"Kitobdoshlar" jamiyati
Open in Telegram
"Kitobdoshdan kitobdoshga". Iqtiboslar; Taqrizlar; Yangi loyihalar; Suhbatlar; Kitob tavsiyalar; Marafonlar; Zakovat; Qiziqarli savol-javoblar; Sovg'ali topshiriqlar. Kitoblarga oid barcha narsa.
Show more581
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Ushbu post ostidagi reaksiyalar (🔥) soni 25 tadan oshsa, ustoz Akrom Malik bilan bo'lib o'tgan suhbatni yuboramiz.
Biz qiziqdikda endi )
@kitobdoshlar_jamiyati
Bugungi suhbatimizni, kitobxon do'stlaringizga ulashing!
@kitobdoshlar_jamiyati
Qadrdonlar ba'zi sabablarga ko'ra, ushbu ovozli suhbatimiz ertaga, 5-may kuni soat 20:30 da bo'lib o'tadi.
Noqulaylik uchun uzr.
@kitobdoshlar_jamiyati
Bugungi suhbatimizni, kitobxon do'stlaringizga ulashing!
@kitobdoshlar_jamiyati
Navbatdagi mehmonimiz!
Akrom Malik - Navoiyshunos tadqiqochi. "Halqa", "Jangchi" asarlari muallifi.
Uchrashuv vaqti: 04-may, soat 20:30 da.
@kitobdoshlar_jamiyati
Kitob tanlashda nimalarga e'tibor qaratish kerak?
Biz har qancha kitobxon bo'lmaylik dunyodagi barcha kitoblarni o'qib chiqa olmaymiz. Sababi har yili millionlab turdagi kitoblar nashr etiladi. Inson umri esa chegaralangan. Shunday ekan kitoblarni tanlashda nimalarga ahamiyat qaratish kerak?
Bu borada ustozlar tavsiya etgan, o'zimiz amalda sinab ko'rgan ba'zi tavsiyalarni ulashmoqchimiz.
Yaxshi kitob tanlash uchun:
1) O'rganmoqchi bo'lgan sohamizning mutaxassisi tamonidan tavsiya etiladigan kitoblar.
Misol uchun, adabiyotshunosdan adabiyot haqidagi, iqtisodchidan iqtisodiyot haqidagi kitoblarni so'rash kerak.
2) Asrlar o'sha yashab kelayotgan kitoblarni tanlash.
Vaqt bu eng yaxshi o'lchovlardan biridir. Aksar narsalarni sarasini saraga puchagini puchakka chiqaradi.
3) Kitob muallifiga alohida e'tibor qaratish.
Kitoblarni o'qiyotganda kitob muallifi alohida e'tiborga molikdir. Muallifning dunyoqarashasi ushbu kitobda aks etgan bo'ladi.
4) Kitobning anotatsiya qismidagi ma'lumotlar.
Kitobning ilk sahifalarining pastki qismida kitob haqida qisqacha ma'lumot orqali kitobni nima haqidaligini bilish.
5) Kitoblarni mundarijasiga qarab tanlash.
Kitobning mundarijasi bu kitobda umuman nima haqida ekanligi haqidagi ma'lumotni beradi. Shu orqali ham bu kitob sizga qanchalik kerak yoki kerak emasligini aniqlab olsangiz bo'ladi.
✍ @maqsudzoda
@kitobdoshlar_jamiyati
#sorovnoma
Bir so'rovnoma o'tkazsak :)
Siz kitoblarni nimasiga qarab tanlaysiz?
Javoblaringizni izohlar qismiga yozib qoldirishingiz mumkin.
@kitobdoshlar_jamiyati
#iqtibos
Hayot toʻlqini ojizlarni qirgʻoqqa irgʻitib tashlaydi. Oqimga qarshi suza olganlar, toʻlqinni egarlaganlargina ertangi kunga yetib keladi.
"Hijron kunlarida" romanidan
Yuboruvchi: Ochilova Nafisa
@kitobdoshlar_jamiyati
Barcha ishtirokchilarni manfaatli bo'lsin!
In shaa Alloh tez fursatlarda suhbatning yozib olingan variantini ham taqdim etamiz.
@kitobdoshlar_jamiyati
