en
Feedback
BRB Info

BRB Info

Open in Telegram

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali Bizni kuzating: www.brb.uz facebook.com/brb.uz instagram.com/brb_info Aloqa: E-mail: press@brb.uz Ishonch tel.: 78 150-10-01 Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011

Show more
1 933
Subscribers
-124 hours
-97 days
-3830 days
Posts Archive
#Yoshlar_kuni 🎓 Urganch shahridagi “Ma’mun” oliy ta’lim universitetida🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruv raisi
+6
#Yoshlar_kuni 🎓 Urganch shahridagi “Ma’mun” oliy ta’lim universitetida🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari B.P. Bobojonov ishtirokida talaba yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 📝 Uchrashuv davomida bank faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, islom moliyasi tamoyillari, uning afzalliklari va amaliy qo‘llanishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. 📊 Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘llab, turli yo‘nalishlardagi taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Uchrashuv yakunida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#kitob_yarmarka #Amir_Temur_690 🏦"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda "Amir Temur oyligi" doirasida kitob yarmarkasi tashki
+6
#kitob_yarmarka #Amir_Temur_690 🏦"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda "Amir Temur oyligi" doirasida kitob yarmarkasi tashkil etildi. 📚Unda “Akademnashr” nashriyoti 150 nomdan ortiq eng sara ilmiy, tarixiy, ommabop, badiiy, psixologik hamda bolalar uchun moʻljallangan kitoblari bilan ishtirok etdi. Xodimlar nafaqat o‘zlariga, farzandlari uchun ham kitoblar xarid qildi. Mutolaa nima beradi:Yuksak muomala madaniyati; ✅ Teran tafakkur; ✅ Maʼnaviy boylik. 👉Batafsil Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#BRB_Nafis_ayollar_klubi 🎬 “BRB Nafis ayollar klubi”ning 4-mavsumini ochilish marosimi haqida videorolik Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 18-aprel soat 21:00 dan 19-aprel 07:00 ga qadar bankning mavjud serverlarida profilaktik va
❗️Diqqat, profilaktika❗️ 2026-yil 18-aprel soat 21:00 dan 19-aprel 07:00 ga qadar  bankning mavjud serverlarida profilaktik va texnik ishlar o‘tkazilishi sababli, iABS, BRB Mobile, Internet banking va boshqa axborot tizimlarida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin. 📌 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

#antikorrupsiya Korrupsiyasiz bank Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan bosh
#antikorrupsiya Korrupsiyasiz bank Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi. Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga  murojaat qilishingizni so‘raymiz: 🇺🇿Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:  Call-markaz – 1253 🏦Biznesni Rivojlantirish Banki: korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari: 📞(78) 150-59-95 🌐 brb.uz 📱 @BRB_Antikor_bot 📡Facebook ✉️antikor@brb.uz Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

Repost from BRB Info
#antikorrupsiya Korrupsiyasiz bank Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan bosh
#antikorrupsiya Korrupsiyasiz bank Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Sen boshla – sening ortingdan boshqalar ham ergashadi. Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga  murojaat qilishingizni so‘raymiz: 🇺🇿Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi:  Call-markaz – 1253 🏦Biznesni Rivojlantirish Banki: korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari: 📞(78) 150-59-95 🌐 brb.uz 📱 @BRB_Antikor_bot 📡Facebook ✉️antikor@brb.uz Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR

🏦 “Moliyaviy imkon” — imkoniyatlar kengaymoqda 📆 2025-yil 8-may kuni qabul qilingan PF-85-sonli farmon hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini taʼminlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. 🏦 Markaziy bank tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Moliyaviy imkon” loyihasi doirasida 🏦“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Farg‘ona viloyatida muhim tashabbusni amalga oshirdi. 👩‍💼👨‍💼 Loyiha natijasida 10 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun uy sharoitida qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratildi. 👨🏻‍🦽‍➡️Bu kabi tashabbuslar orqali imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizni jamiyat hayotiga faol jalb etish va “Inson qadri” tamoyilini amalda taʼminlashga xizmat qilinadi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#quiz_vaqti #antikorrupsiya 📌 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun — bilimingizni sinab ko‘ring! Davlat xizmatida sh
#quiz_vaqti #antikorrupsiya 📌 “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun — bilimingizni sinab ko‘ring! Davlat xizmatida shaffoflik va halollikni ta’minlash uchun qabul qilingan ushbu qonun — manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir. ⚖️ Siz qanchalik yaxshi bilasiz? 👇 Quyidagi savolga javob bering: https://t.me/QuizBot?start=MRKJUqHW Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#Ochiqlik_indeksi 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Ochiqlik indeksi reytingida sezilarli darajada ko‘tarildi 2025-yil y
+1
#Ochiqlik_indeksi 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Ochiqlik indeksi reytingida sezilarli darajada ko‘tarildi 2025-yil yakunlariga ko‘ra, bankimiz Ochiqlik indeksida 88,6 ball to‘plab, umumiy reytingda 35-o‘rindan 14-o‘ringa ko‘tarildi. Tijorat banklari orasida esa 2-o‘rinni egalladi. 📈 E’tiborlisi, 2024-yilda bankimiz 77 ball bilan “yashil” toifadan o‘rin olgan edi. Joriy natijalar esa qisqa muddat ichida amalga oshirilgan islohotlar va ochiqlikni ta’minlash borasidagi tizimli ishlar samarasi ekanini ko‘rsatadi. 🔎 Hisobotlarning shaffofligi, ochiq ma’lumotlar bilan ishlash va jamoatchilik bilan muloqot darajasining oshgani ushbu natijalarga erishishda muhim omil bo‘ldi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#dayjest Raqamli yechimlar, yoslar bilan muloqot va ma'naviy meros O‘tgan hafta 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyati raqamli transformatsiya, ijtimoiy mas’uliyat va milliy qadriyatlarga ehtirom g‘oyalari ostida o‘tdi. Bank hayotida texnologik yechimlarni hayotga tatbiq etish bilan birga, inson kapitalini rivojlantirish haftaning bosh mezoniga aylandi. Haftaning eng muhim yangiliklarini jamladik👇 📆 6–12-aprel 7-aprel
📢 Aholi uchun qulaylik – ustuvor vazifa 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" mijozlarga yanada yaqin bo‘lish maqsadida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida tunu kun xizmat ko‘rsatmoqda.
8-aprel
🌱 “Mening tomorqam” – tomorqadan bozorgacha yagona raqamli yechim 📍 "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida “Mening tomorqam” platformasi va mobil ilovasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “BRB-TECH” hamda “Uzagrostar Xolding” hamkorligida tashkil etildi.
🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" jamoasi Toshkent xalqaro marafonida 🏃‍♂️ 5-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro marafoni "Biznesni rivojlantirish banki"ning BRB Runners jamoasi uchun unutilmas sport bayramiga aylandi. Musobaqada bankning 35 nafar xodimi ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzi va kuchli jamoaviy ruhni namoyon etdi.
9-aprel
🏛 9-aprel — buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi Amir Temur nafaqat yirik saltanat asoschisi, balki puxta iqtisodiy siyosat yuritgan davlat rahbari sifatida ham tarixda muhim o‘rin egallaydi. Uning davrida savdo yo‘llari rivojlantirilib, karvon yo‘llari xavfsizligi ta’minlangan, bu esa iqtisodiy barqarorlik va farovonlikka xizmat qilgan.
🏢Universitet – kelajak bankirlari uchun imkoniyat eshigi 🗓Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mutaxassislik kafedralari huzurida tashkil etilgan Hamkorlik kengashining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi hamda "Payshanba – Yoshlar kuni" munosabati bilan “Biz kim, mulki Turon!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.
🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" ATBda "Payshanba – Yoshlar kuni" munosabati bilan bank rahbariyati va tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki"ATB jamoasi buyuk Sohibqiron xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Xodimlarimiz Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yib, uning tarixiy merosiga ehtirom izhor etishdi.
10-aprel
🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilmoqda 📱 Bankning Davlat dasturlari bo‘yicha bosh direktori Sh. Nosirov boshchiligida Toshkent viloyati Bekobod tumani Beshyuz va Saryuz mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.
11-aprel
💫 “BRB Nafis ayollar klubi”ning 4-mavsumini ochilish marosimi boʻlib oʻtdi Bu nafaqat yangi mavsum — bu yangi imkoniyatlar, ilhom va o‘sish sari yana bir qadamdir. Klub doirasida ayollar uchun rivojlanish, o‘z ustida ishlash va o‘z kuchini kashf etish imkoniyati yaratilmoqda.
12-aprel
🚀 12-aprel — Kosmonavtika kuni! Bugun insoniyatning cheksiz imkoniyatlari va orzulari osmon sari yo‘l olgan kun. Koinot — bu faqat uzoq manzil emas, balki yaqin kelajakning bir qismi.
💬 Batafsil ma’lumotlarni sahifalarimiz orqali kuzatib boring Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

sticker.webp0.36 KB

🪐🪐 🪐🪐 🚀 12-aprel — Kosmonavtika kuni! Bugun insoniyatning cheksiz imkoniyatlari va orzulari osmon sari yo‘l olgan kun. Koinot — bu faqat uzoq manzil emas, balki yaqin kelajakning bir qismi. 🌕 Va bir kuni Oyda hilpiragan bayroqlardan biri — bizniki bo‘ladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#BRB_Nafis_ayollar_klubi 💫 “BRB Nafis ayollar klubi”ning 4-mavsumini ochilish marosimi boʻlib oʻtdi Bu nafaqat yangi mavsum
+9
#BRB_Nafis_ayollar_klubi 💫 “BRB Nafis ayollar klubi”ning 4-mavsumini ochilish marosimi boʻlib oʻtdi Bu nafaqat yangi mavsum — bu yangi imkoniyatlar, ilhom va o‘sish sari yana bir qadamdir. Klub doirasida ayollar uchun rivojlanish, o‘z ustida ishlash va o‘z kuchini kashf etish imkoniyati yaratilmoqda. 🌸 Ushbu mavsum ham: — ilhomlantiruvchi uchrashuvlar — foydali treninglar — samimiy suhbatlar — va, albatta, yangi do‘stliklarga boy bo‘ladi Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#mening_tomorqam #taqdimot 🎬 “Mening tomorqam” platformasi va mobil ilovasining rasmiy taqdimoti haqida videorolik Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#eskrou #kalendar 😁😆😁 Hurmatli mijozlar! 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB sizga qulaylik yaratish maqsadida: 💱 Valy
#eskrou #kalendar 😁😆😁 Hurmatli mijozlar! 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB sizga qulaylik yaratish maqsadida: 💱 Valyuta ayirboshlash 🔐 Eskrou hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchalar 📅 11–12- aprel kunlari ⏰ 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi 📍 BXO va BXM tarkibidagi barcha navbatchi shoxobchalar xizmat ko‘rsatadi. 📞 Batafsil ma’lumot uchun: 1254 qisqa raqami Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#yoshlar_kuni 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilmoqda
+6
#yoshlar_kuni 🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilmoqda 📱 Bankning Davlat dasturlari bo‘yicha bosh direktori Sh. Nosirov boshchiligida Toshkent viloyati Bekobod tumani Beshyuz va Saryuz mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi. 👥 Uchrashuvlar davomida dastlab 8 nafar yoshlarning xonadonlariga borilib, ularning yashash sharoiti va tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlari o‘rganildi. 🧵🌾 Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga ularning yo‘nalishidan kelib chiqib, tikuvchilik va qishloq xo‘jaligi uchun zarur asbob-uskunalar topshirildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

Buyuk Amir Temurning so‘nmas xotirasiga hurmat-ehtirom xalqimizning bu ulug‘ zotga bo‘lgan mehr-muhabbatini ifodalaydi, barchamizni yangi-yangi yutuqlarga ruhlantiradi. — Почтение к немеркнущей памяти великого Амира Темура выражает глубокую любовь и уважение нашего народа к этой выдающейся личности, вдохновляя всех нас на новые свершения. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Amir_Temur_690 Amir Temur bobomizning oʻgitlari asrlar osha oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Adolat, qat’iyat va xalq manfaatini ustun qo‘yish — bugun ham har birimiz uchun eng muhim tamoyil bo‘lib qolmoqda. ❗️Ushbu video sunʼiy intellekt yordamida tayyorlandi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#Amir_Temur_690 🖌Tarixga hurmat — kelajakka ishonch Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan 🏦 "Biznesni rivoj
+9
#Amir_Temur_690 🖌Tarixga hurmat — kelajakka ishonch Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan 🏦 "Biznesni rivojlantirish banki"ATB jamoasi buyuk Sohibqiron xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Xodimlarimiz Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yib, uning tarixiy merosiga ehtirom izhor etishdi. Shuningdek, jamoamiz Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, Sohibqironning hayoti, davlat boshqaruvi va “Kuch — adolatda!” tamoyiliga asoslangan faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu qadriyatlar bugungi kunda ham biz uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR

#Yoshlar_kuni #uchrashuv "Payshanba – Yoshlar kuni" munosabati bilan bank rahbariyati va tizim yoshlari ishtirokidagi ochiq m
+6
#Yoshlar_kuni #uchrashuv "Payshanba – Yoshlar kuni" munosabati bilan bank rahbariyati va tizim yoshlari ishtirokidagi ochiq muloqotdan fotolavhalar. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR