BRB Info
Open in Telegram
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali Bizni kuzating: www.brb.uz facebook.com/brb.uz instagram.com/brb_info Aloqa: E-mail: press@brb.uz Ishonch tel.: 78 150-10-01 Manzil: А. Navoiy, 18А, Tashkent, Uzbekistan, 100011
Show more1 931
Subscribers
-624 hours
-87 days
-4430 days
Posts Archive
1 931
+2
#suniy_intellekt #BRB_TECH #trening
🏦Biznesni Rivojlantirish Banki departamentlari guruhi uchun BRB-TECH tomonidan sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy trening o‘tkazildi.
💻Bank jarayonlari aniqlikni talab qiladi, sun’iy intellekt esa kundalik vazifalar va tahlilda soatlab vaqtni tejaydi.
✅Mashg‘ulotlar davomida ushbu yechimlarni uzoq kelishuvlar va murakkab integratsiyalarsiz, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini darhol oshirgan holda joriy etish ustida ishlandi.
💯Raqamli transformatsiya — bu kelajak emas, bu har kundagi real ish.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |
1 931
+2
#hamkorlik # JICA
‼️JICA vakillari bilan o‘rganish missiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
🇺🇿 Biznesni rivojlantirish banki vakillari hamda 🇯🇵Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining JICA vakillari o‘rtasida tajriba almashish tashrifi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📑Unda O‘zbekistonda ayollar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish, Malayziyada ayollar uchun o‘quv seminarini tashkil etish, shuningdek, O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish, jumladan, Murabaha instrumentini rivojlantirish va ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
💯Mehmonlarga mazkur yo'nalishlarda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅Tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashib, hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |
1 931
#profilaktika
❗️Diqqat, profilaktika❗️
📆2026-yil 11-avgust kuni soat 22:00dan 12-avgust soat 04:00 ga qadar Modernizatsiya ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu jarayon vaqtida ayrim axborot tizimlaridan foydalanishda qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin.
📌 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |
1 931
+3
#Musatqillik35 #BRB35
1️⃣“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Xorazm viloyati hududiy boshqarmasida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
🇺🇿Unda mustaqillikning jamiyat va inson hayotidagi ahamiyati, O‘zbekistonning 35 yildagi bosib o‘tgan yo‘li, mamlakatimizda so‘nggi yillardagi keskin o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.
👨💼Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Dadaxon Muhammadiyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Shoira Shams hamda O‘ktam Davletovlar jamiyatda iqtisodiy va maʼrifiy ishlar uyg‘unligi haqida so‘z yuritib, yig‘ilganlarga o‘z sheʼrlaridan o‘qib berishdi.
Uchrashuv yakunida qatnashchilarga esdalik sovg‘alari, badiiy kitoblar tuhfa qilindi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube
1 931
+6
#BRB #YoshIqtidorlari #Yoshlar #Trening #Rivojlanish #KelajakLiderlari
🎓 “BRB Yosh iqtidorlari” klubining 2-mavsumiga start berildi!
💡 Bank tizimida samarali faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida “BRB Yosh iqtidorlari” klubining 2-mavsumi boshlandi.
🤝 Klub doirasida yoshlar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
🚀 Mazkur trening yoshlarning liderlik salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda bank tizimidagi faol ishtirokini yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube
1 931
+2
#yoshlar_kuni #Mustaqillik35 #Uzb35 #BRB35
🗓An'anaviy tarzda o'tkaziladigan "Yoshlar kuni" doirasida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida "Biznesni rivojlantirish banki" ATB tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🏦Uchrashuvda bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari B.P. Bobojonov ishtirok etib, "Bank tizimini raqamlashtirish va unda sun’iy intellektning o‘rni hamda istiqbollari" mavzusida yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.
💻Muloqot davomida bank tizimini raqamli transformatsiya qilish jarayonlari, sun’iy intellekt texnologiyalarining moliya sohasidagi imkoniyatlari, zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
✅Shuningdek, yosh xodimlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
💯Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, bank tizimida raqamli transformatsiya jarayonlaridagi faolligini oshirishga xizmat qildi.

#Ogohlantirish #Kiberxavfsizlik
⚠️ Ogohlantirish!
So'nggi kunlarda fuqarolarga turli messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali zararli APK (.apk) fayllarini yuborish holatlari yana kuzatilmoqda.
Firibgarlar ushbu fayllarni:
📄 hujjat,
📦 yetkazib berish xabari,
🏦 bank ilovasi yangilanishi,
🎁 sovg'a yoki aksiya,
💰 to'lovni tasdiqlash
kabi turli bahonalar bilan tarqatmoqda.
❗️ Zararli APK fayli o'rnatilgach, qurilmadagi shaxsiy ma'lumotlar, bank kartasi ma'lumotlari, SMS xabarlar va boshqa maxfiy ma'lumotlar firibgarlar qo'liga tushishi mumkin.
O'zingizni himoya qilish uchun:
✅ Noma'lum manbalardan yuborilgan APK (.apk) fayllarini yuklab olmang va o'rnatmang.
✅ Ilovalarni faqat Google Play yoki boshqa rasmiy ilovalar do'konlari orqali yuklab oling.
✅ Shubhali havolalar va fayllarni ochishdan oldin ularning ishonchliligini tekshiring.
🛡 Raqamli xavfsizligingiz o'z qo'lingizda! Shubhali fayllarni o'rnatishdan oldin bir necha soniya o'ylang — bu sizni katta moliyaviy va shaxsiy yo'qotishlardan asrashi mumkin.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
1 931
+9
#BRB35 #dolzarb40kun #Ochiq_muloqot_2026
📍Ayni paytda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda
1️⃣Biznesni rivojlantirish banki tomonidan tumanning “Xalqobod” mahallasida tashkil etilgan tadbirda bank rahbariyati, tuman hokimligi, mas'ul idoralar vakillari, mahalliy aholi va , OAV xodimlari ishtirok etmoqda.
💼Uchrashuvda biznesni moliyalashtirish imkoniyatlari, imtiyozli kreditlar, davlat dasturlari va mahallabay ishlash tizimi haqida taqdimotlar qilinmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va mavjud bo'sh ish o'rinlari yarmarkalari ham tashkil qilingan.
⁉️Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bank mutaxassislaridan amaliy tavsiyalar va yechimlar oldilar.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
1 931
#profilaktika
❗️Diqqat, profilaktika❗️
2026-yil 8-avgust soat 08:00 dan 12:00 ga qadar iABS kompleks dasturida Updatelar o‘tkazilishi sababli, bankning IABS, BRB Mobile, BRB-mijoz, Mobil-banking va boshqa axborot tizimlarida qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin.
📌 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |
1 931
#BRB35 #muvaffaqiyathikoyasi #MahallaBankiri
Mahallada yangi imkoniyatlar: ipakchilik orqali barqaror bandlik taʼminlanmoqda
🫨 Qo‘shrabot tumanidagi “Bozorjoy” mahallasida Biznesni rivojlantirish banki moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan ipakchilik loyihasi o‘zining dastlabki natijalarini bermoqda.
🎀Loyiha doirasida ipak va jun xomashyosidan milliy gilamlar tayyorlanib, mahsulotlar nafaqat ichki bozor, balki xorijga ham eksport qilina boshlandi.
👱♂Loyiha doirasida 4 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, mahalladagi ishsiz fuqarolarning doimiy bandligi taʼminlandi. Shuningdek, kambagʼal oilalar reestridagi 15 nafar xotin-qiz “ustoz–shogird” tamoyili asosida gilam to‘qish hunariga o‘qitilmoqda.
🔧Ularni zarur dastgoh va xomashyo bilan taʼminlash uchun Biznesni rivojlantirish banki tomonidan moliyaviy ko‘mak ko‘rsatildi.
🧶Bu kabi loyihalar aholi bandligini oshirish, xotin-qizlarni iqtisodiy faollikka jalb etish va mahallalarda tadbirkorlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilish.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
1 931
+5
#UZB35 #Mustaqillik35 #BRB35
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash hamda yurtimizda obod va fayzli muhitni yanada mustahkamlash maqsadida e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan joylarda keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
1️⃣Xususan, bank Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Yusupov va tegishli mas’ullar Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri hamda Xovos va Sirdaryo tumanlaridagi mahallalarda bo‘lishdi.
📍MFY a’zolari hamda faollari bilan birgalikda hududlarda olib borilayotgan o‘zgarishlar, obodonlashtirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarining holati atroflicha o‘rganildi.
💼Tadbirkorlar bilan muloqotlar davomida, ularning faoliyati, takliflari va muammolari tinglandi hamda bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari aniqlanib, ko‘tarilgan masalalrni hal etish choralari ko‘rildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
1 931
#muvaffaqiyathikoyasi #MahallaBankiri
🏦🏦🏦🏦🏦
🏪Aholi ehtiyoji yo'lida
🥩Urganch shahrining Baynalminalchi mahallasida yashovchi Doniyor Boltayev mahallasida mo‘jazgina go‘sh rastasi faoliyatini yo‘lga qo‘yib, mahalladoshlarining go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talablarini qondirish yo‘lida mehnat qilib kelmoqda. Sifatli va tezkor xizmat, nafaqat mahalliy aholi, balki boshqa hududlardan ham mijozlar soni ortishiga asos bo‘ldi. Bu esa, xizmat ko‘lamini yanada kengaytirish zaruratini yuzaga keltirdi.
🏦 Bunda tadbirkorga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB mahalla bankiri yaqindan koʻmak berdi.
💵Bank tomonidan ajratilgan 200 mln soʻm kredit evaziga zarur uskunalar olib kelindi.
🤩Bank moliyaviy koʻmagi natijasida muassasada yana 5 ta ish oʻrni yaratildi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube | Marketing | HR
1 931
+2
📊BRB-TECH sifat va xavfsizlikning xalqaro darajasini tasdiqladi
✅Kompaniya ISO 9001 va ISO 27001 xalqaro sertifikatlarini qo'lga kiritdi — bu BRB-TECH'dagi ishlab chiqish jarayonlari shaffof va nazorat ostida ekanligini, mijozlarning ma'lumotlari esa ishonchli himoyalanganligini tasdiqlaydi.
💯Biz turli sohalardagi biznes bilan — banklardan tortib ishlab chiqarish va savdogacha — yagona sifat standartlari asosida ishlaymiz.
Batafsil
1 931
+3
#UZB35 #Mustaqillik35 #BRB35
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash hamda yurtimizda obod va fayzli muhitni yanada mustahkamlash maqsadida e’lon qilingan “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Yangiyo‘l tumanida keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🫨 Xususan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari B.Sharipov va tegishli mas’ullar tayanch Xalqobod mahallasi hamda unga tutash Keskan, Nurobod, Olmazor, Vatan va Iftihor mahallalarida bo‘lishdi.
🫥O‘rganishlar davomida MFY a’zolari hamda faollari bilan birgalikda hududlarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, joylardagi tadbirkorlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning faoliyati, takliflari va muammolari atroflicha o‘rganildi hamda bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari tinglandi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
1 931
#antikorrupsiya
Hurmatli mijozlar va hamkorlar!
🛡"Biznesni rivojlantirish banki" ATBda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabat tamoyili amal qiladi.
🎛Bank faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va halollik prinsiplarini ta’minlash maqsadida korrupsiyaga oid murojaatlarni qabul qilish uchun aloqa kanallari tashkil etilgan:
☎️ Ishonch telefoni: (78) 150-59-95
📧 Elektron pochta: antikor@brb.uz
📱 Telegram bot: @BRB_Antikor_bot
🌐 Rasmiy veb-sayt: brb.uz
🪬Ushbu aloqa kanallari orqali quyidagi holatlar yuzasidan murojaat qilish mumkin:
🔹 pora talab qilish yoki taklif etish;
🔹 xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish;
🔹 manfaatlar to‘qnashuvi;
🔹 korrupsiyaviy xatti-harakatlar va boshqa qonunbuzarliklar.
👤Murojaatchining shaxsiga oid ma’lumotlari maxfiyligi kafolatlanadi.
Bank tizimida halollik va shaffoflikni qaror toptirish yo‘lida Sizning faol fuqarolik pozitsiyangiz muhim ahamiyatga ega.Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Marketing | HR
1 931
Repost from BRB Info

#brifing
1️⃣ BRBda sun’iy intellekt – raqamli transformatsiyaning yangi sahifasi
🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Raqamli transformatsiyaning yangi sahifasi – sun’iy intellektni joriy qilish” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda bank tomonidan amalga oshirilgan raqamli transformatsiya haqida ma'lumot berildi. Xususan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB:
▫️kengaytirilgan Business Intelligence (BI) ma’lumotlar tahlili platformasiga to‘liq o‘tdi;
▫️847 ta atribut bo'yicha yagona biznes-glossariy, ya'ni umumiy atamalar tizimi shakllantirildi;
▫️qo‘lda hisobot yig‘ish vaqti 80 foizga kamaytirildi;
▫️200 dan ortiq hisobot va tahlil to'liq avtomatlashtirildi.
👉 Batafsil
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube