✺ Muarrix gurungi ✺ ☕
Open in Telegram
KIMYO INTERNATIONAL UNIVERSITY IN TASHKENT - (KIUT) TOSHKENT KIMYO XALQARO UNIVERSITETI - (TKXU)
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 380
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Channel Posts
| 2 | Hater😂😂 | 0 |
| 3 | 🤩Yuliy Sezar yuzi rekonstruksiyasi — Tuskulan byusti asosida.
Tuskulan portreti (yoki Tuskulan byusti) — Yuliy Sezarning marmardan ishlangan portreti. U Sezarning bizgacha yetib kelgan yagona tiriklik davrida yaratilgan haykaltaroshlik portreti, deb hisoblanadi.
Portretdagi yuz chiziqlari Sezarning hukmronligining so‘nggi yilida zarb qilingan tangalardagi tasvirlarga mos keladi.
Tuskulan portreti 1825-yilda Tuskul forumida Lyusyen Bonapart tomonidan qazib olingan va keyinchalik Kastello d’Anyega olib kelingan. Biroq u faqat 1940-yilda Mauritsio Borda tomonidan Sezarning byusti sifatida aniqlangan.
😎@hstpkiut | 0 |
| 4 | 1421-yilda Shohrux Ozarbayjon hokimligini qoraqoʻyunlilarning azaliy dushmani boʻlgan oqqoʻyunli Alibekka topshirib, Xurosonga qaytadi. [6:68] Baʼzi tarixchilarning fikricha goʻyoki, Shohrux oʻgʻillari va beklariga Ozarbayjon hokimligini taklif qilganda, Iskandar gʻazabidan qoʻrqib, buni qabul qilmagan ekan, ammo bizningcha Shohrux mintaqadagi siyosiy vaziyatni toʻgʻri baholagan holda qoraqoʻyunlilarga qarshi oʻzining ishonchli hamkori oqqoʻyunli turkmanlarni qarshi qoʻyib, shu orqali mintaqada qoraqoʻyunli turkmanlarning taʼsirini cheklash orqali temuriylarning taʼsirini saqlab qolishni koʻzlagan, undan tashqari mintaqada temuriylarning hokimiyati hali toʻla mustahkam ham emasdi. Shu boisdan mintaqada muvozanatni ushlab turish maqsadida Ozarbayjon hokimligi oqqoʻyunli Alibekka topshirilgan.
«Qora Iskandarning hayoti va faoliyatiga doir baʼzi mulohazalar»
Maqolam nashr etilishi bilan kanalga tashlayman.
@maknunnnnnnn | 0 |
| 5 | Дониш_А_Рисола_ёхуд_манғитлар_сулоласи,Тош_2014.pdf | 0 |
| 6 | 1480-yilda Axmat o'zining ruslarga qarshi kampaniyasini boshladi. Rejaga ko'ra, unga Polsha qiroli Kazimir IV qo'shilishi kerak edi, lekin uni bu paytda Ivanning ittifoqchisi Mengli Gerayning tatarlarining bostirib kirishi chalg'itdi. Natijada, bu kampaniya hech narsaga olib kelmadi – mashhur Ugra turishiga. Garchi o'zlari tatarlar bu voqeaga katta ahamiyat bermagan bo'lishi mumkin. Qochib ketganidan so'ng, khan qo'shinlarni tarqatdi va o'zini Sever qirg'og'ida qishlashga yubordi, u yerda to'satdan hujumga uchrab, sobiq ittifoqchisi Ibak tomonidan o'ldirildi.
Shu vaqt ichida Moskva o'z rivojlanishini davom ettirdi va 1480-yillarning o'rtalariga kelib, shunchalik kuchayib ketdiki, Qozonni (1487 yil) egallab olishi va u yerda Muhammad Amin ismli khanini qo'yishi mumkin bo'ldi. Albatta, Ivan Qozon xonligini to'liq davlatiga kiritishni xohlagan edi, lekin bunday qadam uning ittifoqchisi – Qrim khoni Mengli Gerayning salbiy reaktsiyasini keltirib chiqarishi mumkin edi.
Taxminan shu paytlarda Sharqiy Dashti Qipchoqda boshqa oltin ordali xonlarning avlodlari rahbarligida shibanidlar va nog’ay mirzolaridan kuchli qarshilik bilan Kazaxiston xonligi muvaffaqiyatli ravishda kengaydi. Shuningdek, Mog‘ul xoni SultonMahmudga ham zarba berildi, u Muhammad Shayboniyxon – kazaklarning Turkiston viloyati uchun asosiy raqibi bo'lgan shaxsni haddan tashqari qo'llab-quvvatladi. Kazaklar Sirdaryoda Sulton-Mahmudni ikki marta mag'lub etdilar.
Sibirda esa taybugidlar avlodidan Muhammad nomli bir kishi paydo bo'lib, atrofidagi mahalliy zodagonlarni birlashtirishga muvaffaq bo'ldi. 1495-yilda u Tyumen xonligiga hujum qilib, shibanid Ibakni o'ldirdi...
P.S. Fuqarolar urushi – bu davrda Ulusi Joʻchida sodir bo'lgan voqealarga eng to'g'ri ta'rif deb o'ylayman.
@hstpkiut | 0 |
| 7 | Mart imtihoni qiyin bo'ladimi | 0 |
| 8 | #Podcast
𝐹𝑖𝑘𝑟𝑎𝑡 𝑡𝑎ℎ𝑙𝑖𝑙𝑖𝑦 𝑑𝑎𝑠𝑡𝑢𝑟𝑖𝑑𝑎 "𝐵𝑜𝑏𝑢𝑟 𝑛𝑒𝑔𝑎 𝐻𝑖𝑛𝑑𝑖𝑠𝑡𝑜𝑛𝑛𝑖 𝑡𝑎𝑛𝑙𝑎𝑑𝑖?" 𝑚𝑎𝑣𝑧𝑢𝑠𝑖𝑑𝑎 𝑈𝑠𝑡𝑜𝑧 𝐼𝑥𝑡𝑖𝑦𝑜𝑟 𝐸𝑠𝑜𝑛𝑜𝑣 𝑏𝑒𝑟𝑔𝑎𝑛 𝑚𝑎'𝑙𝑢𝑚𝑜𝑡𝑙𝑎𝑟𝑖.
@hstpkiut | 0 |
| 9 | Rahmat kattakon | 0 |
| 10 | БУ МАСКАН ХУДУДЛАР АЗАЛДАН ТУРКИЙЛАР МАКОНИ БЎЛГАН ҚАДИМДАН !!! | 0 |
| 11 | Husayn Boyqaroning Shoh Ismoilga maktubi safaviyshohni g’azablantirgani haqida yozgan edik. Eng qizig’i bu g’azab 7 000 kishining o’limiga sabab bo’ladi.
“Olam oroyi safaviy” da maktub Navoiy (1501-yili vafot etgan) tomonidan yozilgan deyilsa, Xondamir maktubni 1505-yili Kamoliddin Sadr Yazddagi shoh oldiga olib kelgan deb yozadi. Maktub mazmuni va oddiy sovg’alardan achchiqlangan Shoh 1505-yil martida temuriylarga qarashli Xurosondagi Tabos shahriga qo’shin yuborib, barcha 7000 tinch aholini qilichdan o’tkazdiradi. Eng qizigi, qudratli temuriy hukmdori Sulton Husayn Boyqaro javob yurishi amalga oshirish o’rniga, shohni g’azabidan tushirish uchun kattaroq sovg’alar yuborib, uni Yazd shahriga qaytishga ko’ndirgan ekan. Balki, o’zbeklarning Amudaryo ortida turgani Boyqaroning yana bir raqib bilan urush boshlashiga to’sqinlik qilgandir ?! Keyinchalik, Shoh Ismoil qilgan ishidan pushaymon bo’lgan ekan.
@temuriylarshajarasi | 0 |
| 12 | No text... | 0 |
| 13 | U S.G. Klyashtorny bilan birgalikda "Uch ming yillik xronika" asarida shunday yozadi:
"Boshqacha qilib aytganda, O‘zbek ulusidan nafaqat Abulxayr siyosatidan norozi bo‘lgan tarqalgan qabilalar guruhi, balki Dashti Qipchoqda, u yerda Urusxon avlodlarining ulus aholisini tashkil qilgan qabilalar va urug‘larning birlashmasi ko‘chib kelgan. Bundan tashqari, bu qabilalar birlashmasi nafaqat Chingiziylarning bir tarmog‘iga vassallik bilan bog‘langan siyosiy guruh bo‘lib, balki 1459 yildagi ko‘chishdan oldin ajralib chiqqan subetnik konglomerat tipidagi jamoa edi."
Yagona farq shundaki, men Sharqiy Dashti Qipchoqni O‘zbek ulusi deb hisoblamayman. Bu faqat fors mualliflarining Joʻjiy uluslari aholisi haqidagi qarashini aks ettiruvchi atama. | 0 |
| 14 | Man buni boya tushunib yetgandim) | 0 |
| 15 | Oktabr to‘ntarishi Turkistonda sovet tuzumining o'rnatilishi,
bolsheviklarning mustamlaka va shovinistik siyosati.
1917-yil 25-oktabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) qurol kuchiga
tayangan V.I.Lenin boshchiligidagi bolsheviklar (kommunistlar)
Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag'darib tashlab, hokimiyatni
zo‘ravonlik yo‘li bilan egallashdilar. Rossiyaning markazida yuz bergan
voqealarning aks-sadosi oradan ko‘p o‘tmay Turkistonga ham yetib keldi.
28-oktabrda Toshkentning yangi shaharida rus ishchilari va
soldatlari bolsheviklarning qutqusi bilan qurolli to'qnashuvlarni boshlab
yuborishdi. Ular general Korovichenko qismlaridan ustun keldilar. 1 noyabrda Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston qoʻmitasi qamoqqa olindi. Toshkentda zo'ravonlik yo‘li bilan sovet hokimiyati o'rnatildi.
Hujjatlaming guvohiik berishicha, 1917-yiining kuziga kelib, o'lka
shaharlari, viloyatlari va uyezdlarida aholining hokimiyatni sovetlarga o‘tishini talab qiluvchi faol chiqishlari kuzatilmagan. Aksincha, joylardan kelib turgan xabarlar va telegrammalarda Muvaqqat hukumatni qoʻllab quvvatlash haqida gapirilar ekan, bolsheviklar va boshqa bosqinchilarning
hokimiyatni sovetlarga berish haqidagi talablari fosh etilar, mamlakat taqdirini hal qiladigan ta’sis majlisini chaqirish g'oyasi qo'llab quvvatlanardi.
To'ntarish ham, sovet hokimiyatini ham bu yerda faqat rus kishilari amalga oshirdi. Tub aholidan esa, mustamlakachi hokimiyatga aloqador kishilargina, unda qatnashishi mumkin boʻlib, tub aholining qolgan qismi
uchun bu g‘oyalar begona va tushunarsiz edi.
1917-yil 15-22 noyabrda Toshkent shahrida boʻlib o‘tgan oʻlka rus
ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III syezdida 15 kishidan
iborat hukumat-Turkiston oʻlkasi Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Unda
8 o‘rin sol eserlarga, 7 o‘rin bolsheviklar bilari maksimalistlarga berildi.
Biroq hukumat faqat rusiyzabon yevropaliklardan iborat boʻldi. Turkiston
Xalq Komissarlari soveti (XKS) raisi lavozimini kasbi chizmachi boʻlgan
bolshevik F. Kolesov egalladi. Harbiy komissar qilib, izvoshchi Perfilyev,
boshqa komissarlik lavozimlariga ham shunga o‘xshash kelgindilar
tayinlandilar. Hukumat tarkibiga tub aholi vakillaridan bitta ham vakil
kiritilmadi. Bu tasodifiy hol emas edi, albatta.
Turkistonda sol inqilobiy siyosiy guruhlar, ularning
namoyandalaridan tuzilgan hukumat, birinchi galda bolsheviklar
mohiyatan chorizm mustamlakachilik siyosatiga amal qildilar. Shu bilan
birga Oktabr to‘ntarishidan keyin Rossiyada boʻlgani singari, Turkistonda
ham inqilobiy aqidalarga, eng avvalo sinfiylik tamoyillariga amal qilindi.
Mulkdorlar ekspluatator va ezuvchilar; Milliy ziyolilar, o‘qimishli, obro‘-e'tiborli xalq vakillari-milliy burjuaziya korchalonlari va malaylari; Islom dini rahnamolari-reaksion oqim deb, ularga qarshi ayovsiz kurash boshlab yuborildi. Sank-Peterburgdagi
oktyabr to‘ntarishi oqibatida 1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Turkiston
o'lkasida, xususan, Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan voqealar milliy
ozodlik harakatini kuchayib ketishga majbur qildi.
1917 yil 26-28 noyabrda (yangi hisob bilan 9-11 dekabrda) Qo'qon
shahrida Turkiston o'lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi
bo'lib o'tdi. Qurultoy ishining butun tafsilotlarini (jadidlar) o'sha davr
gazetalarida tarix uchun muhrlab qo‘ydilar.
Mustafo Cho‘qay qurultoyni ochar ekan, Rossiya va Turkistonning
siyosiy va iqtisodiy ahvoli xususida qisqacha ma’lumot beradi. Uning
aytishicha, «Markazda yuz berayotgan voqealar, chekka o'lkalarda hokimiyat masalasini mustaqil muhokama etuvini taqozo qilur. Oktyabr xunrezligini boshdan kechirgan Rossiya va Turkiston o'z taqdirlari haqida o'zlari mulohaza yuritmoqlari lozim».
Ma’lumki, musulmonlarning ushbu nufuzli qurultoyi va unda qabul
qilingan qarorlar o‘n yillar davomida miliatchilar guruhining yig'inidan
e’lon qilingan burjua muxtoriyati deb noto‘g‘ri talqin qilib kelindi.
Hujjatlar esa ushbu holning butunlay aksi bo‘lganligini isbotlaydi.
@hstpkiut | 0 |
| 16 | No text... | 0 |
| 17 | Keling, birgalikda 200 000 so‘m ishlab olaylik! TBC UZ’da 3 million so‘mdan boshlab kreditni "TBC Do‘stlar" bo‘limidagi quyidagi havolam https://app.tbcbank.uz/SfqR/exa534i4 yoki mening promokodim LNB7EB4BCE orqali oling | 0 |
| 18 | mardikoriikka oiish boshlanib ketdi. Bu farmonga ko'ra, o'lkadagi bar
besh xonadondan mardikor oiinadigan bo'ldi.
Qishloq xo'jaligida yig’im terim ishlari boshlanib, ro'zg'or
yurituvchi, oila boquvchi erkaklarning noma’lum muddatga uzoq
o’Ikalarga mardikoriikka safarbar etilishi chorizmning mustamlaka
siyosatidan. mahalliy boylaming siquvidan ezilib ketgan xalqning sabr
kosasini to'ldirib yubordi.
4-iyUlda savdo va hunarmandchilik markazi bo'lgan Xo jand
shahrida, undan keyin Samarqand, Jizzax, Kattaqo’rg‘on kabi shaharlarda
ham xalqning norozilik harakatlari bo’lib o'tdi. Bu yerlarda tezda yetib
kclgan rus askarlari qo'zg'olonchilar harakatini shafqatsiz ravishda o'qqa
tutdilar.
Mustamlaka ma’muriyati zulmiga qarshi qo'zg‘olonlaming eng
kattasi Jizzax shahrida bo'lib o'tdi. Nazirxo'ja eshon boshchilik qilgan bu
qo'zg‘olon shu qadar katta bo'ldiki, bu tarixda “Jizzax qo'zg‘olorii”
nomini oldi. 1916-yil 12-13 iyul kunlari boshlangan g‘alayonlar natijasida
qo'zg'olonchilar qo'ilariga nima tushsa qurollanib, eski sliahardan yangi
shahar tomon yo'l oldilar, uezd ma’muriyatini yakson qildilar. Jizzaxning
yangi shahar bilan eski shahar o'rtasida yordamga kelgan jazo otryadi
qo‘zg‘olonchilami o'qqa tutdi. To qnashuvlarda 11 kishi halok bo'ldi.
Olomon orqaga qaytishga majbur bo'ldi.
Bunday voqealardan so'ng qo'zg'olonchilar yana eski shahar
aholisini oyoqqa turg‘izib, temir yo'l lomon borib, temir yo'l izlarini,
ko'priklami buzib, telefon simlarini uzib tashlaydilar, Hamma yerlarda
mustamlakachilarga qarshi harakatlar boshlandi. Turkiston generalgubematori tomonidan polkovnik Ivanov qo'mondonligi ostida
yuborilgan jazo otryadi eski Jizzaxni ayovsiz o'qqa tutdi. Zomin va Forish
qishloq aholisidan qaqshatqich ravishda o'ch olinib, duch kelgan kishilar
otib tashlandi.
17-iyulga kelib butun Turkiston. o'lkasida harbiy holat c’lon qilindi.
Jazo otryadlari va mustamlakachi ma’murlarga juda katta huquqlar
berildi. Shu munosabat bilan aholining ko'cha va maydonlarda to'planishi
taqiqlatidi. Imperiya ma’murlari harbiy kuch ishlatib, bu yerdagi
qo'zg‘olonni bostirishga mavaffaq bo'ldilar. Jizzax qo'zg‘oloni bo'yicha
mingga yaqin kishi qamoqqa olindi. 151 kishining ishi. sudga berildi.
Shulardan 84 kishi osib o'ldirishga hukm qilindi, biroq bu jazo ham
keyinroq “yumshatilib” boshqa jazolar berildi. 1916-yil qo'zg‘oloni
o'lkada mahalliy aholining mustamlaka siyostiga qarshi qaratilgan eng katta milliy ozodlik va ommaviy xalq harakati edi. Bu qo’zg‘olon
jamiyatning barcha tabaqalarini harakatga keltirdi va o'z domiga tortdi.
Rossiyaning turli mintaqalariga mardikorlikka jo'natilgan mahalliy
aholi vakillari faqat Rossiya imperatori taxtdan ag‘darilgandan so'ng
qaytib keldi lar va o'lkada yana milliy istiqlol uchun kurash harakatlari
keng iniqyosda boshlandi. O'lka ziyolilari endi o'z maqsadlarini to'liq
amalga oshirish uchua yana tarix maydoniga chiqdilar. Lekin “ulug‘
davlatchi” mustamlakachilar Turkistonni qo'ldan boy berishni istamadilar.
Turkistonda fevral inqilobining dastlabki kunlaridan boshlab ishchi
deputatlari sovetlari bilan birga soldat deputatlari sovetlari tuzila boshladi.
Bu sovetlarning deputatlari asosan yevropa millatiga mansub aholidan
tashkil topdi. Jamoat tashkilotlari faoliyatni boshlash va unga mahalliy
aholini ham jalb etish, ularning birlashtirish yo'lidagi harakatlar keng
ko'lamda kuchayib bordi.
@hstpkiut | 0 |
| 19 | Misr qirolligi xaqida malumot berilar kim biladi ? | 0 |
| 20 | #shorts
Men qardoshlarimizga chetdan turib bizning oramizga raxna solishga, gʻavgʻo solishga urinayotgan odamlarning, guruhlarning fikriga, izniga yurmaslikni maslahat berardim.
©T.f.d, professor Gʼaybulla Boboyorov
🎞Toʻliq
@hstpkiut | 0 |
