ dan boshlanadi. Saytlar Bir kunda qariyb mingta sayt ochiladi. Sayt ochuvchilarining katta qismi saytni o'zlari taxlay olishmaydi. Bu yerda dasturchi asosiy rolni o'ynaydi — u saytni yozib beradi. Saytlarning o'rtacha narxi 300$-400$ atrofida bo'ladi (TZ ga qarab). Android va iOS ilovalar Frilansda ushbu sohaga juda ko'p buyurtma tushmasligi ham mumkin, ammo kompaniyalarda bu dasturchilarga katta maosh to'lashadi. Tajribamdan kelib chiqib aytaman, bir dasturchi Android va iOS uchun ilova yozdi. Ularning narxi 1200$ bo'ldi, bu unga 2-3 oyga yetadi :) ➡️ PdpTechTonic - The latest technology news
Show all...