cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Lestat

There is an innate anxiety which supplants in us both knowledge and intuition. © Emil Cioran https://t.me/lestat_here/18 Fonotekam https://t.me/musicmusicagainmusic

Show more
Advertising posts
362
Subscribers
No data24 hours
+47 days
+5230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

4
#sarhisob Aprel oyi men uchun ogʻir oy boʻldi. Ikkita ishda ishlay boshladim, oʻzim uchun vaqt ajratishim qiyin boʻldi. Ancha tanishlar bilan xayrlashdim, yangi paypoqlar sotib oldim, shu vaqtgacha hayotimda kuzatilgan eng kuchli mental breakdownni boshimdan oʻtkazdim va hali ham oʻtkazyapman. Juda ham beqaror insonga aylandim, soʻroq belgilari miqdori koʻpaydi. Baʼzi qoʻygan orzularimni ambitsiyalarga aylantirdim, butun yoz uchun planlar qildim. @jakhalive bro bilan boʻlgan birinchi uchrashuv va doʻstlik binosiga qoʻyilgan ilk gʻishtlat ham aprel hisobiga. Asosan, eski kinolarga qiziqish bildirdim bu oy. Bilmadim nega, lekin ularga nisbatan qandaydir iliqlik his qila boshladim. Ayniqsa Baster Kitonni aprel kashfiyoti deya olaman. Va may oyida uning barcha filmlarini koʻrib chiqmoqchiman. Bu oyda 9 dona kino koʻrdim, ulardan Lyuis Benyuellning "Andaluz koʻppagi"(1929), Baster Kitonning "Seven chances", "Sherlock Jr." kinolari haqiqiy topilmalar boʻldi. "Chernobil", "Shogun" seriallarini koʻrdim, ikkalasi ham juda maʼqul keldi. Kitoblarga kelsak. Men martda oʻzimga soʻz bergandim, aprel va may oylarini mystery uchun bagʻishlayman deb va soʻzimning ustidan chiqdim. Bu oy oʻqigan kitoblarimning aksariyat qismi detektiv va psixologik trillerlar. 1. Nikolay Vasilyevich Gogol - Shinel 2. Leonid Andreyev - Osilgan yetti kishining hikoyasi 3. Artur Konan Doyl - A Study in Scarlet 4. Agata Kristi - Kutubxonadagi murda 5. Jeyms Hedli Cheyz - Just Another Sucker 6. Haruki Murakami - 1Q84 7. Donna Tartt - The Secret History 8. Paula Hawkins - The Girl on the Train 9. Hermann Hesse - Siddhartha 10. Mixail Yurevich Lermontov - Iblis Sizda aprel qanday oʻtdi? Nimalar oʻqidingiz? Koʻrdingiz? @lestat_here
Show all...
🍓 14
#binnasa(longread) Soyaga chizgilar Men borgan sari yoʻqolib borayotganimni his qilayotgandim. Tushunyapsanmi? Yoʻq, tushunmayapsan. Men yoʻq boʻlayotgan onda, sen shaffoflashib borasan. Sen oʻz shaklingni yoʻqota borasan. Sen deyarli yarim shaffof boʻlib boʻlding. Ahamiyatingni yoʻqota boshlaganingni, senga hech kim eʼtibor qilmayotganini payqagandirsan oxirgi payt? https://telegra.ph/Soyaga-chizgilar-04-29 @lestat_here
Show all...
Soyaga chizgilar

- Men senman, ogʻayni. © Qaysidir filmdan Oh, qoʻysangchi, namuncha qoʻrqasan? Men shunchaki sening soyangman, sen bilan oxiri gaplashib olishga qaror qildim. Oldin ham harakat qilardim, lekin sen meni tinglamas eding, u vaqtda sen juda ham xudbin va baxtli eding. Sen qilgan harakatlarni qaytarmayotganimdan hayronmisan? Yoki faqat yerda sudralib yurgan soyalarga oʻrganganmisan? Tik turgan soya seni qoʻrqityaptimi? Shunday qilmasam boʻlmasdi. Negaligini tushuntirib beraman. Sen menga eʼtibor bermaysan.…

15🍓 7
#binnasa Qabul qilishning besh bosqichi Inson doim nimadirni qabul qilishga majbur. Hayotiga kelgan koʻngilsizlik, ota-ona bilan kelishmovchilik, yaqin insonlari vafoti, biznesi sinishi, juda koʻp misollar keltirish mumkin. Ular(hammasi ham emas) buni qabul qilishadi. Lekin bularni barini qabul qilishgacha boʻlgan bosqichlar juda ogʻir va azobli ekanligi haqiqat. Men bugun shungacha boʻlgan bosqichlar haqida gapirib bermoqchiman. Va bir misol bilan tushuntirsam, soddaroq boʻladi. Tasavvur qilinglar, bir inson yaqin doʻstini, sevgilisini, onasini, xullas yaqin kiminidir yoʻqotdi. Inson doim nimadirni qabul qilishga majbur. Hayotiga kelgan koʻngilsizlik, ota-ona bilan kelishmovchilik, yaqin insonlari vafoti, biznesi sinishi, juda koʻp misollar keltirish mumkin. Ular(hammasi ham emas) buni qabul qilishadi. Lekin bularni barini qabul qilishgacha boʻlgan bosqichlar juda ogʻir va azobli ekanligi haqiqat. Men bugun shungacha boʻlgan bosqichlar haqida gapirib bermoqchiman. Va bir misol bilan tushuntirsam, soddaroq boʻladi. Tasavvur qilinglar, bir inson yaqin doʻstini, sevgilisini, onasini, xullas yaqin kiminidir yoʻqotdi. Birinchi bosqich. Inkor. Aslida nima sodir boʻlganini ongi qabul qilmaydi. Butun vujudi bilan buni reallik emasligini qabul qilishni istaydi, asl reallikni inkor qiladi, shokka tushadi. Oʻzini gʻalati his qiladi, koʻngli boʻsh boʻlib qoladi. Ikkinchi bosqich. Gʻazab. Birga qilgan qancha planlari bor edi, birga qancha vaqt oʻtkazishgan edi, birga qancha xotiralar bor edi. Nega aynan u ketishi kerak? Koʻngliga shular kelganda, jahli chiqadi, gʻazabi qoʻzgʻaydi. Gʻazab tabiiy protsess. Norozilik uni yeb bitirishiga yoʻl qoʻyib bersa unda bu odam bu protsessda uzoq yuradi. Uchinchi bosqich. Kelishuv, savdolashish. Inson oʻzini boshqa yoʻl bilan ovutishga harakat qiladi, bunday qilsam, unday boʻladi deydi, yangicha planlar oʻylab topadi, koʻnglidagi boʻshliqni toʻldirishga toʻgʻri keladi. Lekin... Toʻrtinchi bosqich. Depressiya. U chuqur tushkunlikka tushadi, boʻshliqni hech nima bilan toʻldira olmay qoladi, ovqat yemasligi, koʻp narsalarga beparvo boʻlib qolishi mumkin. Koʻp insonlar bunga chiday olmasdan oʻz joniga qasd qilishadi. Suitsidlar bosqichi bu. Lekin u oʻzida iroda topsa... Beshinchi bosqich. Qabul qilish. U taqdirga tan beradi, borini boricha qabul qiladi, yuragida yukni yengillashtiradi, shunchaki move on qiladi. Ora-orada siqiladi, lekin endi bular vaqtinchalik boʻladi. Bu bosqichgacha boʻlgan muddat odamning oʻziga qarab har xil boʻladi va bular chiziqli kechmaydi hammada. Baʼzilar birinchi jahli chiqib keyin inkor qiladi, baʼzilar birdaniga tushkunlikka tushib qoladi. Lekin statistik jihatdan ketma-ketlik shu. Boshqacha misol ham keltirish mumkin, lekin magʻiz inson bir narsani qabul qilishgacha boʻlgan bosqichga yetguncha juda koʻp chigʻiriqdan oʻtadi. Biror kun oʻzimni boshimdan qanday oʻtganini gapirib beraman bu bosqichlarni) @lestat_here
Show all...
🍓 8 4💩 1
За окнами дождик плачет, Я выпью за неудачу. И станет совсем не важно, Что я ошибаюсь дважды. Пусть сегодня ты со мною Поиграешь в любовь. @lestat_here
Show all...
🍓 6 5
Remarkning bu asarini oʻqishni ancha oldin reja qilgandim, Taleb esa shunchaki must-read❤️ Yangi kitoblarim keldi🥰🥰 @lestat_here
Show all...
🍓 14 10
Позови меня с собой Снова от меня ветер злых перемен Тебя уносит, Не оставив мне даже тени взамен, И он не спросит, Может быть, хочу улететь я с тобой Желтой осенней листвой, Птицей за синей мечтой. Позови меня с собой, Я пройду сквозь злые ночи, Я отправлюсь за тобой, Что бы путь мне ни пророчил. Я приду туда, где ты Нарисуешь в небе солнце, Где разбитые мечты Обретают снова силу высоты. Сколько я искала тебя сквозь года В толпе прохожих. Думала, ты будешь со мной навсегда, Но ты уходишь. Ты теперь в толпе не узнаешь меня, Только, как прежде, любя, Я отпускаю тебя. Каждый раз, как только спускается ночь На спящий город, Я бегу из дома бессонного прочь В тоску и холод. Я ищу среди снов безликих тебя, Но в двери нового дня Я вновь иду без тебя. © Татьяна Снежина @lestat_here
Show all...
🍓 8 3
#shopen #noktyurn Nocturne in E minor, Op. 72 No. 1 1827- yil Shopenning singlisi Emiliya tuberkulyozdan vafot etgan. Bu Shopenga qanchalik kuchli zarba boʻlganini soʻz bilan ifodalash juda mushkul, lekin musiqa bilan qilsa boʻladi. U singlisining vafoti uchun 1827-yilda mana shu noktyurnni bastalagan. 17 yosh oʻsmir yuragidan toʻkilgan qaygʻu, qumsash, sogʻinish va yigʻini his qilish oson emas. Butun boshli noktyurn juda ham melanxolik ruhda. Oldin sogʻinish, qumsash, yigʻi, keyin isyon, qarshilik, shak keltirish, soʻngra koʻnish, yana qumsash va yigʻi. U bu asarini tiriklik chogʻida deyarli public chalmagan, nashr qildirmagan, yoqib yuborishlarini oʻtinib soʻragan. Vafotidan soʻng, bu musiqa dunyo yuzini koʻrgan. Nega Shopenning kuylari chiroyli va gʻamgin? Chunki, u doimo oʻzi his qilgan tuygʻularini tasvirlagan, shunchaki improvizatsiya qilmagan, doimo hassos boʻlgan va hamma kuylari chin yurakdan toʻkilgan)
Show all...
9🍓 8
9🍓 2
Repost from N/a
#binnasa Kundalikdan Ojizlik haqida binnasa Keyin esa men ketdim. Uning mashinaga oʻtirishiga, harakatga kelgan mashina orqa derazasidan qarab turgan yuzining borgan sari uzoqlashishiga tikilmadim, buni shunchaki tasavvur qildim. Shuning oʻzidan yuragimda uygʻongan behalovatlik, kuchsizlikning qudrati nafasimni siqib qoʻyishga yetgan ekan, qaramaganim bir tarafdan yaxshi boʻldi. Havo biroz sovib qolgan edi, men esa bor-yoʻgʻi kostyum-shimda edim. Dildirashni boshlaganimda oʻzimni yanada kuchsizroq his qildim. Bir vaqtlar kuchli issiqdan lohas boʻlganimda koʻzimga xira koʻringan shahar billbordlari, dorixonalar, doʻkonlar peshtaxtasidagi neon lampalari bu safar erib ketayotgandek koʻrindi. Nurlar erishini tasavvur qila olasanmi? Men ham tasavvur qila olmasdim, lekin koʻz oldimda ular eridi, suv boʻlib oqdi. Qiziq jarayon. Oʻsha vaqtda qilgan sayrim hayotimdagi eng uzoq davom etgan va oʻylar-u xotiralarga boy boʻlgan sayr ekan. Keyinchalik oʻsha yoʻldan juda koʻp yurdim, lekin ular boshqa bunaqa uzoq va sovuq tuyulmadi, hattoki qahraton qish qorlari muzlab asfaltdan farqi qolmaganda ham. Men shunchaki bemaqsad edim. Chunki oʻshanda hayotimdagi birdan-bir maqsaddan voz kechgan va bu uchun qaygʻurmayotgan edim. Inson odatda orzulari ushalmasligini his qilsa, juda ham xafa boʻladi, buni anglagan chogʻida esa koʻziga dunyo qorongʻu koʻrinadi va oʻksinadi. Lekin menda bunday hol boʻlmadi. Men oʻta qudratli befarqlik toʻlqinlari bagʻrida qolgan edim. Menga qator turgan dorixonalar, uylariga shoshayotgan odamlar oqimi, osmonda borgan sari toʻplanib borayotgan va ehtimolli yomgʻirdan darak berayotgan bulutlarning zarracha ahamiyati qolmagan edi. Keyin esa kuchsizlik. Mana shu befarqlik toʻlqinlari oʻz bagʻriga olib oqizib ketayotgan yuragim, hech narsani oʻylamay qoʻygan, umuman atrofni tahlil qilishga oʻrgangan, lekin endi hech qanday oʻy kelmayotgan miyam, oʻz zahriga olgan sovuq muzlatayotgan, chimchilayotgan tanam, hamma-hammasi juda ham ojiz edi. Keyin yomgʻir yogʻa boshladi. Sochlarimga tomayotgan har bitta tomchi meni junjiktira boshladi, lekin men eʼtibor beradigan ahvolda emasdim. Men ketayotgan edim u mahal. Butun umrlik qurgan orzularidan voz kechgan, shunchaki yomgʻir ostida kechki ovqatini yegani ketayotgan odam edim. Oʻsha vaqtda uyda nima ovqat boʻldi ekan deb oʻylagandim. Qiziq, men ishtaham oʻlgan boʻlsa kerak deb hisoblabman, aksincha meni ochlik siqa boshlagan ekan. Hech qanday xotiralar koʻz oldimdan kinotasmadek oʻtmadi u sayr chogʻida. Men yomgʻir tomchilari haqida oʻylay boshladim. Ularning qanday paydo boʻlishi haqida. 6-sinf geografiya darsligini esladim, issiq oqibatida bugʻlangan suv massalari havoning gorizontal harakati oqibatida harakat qila boshlaydi, yetarli darajada balandlikka chiqqach, ular soviy boshlaydi va yana suv shaklida yerga qaytadi. Men shu jarayonni tasavvur qildim, lekin juda uzoq kechadigan jarayonni hayolimda tezlatdim, xolos. Men umidsizligim haqida oʻylamadim, chunki men oʻsha on bu haqida oʻylaydigan ahvolda emasdim, menga juda kuchli, qaygʻu yomgʻiriga toʻla depressiya buluti uzoqdan yaqinlashayotganini juda tiniq his qilib turardim, lekin oʻsha sayr chogʻida men depressiyada emas edim. Oʻsha qora bulutdan pana boʻla olmasligimni, xuddi hozirgidek yomgʻir ostida qolishimni, oʻshanda ham soyabonim boʻlmasligini sezardim. Va oʻzimning kuchsizligimni yanada ravshanroq his qilardim. Erib ketayotgan nurlar yerda allaqachon toʻplangan irkit koʻlmak suvlariga qoʻshilib ketardi, men esa ularni toptab oʻtardim. Men jiqqa hoʻl edim, boshqa hech narsa emas. Keyin uyga kirdim. Makaron palov qilishgan ekan, yutoqib-yutoqib yedim. Keyin... Keyin... Uxlab qoldim. Men hissan charchagan edim. Uzoq uxladim. Menimcha, hali ham uxlayapman.
Show all...
24🍓 2