en
Feedback
Malham kitoblar

Malham kitoblar

Open in Telegram

”Malham kitoblar” – shifo izlagan qalblar maskani! Instagram: https://www.instagram.com/malham_kitoblar Murojaat uchun: 🧑‍💻 @malham_kitoblar_admin 📞 +998772518167 Ish vaqti: 09:00–20:00 Manzil: Chorsu, Toshkent kitob markazi

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Malham kitoblar

Channel Malham kitoblar (@malham_kitoblar) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 12 013 subscribers, ranking 3 140 in the Books category and 6 502 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 12 013 subscribers.

According to the latest data from 10 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 3 390 over the last 30 days and by -51 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 45.86%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 15.99% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 5 517 views. Within the first day, a publication typically gains 1 924 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 29.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
”Malham kitoblar” – shifo izlagan qalblar maskani! Instagram: https://www.instagram.com/malham_kitoblar Murojaat uchun: 🧑‍💻 @malham_kitoblar_admin 📞 +998772518167 Ish vaqti: 09:00–20:00 Manzil: Chorsu, Toshkent kitob markazi

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 11 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Books category.

12 013
Subscribers
-5124 hours
+57 days
+3 39030 days
Posts Archive
🌙 Ba’zan inson o‘zligini saqlab qolish uchun o‘zini yashirishga majbur bo‘ladi... 📖 «Tunda hech kim kutmaydi» kitobida o‘z
🌙 Ba’zan inson o‘zligini saqlab qolish uchun o‘zini yashirishga majbur bo‘ladi... 📖 «Tunda hech kim kutmaydi» kitobida o‘z yurti va shaxsiyatidan ayrilib, turli mamlakatlarda turli nom va millat ostida yashashga majbur bo‘lgan insonlar taqdiri hikoya qilinadi. Qozog‘istonda qozoq, Turkiyada turkiy uyg‘ur, Gretsiyada koreyalik turist, Afg‘onistonda esa o‘zbek millatiga mansub afg‘on qochqinlari sifatida ro‘yxatdan o‘tishadi. Faqat Shvetsiyaga kelganlaridagina o‘z haqiqiy shaxsiyatlarini qayta tiklash imkoniga ega bo‘lishadi. Bu kitob insonning o‘zligi, taqdiri va kimligini unutmaslik haqida o‘ylashga undaydi. 📚 Buyurtma uchun: • @malham_kitoblar_admin • ☎️ (77) 251-81-67 📍 Toshkent kitob markazi 🌐 Telegram | Instagram | Manzil

Nihat Kaya. "Toʻydan avval bunday emas eding" kitobidan parcha Oʻqidi - Anvarjonovna Adiba 1 dan 10 gacha baholab keting Anvarjonovna_blog

Kitob: Aqlli bo'lish san'ati Muallif: Nevzat Tarhan Sahifa: 156 Nevzat Tarhanning "Aqlli bo'lish san'ati" kitobi bugungi yosh
Kitob: Aqlli bo'lish san'ati Muallif: Nevzat Tarhan Sahifa: 156 Nevzat Tarhanning "Aqlli bo'lish san'ati" kitobi bugungi yoshlar duch kelayotgan muammolarni chuqur tahlil qiladigan va ularga amaliy yechimlar taklif etadigan foydali asarlardan deb bildim. Kitob sodda tilda yozilgani sababli uni o'qish oson, ya'ni hazmi yengil bo'lgan kitkblardan. Undagi fikrlar esa hayotiy misollar bilan boyitilgan. Kitob uch asosiy yo'nalishni qamrab oladi. Birinchi bobda yoshlik davrida uchraydigan muammolar, ota-ona bilan kelishmovchiliklar, rostgo'ylik, erkinlik, zo'ravonlik, tengdoshlar bosimi, psixologik jarohatlar hamda turli qaramliklarning inson hayotiga ta'siri haqida so'z yuritiladi. Muallif o'zi psixiatr bo'lganligi bois ham, har bir masalani psixologik nuqtai nazardan izohlab, muammoni qanday yengish mumkinligini tushuntiradi. Ikkinchi bob ta'lim va kelajak mavzusiga bag'ishlangan. Unda maktabdagi muvaffaqiyat, muvaffaqiyat bosimi, to'g'ri qaror qabul qilish, kasb tanlash, yoshlarning jamiyatdagi o'rni va kelajak haqidagi xavotirlar haqida foydali tavsiyalar berilgan. Bu bo'lim ayniqsa o'z yo'lini izlayotgan hozirgi kun yoshlari uchun qimmatli qo'llanma bo'la oladi. Uchinchi bob esa insonning ichki dunyosiga e'tibor qaratadi. Shoshqaloqlik, qaysarlik, hasad, shubha-gumon, nonko'rlik va narsissizm kabi salbiy xususiyatlarning inson hayotiga ta'siri ochib berilib, hissiyotlarni boshqarish va ruhiy jihatdan sog'lom yashash yo'llari tavsiya etiladi. Menga kitobning eng yoqqan jihati shundaki, muallif faqat muammolarni sanab, yozib o'tirmaydi, balki ularni hal qilish uchun aniq tavsiyalar ham beradi. Kitob insonni o'zini tahlil qilishga, xatolaridan saboq olishga va ongli ravishda to'g'ri qarorlar qabul qilishga undaydi. "Aqlli bo'lish san'ati" nafaqat yoshlar, balki farzand tarbiyalayotgan ota-onalar va o'z ustida ishlashni istagan har bir inson uchun foydali asar. Ushbu kitobni o'qigan kishi hayotga boshqacha nigoh bilan qarashni, hissiyotlarini boshqarishni va muammolarga oqilona yechim topishni o'rganadi. Men bu kitobni hayotini tartiblamoqchi, katta yutuqlarga erishmoqchi boʻlgan barcha oʻqishini hohlardim.
Kitobdan: Shuni unutmaslik kerakki, istaklarga taslim bo'lmaslik uchun insonda ichki intizom, o'zini boshqara olish, o'zini nazorat qilish qobiliyati boʻlishi zarur. Ehtiyojlar bilan istaklar o'rtasida to'g'ri muvozanatni topa olgan odamgina haqiqiy erkinlik va yetuklikka erishadi.
Unutma: kemaning qaysi tomonga borishini kapitan belgilaydi. Kapitanning qilgan kichik xatosi ham kemaning halokatiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun hayoting yoʻnalishini o'zing belgila.
Shuni unutmasliging kerakki, yutuqqa erishish uchun avvalo sarmoya kiritish zarur. Zehniy rivojlanishing uchun vaqt ajratishing, kuch va energiya sarflashing lozim. Ana shundagina hayotingda chiroyli va qimmatli natijalarga erishishing mumkin.
1.5 - guruh koordinatori: Bintu Abid 🩷

Mana orqa muqovadagi mazmunga tayangan holda, Telegram uchun tabiiy va ta'sirli post: --- 🌷 Ba'zan hamma javoblar bitta juml
Mana orqa muqovadagi mazmunga tayangan holda, Telegram uchun tabiiy va ta'sirli post: --- 🌷 Ba'zan hamma javoblar bitta jumlada yashiringan bo'ladi: "Allohga ishon..." Hayot doim ham biz xohlagandek kechmaydi. Ammo har bir sinov, har bir kechikish va har bir uchrashuv ortida hikmat bor. 📖 "Allohga ishon" kitobi qalbingizni taskin topishga, shukr qilishga va Robbingizning rejasiga ishonch bilan qarashga chorlaydi. Undagi satrlar sizga shuni eslatadi: — Hech bir yaxshilik behuda ketmaydi. — Nasibangiz sizni albatta topadi. — Har bir sinov ortida yaxshilik yashiringan. Bu kitob umidsizlik emas, tavakkulni tanlashni istagan har bir kitobxon uchun. 📚 Buyurtma uchun: • @malham_kitoblar_admin • ☎️ (77) 251-81-67 📍 Toshkent kitob markazi

💔 Har bir singan qalbning aytilmagan hikoyasi bor... Ba'zi dardlar ovoz chiqarmaydi. Ular insonning qalbida yashaydi, sabr o
💔 Har bir singan qalbning aytilmagan hikoyasi bor... Ba'zi dardlar ovoz chiqarmaydi. Ular insonning qalbida yashaydi, sabr ortiga yashirinadi va vaqt o'tishi bilan ham unutilmaydi. 📖 Adham Sharqoviyning "Qalbi singanlarga" kitobi ana shunday dardlarni qalamga oladi. Muallif hayot sinovlari, ayriliq, sog'inch, sabr va umid haqida samimiy mushohadalari bilan o'quvchini o'z qalbiga nazar tashlashga chorlaydi. Bu kitob qalbi og'rigan, taskin izlayotgan va hayotga yangi nigoh bilan qarashni istagan kitobxonlar uchun yozilgan. Buyurtma uchun: • @malham_kitoblar_admin • ☎️ (77) 251-81-67 📍 Toshkent kitob markazi

Taqriz Nevzat Tarhanning “Aqlli bo‘lish san’ati” kitobi insonning fikrlashi, o‘zini anglashi va hayotda to‘g‘ri qarorlar qabu
Taqriz Nevzat Tarhanning “Aqlli bo‘lish san’ati” kitobi insonning fikrlashi, o‘zini anglashi va hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi haqida yozilgan. Kitobni o‘qish davomida inson uchun aql bilan birga sabr, his-tuyg‘ularni boshqarish va o‘z ustida ishlash ham muhimligini tushundim. Muallif oddiy hayotiy misollar orqali insonning xatti-harakatlari va fikrlash tarziga e’tibor qaratadi. Menga kitobning eng yoqqan tomoni shundaki, undagi fikrlarni kundalik hayotimizda qo‘llash mumkin. Ayniqsa, muammolarga shoshilmasdan yondashish, xatolardan xulosa chiqarish va boshqalarning fikrini hurmat qilish haqidagi fikrlar menga foydali bo‘ldi. Kitob menga har bir vaziyatda o‘z hissiyotlarimga berilib ketmasdan, avval o‘ylab keyin qaror qilish kerakligini anglatdi. Umuman olganda, “Aqlli bo‘lish san’ati” men uchun foydali va o‘ylantiradigan kitob bo‘ldi. Bu kitobni o‘zini yaxshiroq tushunishni va fikrlashini rivojlantirishni istagan insonlarga tavsiya qilgan bo‘lardim.

Do'konimizdan selfi
Do'konimizdan selfi

Repost from Jasur Muhammad
📚 "O‘QIYMIZ" marafoni boshlandi! Marafonda ishtirok etish mutlaqo bepul. ✨ Sizni marafon davomida: 🌟 1 hafta davom etadigan
📚 "O‘QIYMIZ" marafoni boshlandi! Marafonda ishtirok etish mutlaqo bepul. ✨ Sizni marafon davomida: 🌟 1 hafta davom etadigan kitobxonlik marafoni; 🌟 2 ta kitobni birgalikda o‘qib, tahlil qilish; 🌟 Bookblogerlik va kitob tanlash bo‘yicha foydali darslar kutmoqda. 📖 Ishtirok etish uchun 3 ta kitobsevar do‘stingizni marafonga taklif qiling. 🚀 Hoziroq havola ustiga bosib, biz bilan birga kitob o‘qishni boshlang! https://t.me/+VDGufurXZ-YxMmYy

Eng yoqqan izoh muallifi bo’ldilar. Samimiyligi yoqdi. Hadyangizni do’konimizdan olib ketsangiz bo’ladi… Barcha izoh yozgan va bizni tanlagan barcha azizlarga rahmat. Qalbimizdasiz malhamdosh!

Ochiq va hech qanday bo‘rttirishsiz, real tajribalar asosida yozishni maqul ko‘rdim: Jasur Muhammadni Malham kitob do‘konini ochishingizdan avval ham kuzatardim. Loyihalarida ham qatnashganman. Shaxsiy rivojlanish, ilm, qalb mavzularidagi fikrlari qiziq edi. Kitob do‘koni ochilganiga ko‘p ham hayron qolmadim. Endi haqiqatdan qalblarga malham kitoblar o‘qiladi deya xursand bo‘ldim. Chunki kitob do‘konga borganimda sezdimki kitoblar faqat va faqat saralangan. Qalbni, ruhni, ongni chalg‘itadigan malumotlari bor kitoblarni yaqinlashtirmaslikka harakat qilingan. Kursdoshim bilan biz bir kitobni olmoqchi bo‘lganmizda U kitobni tavsiya qilmayman deb yanayam manfaatlirog‘ini tavsiya qilgandilar. O‘z foydasini emas, kitobxonlar foydasini o‘ylaydigan darajadadgi kitob do‘koni. Sotuvchilari esa shunaqangi muloyim, odobli, hayoli qizlar.O‘zim ko‘p gapirib yuborganimdan uyalgandim hatto ularni oldida... Do‘kon atmosferasi umuman boshqa gap. Estetik zavq beradi. Mushukchasini ham rosa yoqtirib qolgandim🥹 Xullas umuman boshqacha kitob do‘kon bu..)) Malham haqida blogimda ham bir necha oylar avval yozgandim Kursdoshim bilan ashaddiy muhlisalarimiz🫠 Ular men Malhamdan boshqasiga bormayman degandi))

📖 Qur'on bilan hamnafas — Qur'on bilan yaqinlashish, uni hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishga undovchi asarlardan bi
📖 Qur'on bilan hamnafas — Qur'on bilan yaqinlashish, uni hayotimizning ajralmas qismiga aylantirishga undovchi asarlardan biri. Asarda Qur'on bilan muntazam muloqot qilish, oyatlar ustida tafakkur yuritish va ularning ma'nolarini kundalik hayotda qo'llashning ahamiyati samimiy uslubda yoritiladi. Kitob o'quvchini Qur'on bilan yanada mustahkam bog'lanishga, qalb xotirjamligi va ma'naviy o'sish sari qadam tashlashga chorlaydi. 🌿 Agar Qur'on bilan munosabatingizni yanada mustahkamlashni istasangiz, ushbu kitob siz uchun munosib tanlov bo'lishi mumkin. Har bir kitobxon javonidan joy olishi kerak bo'lgan ushbu asarni do'konimizdan xarid qilishga shoshiling! 📦 Buyurtma uchun: • @malham_kitoblar_admin • ☎️ (77) 251-81-67 📍 Toshkent kitob markazi 🌐 Telegram | Instagram | Manzil

Video message00:29

- Malham kitoblar haqida nima bilasiz, sizga yoqadimi? Oramizda yangi kelganlar bor, siz yozing, ular izoh o’qib oladi.. Kelishdikmi? - ❤️

🎵Hamma kabi bo‘lmaslik uchun hamma qilmagan ishni qilish kerak. Vaqtingizni to‘g‘ri boshqarib muvaffaqiyatli bo‘lmoqchimisiz
🎵Hamma kabi bo‘lmaslik uchun hamma qilmagan ishni qilish kerak. Vaqtingizni to‘g‘ri boshqarib muvaffaqiyatli bo‘lmoqchimisiz? Buning uchun trening yoki psixolog shart emas. Buni hamma qiladi. Hamma nima qilmaydi? Ular o‘qimaydi. 📖Vaqtni to‘g‘ri boshqarish va buni dunyo liderlari qanday qilganiga Kal Nyuportning "Diqqat" kitobidan javob olish mumkin.
Bu kitobda har qanday sohada boshqalardan ko‘ra tezroq o‘sish va vaqtingizni boshqarishni o‘rganasiz.
Agar siz ham vaqtingizni to‘g‘ri boshqarib, Instagram'dagi qisqa videolarga chalg‘imaslikni istasangiz, hoziroq bu kitobga buyurtma bering. 🖋xarid qilish uchun izohlarda + qoldiring.

Siz ham buni o‘rgana olasiz. 🖋Qandayligini bilish uchun izohlarda + qoldiring.

Siz ham buni o‘rgana olasiz. 🖋Qandayligini bilish uchun izohlarda + qoldiring.

🏷 Dunyodagi ko‘plab muvaffaqiyatli insonlarning bitta umumiy odati bor. Ular diqqatini himoya qiladi.Bill Gates har yili bir haftani faqat kitob o‘qish va fikrlash uchun ajratgan. Microsoft'ning ko‘plab muhim g‘oyalari aynan shu davrda paydo bo‘lgan. ✅ Steve Jobs oilasida kechki ovqat paytida telefon va planshetlardan foydalanishga ruxsat bermagan. ✅ Cal Newport ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi. Uning fikricha, chuqur diqqat bugungi dunyodagi eng qimmat ko‘nikmalardan biri. ✅ Warren Buffett esa muvaffaqiyat ko‘pincha nimaga "yo‘q" deya olishingizga bog‘liq, deydi. U vaqtining katta qismini kitob o‘qish va mustaqil fikrlashga sarflaydi.
💭 Xulosa: Telefon va ijtimoiy tarmoqlarni butunlay tark etish shart emas. Lekin ularni boshqara olmasangiz, ular sizni boshqara boshlaydi
. Shuning uchun diqqatni asrash bugungi kunda eng muhim odatlardan biriga aylandi.

🎵Dunyoda ko‘plab mashhurlar, yozuvchilar va liderlar bunday jadallashuv davrida ijtimoiy tarmoqlarga chalg‘imasdan, vaqtlarini o‘zlari boshqarib muvaffaqiyatga erishyapti. Ular buni qanday qiladi? 🔥Qiziqmi? Reaksiya bosib, aktiv bo‘ling, aytaman.

🎵Aytishingiz mumkin, hozir hamma narsa onlayn, telefonsiz ham bo‘lmaydi, degan. To‘g‘ri, telefon hayotimizni osonlashtiradi. Lekin u ishimizni osonlashtirishi kerak, hayotimizni emas. Siz bu fikrga qanday qaraysiz? 📱Telefonsiz qancha yashay olasiz?

🌟21-asrda ko‘pchilik tushkunlikda, zamonaviy tilda aytganda depressiyada. Nima qilishini bilmaydi, ularga nimadir yetishmayotgandek tuyuladi. Shunday vaqtlarda inson o‘zi bilan o‘zi yolg‘iz qolishi kerak. Lekin bunga Telegram, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlar halal beradi. Aslida, ko‘plab muammolarga shunchaki yolg‘iz qolib, o‘zingiz bilan ozgina gaplashishning o‘zi yetadi, xolos. 🌷Yolg‘iz qolib, hozirgi o‘zingizga yoqmayotgan muammo va holatga 5 ta "Nima uchun?" savolini bersangiz, yechimni o‘zingiz topasiz. 🖋Siz bu fikrga qanday qaraysiz?