Raxmonaliyeva Dilbar♥️
Open in Telegram
Yoqsa huzur yoqmasa uzur🙃♥️ 16 yoshli qizning shaxsiy mualliflik sheʼrlari🤍 Kanal men uchun oʻzgacha bir moʻjizaviy hayot💜 Sizga hech qanday manfaatni vaʼda qilmayman🖤Yoqsa, qiziqsangiz kuzating💙Kanalni ijodimni hurmat qiluvchilar uchun ochdim❤️
Show more189
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-1430 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
November '24
November '24
+3
in 0 channels
October '24
+14
in 0 channels
Get PRO
September '24
+13
in 0 channels
Get PRO
August '240
in 0 channels
Get PRO
July '24
+199
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 16 November | 0 | |||
| 15 November | 0 | |||
| 14 November | 0 | |||
| 13 November | 0 | |||
| 12 November | 0 | |||
| 11 November | 0 | |||
| 10 November | 0 | |||
| 09 November | 0 | |||
| 08 November | 0 | |||
| 07 November | 0 | |||
| 06 November | 0 | |||
| 05 November | 0 | |||
| 04 November | 0 | |||
| 03 November | +3 | |||
| 02 November | 0 | |||
| 01 November | 0 |
Channel Posts
❤️🫀 ONAM🫀❤️
Baʼzan yoshlik qilib qadring bilmadim,
Chaqirsang yoningga bir bor kelmadim.
Goho jahl qilib qalbing tirnadim,
Men bebosh qizingni kechirgin ona...
Yosh bolamanmi deb soʻzing tinglamay,
Goho tanbehlaring nazarga ilmay.
Koʻnglingni oʻgʻritdim oʻzim ham bilmay,
Men qaysar qizingni kechirgin ona...
Hech oʻylamasdim toʻgʻri ilgari,
Sendan uzoqlashib ketardim nari.
Endi qadring bildim ulgʻaygan sari,
Men erka qizingni kechirgin ona...
Betob boʻlsam tinmay boʻlib parvona,
Yelib yugurarding ish deb har yona.
Bolam deb qancha boʻlding sarsona,
Men bebosh qizingni kechirgin ona...
Bolalikdan asta sochlarim tarab,
Qoʻlingda koʻtarding suyib, erkalab.
Bugun yigʻlayapman koʻzingga qarab,
Men oʻjar qizingni kechirgin ona...
Doim issiq mehring koʻrasan ravo,
Shirin soʻzlaringchi, dardimga davo.
Sen sabab betakror goʻzaldir dunyo,
Faqat shoir qizingni kechirgin ona...
Muallif: Raxmonaliyeva Dilbar Alimardonovna ✍️
| 2 | Tushlarimga kirayapsan koʻp,
Shiringina joning omonmi?!
Unutdingmi, sogʻindingmi yo,
Seni yaxshi koʻrgan “yomonni”.
Tushlarimga kirayapsan koʻp,
Gapirmaysan, termulasan jim.
Muammolar yoʻqmi ishqilib,
Ranjitdimi yoki biron kim?!
Tushlarimga kirayapsan koʻp,
Kuni bilan oʻrtar xavotir.
Sendan biron xabar bermaydi,
Tushlarimda siylagan taqdir!
Bilsang, seni sogʻinmay qoʻydim,
Yuragimni tosh qildi gʻurur!
Bu sevmayman degani emas....
Mayli...
Tushlarimga kirib tur!
Tushlarimga kirayapsan koʻp,
Shiringina joning omonmi?!
Unutdingmi, sogʻindingmi yo,
Seni yaxshi koʻrgan “yomonni”...
Tushlarimga kirayapsan koʻp...🩵
©️Malika Tavfiq | 87 |
| 3 | 2024-yil sarhisobi...
Va bir yil ichida erishgan yutuqlarim🥇🏆🥰
Ota-onam " Ha, Raxmonaliyeva meni qizim" deya koʻp marotaba faxrlanishdi Alhamdulillah 😇🌚 | 147 |
| 4 | #shoirlarga✓
©Oson deb oʻylamang shoirlarga...✓)
Oson deb oʻylamang shoirlarga ham,
Ular uyqusidan kechib yozadi.
Eng yaqin doʻstidur qogʻoz va qalam,
Goho fikringizdan choʻchib yozadi...
Oson deb oʻylamang shoirlarga ham,
Kimningdur dardini yozolsam deydi.
Otash boʻlib yonar qalbida alam,
Yozolmasa kuyib ich etin yeydi...
Oson deb oʻylamang shoirlarga ham...
Ularning ham sizdek dushmanlari bor.
Ijodin oʻgʻirlashar uyalmay baʼzan,
Tanqidchilari ham turadi xushyor.
Oson deb oʻylamang shoirlarga ham...
Hayoli parishon baʼzan devona.
Birgina shirinsoʻz qalbiga malham,
Ularga dam olish uyqu begona.
Oson deb oʻylamang shoirlarga ham...
Ularni yuragi lov-lov yonadi.
Jonkuyar, vafodor, mehribon biram,
Maqtovlaringizdan kuchni oladi.
Oson deb oʻylamang shoirlarga ham...
Ularga qoʻshilib yigʻlaydi gardun.
Kim biladi bordir qancha dard-alam,
Ammo hech kimsaga qilmaydi maʼlum.
Oson deb oʻylamang shoirlarga ham...
Nimadur yozay deb qoqmaydi mujgon.
Besabab ularga yetkazmang sitam,
Ular ham sizdekda oddiy bir inson.
Oson deb oʻylamang shoirlarga...
Ular uyqusidan kechib yozadi...
(Gardun-osmon
Mujgon-kiprik maʼnosida...)
Muallif : Raxmonaliyeva Dilbar 🍀 | 193 |
| 5 | #Ilk sheʼrim va "Oqqoʻrgʻon ovozi" gazetasida ham birinchi boʻlib chiqqan sheʼrim...🫶
Ikki yildan oshibdi shunga ham😁
🤍HAYOT🤍
Hayot kitobimni bexos varoqlab,
Yaxshi yomon kunlarni bir bir soʻroqlab,
Ketarman bir toʻgʻri tekkis yoʻl boʻylab,
Qancha orzularimni hayolda oʻylab.
Yaxshilik qilarsan begonalarga,
Oʻzing oʻxshab qolib devonalarga.
Yomonlik qilarlar har doim har vaqt,
Seni hech oʻylamas hatto bir muddat.
Sen zoʻrsan yaxshisan deydilar ammo,
Buning ham tagida yotar bir maʼno.
Soni maqtab maqtab ishin bitirib
Soʻng ketarlar sendan zoʻrin qidirib.
Ishing yurishsa gar yoningda yurar ,
Sendan zoʻri yoʻq deya oldingda turar.
Ularning maqsadi pul boylik mansab
Ozgina boy boʻlsang qilarlar hasad.
Doʻstim doʻstim deganing dushman boʻladi,
Sen yigʻlab turganda doʻsting kuladi.
Hayot oʻzi shunday sinov boʻladi,
Buni asil maʼnosin inson biladi.
Muallif: Raxmonaliyeva Dilbar | 200 |
| 6 | Raxmonaliyeva Dilbar♥️:
Kanalim sheʼrlarim nechta yurakchaga arziydi❤️🫶🫠🤔 | 2 |
| 7 | Kanalim sheʼrlarim nechta yurakchaga arziydi❤️🫶🫠🤔 | 2 |
| 8 | #savol
Kanalim sheʼrlarim nechta yurakchaga arziydi🤔🫠❤️🫶 | 1 |
| 9 | #kanalim🫶🩵
😘 Men kanalimni sevaman,
😍 Menga kanalim yoqadi.
😜 Endi menga baribir,
🤓 Kim qanaqa boqadi.
😫 Kanalda odam kam lekin,
😇 Yo’qdan ko’ra shukur bor.
😎 Bu dunyoda hech admin
😂 Emas mendek baxtiyor.
☺️ Minusga kirsam jilmayib,
😅 Reklama qo’ysam kulaman.
🤨 Ortiqcha yozganlarni,
🙃 Shartta chorni qilaman.
✈️ Telegram degan baloda,
😁 Kanal ochib qo’yganman.
😊 Va ustida a’zolarga,
😉 Sheʼrlar tashab turganman.
😵 Har tong qarab telefonga,
😌 Deyman mening g’amim yo’q.
😄 Kanalim juda faol
😉 Tashvishim yo’q, kamim yo’q.
😔 Xomush bo’lar ba’zilar
😕 Plyuslarim sanashib.
🙂 Menga esa turibdi
😎 Minuslar ham yarashib.
🤖 Kanal-kanal, Guruh-guruhdir.
💫 Har narsa o’z holicha.
☺️ Azizlarim kanalimizni
😉 Qabul qiling boricha.
❤️❀ 𝑫𝒊𝒍𝒃𝒂𝒓𝒅𝒂𝒏 ❀❤️
Hammadan reaksiya va fikr kutaman😉❗❗❗ | 157 |
| 10 | #oynurimsan
🩵SHUNCHAKI🩵
Iforing keltirib mayin shamollar,
Dimogʻim qitiqlar asta erkalab.
Oydan vasling izlar chalkash hayollar.
Yana tushimga kirding saxar ertalab.
Har nedan kulishing koʻraman afzal,
Ista ol yuragim biron qismini.
Shamollar yetkazing hammadan avval,
Qalbimga nur bilan yozdim ismini.
Goho shod quvonchdan dilga sigʻmagan,
Betakror onlarni men senga berdim.
Ha men oʻsha qaysar sen deb yigʻlagan,
Asl baxt shu ekan nima ham derdim.
Zulmatni yoritgan mening oynurim,
Seni hikoyangga boʻlay muallif.
Bir chetga surayin bir kun gʻururim,
Yonib, kuyib senga yozayin taʼrif.
Muallif: Raxmonaliyeva Dilbar
Alimardonovna 🤍
{© Hech qayerdan koʻchirilmagan oʻz mualliflik sheʼrim. Bundan keyin shunaqa sheʼrlar yozaman chunki juda ham koʻplab kitoblar oʻqiyapman
...✓✓✓} | 186 |
| 11 | 🩵Osmonimga olib ketaman🩵
Mening shodligimsan, bolaligimsan.
Mening gʻussam oʻzing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yoʻq kun yoʻqdir jonim.
Ket deb aytolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman ,
Seni osmonimga olib ketaman...🩵
Muhammad Yusuf🫶🫠 | 145 |
| 12 | #qisqagina-tabrigim😁
Yerdagi farishtam boʻlgan Jannatim Onajonim bayramingiz muborak boʻlsin ♥️
Doimo baxtimizga sogʻ-salomat boʻling💋 | 164 |
| 13 | #ustozimga♥️
Qalbi quyoshdek mehrdan porlagan...
Bahorning ilk moychechaklari, lola gullari singari maftunkor va begʻubor. Yuragi cheksiz muhabbat va mehrdan yaralgan
,♥️ Ustozlarim♥️ bayramingiz muborak boʻlsin.
Sizga Chinor umridek uzoq umr,
Bahorning nafis gullaridanda goʻzal hayot.
Shimol yogʻdusidek moʻjizaviy va takrorlanmas onlarni tilab qolaman💙🤍
Bizga bilib berishdan, hayot sirlarini oʻrgatishdan aslo charchamang...
Yuzingizdan hech qachon bahoriy, begʻubor, eng chiroyli kulgu arimasin😍🥰
Sizga ikki qoʻlimni koʻksimga qoʻyib taʼzim qilaman.
Hurmat bilan Dilbar ♥️ | 162 |
| 14 | #motivatsiya🔥🔥🔥
Bugundan boshlab...🙂↔️
Faqat olgʻa intilaman, tinimsiz oʻz ustimda ishlayman...🫶
Hech qachon taslim boʻlmayman.🙂↕️
Hamma narsada oʻzimni sinab koʻraman...💜
Shunday mashxur, betakror, katta mansab egasi boʻlayinki odamlar menga oʻxshashni orzu qilishsin🩵
Hasad qilishga uyalib havas koʻzi ila boqishsin😄😇🤍 | 160 |
| 15 | Robbisiga oshiq bolaning kanaliga xush kelibsiz.Insoniy ostidagi "Qalbim taskini" hikoyalar egasi.Yoʻqolib borayotgan insoniy tuygʻular kurashuvchisi.Biroz vaqtingizni sarflab kanalga kirib koʻring va Insoniyning hikoyalarini oʻqib qalbingizdan oʻtgan insoniy hislar uchun ham reaksiya bosishni unutmang.Insoniy sizdan faqat shuni kutadi.Qalblaringiz taskini bu sizning oʻzingiz.... | 55 |
| 16 | Robbisiga oshiq bolaning kanaliga xush kelibsiz.Insoniy ostidagi "Qalbim taskini" hikoyalar egasi.Yoʻqolib borayotgan insoniy tuygʻular kurashuvchisi.Biroz vaqtingizni sarflab kanalga kirib koʻring va Insoniyning hikoyalarini oʻqib qalbingizdan oʻtgan insoniy hislar uchun ham reaksiya bosishni unutmang.Insoniy sizdan faqat shuni kutadi.Qalblaringiz taskini bu sizning oʻzingiz.... | 1 |
| 17 | YOZMAYMAN...✍️❌🔥
Soxta dunyosida ojizlik qildim,
Mansab ustunligin tushunib bildim.
Ichim yigʻlasada jilmayib kuldim,
Boʻldi endi boshqa sheʼrlar yozmayman.
Maʼnosiz sheʼrlarni yaxshi deganlar,
Pora olib jim qaddin kerganlar.
Yozgan sheʼrlarimga past baho berganlar,
Endi men hech qachon sheʼrlar yozmayman.
"Tayyor shoirsan" deb aldab qoʻydingiz,
Ruhimni choʻktirib qalbim oʻydingiz.
Sizlar oʻzi qanday hakam boʻldingiz???
Endi sizlarni deb sheʼrlar yozmayman.
Yakson boʻldi endi joʻsh urgan qalbim,
Hech kim tushunmadi alamu, dardim.
Shoir boʻlganligim eng katta aybim,
Boʻldi endi umuman sheʼrlar yozmayman.
Har bir yozgan sheʼrim olovda yonsin,
Kuyib, kulga aylanib, alanga olsin.
Butun dunyo koʻrib hayratda qolsin,
Endi hech qachon men sheʼrlar yozmayman.
Bu yolgʻon dunyoda yoʻqdur adolat,
Doim nohaqlikka qilamiz toqat.
Endi oddiy insondek yashayman faqat,
Bugundan boshlab men sheʼrlar yozmayman.
Endi men hech qachon, sheʼrlar yozmayman...✍️❌💯
Muallif: Raxmonaliyeva Dilbar
Yozildi: 25.09.2024 20:41 | 215 |
| 18 | Tanlov oʻz nihoyasiga yetdi...🌚
💙1-shart maksimal 50 balldan 39 ball oldim
🤍2-shart maksimal 50 balldan 48 ball toʻpladim
Umumiy 87 ball va 22 ta tuman ichida 5-oʻrin
Maylida Allohga Shukur...
Oʻquvchilarni baʼzilari 40 -50 ball ham toʻplasholmadi | 197 |
| 19 | #Dilbardan
Ertaga tong saxarlab
"Ijodkor Bolalar" koʻrik tanlovining viloyat bosqichiga ketaman...
©Iltimos ♥️yutsin🥇 1-oʻrinni olsin♥️ deb duo qilib turilar🤲🤲🤲
Koʻpchilikning duosi ijobat boʻladiku😇🙃
Kanal egasi: Raxmonaliyeva Dilbar 💙 | 183 |
| 20 | Judayam xursandman...😁💃
Quvonchim toʻlib toshib ketayapti...🫶🙂↔️🫠
Sheʼrlarim bilan
"Ijodkor Bolalar" koʻrik tanlovida qatnashayotgan edima...😉😁🌚
Hudud bosqichi 1-oʻrin🥇
Tuman bosqichi 1-oʻrin🥇
Viloyat bosqichiga olgʻa...🔥♥️🥰
Inshaalloh viloyatda ham 1-oʻrin nasib qilsin🤲🤗
Oʻsha gap🤭 Xudo omadimni bersin🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲 | 184 |
