Ummah Charity
Open in Telegram
Ummah Charity - Bizning asosiy maqsadimiz – G‘azodagi musulmon birodarlar va opa-singillarimizga yordam yetkazish in shaa Alloh. • Oziq-ovqat va suv tarqatish • Yetimlarga doimiy homiylik • G'azo ahliga zakot yetkazish
Show more3 355
Subscribers
-724 hours
-597 days
-19630 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+1
in 0 channels
August '26
+9
in 0 channels
Get PRO
July '26
+9
in 0 channels
Get PRO
June '26
+13
in 0 channels
Get PRO
May '26
+17
in 0 channels
Get PRO
April '26
+10
in 0 channels
Get PRO
March '26
+24
in 0 channels
Get PRO
February '26
+6
in 0 channels
Get PRO
January '26
+11
in 0 channels
Get PRO
December '25
+8
in 0 channels
Get PRO
November '25
+6
in 0 channels
Get PRO
October '25
+280
in 3 channels
Get PRO
September '25
+1 592
in 11 channels
Get PRO
August '25
+1 977
in 468 channels
Get PRO
July '25
+1 378
in 5 channels
Get PRO
June '25
+780
in 7 channels
Get PRO
May '25
+1 720
in 3 channels
Get PRO
April '25
+289
in 4 channels
Get PRO
March '25
+187
in 6 channels
Get PRO
February '25
+35
in 7 channels
Get PRO
January '25
+231
in 8 channels
Get PRO
December '24
+190
in 12 channels
Get PRO
November '240
in 7 channels
Get PRO
October '24
+17
in 4 channels
Get PRO
September '24
+15
in 4 channels
Get PRO
August '24
+38
in 3 channels
Get PRO
July '24
+131
in 5 channels
Get PRO
June '240
in 3 channels
Get PRO
May '24
+2
in 5 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 11 September | 0 | |||
| 10 September | 0 | |||
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | +1 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
🌿Abdulloh ibn Abbos rodiyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
🌸“Bir kuni men Rasululloh ﷺ ortlarida (ulovda) edim. Shunda u zot dedilar:
💐“Ey yigit! Men senga bir necha kalimalarni o‘rgataman: Allohni (buyruqlarini) asra, U seni asraydi. Allohni asra, Uni o‘zingning oldingda topasan. So‘rasang, Allohdan so‘ra. Yordam so‘rasang, Allohdan yordam so‘ra. Bilgin: agar butun ummat senga foyda yetkazish uchun jam bo‘lsa, faqat Alloh senga yozgan narsadan boshqa foyda bera olmaydi. Agar ular senga zarar yetkazish uchun jam bo‘lsa, faqat Alloh senga yozgan narsadan boshqa zarar yetkaza olmaydi. Qalamlar ko‘tarilgan, sahifalar qurigan.’”
✅Sunani Termiziy; 2516-hadis
| 2 | ✔️Jiddiy eslatma va ogohlik.
Inernet olamida yana bir shov-shuvli yangilik : Koreyada 4 nafar o'zbek terrorizmni moliyalashtirishda gumonlanmoqda.
1-sentabr kuni Janubiy Koreyada to'rt nafar O'zbekiston fuqarosi Suriyadagi terrorchi guruhga pul va transport vositalarini yuborganlikda gumonlanib qo'lga olindi.
Tergov ma'lumotlariga ko'ra, ulardan biri 2025-yil aprelidan boshlab taxminan sakkiz oy davomida BMT terrorchi tashkilotlar ro'yxatiga kiritgan "Katibat at-Tavhid val-Jihod" guruhiga 6,3 million von — qariyb 4 600 dollar qiymatidagi kriptovalyuta yuborgan.
Vaqtuz_Rasmiy deb nomlangan saviyasiz bir OAV instagram saxifalariga ushbu mavzu bilan Abdurrahmonni videosidan foydalangan va Ummah Charity asoschisining bu yangi ochilgan ishga umuman aloqasi yo'q.
Bu Vaqtuz Rasmiy deb nomlangan saviyasiz jamoa - o'zlarining kontenti rivoji uchun, yaqinda chiqqan bu yangilikni to'liq aniqlamay va ruhsat olmay Abdurrahmonni o'tgan yili Janubiy Koreya OAV lari yangiliklarga chiqarishgan videodan foydalangan.
Vaholanki Abdurrahmon - G'azo Sektori va Afrika davlatlari uchun ehson faoliyati olib borgan. Suriya va u yerdagi jamoalar uchun esa 1$ ham pul yubormagan. Bu Tergov jarayonida ham aniqlanmadi. U hozirda Bani Isroil - Xavfsizlik xizmati tomonidan Hamas jamoasiga 27 mln wonga yaqin pul yuborganlikdagina ayblanmoqda va bu ham TUXMAT. Chunki Abdurrahmon faqat oddiy qurolsiz aholi uchun ehson tashkil etib, uning yetib borganlik va tarqatilganlik haqida rasm va video orqali dalillar joylab borgan.
Bu yaqinda chiqqan yangilik esa 2026-yil, 1-sentyabrda deb belgilangan, Abdurrahmon esa 2025-yili yakka ravishda Koreya Xavsizlik xizmati, FBI va Isroil Mudofasi hamkorligida qo'lga olingan va aniq bir jiddiy dalil bo'lmagani va juda ham katta terrorchi deb kutilgandek bo'lib chiqmagani sababli Ozodlikka chiqarilgan va Sud ishi davom etmoqda. 2 oylardan so'ng yakunlanish arafasida inshaAlloh.
Vaqtuz va boshqa bir OAV va kanallarda bu video tarqalib, Abdurrahmon ushbu videoga ataylab qo'yilgani sabab biz sizlarni ogoh qilamiz. Bu yangilik va Abdurrahmonning ishi mutloq boshqa boshqadir. Xatto u kishilar va Abdurrahmon tanish ham emas.
Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kishiga eshitgan har narsasini gapirmoqning oʻzi gunoh uchun kifoya qiladi", dedilar". (Abu Dovud va Muslim rivoyat qilgan.)
Hozirda insonlar yolg'on ma'lumotlarga juda tez ishonib qoladigan davr, shu sabab kimdir yangilik olib kelsa unga birdaniga ishonib ketmasligingizni tavfsiya qilamiz. | 572 |
| 3 | 🌿Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
🤲«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Qay bir musulmon yalang‘och musulmonga kiyim bersa, Alloh unga jannatning yashil kiyimidan kiydiradi. Qay bir musulmon qorni och musulmonga taom yedirsa, Alloh unga jannatning mevalaridan yediradi. Qay bir musulmon tashna musulmonga suv ichirsa, Alloh azza va jalla unga rahiqul-maxtumdan* ichiradi».
🥳 Rahiqul-maxtum – jannat sharoblaridan biri.
🧡 Abu Dovud;1679-hadis | 529 |
| 4 | Alloh Taolo aytadi: “Asta-sekin bu bayonni (Qur'onni) ajablanib eshityapsizlarmi? Va kulayapsizlar-u, yig'lamayapsizlarmi? Va o'z qimmatli umringizni o'yin-kulgi va ermaklar (qo'shiq aytish) bilan sovuryapsizlar”
Najm; 59-61-oyatlar | 1 |
| 5 | 🌟Abu Hurayra Rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
🪶Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Balolar mo‘min va mo‘minaning joniga, zurriyotiga, moliga yetaveradi, hatto u Allohga gunohi qolmagan holda yo‘liqadi,” dedilar.
🤍Sunani Termiziy;2399-hadis | 1 062 |
| 6 | 🙍♂️ Ibn Abu Xuzomadan, u otasidan (rivoyat qildiki), bir kishi Nabiy (sollallahu alayhi vasallam) huzurlariga kelib: «Ey Rasulullah, biz o'qitadigan ruqyalar, davolanadigan dorilar va saqlanadigan ehtiyot choralari - bular Allohning qadaridan biror narsani qaytaradimi?» dedi. U: «Ular (ham) Allohning qadaridandir,» dedilar.
🤍Sunani Termiziy;2148-hadis
1️⃣Sabablar ham taqdirning bir qismidir: Inson kasallanganda dori ichishi, dam solishi (ruqya qilishi) yoki balolardan ehtiyot choralarini ko'rishi taqdirga qarshi chiqish emas. Chunki dori-darmon va uni qo'llash ham Alloh taoloning taqdiridandir. Alloh taolo nafaqat natijani, balki unga olib boruvchi sabablarni ham taqdir qilib qo'ygandir.
Masalan, bir kishining och qolganda ovqat yeb to'yishi, chanqaganda suv ichib chanqog'ini bosishi uning taqdiridan bo'lganidek, kasallikdan dori yoki duo (ruqya) orqali shifo topishi ham Allohning taqdiridir.
2️⃣Taqdir ikki xil bo'ladi (Qadar va uning natijalari): Ulamolar tushuntirishicha, davolanish yoki duolar taqdirni o'zgartirmaydi, balki ularning o'zi taqdirning bir ko'rinishidir. Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) Shom o'rtasiga kelganlarida vabo tarqalgani sababli ortga qaytganlarida, Abu Ubayda ibn Jarroh (roziyallohu anhu): "Allohning taqdiridan qochayapsizmi?" – dedilar. Shunda Umar (roziyallohu anhu): "Allohning taqdiridan Allohning taqdiriga qochamiz," – deb javob berganlar. Bu ham kasallikdan ehtiyot chorasini ko'rish taqdir doirasida ekanini ko'rsatadi.
3️⃣Ruqya va davolanishning ta'siri: Dori-darmonlar yoki ruqyalarning o'zi mustaqil ravishda hech narsani o'zgartira olmaydi. Ularning ta'sir qilishi va shifo kelishi faqatgina Allohning izni va irodasi bilangina bo'ladi. Ruqya asosli bo'lishi uchun u Allohning kalomi (Qur'on), Uning go'zal ismlari va sifatlari bilan, tushunarli tilda bo'lishi hamda shifo faqat Allohdan ekaniga e'tiqod qilingan holda bajarilishi lozim.
✔️Alloh bilguvchiroqdir. | 1 093 |
| 7 | 🧎♂ Musibatlar arishiga sabab bo‘ladigan amallardan biri — duo qilishdir. Alloh taolo marhamat qiladi:
📚"Ularga balomiz kelgan paytida, duo qilib yolvorishsa bo‘lmasmidi?!" (An’om surasi, 43-oyat)
📚 "Ayt: 'Agar duo-qilishingiz bo‘lmaganda edi, Rabbim sizlarga e’tibor qilmas edi." (Furqon surasi, 77-oyat) | 1 268 |
| 8 | 🫀 Makr qildilar. Alloh ham “makr” qildi. Allohning “makri” o’tkirroqdir.
❤️ Oli Imron surasi;54-oyat. | 1 420 |
| 9 | Abu Hurayra rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:«To ilm qabz qilinmagunicha (ko‘tarilmagunicha), zilzilalar ko‘paymagunicha, zamon yaqinlashmagunicha (vaqt tez o‘tadigan bo‘lib qolmagunicha), fitnalar zohir bo‘lmagunicha va harj - ya'ni qotillik ko‘paymagunicha, shuningdek, orangizda mol-dunyo ko‘payib, toshib ketmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi».
Sahihul Buxoriy 1036-hadis
24 SOAT ICHIDA 6 TA KUCHLI ZILZILA SODIR BO’LDI.
Xaritadagi hududlar va zilzila kuchlari (magnitudasi):
6.9M - Kuji, Yaponiya
4.9M - Sarangani, Filippin
5.5M - Kokopo, Papua Yangi Gvineya
5.6M - Redvud Valli (Redwood Valley), CA (Kaliforniya, AQSh)
7.2M va 7.5M - Karakas, Venesuela
Kuchli zil zilalar kundan-kunga ko’paymoqda. | 1 594 |
| 10 | «Ular iymon keltirgan va qalblari Allohni zikr qilish,eslash bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur.»
Ra’d surasi;28-oyat | 1 121 |
| 11 | Rubayyi’ binti Muavviz rodiyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Ashuro kuni ertalab Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansorlarning qishloqlariga odam yuborib: «Kim tongda og‘zi ochiq bo‘lsa, kunining qolgan qismini ro‘za bilan o‘tkazsin, kim ro‘zador holda tong ottirgan bo‘lsa, ro‘zasini davom ettirsin», dedilar.
Shundan so‘ng biz u kunda ro‘za tutardik, kichkina bolalarimizga ham tutdirardik. Ularga jundan o‘yinchoq yasab berardik. Agar ulardan birortasi ovqat so‘rab yig‘lasa, to iftor vaqti bo‘lgunicha o‘sha o‘yinchoq bilan chalg‘itib turardik».
Sahihi Buxoriy;1960 va Sahihi Muslim;1136 | 950 |
| 12 | Ibn Abbos rodiyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Ashuro kuni ro‘za tutinglar va bu borada yahudiylarga xilof qilinglar. Undan bir kun oldin yoki undan bir kun keyin ham ro‘za tutinglar».
Musnadi Ahmad, 2154-hadis
Ushbu hadisga binoan, faqat 10-Muharramda emas, balki unga qo'shib 9- yoki 11-kunlari (yoki uchala kunni) ham ro'za tutish tavsiya qilingan (Tosuo va Ashuro).
Shayx Usaymin Ashuro ro'zasini tutishning uchta darajasi borligini bayon qilgan:
1. Eng afzal daraja: 9, 10 va 11-Muharram kunlari ro'za tutish. Bu orqali ham yahudiylarga aniq xilof qilinadi, ham oyning uch kunida ro'za tutish sunnati ado etiladi.
2. 9 va 10-kunlari tutish. Bu eng keng tarqalgan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning niyatlariga muvofiq bo‘lgan darajadir (ko‘pchilik olimlar shuni tavsiya qiladi).
3. 10 va 11-kunlari tutish (agar 9-kunga ulgura olinmasa). | 793 |
| 13 | Imom Muslim Abu Qatoda rodiyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Oshuro kuni tutiladigan roʻzaning savobi haqida soʻrashdi: «Oʻtgan bir yillik gunohlarga kafforot boʻladi», dedilar.
Eslatma: 2026-yil,24-25-iyun,1448-Hijriy yil, Muharram 9-10-kunlar bo'ladi.
Nega 9-10-kunlari tutiladi?
Bunga dalil: Imom Muslim Abdulloh ibn Abbos rodiyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisda:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Kelasi yilga hayot boʻlsam, 9- kunni ham tutaman». Abu Bakrning rivoyatida, «yaʼni, Oshuro kunini», degan ziyodasi bor. | 996 |
| 14 | 🫀Qanchadan-qancha musibatlar borki, inson ulardan qalbi siqilib qoladi,holbuki, Allohning huzurida uning chiqish yo‘li bordir.
🕊️Ish haddan tashqari tanglashib, halqalari mahkam tortilgandek bo‘lganida esa birdan yechiladi.Men esa uni hech qachon yechilmaydi, deb o‘ylagan edim.
🌺Imom Shofe'iy | 1 306 |
| 15 | 🌱Ibn Qoyyim rohimahulloh aytadi: «Hasan Basriy bunday deydi:
«Boshingizga tushgan falokatlardan, baloyu-ofatlardan nafratlanmang. Balki siz nafratlangan ishda najotingiz, oʻzingizga ravo koʻrgan ishda halokatingiz yashiringandir».
🪔«Shifoul aliyl», 1/350. | 580 |
| 16 | 🕋 Assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh “ Ummah Charity “ hayriya fondimizning saxovatli ehsonchilari!
🧎♂ Barchangizga Iyd ul-Adho muborak boʻlsin. Sizga va ahli oilangizga Alloh Jalla va ‘Alaning fazli va barakasi bo’lsin. Bu islom ummatining ikki bayramining biridir! Mana shu fitrat ahlini,jannat ahlining bayramidir.
🥜 Bu kunda bayram qiling, taomlar yeb-iching va ahli oilangizga yeb-ichiring! Yetimlarni boshini silang,ularni ham taomlantiring, Alloh Azza va Jallani zikr qiling!
🧕 Mazlum va mazluma birodarlarni duolaringizda unutmang. Zindondagi mo’min va mo’minalarni ham duolaringizda yodingizdan ko’tarmang, sizlar ahli oilangiz bilan bayram qilayotgan vaqtingiz, ular temir turmalar ortida , zulm ostida bu kunlarni dinlari sababli o’tkazmoqdalar!
🕌 Alloh Taolo bu ummatni azizlikka olib chiqsin! Barchaga iyd ul adho muborak bo’lsin Taqabbalallohu minna va minkum solihal ‘amal !
🫖@UmmahCharity | 1 996 |
| 17 | 🤎Iyd Ul Adho kunlari nimalar qilamiz?
❤️Nubaisha al-Hudaliy rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
❤️Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Tashriq kunlari yeyish, ichish va Allohni zikr qilish kunlaridir". (Sahih Muslim, 1141-hadis)
*Tashriq kunlari qaysi kunlar? Qurbon hayitining birinchi kunidan keyingi keladigan uch kun (Zulhijja oyining 11, 12 va 13-kunlari) "Tashriq kunlari" hisoblanadi. Bu kunlarda roʻza tutish harom qilingan boʻlib, goʻsht va boshqa neʼmatlardan yeb-ichish hamda takbir aytib Allohni zikr qilish sunnatdir.
💞Oisha rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
💕Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Yenglar, zaxira qilinglar va tasadduq qilinglar (tarqatinglar)", dedilar. (Ya’ni qurbonlik go’shtini nazarda tutganlar) (Sahih Buxoriy, 5569-hadis)
🖤Burayda rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
🧡"Nabiy sollallohu alayhi vasallam Fitr (Roʻza) hayiti kuni taomlanmasdan (namozga) chiqmasdilar, Qurbon hayiti kuni esa to (hayit namozini) oʻqib boʻlgunlaricha taom yemasdilar (va qaytgach, qurbonliklari goʻshtidan yerdilar)".
❤️(Sunan Termiziy, 542-hadis; Sunan Ibn Moja, 1756-hadis; Sahih Ibn Hibbon, 2813-hadis; Musnad Ahmad, 22981-hadis)
🤎@UmmahCharity | 858 |
| 18 | ❤️Oisha rodiyallohu anho aytadi:
💚«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:
💕«Arafa kunichalik Alloh bandalarni doʻzaxdan koʻp ozod qiladigan kun yoʻq. U Zot (Arafa kuni Arafotdagilarga) yaqinlashadi va ular bilan faxrlanib, farishtalarga: «Bular nimani istashyapti?» deydi». ( Sahihi Muslim,3161)
🧡Abu Qatoda rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
🧡Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Arafa kunining roʻzasi oʻzidan oldingi bir yil va oʻzidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat boʻlishini Allohdan umid qilaman”, dedilar. (Sahihi Muslim,2736)
🩷🩷🩷🩷🩷🩷 Bugun Alhamdulillah Arafa kuni bunday vaqtlarni boy bermang. | 988 |
| 19 | 🥜Amr ibn Muslim aytadi:
🕌«Qurbon hayiti arafasida hammomda edik. U yerda ba’zi odamlar ohak yordamida tuklarini toʻkishdi. Shunda hammomdagi ba’zi kishilar: «Sa’id ibn Musayyab buni makruh sanar edi [yoki undan qaytarar edi]», deyishdi. Men Sa’id ibn Musayyabga uchrab, unga bu haqda aytdim. U shunday dedi: «Ey birodarimning oʻgʻli! Bu hadis yoddan koʻtarilib, tashlab qoʻyilgan: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Ummu Salamaning shunday deganini eshitdim:
🌙«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning soʻyadigan qurbonligi boʻlsa, zulhijjaning hiloli koʻringanda to qurbonlik qilgunicha sochini ham, tirnogʻini ham olmasin», dedilar».
📚Sahihi Muslim,4980,4981-hadislar. | 491 |
| 20 | 🌊«Bu kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz..»
📚Oli Imron surasi, 140-oyat.
👳♀Imom ibn Javziy rahimahulloh: «Bilginki, zamon bir holatda turmaydi: gohida kambag‘allik, gohida boylik; gohida azizlik, gohida xorlik; gohida do‘stlar shod bo‘ladigan, gohida esa dushmanlar kuladigan kunlar bo‘ladi.
🥜Haqiqiy saodatmand, baxtli kishi har qanday holatda ham bitta asosga mahkam bog‘langan kishidir. U ham bo‘lsa Alloh taologa taqvodir.
🪔Agar u boy bo‘lsa, taqvo uni bezaydi, agar kambag‘al bo‘lsa, unga sabr eshiklari ochiladi, agar ofiyatda bo‘lsa, ne’mat komil bo‘ladi, agar baloga yo‘liqsa, (taqvo uni) ko‘tarib, tutib turadi.
🌱Zamon uni pastga tushiradimi yoki yuqoriga ko‘taradimi, yupun, yalang‘och qoldiradimi, to‘ydiradimi, yoki och qoldiradimi, bularning unga zarari yo‘q. Chunki bu narsalarning barchasi o‘tkinchi va o‘zgaruvchandir. Taqvo esa asl omonlik, salomatlik bo‘lib, uning qo‘riqchisi hech qachon uxlamaydi», dedilar.
🕌Soydil xotirdan. | 695 |
