en
Feedback
MSR Aka - uka matematiklar

MSR Aka - uka matematiklar

Open in Telegram

📌 Kuçli ustoz | 2020-yildan boşlab 📚M/s A+ 90.02 | SAT 720 | Oliy toifa 🙋🏻‍♂️300+ muvaffaqiyatli öquvçilar 📑 Milliy sertifikat|Oliy öquv yurtlari| Akademik litseylar|Prezident va ixtisoslaştirilgan maktablariga tayyorlov. 📱+998 97 129 27 27

Show more
561
Subscribers
+224 hours
+57 days
-1230 days
Posts Archive
❗️Ertaga va indinga (7-8-iyul) Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi Talabgorlar imtihon boshlanishidan bir yarim soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi imtihondan oldin ota-onalarga tavsiyalar berdi: ➖ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz; ➖ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz; ➖ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi). ❗️Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi. ⏰ Imtihonlar 3 ta smenada bo‘lib o‘tadi: ▪️1-smena: soat 8:00 da; ▪️2-smena: soat 12:00 da; ▪️3-smena: soat 17:00 da; 📞 Qo‘shimcha savollar uchun 1206 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. @MatematikaMSR

⚡️Rasman: Texnikumni tugatganlarni 2-kursdan OTMga imtihonsiz qabuli boshlandi 25-iyulga qadar vaqtingiz bor! 🔰 Hukumat qaro
+7
⚡️Rasman: Texnikumni tugatganlarni 2-kursdan OTMga imtihonsiz qabuli boshlandi 25-iyulga qadar vaqtingiz bor!
🔰 Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
👉 Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. 🖼 Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati rasmda koʻrsatilgan!
#Abituriyent #Qabul2025 #Texnikum
@MatematikaMSR

📌 Qolgan ruxsatnomalar keyingi hafta chiqadi!

💻 Ruxsatnomalarni bemalol yuklab olishlaringiz mumkin!
💻 Ruxsatnomalarni bemalol yuklab olishlaringiz mumkin!

✅ Bu xabarni abituriyentlarga yuborib qo’ying!

#tezkor #rasman ⚡️Rasman: Imtihon ruxsatnomalari eʼlon qilindi 🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika boʼyicha 52 ta oliy t
#tezkor #rasman ⚡️Rasman: Imtihon ruxsatnomalari eʼlon qilindi 🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika boʼyicha 52 ta oliy taʼlim muassasasida oʼtkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili koʼrsatilgan ruxsatnoma abiturientning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) eʼlon qilindi. ❕ Diqqat! Аbiturientlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon oʼtkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish soʼraladi. @MatematikaMSR

❗️Uzoq kutilgan qaror vanihoyat qabul qilindi. Endi xususiy oliygohlarga ham litsenziya berish boshlanadi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 403-sonli qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda O‘zA. 📄 Qaror bilan, nodavlat OTMlar faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari sifatida quyidagilar belgilandi: 🔹 tashkil etilayotgan oliy ta'lim tashkilotining konsepsiyasi taqdim etiladi;
MAQSAD: ta’lim sohasiga kimlar kirib kelyapti, ularning qo‘lida malakali kadrlari bormi, uzoq muddatli istiqbolda qanday rejalarni o‘z oldiga maqsad qilgan, sifatni ta’minlash uchun nimalar qilishmoqchi, kabi savollarga javob olish.
🔹 nodavlat oliy ta'lim tashkilotining dastlabki ustav fondi (ustav kapitali) 2 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantiriladi (keyinchalik talabalar sonining ko‘payib borishiga mutanosib ravishda ustav fondi oshirib boriladi);
MAQSAD: talabalarga yetarli sharoit yaratish uchun dastlabki mablag‘lar tikilishini ta’minlash. Bunda ta’sischilar ustav fondidagi mablag‘larni moddiy-texnik bazasini shakllantirish, o‘quv dasturlari uchun zarur jihozlar va dasturiy ta’minotlarni sotib olishga sarflashi mumkin. Aslida uncha katta bo‘lmagan va barcha sharoitlarga ega oliygoh ochish uchun taxminan 10-15 mln AQSH dollari ketadi.
🔹 350 ming AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylashtiriladi;
MAQSAD: mabodo qaysidir xususiy oliygoh turli sabablarga ko‘ra (ta’sischilari o‘zaro kelisholmay qoldi yoki bankrot bo‘ldi, qoidalarni bajarmagani uchun litsenziyasi olib qo‘yildi va h.k.) yopilib ketsa, o‘sha yerda o‘qiyotgan talabalarning kontrakt pullarini qaytarib berish kafolatini ta’minlash.
🔹 tashkil etilayotgan OTMning bino va inshootlari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda bino universitetning o‘z mulki bo‘lishi shart emas, kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalanish) shartnomasi asosida ish boshlash ham mumkin;
MAQSAD: kamida institut maqomiga ega bo‘lish uchun talabalarni o‘qitadigan binosi yetarli darajada maydonga ega bo‘lishi kerak, xuddi o‘quv markazlariga o‘xshab 5-6 ta xona bilan oliygoh ochishmasin, deyishmoqda.
🔹 OTM tashkil etilgan vaqtdan boshlab dastlabki 5 yil davomida yillik sof foydasining kamida 80 foizi, keyingi yillarda esa kamida 50 foizi mazkur ta’lim tashkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
MAQSAD: xususiy oliygohlarni faqat “soqqa ishlash” uchun ochishmasin, o‘zining topgan pulini ta’limga sarflashsin, deyishmoqda. Aslida ham universitetlar daromad oladigan maskanlar emas. Normal ishlaydigan va doim sifatga e’tibor beradigan universitetlar 30-40-yilda ham daromadga chiqa olmaydi, faqat zarar bilan chiqadi. Chunki ta’lim sohasi muntazam reinvestitsiya talab qiladi. 1 so‘m pul topsa, 2 so‘m qilib qaytarib, yana universitetga tikish kerak bo‘ladi. Masalan, talabalarning kontraktidan 1 mlrd so‘m pul tushdi, shuning 500 mln so‘mini yechib olib, uy sotib olay, deyilmaydi.
🗓 Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. ❗️Qaror kuchga kirgunga qadar litsenziya olgan tadbirkorlik subyektlari 2026-yil 1-yanvarga qadar o‘z faoliyatini yangi litsenziya talablari va shartlari asosida tashkil etishi lozim.@MatematikaMSR

❗️9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul ochildi, akademik litseylarga qabul davom etmoqda. Magistratura esa haliyam
+1
❗️9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul ochildi, akademik litseylarga qabul davom etmoqda. Magistratura esa haliyam ochilmadi #abituriyent 9-sinf bitiruvchilari 515 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 1 kunda salkam 60 ming ariza kelib tushgan. ℹ️ Maʼlumot oʻrnida, joriy yil 139 ming 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Shundan: ➖118 ming 595 nafari kunduzgi ta’lim shakliga; ➖20 ming 650 nafari dual ta’lim shakliga. ✅ Shuningdek, my.edu.uz portali orqali akademik litseylarga ham qabul davom etmoqda. Hozirgacha salkam 40 ming ariza kelib tushgan. Arizalar 10-iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. ❌ Magistratura uchun qabul esa haliyam ochilmadi. https://t.me/MatematikaMSR

+1
❗️Elektron hujjat ko‘rsatish tartibi bo‘yicha ayrim izohlar Bugun, 1-iyuldan boshlab, shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham tan olinadigan bo‘ldi. Buning uchun my.gov.uz sayti hamda uning mobil ilovasida elektron hujjatni ko‘rsatish kifoya, original qog‘oz shakli talab etilmaydi. Ammo bu hamma joyda ham o‘tavermaydi. Vazirlar Mahkmasi qarorida qayerlarda elektron hujjat ko‘rsatish o‘tishi belgilangan: ➖ banklarda; ➖ notarial idoralarda; ➖ aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda; ➖ O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda; ➖ davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda, shu jumladan, elektron xizmat ko‘rsatishda; ➖ fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda. ‼️Yo’l harakati xavfsizligi xizmatining xabar berishicha, haydovchilar bevosita transport vositasini boshqarayotganda o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning originali olib yurishlari kerak, elektron ko‘rsatgani o‘tmaydi. Ammo bu mantiqsizlik. Masalan, biron mulkingizni 1 mlrd so’mga sotmoqchi bo’lsangiz notariusda elektron hujjat o’tadi-yu, lekin shunchaki hujjatingizni tekshirish uchun to’xtatgan YPX inspektoriga qog’oz hujjat ko’rsatishingiz kerak. So’nggi yillarda haydovchilar uchun yengilliklar berildi, jumladan, haydovchilik guvohnomasi o’rniga pasport yoki ID-karta olib yurishga ruxsat berildi, ko’plab hujjatlarning aslini olib yurish talab etilmaydigan bo’ldi. Mana shu yengillashtirish jarayonining mantiqiy davomi sifatida endilikda haydovchilarga ham elektron hujjat ko’rsatishga ruxsat berilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bundan hech kim hech narsa yo’qotmaydi, aksincha, xalq uchun manfaatli bo’lardi. Hukumat qaroriga ko‘ra, quyidagi hujjatlarning elektron shakli qabul qilinadi: 🔹O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti; 🔹O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi; 🔹haydovchilik guvohnomasi; 🔹tug‘ilganlik haqida guvohnoma; 🔹nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma; 🔹nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma; 🔹transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon); 🔹pensiya (nafaqa) guvohnomasi; 🔹fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID-kartasi); 🔹nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma; 🔹transport vositasining majburiy sug‘urta (fuqarolik javobgarligi) bo‘yicha sug‘urta polisi; 🔹oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va professional ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjat; 🔹talabalik guvohnomasi; 🔹yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma; 🔹o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma; 🔹turar joy obyektlarining kadastr pasporti; 🔹jismoniy shaxsning shaxsiy avtomototransport vositasini boshqa shaxslarga boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma. @MatematikaMSR

“O‘quv sifatini yetarlicha taʼminlay olmaganimiz sabab sirtqi taʼlim tugatildi” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov Oliy ta'lim vaziri “Daryo”ga bergan intervyusida sirtqi ta'lim shaklining tugatilishiga asosiy sabab ta'lim sifatining yetarlicha ta'minlab bera olinmagani ekanini ma'lum qildi.
“Biz bu yo‘nalishda taʼlim sifatini 100 foiz taʼminlab bera olmaymiz. Chunki bilamizki, talabalarning ko‘pchiligi ish bilan band, vaqtida darsga kela olmaydi. Buni hammamiz ko‘rib turibmiz, yashirishga hojat yo‘q”, – dedi u.
Vazirning aytishicha, endi o‘qish istagidagilar uchun sirtqi o‘rniga masofaviy ta'lim shakli yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalishda nazorat kuchliroq bo‘ladi. Talaba har kuni kompyuteridan darsga kirib, masofadan o‘qishi kerak bo‘ladi. O‘rniga boshqa odam kirsa yoki imtihonlarda qanaqadir “shpargalka”dan foydalanaman desa, uning kompyuteri avtomatik tarzda o‘chirib qo‘yiladi.
“O‘zi butun dunyoda sirtqi taʼlim shakli yo‘q. Biz kredit-modul tizimiga o‘tdik, dunyodagi top-300 talik reytingdagi universitetlar dasturlarini qabul qilyapmiz. Xorijdan professor-o‘qituvchilarni ishga taklif qilyapmiz. Yevropa, Amerika yoki boshqa davlatlarga qarasangiz kunduzgi, kechki, masofaviy va uzaytirilgan taʼlim shakllari mavjud. Talabalarga institutni to‘rt yilda emas, 5–10 yilda ham bitirish imkoniyati beriladi. Shuning uchun bundan qo‘rqish kerak emas. O‘rniga muqobil taʼlim shakli berilyapti”, – dedi Sharipov.
https://t.me/MatematikaMSR

✔️ 30-iyun yoshlar kuni bilan tabriklayman!
Bu yil barchangizga talabalik nasib etsin.Barchangizga omad yor bo’lsin.

Javobingizni izohda yozib qoldiring 👇🏻

Ruxsatnomalar berish qachon boshlanadi? #abituriyent ✅ JAVOB: abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish muddati o’tgan yildagidan katta farq qilmaydi. O’tgan yili kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar 3-iyul kuni, test uchun ruxsatnomalar esa 9-iyul kuni e’lon qilingan edi. Joriy yilda ham taxminan shu kunlarda boshlanadi. Abituriyentlar soni joriy yilda kamligini hisobga olsak, balki biroz avvalroq chiqib qolish ehtimoli ham yo’q emas. https://t.me/MatematikaMSR

#Abituriyent   #Statistika   #Qabul2025 Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (qabul yakuni bo‘yicha) ✅ 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. 📱 Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etdi. 📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti: 🇺🇿 O‘zbek tili  — 644 027 nafar; 🇷🇺 Rus tili  — 71 476 nafar; 🔘 Qoraqalpoq tili  — 14 959 nafar; 🔘 Boshqa tillar — 1 949 nafar. 📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti: 🙋🏻‍♂️ erkaklar — 346 299 nafar 🙋🏻‍♀️ ayollar — 386 112 nafar https://t.me/MatematikaMSR

🔄 Loading…
🔄 Loading…

⚡️Расман: Қабул квоталари эълон қилинди. 2025/2026 ўқув йили бакалавриати қабул жараёнлари учун қабул квоталари эълон қилинди. Ҳозирда барча давлат ОТМлари расмий сайтларида қабул квоталарини жойлаб бўришмоқда. Барча абитуриентларга тарқатинг! #abituriyent  #qabul2025 Қабулга оид янгиликлар: https://t.me/MatematikaMSR

#shoshiling 📌 Qabul tugashiga atiga 1 soat-u 26 daqiqa qoldi!